Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA GEYMIFIKASIYADAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

OLIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA GEYMIFIKASIYADAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
30
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy faolli

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulzira Zarimbetova

Mamlakatimizda bugungi kunda o’qituvchilar oldiga o‘quvchi-yoshlarga alohida e’tibor qaratish, ularni jismonan sog‘lom, aqliy rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, iqtidori va intellekti yuqori, hayotiy nuqtai nazariga ega, vatanparvar shaxs qilib tarbiyalash, ijtimoiy faolligini oshirish, ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash ishlarini qo’ymoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA GEYMIFIKASIYADAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

OLIY TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA GEYMIFIKASIYADAN FOYDALANISHNING

AHAMIYATI Gulzira Zarimbetova

NDPI "Boshlang'ich talim" kafedrasi assistent o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10013572 Mamlakatimizda bugungi kunda o'qituvchilar oldiga o'quvchi-yoshlarga alohida e'tibor qaratish, ularni jismonan sog'lom, aqliy rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, iqtidori va intellekti yuqori, hayotiy nuqtai nazariga ega, vatanparvar shaxs qilib tarbiyalash, ijtimoiy faolligini oshirish, ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash ishlarini qo'ymoqda.

O'zbekiston Respublikasixalq ta'limini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida "O'qitish usullarini takomillashtirish, talim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish: kichik yoshdan o'quvchilarda o'qishga qiziqish, sog'lom, kuchli va ta'sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o'sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish; zamonaviy darsliklar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish; Davlat talim standartlarida ko'zda tutilgan kompetentsiyalar va o'quv jarayonini interaktiv boshqarish mahorati tamoyillariga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish; o'quv muddatlarini o'zgartirmagan holda o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish kompetentligini taminlovchi zamonaviy ta lim texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish" borasida qator vazifalar belgilab olingan.[1.1]

Boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'z tarbiyalanuvchlarining quvnoq, cheklovlarsiz hayot tarziga o'rganib qolishi, nima uchun dars davomida o'rnidan turib yurish, gaplashish, o'ynash mumkin emasligini yetarlicha anglamasligi, shuningdek, qolibga solingan u uchun, chegaralangan erkinliklar, majburyiatlar stressni, muvofaqqiyatga erisha olmagan hollarda esa depressiyani keltirib chiqarishini yaxshi biladi. Bu esa, bolada o'qishga nisbatan qiziqishning so'nishi kelajakda uning yaxshi kadr, etuk, barkamol shaxs bo'lib etishishiga jiddiy to'siqni keltirib chiqarishi mumkin.

Bola o'ganishga tayyor, ammo boshqacha shaklda. Bolaning o'qish shaklini o'zgartirish istagi bugungi kunda zamonaviy ta'limning tendentsiyasini belgilash mumkin. Yangi avlod shu sababli konp'yuter, telefon, ijtimoiy tarmoqlar, video o'yinlarga qaramlik va o'zaro kommunikatsiya muammosi paydo bo'ldi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bola o'ynashni xohlaydi, degan to'tamga kelish mumkin. Ta'limning vazifasi esa mana shu imkoniyatni berishdir. Shu sababli boshlang'ich sinf o'qituvchilari oldiga ta'limni geymifikatsiyalash masalasining muhim ahamiyat kasb etishini e'tirof etmoqshimiz.

2011-yili Oksford ingliz lug'ati "gamification" so'zini lug'atga qo'shdi. Ayrim xalqaro lug'atlar esa bu so'z bir oz avvalroq iste'molga kiritilganidan guvohlik beradi. Unga "o'yin texnikasi va konsepsiyalarini boshqa sohalarga tatbiq etish" deb izoh berilgan. Ta'limdagi geymifikatsiya nazariyasi -ko'ngilochar mashg'ulotlar orqali o'quvchilarga fanni o'rgatish. Bunday o'qitish jarayonida o'yinga xos elementlardan foydalaniladi. "Gamification" vositasida o'quvchini rag'batlantirish barobarida, uning muammoga yechim topish mahoratini oshiradi. Finances online elektron nashrining ma'lumot berishicha, tadqiqotlarda o'quvchilarning 67% i o'yinlar orqali o'rganish an'anaviy o'rganishdan ko'ra ularni ko'proq rag'batlantirishini aytishgan. Tadqiqotlarda raqamli o'yinlardan foydalanish - o'quvchini ta'limiy muhitga olib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

kirishi isbotlangan. Ta'limga o'yinlarning ko'proq tatbiq etish, ishtirokchini ilhomlantirishning qiziqarli, interaktiv usulini taqdim etadi.

