Научная статья на тему '«OLTIN YURAKLI AVTOBOLA» QISSASIDA INSON MA’NAVIYATI BILAN BOG’LIQ MUAMMOLARNING OCHIB BERILISHI'

«OLTIN YURAKLI AVTOBOLA» QISSASIDA INSON MA’NAVIYATI BILAN BOG’LIQ MUAMMOLARNING OCHIB BERILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
358
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shoir / she’riy to’plam / bolalar adabiyoti / poet / poetry collection / children’s literature

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xonzoda Mardonova

Maqolada Anvar Obidjon hayotining ijodga baxshida etilganligi,uning yo’nalishlari,asarlari mazmuni yoritilgan.Shoirning qalamga olgan mavzularining bugungi kunda ham dolzarbligi ko’rsatib berilgan. Ma’naviyat tushunchasining inson uchun suv va havodek zarurligi tasvirlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNDERSTANDING PROBLEMS OF HUMAN SPIRITUALITY IN THE STORY "OLTIN YURAKLI AVTOBOLA"

The article describes the life of Anvar Abidjan and the content of his works.The themes of the poet are still relevant today. The consept of spirituality is describe as necessary for man as water and air.

Текст научной работы на тему ««OLTIN YURAKLI AVTOBOLA» QISSASIDA INSON MA’NAVIYATI BILAN BOG’LIQ MUAMMOLARNING OCHIB BERILISHI»

«OLTIN YURAKLI AVTOBOLA» QISSASIDA INSON MA'NAVIYATI BILAN BOG'LIQ MUAMMOLARNING OCHIB BERILISHI

Xonzoda Mardonova

Navoiy davlat pedagogika instituti o'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Anvar Obidjon hayotining ijodga baxshida etilganligi,uning yo'nalishlari,asarlari mazmuni yoritilgan.Shoirning qalamga olgan mavzularining bugungi kunda ham dolzarbligi ko'rsatib berilgan. Ma'naviyat tushunchasining inson uchun suv va havodek zarurligi tasvirlangan.

Kalit so'zlar: shoir, she'riy to'plam, bolalar adabiyoti

UNDERSTANDING PROBLEMS OF HUMAN SPIRITUALITY IN THE STORY

"OLTIN YURAKLI AVTOBOLA"

Khonzoda Mardonova

Student of the Uzbek language and literature faculty of Navoi State Pedagogical

Institute

ABSTRACT

The article describes the life of Anvar Abidjan and the content of his works.The themes of the poet are still relevant today. The consept of spirituality is describe as necessary for man as water and air.

Keywords: poet, poetry collection, children's literature

KIRISH

O'tgan asrning 80-yillari oxirlarida mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ro'y bergan tub o'zgarishlar bolalar adabiyotiga ham ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Yozuvchilarimizning diqqat e'tiboridan mutlaqo chetda qolib kelayotgan «o'zlikni anglash» mavzulari o'z aksini topa boshladi. Anvar Obidjonning «Oltin yurakli Avtobola», «Alamozon va uning piyodalari» va nihoyat «Meshpolvonning janglari» doston-qissasi anna shunday asarlar sirasiga kiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muallif «Oltin yurakli Avtobola» qissasida yaxshidik va yomonlik o'rtasidagi muttasil kurashni o'ziga xos yangi yo'nalishda tasvirlaydi. U yomonlikni shunchaki ko'rsatmaydi, balki uni keltirib chiqargan omillar qidiradi va ularga chuqurroq nazar tashlashga intiladi. Shu maqsadda qissa davomida bir necha marta o'tgan voqealarga

murojaat etish usulidan foydalaniladi va qissaning markaziy qahramonlari Bekxo'ja va Kamolning bolalik yillariga nazar tashlaydi. Muallifning mahorati shundaki, u o'tmishda bo'lib o'tgan kichik-kichik voqelarni eslash orqali o'quvchida har ikki bolaning tabiati, o'sha davrdagi maktab tizimi haqida bir qadar kengroq tasavvur paydo qiladi.

Maktabda har ikki bola birday a'lochi bo'lib o'qiydi. Ammo fuqaroning ijtimoiy kelib chiqishlari har xil. Kamol - oddiy fuqaroning 0'g'li, Bekxo'ja - paxtachi boyning (boy Bekxo'ja 6 oylik paytida chet elga qochib ketgan) bolasi. Ma'lumki bolalarning ma'naviy shakllanishida kattalarning alohida o'rni bor. Agar kattalar ijtimoiy kelib chiqish haqidagi masalaga siyosiy urg'u berishmasa, kimlargadir sinfiy dushmanlik ko'zi bilan qarashmasa, bola buni qaerdan biladi?

