Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MASALALARI'

OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
320
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari audio va video darsliklar / elektron kutubxona / multimedia darsliklar / Ziyonet / information and communication technologies / audio and video tutorials / electronic library / multimedia textbooks / Ziyonet

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mamasaliyev Mirzoulug‘ Mirsaidovich, Elboyeva Shaxnoza Buriniyozovna

Maqolada ta’lim muassasalari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan unumli va tizimli foydalanish, yangi texnologiyalarni samarali qo‘llash zaruriyati, qo‘llanma va vositalar imkoniyatlaridan foydalanishni muntazam joriy etish va amalga oshirilishining ahamiyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish jarayonlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFORMATION ON IMPROVING THE QUALITY OF HIGHER EDUCATION ISSUES OF USE OF TECHNOLOGIES

The article describes the systematic use information-communication technologies in the activities of educational institutions, the importance of effective application of modern technologies, the significance of approbation and regular implementation of benefiting from the possibilities of manuals and facilities, the processes of using the information-communication technologies.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MASALALARI

Mamasaliyev Mirzoulug' Mirsaidovich Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi Elboyeva Shaxnoza Buriniyozovna Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada ta'lim muassasalari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan unumli va tizimli foydalanish, yangi texnologiyalarni samarali qo 'llash zaruriyati, qo 'llanma va vositalar imkoniyatlaridan foydalanishni muntazam joriy etish va amalga oshirilishining ahamiyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish jarayonlari yoritilgan.

Tayanch so 'zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari audio va video darsliklar, elektron kutubxona, multimedia darsliklar, Ziyonet.

Аннотация: В статье описывается важность систематическое использование информационно-коммуникационных технологий в деятельности учебных заведений, важность эффективного применения современных технология, значимость апробации и регулярного осуществления выгоду из возможностей, руководств и средств, процессов использования информации связь технологии.

Основные слова: информационные и коммуникационные технологии, аудио и видео учебники, электронная библиотека, мультимедийные учебники, Зиёнет.

Abstract: The article describes the systematic use information-communication technologies in the activities of educational institutions, the importance of effective application of modern technologies, the significance of approbation and regular implementation of benefiting from the possibilities of manuals and facilities, the processes of using the information-communication technologies.

Key words: information and communication technologies, audio and video tutorials, electronic library, multimedia textbooks, Ziyonet.

KIRISH

Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni axborot jamiyatiga aylantirdi. Bu jamiyatda faoliyat ko'rsatuvchilaming aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish

Scientific Journal Impact Factor

bilan banddirlar. Bunday ishlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin. Ulardagi ma'lumotlarni qayta ishlashni mashina grafikasi yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta qulayliklar tug'diradi. Ma'lumki, XXI asr -"Axborot - kommunikatsion texnologiyalari" asri. Bugungi kunda axborot texnologiyalaridan foydalanish, axborotlarni qabul qilish va uzatish, qayta ishlash, axborot manbaalar imkoniyatlarini chuqur o'rganib olish shart va muhimdir.

Zamonaviy bilimlar sari keng yo'l ochish ta'lim tizimini takomillashtirishda yangi axborot-kommunikatsiya va Internet texnologiyalaridan unumli foydalanish -bugungi kunning asosiy talabiga aylandi. Hozirda biz yangi yaratilgan texnologiyalardan, ularning innovatsion salohiyatlaridan ta'limda keng foydalanishni joriy etishimiz zarur. Biz yangi texnologiyalardan tayyor echimlar kutib o'tirmasdan, balki o'qituvchi va o'quvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bu texnologiyalarning rivojlanishiga o'z ijobiy ta'sirimizni o'tkazishimiz kerak. Mamlakatimiz ta'lim tizimini isloh qilishning qonun-qoidalariga amal qilgan holda turli yo'nalishlar bo'yicha pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: "Biz oldimizga qanday vazifa qo'ymaylik, qanday muammoni echish zaruriyati tug'ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag'asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o'rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashga bog'liq".

Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan unumli va tizimli foydalanilsa, yaratilayotgan yangi avlod o'quv darsliklari, qo'llanma va vositalar imkoniyatlaridan foydalanishni muntazam joriy etish amalga oshi rilsa, tabiiyki ta'lim sifat va samaradorligi ortishiga erishiladi. Globallashuv jarayonini hisobga oladigan bo'lsak, bugungi kunda hech qaysi faoliyat sohasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz istiqbolga erisha olmaydi.

Mamlakatimizda nafaqat ta'lim jarayoni, balki barcha jabhalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rolini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasil Prezidenti SH.Mirziyoevning PQ-2909, PQ-3151, PQ-3775-sonli qarorlarida ham o'qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga joriy etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv-laboratoriya anjomlari va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, oliy ta'lim muassasalarining zamonaviy ilmiy

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

NATIJALAR

MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini ko'rish masalalariga chuqur e'tibor qaratish, oliy ta'lim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida optimallashtirish, mavjud axborot tizimlarini integratsiyalash, tahliliy ma'lumotlar tayyorlashning samarali tizimlarini joriy etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta'lim muassasalari talabalari, o'qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta'lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar aytib o'tilgan edi. Ushbu dasturni amalga oshirishda biz pedagog kadrlar zimmasiga intiluvchanlik, izlanuvchanlik, yaratuvchilik salohiyati yuklanadi. Aynan ana shu maqsadlarni ro'yobga chiqarish bugunning dolzarb masalasidir. Ta'lim berishning bunday taraqqiyot bosqichi sifat jihatidan mutlaqo yangi texnologiyalarni samarali qo'llash zaruriyatini talab etmoqda. Aynan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ushbu maqsadlarni ro'yobga chiqarishning omili sifatida ta'lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.

Talalabalarni tabaqalashtirib o'qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga qo'llashda quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:

-qo'shimcha elektron zahiralarni, ma'lumotlar va kutubxonalarni yaratish, tarmoqdan axborotni izlashni ta'minlovchi maxsus dasturiy ta'minotni ishlab chiqish kerak;

-o'qituvchilarning o'quv-uslubiy ishlarini takomillashtirish, internetdan foydalanish, axborot texnologiyalari va psixologiya sohalari bo'yicha mutaxassis bilan hamkorlikni o'rnatish;

-fan-texnika va texnologiyalarning so'ngi yutuqlari bo'yicha ma'lumotlardan foydalanish;

-kompyuter vositasida o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalar va faol metodlarni qo'llash;

-baholashda talabalarni faolligi va mustaqil ishlash qobliyatiga alohida e'tibor qaratish.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim sohasida, talabaning rivojlanishida ijobiy o'zgarishiga olib keladi, bunda idrok etish, hissiy motivizatsiya jarayonida ular talabaning xarakteriga ta'sir ko'rsatadi, bu vaqtda ta'lim oluvchini idrok etishga qiziqishi kuchayadi.

Talabalarni tabaqalashtirib o'qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ta'lim oluvchining o'quv jarayonida (mustaqil ishlash, o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini o'qitish, o'z faolligini oshirish, o'zi

Scientific Journal Impact Factor

mustaqil qaror qabul qilish ko'nikmalarini shakllantiradi). Pedagogik tadqiqotlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim oluvchilarni nazariy-ijodiy va modulli-refleksli fikrlashlariga ta'sir ko'rsatadi, negaki o'quv axborotlarini kompyuterda vizuallashuvi tasavvur etishni shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi, obrazli fikrlashda markaziy o'rin egallashi, obrazli tasavvurlash yoki boshqa xil namoyon bo'lishlar va talabaning xotiraga olish jarayoni o'quv materialini qabul qilishni osonlashtiradi va rivojlantiradi. Bunda quyidagi asosiy tamoiyllarga amal qilish lozim:

-insonparvarlik, ya'ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko'rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishoch bilan qarash;

-hamkorlik, ya'ni pedagog va talabalar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

