Научная статья на тему 'OLIY TA`LIM TIZIMIDA LIDER XOTIN-QIZLARNING O'RNI'

OLIY TA`LIM TIZIMIDA LIDER XOTIN-QIZLARNING O'RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oliy ta’lim / rahbar / davlat / jamiyat / boshqaruv / xotin-qizlar / gender tengligi / talaba.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azibayeva Samira Boymirzayevna

Ushbu maqolada oliy ta`lim tizimida lider ayollarni tarbiyalash, ularning o`rni hamda roli, mamlakatimizda lider ayollarning ta`lim tizimidagi o`sish tendensiyasi muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA`LIM TIZIMIDA LIDER XOTIN-QIZLARNING O'RNI»

OLIY TA LIM TIZIMIDA LIDER XOTIN-QIZLARNING O'RNI Azibayeva Samira Boymirzayevna

Toshkent shahar Yunusobod tumani 259-umumta'lim maktabining tarix fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10807558

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta lim tizimida lider ayollarni tarbiyalash, ularning o rni hamda roli, mamlakatimizda lider ayollarning ta lim tizimidagi o 'sish tendensiyasi muhokama etiladi.

Kalit so'zlar: oliy ta'lim, rahbar, davlat, jamiyat, boshqaruv, xotin-qizlar, gender tengligi,

talaba.

KIRISH

Bugunga kelib jamiyatda xotin-qizlarning faolligi sezilarli ravishda o'zgarmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, ta'lim sohasida ish bilan band ayollar ulushi 75%; sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish - 76,2%; qishloq xo'jaligi va qurilish sohasi- 32,2%; sanoat, savdo va xizmat ko'rsatish sohasi - 40,7%; moliya va sug'urta sohasi - 37,5%; boshqa sohalar - 34,5% [4,1]. Bunday ma'lumot tahlilidan bilish mumkinki, xotin-qizlar eng band bo'lgan soha sog'liqni saqlash, xizmatlar va ta'lim bilan bog'liq.

Boshqa sohalar - qishloq xo'jaligi, sanoat, savdo, moliya va sug'urta sohalarida o'rtachadan ham past ko'rsatkich (32-40%). Eng avvalo, xotin-qizlarning ulushi yuqori bo'lgan sohalar uchun rahbar xotin-qizlarni tayyorlash birlamchi urug'uni berish kerak. Chunki aynan ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarida xotin-qizlardan rahbarlarning ulushi birmuncha yuqori. Shundan kelib chiqib tadqiqotda oliy ta'lim sohasida xotin-qizlarning ulushini tahlil etamiz.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

O'zbekistonda ijtimoiy islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida xotin- qizlarga yashash, o'qish va ish sharoitlari uchun qulay shart-sharoit yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Buni oliy ta'lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan asoslash mumkin. 2024 yil 1 yanvar holatiga ko'ra respublikada 151 ta oliy ta'lim muassasalari mavjud bo'lib, ulardan 104tasi davlat, 47tasi nodavlat hamda xorijiy oliy ta'lim muassasasi va ularning filiallaridir.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida ayollarning ta'lim olishiga zarur shart- sharoitlar yaratib berish borasidagi ishlar:

2021 yil 17 sentabrdagi "Ota-onasi yoqi ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yo'q yolg'iz ayollar oliy ta'lim olishini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 585-sonli qarori asosida bazaviy to'lov-kontrakt asosida davlat oliy ta'lim muassasiga kabul kilingan ota-onasi yoqi ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolgiz ayollarni Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar xokimlari hisobidan 1431 nafar qizlarning to'lov-kontrakt pullari to'lab berildi.

Hozirgi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning 41% foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan, ayni paytda tizimda xotin-qizlar orasida 879 nafar fan doktorlari, 2208 nafar falsafa doktori (Phd), 833 nafar professorlar, 2024 nafar dotsentlar barqaror faoliyat olib bormoqda. Bu juda katta salohiyat. Shu bilan birga, xotin-qizlarning oliy ta'lim tizimidagi ulushu yuqoriligini ko'rsatadigan ko'rsatkichdir.

Aytish lozimki, xotin-qizlardan oliy ta'lim muassasalarining boshqaruvida ulushi ham sezilarli deyish mumkin. Jumladan, 4 nafar rektor, 56 nafar prorektor (direktor o'rinbosarlari), 199 nafar fakultet dekani va dekan o'rinbosari lavozimlarda ayollar rahbarlik qilib kelmoqda. Ushbu

ko'rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. Buning asosiy sababi oliy ta'lim boshqaruvi jarayonida xotin-qizlarga nisbatan yuqori ishonch mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 24 sentabrdagi 605-sonli Qarori bilan Davlat oliy ta'lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to'lovini bir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur qarorga qo'ra 2021-2022 o'quv yilida 1940 nafar talaba-qizlarning ijara to'lovning bir qismi to'lab berildi.