Ta'limni geymifikatsiyalashda o'yin maqsadlarini o'quv maqsadiga nisbatan o'zgacha tarzda shakllantirish maqsadga muvofiq. Ammo, bu o'quv rejasiga mos keladigan aniq mavzuga asoslangan bo'lishi kerak. Masalan, 3 sinfda "Ona tili va o'qitish savotxonligi" darsida "An'qaw mergen" qoraqalpoq xalq ertagini o'ganish doirasida quyidagicha maqsad qo'yish va undan foydalanish mumkin. "Siz o'rmon quriqchisisiz va siz hech kimga ko'rinmasligingiz uchun yashirinib olishingiz kerak, buning uchun esa boshqa joy izlab topishingiz kerak. Siz topadigan joyda daraqzorlar ko'p va sizga nisbatan ovchida shubha o'yg'otmasin. Yashirin ko'zatishda sizga yordam beradigan joyni toping". Maqsadni shu tariqa qo'yish boshlangich sinflarda ertak mazmunini chukur o'ganib olish yani nazariy materiyallarni o'ganish imkonini beradi. Unda qatnashadigan ob'ektlarni o'rganishi, ob'ektlarning nomlari va xarakteristikasi bilan tanishish orqali qo'yilgan o'yin vazifalarini hal qilishi kerak bo'ladi.

Ta'limni geymifikatsiyalashda butun sinf uchun mukofat tizimini joriy etish lozim. Bu esa o'yinni samarali amalga oshirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Mukofat sifatida sinfdagi barcha o'quvchilarga qo'shimcha bonus ballarini berish yoki muzey, hiyobonlar, bolalar maydanchalariga ekskursiyalar tashkil etish samarali natija beredi.

Ma'lum bo'lishich hohlagan ta'lim jarayoni samarasini ta'minlash uchun avvalo, o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish kerak.

Ta'lim jarayoniga o'yin usullarini kiritish boshlang'ich ta'limni tashkil etishning an'anaviy bo'lmagan shakllariga qiziqishni orttiradi va bu esa o'quvchilarning intensiv o'zaro ta'sirini, muammolarni hal qilishga nostandart yondashuvlardan foydalanishga chaqiradi.

O'yinlarga asoslangan ta'limni an'anaviy usullar bilan taqqoslaganda, u o'rganishning yanada samarali vositasi ekanini anglash mumkin. Olib borilayotgan tadqiqot natijalariga ko'ra, geymifikatsiya orqali o'rganish o'quvchining o'ziga bo'lgan ishonchini 20 foizigacha oshiradi. Shuningdek, raqamli o'yinlar orqali o'rganish bilimlarning saqlanish darajasini 90% ga, bajarilgan topshiriqlar sonini esa 300% ga oshiradi. O'yin asosida o'rganish, shuningdek, konseptual bilimlarni 11% ga va amaliy bilimlarni 20% ga yaxshilaydi. Shunigdek, buning o'ziga xos yutuqlari mavjud bo'lib, o'quvchining kognitiv rivojlanishiga yordam beradi. Kognitiv rivojlanishda yordam berish uchun gamifikatsiyadan foydalanish miyaning mintaqalari faolligini oshirib, yetarli darajada rivojlanishiga imkon beradi. Kognitiv rivojlanishni kuchaytirish uchun maxsus ishlab chiqarilgan o'yinlar ko'pincha "miya o'yinlari" deb nomlanadi. Miya o'yinlari tobora ommalashib bormoqda, foydalanuvchi javob berishi yoki hal qilishi kerak bo'lgan turli savol va muammolarga asoslangan. Miya o'yinlari miyaning axborotni qayta ishlash va saqlash tezligini yaxshilaydigan jismoniy faollikni ham talab qilishi mumkin. Sinf o'yinlari odatda jismoniy faollikni qo'llab-quvvatlashi bilan o'ziga xos bo'lib kelgan. Partadan chiqib yoki sinfxonadan tashqarida o'ynalgani uchun ham, ta'limiy o'yinlar o'quvchilami rag'batlantirgan va o'ziga jalb qilgan. Bu jihatni elektron o'yinlarda ham joriy qilish mumkin. Interaktiv o'yin bilan mashq bajarish odatdagi mashq kabi samaralidir. Ushbu mashq shakli video o'yin o'ynashni yaxshi ko'radigan, ammo hozirda jismoniy faol bo'lmagan o'spirinlarga juda foydali bo'ladi. Faol bo'lishning uzoq muddatli foydalari ko'p.[2.3]