-ta'lim-tarbiyada erkinlikka e'tibor haratish, ya'ni shaxs tarbiyasiga uning ichki hissiyotlari, orzu-intilishlaridan kelib chiqqan holda yondashish.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarni qo'llash har bir o'quvchiga individual yondashish, unga taqdim etilgan o'quv materialini o'zlashtirishi uchun idrok qilish vaqtini qisqartirish va optimal zaylini tanlash imkonini beradi. SHu bilan birga, materialni animatsion, immitatsion va multiplikatsion variantlarda berish orqali ta'lim oluvchilarda o'quv materiali yuzasidan aniq tasavvurlarni shakllantirish, natijada materialni puxta o'zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

1. O'zbekiston Respublikasil Prezidenti SH.Mirziyoevning PQ-2909, PQ-3151, PQ-3775-sonli qarorlari

2. Karimov I.A. "Barkamol avlod orzusi". T.: "SHarq" 1998, 83-bet.

3. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommuniikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ma'lumotlaridan foydalanildi.

4. K.I. Svidler "Sovremenntie sistemti TSO v professionalnoy deyatelnosti injenera-pedagoga" Sverdlovsk. SIPI. 2013 g.

5. Mamasaliev, M. M. (2020). MAIN DIRECTIONS OF THE INFLUENCE OF MODERN CIVILIZATION ON THE SPIRITUAL IMAGE OF THE INDIVIDUAL. Vestnik nauki, 3(11), 5-8.

6. Buriev, I. I., & Mamasaliev, M. M. (2020). PATRIOTICHESKOE VOSPITANIE MOLODOGO POKOLENIYA. Vestnik nauki i obrazovaniya, (22-2 (100)).

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

7. Kurbonova, M. B., & Mamasaliev, M. M. (2020). STRUKTURA SOTSIALNOGO STATUSA MOLODEJNOGO SOOB^ESTVA. In INNOVATSIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NA UKIISOVREMENNOGO OBRAZOVANIYA (pp. 210-213).

8. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In INNOVATSIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZOVANIYA (pp. 106-109).

9. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In INNOVATSIONNOE RAZVITIE: POTENSIAL NAUKI I SOVREMENNOGO OBRAZOVANIYA (pp. 204-206).

10. Mamasaliev, M. M., & Nematov, D. S. (2019). VOPROSLI ISPOLZOVANIYA INFORMATSIONNLIX TEXNOLOGIY V VLISSHEM OBRAZOVANII. Aktualnue nauchnue issledovaniya v sovremennom mire, (4-4), 70-72.

11. Ochilova, N. R., Mamasaliev, M. M., & Astanov, A. R. (2020). VNIMANIE VOSPITANIYU GARMONICHNO RAZVITOGO MOLODOGO POKOLENIYA. International Independent Scientific Journal, (14-2), 18-20.

12. Ochilova, N. R., & Mamasaliev, M. M. (2016). Struktura obraza jizni molodeji Uzbekistana na sovremennom etape razvitiya. Molodoy uchenuy, (5), 587-588.

13. Mamasaliev, M. M., & Elboeva, S. B. (2019). RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL DOCTRINES OF SARVEPALLI RADHAKRISHNAN. Theoretical & Applied Science, (11), 339-342.

14. Mamasaliev, M. M., & Bo'riev, I. I. (2019). INFORMATSIONNAYA BEZOPASNOST UCHA^IXSYA-ODNO IZ OSNOVNLIX NAPRAVLENIY DEYATELNOSTI PEDAGOGA. In FUNDAMENTALNBIE OSNOVbl INNO VA TSIONNOGO RAZVITIYA NAUKI I OBRAZOVANIYA (pp. 188-190).

15. Ochilova, N. R., & Mamasaliev, M. M. (2021). XARAKTERISTIKI VOSTOCHNOY I ZAPADNOY SIVILIZATSII V PROTSESSE GLOBALIZATSII. Problemu nauki, 43.

16. www.tstu_info_edu.uz;

17. www. ZiyoNET.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.