Hozirgi kunda respublika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan xotin- qizlarning soni 365000 nafarni tashkil etayogan bo'lib, jami talabalar soniga nisbatan 47%. Shulardan 117955 nafari oilali, 110988 nafari darsdan bo'sh vaqtida ishlaydi. Hozirda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning 41 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Maxsus stipendiya talaba-qizlarga oliy ta'lim muassasalarida umumiy shartlarda beriladigan stipendiya saqlab qolingan holda stipendiyaning bazaviy miqdorida qo'shimcha tarzda oyma-oy to'lanadi. Mazkur stipendiya sohiblari oliy ta'lim muassasalarining stipendiya komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.

OTMlarda tahsil olayotgan talabalar ulushi. 2017 yil Xotin-qizlar-41%, erkaklar - 59%, 2023 yil xotin-qizlar-47%, erkaklar - 53%. Qizlar uchun alohida davlat grantlari asosidagi qabul ko'rsatkichi ajratildi. 945 nafar kam ta'minlangan oilalarga mansub qizlar oliy o'quv yurtlariga davlat granti asosida qabul kilindi. Extiyojmand oilalar farzandi bo'lgan xotin-qizlar uchun davlat granti 2021-2022 o'quv yilidan 2 baravarga oshirildi. Shu bilan birga, ta'lim sohasi O'zbekiston iqtisodiyotining sohalaridan biri bo'lib, unda ish bilan band ayollarning ulushi umuman iqtisodiyotda band bo'lgan ayollar ulushidan taxminan ikki baravar ko'p. Ta'lim boshqaruv organlari sohasida band bo'lgan ayollar va erkaklar sonining nisbatiga kelsak, ayollarga nisbatan to'rt baravardan ortiq ustunlik mavjud va bu farq doimiy ravishda oshib bormoqda.

Hozirgi kunda Qo'qon davlat pedagogika institutida jami 526 nafar professor- o'qituvchi faoliyat olib boradi. Ulardan 316 nafarini hotin qizlarni tashkil etadi, Institutda jami tahsil olayotgan talabalar soni 14700 nafar bo'lib, ulardan 11546 nafari xotin-qizlardir, Maktab menejmenti bakalavr yo'nalishida jami 129 nafar talaba mavjud bo'lib, ulardan 48 nafari xotin-qizlar, bundan tashqari, Ta'lim muassasalarining boshqaruvi magistratura mutaxassisligida jami 34 nafar magistrant tahsil oladi hamda qizlardan 19 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi [6,1]. Buni 1-jadvaldan ko'rish mumkin:

Jadval I

Professor- o'qituvchilar soni Talabalar soni Maktab menejmenti yo'nalishi talabalar soni Ta'lim muassasalari boshqaruvi magistrlar soni

Jam i Xoti n-qizl ar Jami Xotin-qizlar Jami Xotin-qizlar Jami Xotin-qizlar

Chirchik DPI 511 254 18161 12282 143 70 45 34

Nizomiy nomidagi TDPU 899 21656 16540 218 148 27 15

Navoiy DPI 574 334 18615 13360 179 77 34 25

Qo'kon DPI 526 316 14700 11546 129 48 34 19

Jizzax DPI I I |19398 |6882 |l71 |83 67 29

Yuqorida ko'rayapmizki, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalar soni bo'yicha eng katta oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi va shunga mos eng ko'p talaba qizlarga ham ega. Professor-o'qituvchilar tarkibiga ko'ra Navoiy davlat pedagogika instituti yetakchilik qilmoqda. Bevosita ta'lim muassasalarida talabalarni rahbarlikka tayyorlashda "Maktab menejmenti" yo'nalishi muhim o'rin tutadi. Ushbu yo'nalishda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti yetakchilik qilmoqda. Eng kadr tayyorlanayotgan olim ta'lim muassasasi Qo'qon davlat pedagogika institutidir. "Ta'lim muassasalarining boshqaruvi" magistratura yo'nalishida eng ko'p kadr Chirchiq davlat pedagogika instituti hissasiga to'g'ri keladi. Eng kam ko'rsatkich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga taalluqli.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda ta'lim, sog'liqni saqlash va xizmat ko'rsatish sohalarida xotin-qizlarning ulushi boshqa sohalarga nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turganligi uchun ham mazkur sohalarda rahbar ayollarning ulushini, bu borada kadrlar tayyorlash tizimini tadqiq qilish muhim. Oliy ta'lim tizimida ham xotin-qizlarning ulushi yuqori. Ilmiy xodimlar, professor-o'qituvchilar tarkibi bilan birga, mazkur tizimdagi rahbarlik lavozimlarida ham xotin-qizlarning o'rni oshib borayapti. Buni yuqoridagi misollar ham ko'rsatib turibdi. Ta'lim muassalarida bakalavr va magistratura yo'nalishlarida menejment ixtisosligi bo'yicha talaba qizlar tayyorlanmoqda.

REFERENCES

1. Axmedova N.K. "Umumiy o'rta ta'lim maktablari rahbarlari boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish".: Avtoref. Falsafa doktorlik dis.— Toshkent, 2017 y.. - 35 b.;

2. Mirsolieva M.T. Oliy ta'lim muassasalari raxbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Avtoreferat. T. 2019 y.;

3. Axmedov M.U. Umumta'lim maktab direktorlarining malakasini oshirish jarayonida ta'lim sifati monitoringini takomillashtirish. Avtoreferat. T. 2019 y;

4. https: // gender.edu.uz/stati stika.php.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.