Gemifikatsiyadan barcha ehtiyojga ega bo'lgan o'spirinlarga ta'lim berish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Olimlar autizm tashxisi qo'yilgan talabalarni o'rgatish uchun

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

videoo'yin shaklida gamifikatsiyadan foydalanish samaradorligini o'rganib chiqishdi. Ushbu tadqiqot natijalari bu metodning samarali ekanligini ko'rsatdi.[3.2]

Shuningdek, o'qish va o'rganishga to'sqinlik qiluvchi jismoniy nuqsonlardan biri disleksiyadir. Bu o'qish va yozish qobiliyatining buzilishi bilan bog'liq. Italiyadagi Padua universiteti hamda BosisioParini Medeya institute o'tkazgan tadqiqot natijalariga ko'ra, disleksiya bilan og'rigan bolalar o'qishga qiynalsalar ham, ular videoo'yinlar orqali fanlarni o'zlashtirishga muvaffaq bo'lganlar. Gemifikatsiya orqali o'quvchiga ichki rag'bat - motivatsiya berish mumkin. Tabiatan ichki motivatsiyaga ega bo'lgan o'quvchi "ruhiyatida ta'lim olish evaziga tug'iladigan ishonch uchun, o'rganish evaziga sodir bo'ladigan anglash jarayonidan kuch olgani tufayli, maqsadga erishganlik hissidan zavqlanish uchun ham o'qib-o'rganadi"[3.4]

O'quvchining o'zlashtirishini tushirib yuboradigan omillardan biri o'zining qobiliyatsizligidan qo'rqishidir. Gemifikatsiya o'quvchilarning qobiliyatsizlik qo'rquvini kamaytiradi. Muvaffaqiyatsizlik o'rganishning ajralmas qismidir, ammo ko'pincha sinfxonasida muvaffaqiyatsizlik o'quvchi uchun sharmandalik va xijolat manbai bo'lib qoladi. O'n yoshli bolaning bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa ham, video o'yinlarni qayta-qayta o'ynayotganiga guvoh bo'lgan bo'lsangiz, demak o'yinlar o'rganishdagi muvaffaqiyatsizlik oqibatida yuzaga keladigan qo'rquv hamda uyalish hissini o'zgartiradi. Bolalar o'rganish jarayonida nafaqat muvaffaqiyatsizlikni qabul qilib, yana harakat qiladilar, balki qiziqishni o'rganishning bir qismiga aylantiradilar. Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining faoliyati etakchi rol o'ynaydi.

Gemifikatsiyadagi yana bir jihat - o'yinning darajalarga bo'linishi va keyingi bosqich o'tish jarayoni, shuningdek, keyingi bosqichga ularni nima kutib turganiga nisbatan qiziqish ham o'rganuvchini olg'a chorlaydi.

O'yin elementlarining geymifikatsiyada qo'llaniladigan uchta toifasi mavjud va ular: dinamika, mexanika va komponentlarni o'z ichiga oladi. Har bir mexanik element bitta yokibir nechta dinamik elementlar bilan, har bir component esa bir nechta dinamik elementlar bilan bog'langan bo'lsdi. Har bir dinamik element, umumiy tasvirlangan dinamikaning bir yoki bir nechta qismlaiga erishish yo'li hisoblanadi.

Xulosa qilib atganda ta'lim jarayonini geymifikasiyalash boshlang'ich sinf o'qituvchilari oldiga o'quvchilar motivatsiyasi, qiziqishini orttiribgina qolmay, Davlat Ta'lim Standartlarida belgilangan bilim, ko'nikma, malaka va kompetentsiyalarga erishish usullarini, darsda tashabbuskorlik ko'rsatish, jonbozlik qilish guruhdagi o'zaro ijobiy va raqobatli muhitni yuzaga keltirishni nazarda tutadi. Shuningdek, boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'quvchilar fikr-mulohazalarini ochiq ayta olishlariga, har qanday psixologik bosimning yo'qolishiga va hamkorlikdagi, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim muhitini ta'minlashga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi// O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2019 yildagi PF-5712-son Farmoni.

2. Узбекистан Республикаси Конституцияси https://lex.uz/docs/6445145

3. A.I. Kuramshin, Periodicheskiy zakon / D.I. Mendeleyev - M.: AST, 2018

4. Russler, N.: Gamification in inklusivem E-Learning. Master Thesis. Humboldt-University Berlin.

5. https://www.realinfluencers.es/en/2019/05/09/8-21st-century-methodologies/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.