Bolalik yillari voqealar tasvirida muallifning Bekxo'jaga nisbatan iliq mehrini payqash mumkin. U ayniqsa, Bekxo'janing tarixni sevishi, ajdodlarimiz qahramonlaridan faxrlanishi, ularni qadrlash kabi xususiyatlarini ma'qullaydi. Bekxo'ja tarixdarsini o'qimagan, uni tushunmagan tengdoshlaridan g'azablanadi.Xususan, Muqannani Tarobiy bilan almashtirgan Kamolni jiddiy tanqid qiladi va uni «kallavaram» deydi. Bunday haqoratga o'zini noloyiq deb bilgan Kamol esa uning eng nozik joyini chimchilab o'tadi: «Og'zingni yumib o'tir, sarqit!».

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muallif bu voqeani bekorga eslamaydi. U bolaning nozik qalbi bunday haqorat, kamsitish va doshnomlardan alamli chandiqlarga to'lib ketganligini, natijada u nihoyatda alamzada bo'lib o'sganligini tasdiqlash uchun keltiradi. Muallif asar tagmatida bolani shaxs sifatida sindirishga xizmat qiluvchi bunday shafqatsizliklar haqida o'ylab ko'rishga, mushohada qilishga undaydi.

Adib Bekxo'janing tomir-tomiriga singib ketgan munofiqlik ildizlarini ham uning o'quvchilik yillaridan izlaydi. Sobiq sho'rolar vaqtida tarbiya tizimining buyruqbozlikka, yolg'on va soxtagarchilikka, baho ketidan quvishga asoslanganligini qoralaydi. Insonning ma'naviy huquqlarini buzish avj olganligi uchun maktablardan surbet, munofiq, xudbin, loqayd kimsalarning ko'plab etishib chiqishiga sabab bo'layotganini ta'kidlaydi. Muallif asarning quyidagi kichik voqeasidan ana shu holatlarni ko'rsata olgan:

1. Mazang yo'q, Bekxo'ja. Bu safarcha «to'rt» qo'yaman.

2. SHoshmang, domla, shoshmang! Bita «besh» qarz qipturing. Manna ko'rasiz, kelasi gall...

—«Besh» niyam o'shanda olaverasan.

3. Jon-on, domlajon, xudo xayringizni bersin.

4. Ie, sovet maktabini machit qilvordingku. «Ikki» senga!

5. SHoshilmang, domla! Bilasiz-ku, ayam kichkinaligimda eskicha o'qitgan. Til

qurgAur o'rganib qolgan bo'lsa, nima qilia? Ana, hammadan so'rang, o'zim xudoga qarshiman. Xohlasam bor, nimadan qo'rqaman?»

6. Muallif an'anaviy milliy tarbiya va sho'ro maktabisi, oila va maktab o'rtasidagi tafovutlar natijasida bola o'zligidan qaytishga, tashqi muhitga moslashishga majbur bo'layotganligini dard bilan tasvirlaydi.

7. Bizningcha, asarda Bekxo'janing 14 yoshida oyoqlaridan shol bo'lib qolishi ham bu mustabid tuzumning yosh avlodni ongli ravishda «ma'naviy shollik» sho'ro davrida iqtisodiy tarbiya berish doimo bir tomonlama olib borilardi. YA'ni ular qalbida halol mehnatga nisbatan muhabbat uyg'otadilar, ammo undan ko'riladigan moddiy manqaatga nisbatan nafrat tuyg'usini tarkib toptirishga intilish kuchli edi. Mehnat va moddiy manfaatdorlikka nisbatan bunday soxta munosabat oxir-oqibat bolalar qalbidan ishonchsizlik, loqaydlik, tanballiklarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Mutlaqo mehnat qilmay, harom-harish yo'llar bilan boylik orttirishga intilish tuyg'usi kuchaydi.

8. Anvar Obidjon o'zbek bolalar adabiyotida birinsilardan bo'lib o'z asarida yosh avlodni iqtisodiy jihatdan to'g'ri tarbiyalash, shaxsiy manfaatdorlik, pul va boylikning inson hayotidagi o'rni masalasiga e'tiborni qaratdi. U belorus shoiri R. Borodullin bilan suhbatida, jumladan, shunday degan edi: «Muhimi bolaning qalbida yoshligidanoq haqiqatga bo'lgan ishonch tuyg'usini tarkib toptirishga ulgurishdir. SHu bilan birga, turlicha talqin etiladigan ayrim narsa va tushunchalarga nisbatan to'g'ri munosabatni tarbiyalash darkor. Masalan, pulga nisbatan. O'smirlar pul haqida to'g'ri tasavvurga ega bo'lishlari zarur, pulga halol mehnat qilgan odamgina ega bo'ladi. YOshlar pul bilan mehnatning uzviy birligini tushunib olishlari nihoyatda zarur».

9. Muallif «Oltin yurakli Avtobola» qissasida inson pulga sajda qilib, uni hayotining tub mazmuniga aylantirib yubormasligi kerakligini, hayotda undan

10. qimmatliroq narsalar - insonlar orasidagi mehr-oqibat, vijdon va insof, g'urur borligini kitobxonlar ongiga etkazishga intilgan.

11. Qissaning eng go'zal joylaridan biri Xoldor va Avtobolaga bag'ishlangan sahifalardir. Muallif unda ikki bola o'rtasida vujudga kelgan do'stlikning buyuk qudratini badiiy ko'rsata olgan.

12. Xoldor taqdirning shafqatsiz o'yini tufayli (Qattiq sel paytida Bekxo'janing yigitlari Kamolning olti oylik 0'g'lini o'g'rilashadi) Bekxo'janing uyiga kelib qoladi. Bu erdagi o'ta tuban muhit, tevarak- atrofdagi xizmatkorlarning badfe'lligi bilan birga, ona mehriga tashnalik, erksizlik, «Dil g'ashliklarini dala-dashilarga sochib kelish imkonidan mahrum»ligi Xoldorning «yoshiga nomunosib» qo'rs va tajang bo'lib qolishiga sababchi edi. Bekxo'ja Kamolga qasdma-qasd Xoldordan «betamiz bezori» tayyorlashni niyat qilgan. SHuning uchun uning qalbida ezgulik, insoniylikka xos sifatlarni hali nish urmasdan yo'q qilish ilinjida bo'ladi. Qissada Avtobola uning hayotiga nur obil kiradi. Xoldor bu po'lat odam bilan emin-erkin o'ynab, quvnab, ruhan chiniqadi. Fantastik obraz Avtobola ayyorlikni mutlaqo bilmaydigan toArisoAz odam,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

soddadillik, mehribonlik va pokizalik timsoli. U o'zining anna shunday hislatlari bilan Xoldor qalbiga qattiq o'rnashib qoladi. Uning diliga ezgulik urug'larini sochadi. Muallif har ikki kichik qahramon obrazida bola va muhit, bola va kattalar, bolalar dunyosining o'ziga xos qirralarini ishonarli ochishga, ko'rsatishga erishgan.

13. Qissada o'ta xudbin va kekchi, hayotning mazmuni faqt pul, boylik to'pla shdan iborat deb biladigan, bu yo'lda har qanday qabihlikdan ham toymaydigan, ma'naviy va jismoniy shol kishi Bekxo'ja va uning to'dasi haqli ravishda jazosinitopadi. Bu holat damni o'ylatadi. Tabiat insonni oliy darajada ongli qilib yaratibdi. U, hatto o'ziga Avtoboladek mukammal robotlarni yasab olish qudratiga ham ega. Ammo ba'zi odamlar gohida oddiy narsalar oldida ochko'z va ojiz kimsalar aylanib qoladi. Nega? Bu insoning ma'naviyati bilan bog'liq g'oyat muhim, dolzarb masala, azaliy muammo...

XULOSA

Anvar Obidjonning «Oltin yurakli Avtobola» qissa- cho'pchagi yosh kitobxonlarni o'ta jiddiy hayotiy masalalar ustida o'ylashga undashi bilan ham diqqatga sazovordir.

Anvar Obidjon she'riyatida bolalar adabiyotining nazardan chetda qolgan jihatlari to'la yoritib berilgan.Xususan uning "Baloga qolgan futbolchi"asarida eski zamon va yangi zamon kulgilari orqali bugungi kunda muammolar va ularning yechimlari ochib berilgan.

Bir so'z bilan aytganda, Anvar Obidjon asarlari.yaratiqlari har bir zamon uchun taalluqlidir.

REFERENCES

1. Anvar Obidjon.Baloga qolgan futbolchi.Toshkent."Sharq"2010

2. Anvar Obidjon.Alamazon va Gulmat.Toshkent."Ma'naviyat"1998

3. A. Obidjon. O'g'rilangan pahlavon. «Salomnomalar» T. «CHo'lpon» 2006-yil

4. B. Ashurov. «Anvar Obidjon jodida Vatan madhi» «Til va adabiyot ta'limi» jurnali. 2005 y. 5-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.