Научная статья на тему 'AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI YOSHLAR ONGIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI'

AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI YOSHLAR ONGIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
266
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim jarayoni / shaxs tarbiyasi / pedagog ta’lim / internettexnologiyalari / dasturiy vosita

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Malika Norkulovna Normatova

Maqolada ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda internetdan foydalanish haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Yangi texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish va ulardan foydalanish qobiliyatini shakllantirish xaqida fikrlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI YOSHLAR ONGIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI»

AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI YOSHLAR

ONGIGA PSIXOLOGIK TA'SIRI

Malika Norkulovna Normatova Guliston davlat universiteti

Annotatsiya: Maqolada ta'limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda internetdan foydalanish haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Yangi texnologiyalar bo'yicha o'qitish va ulardan foydalanish qobiliyatini shakllantirish xaqida fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, shaxs tarbiyasi, pedagog ta'lim, internet-texnologiyalari, dasturiy vosita.

PSYCHOLOGICAL IMPACT OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES ON THE MINDS OF YOUNG PEOPLE

Malika Norkulovna Normatova Gulistan State University

Abstract: The article provides information on modern information and communication technologies in education and the use of the Internet. There are ideas for training and developing the ability to use new technologies.

Keywords: educational process, personal development, pedagogical education, Internet technologies, software

Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyatning turli jabhalariga joriy etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko'rsatilayotgan xizmatlar turi kengayib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilishi natijasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda internet tarmog'idan foydalanuvchilar soni tobora oshib bormoqda. Buning natijasida mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning axborot resurslardan, jumladan, internet tarmog'idan foydalanish imkoniyati kengaymoqda. Ta'lim sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng qo'llanilayotgani e'tiborga molik. Bu yosh avlodga jahon andozalari darajasida ta'lim berish, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashda muhim omil bo'lmoqda. Yoshlarimizda axborot olish madaniyatini shakllantirish, ularni g'oyaviy-mafkuraviy tajovuzlardan himoyalash mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga e'tibor qaratish lozim. Yoshlarni nafaqat yangi texnologiyalar bo'yicha o'qitish va ulardan foydalanish

www.openscience.uz 287

qobiliyatini shakllantirish, ayni chog'da ana shunday texnologiyalarni yaratish va takomillashtirish ustuvor vazifalaridan biridir.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining o'quvchi-yoshlar ruhiyatiga ta'sir ko'rsatuvchi turli vaziyatlar mavjud. Bu birinchi navbatda o'quv faoliyati doirasiga o'quvchilarning axborot texnologiyalari bilan bevosita muloqotga kirishishi bilan bog'liq. Bugungi kunda virtual olam texnologiyalari asosida tayyorlangan kompyuter o'yinlari va atraktsionlarini ham unutmaslik lozim. Hattoki, kompyuter bilan bog'liq bo'lmagan holda ham insonlar uyali telefon, animatsion filmlar, kredit kartochkalari, plastik kartochkalardan foydalanish orqali kompyuterlar bilan o'zi bilmagan vaziyatlarda muloqotga kirishadi. Qolaversa, o'qituvchilarning o'zlari ham axborot texnologiyalari bilan yaqindan muloqot qilishlari ularning ta'sirini kengroq bo'lishiga yo'l ochishadi.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta'lim jarayonida foydalanar ekan, o'qituvchilar quyidagi holatlarga alohida e'tibor berishlari zarur. Birinchidan, axborot texnologiyalari zaminida yuz berishi mumkin bo'lgan yangiliklar an'anaviy muloqot sharoitlariga olib o'tiladi. O'tkazilgan psixologik tadqiqotlar masalalarning aniqlikligiga, mantiqiyligiga ketma-ketliligi hamda refleksivligiga talablarning ortishi kuzatiladi. Bu erda ruhiy muloqot vositalarining roli pasayadi. Ikkinchidan, teskari aloqa kuchayadi. An'anaviy faoliyatning o'ziga hos xususiyatlari kompyuterlashadi. Ta'lim jarayoni uchun, shu jumladan, kichik yoshdagi bolalar uchun ham mo'ljallangan dasturiy va texnik vositalarning insonlashuvi kuzatilmoqda. Ularda foydalanuvchilar o'z faoliyatlarini mavjud bo'lmagan, ammo qandaydir amallarni bajarish uchun zarur bo'lgan elementlar bilan to'ldirishmoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bunday vaziyatlar axborot texnologiyalari bilan aloqador faoliyatning turli ko'rinishlarining (shu jumladan ta'lim olish bilan bog'liq faoliyatda ham) murakkab va ziddiyatli tuzilmasini shakllantiradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining o'quvchilarga ta'siri ortib, u chegaralangan doiradagi ruhiy ta'sirlardan tortib, to shaxsni to'la o'zgartirishgacha (internetga bog'lanib qolish, kompyuter dasturiga oid maniyalar, xakerlik sindromi) borishi mumkin. Bugungi kunda shaxsning to'la o'zgarishi masalasi olimlar tomonidan batafsil o'rganib chiqilmagan. Shuning uchun, ta'lim jarayoni uchun mo'ljallangan zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish jarayonida pedagoglar va psixologlarning faol ishtirok etishlari zarur.

Namuna sifatida ta'limda internet-texnologiyalardan foydalanishni masalasini ko'raylik. Internet-texnologiyalar kommunikativ va bilish faoliyatini sifat o'zgarishlari hamda ta'lim olish usullarining o'zgarishi asosida shaxsning tarbiyasida ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Chunki, internet bilan ishlaganda, o'quvchilarning faolligi ortadi, ta'lim jarayoni individuallashadi, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi avtoritar munosabatlar kamayadi, turli ma'lumot manbalari (ular o'zaro ziddiyatli yoki

www.openscience.uz 288 i m^^bi

bir-birini rad etishi mumkin) bilan ishlash imkoniyati paydo bo'ladi. Bu esa o'quvchilarning shaxsini rivojlantiradi. Ularda mustaqil fikr yuritishga, tashabbuskorlikka, mobillikka rag'batlanish paydo bo'ladi. Ammo, salbiy ta'sirlar ham yuzaga kelishi mumkin.

Intensiv intellektual va ijodiy rivojlanish o'quvchilarni mavjud ijtimoiy muhitga moslashishini ta'minlay olmaydi. Ular turli kompyuter manbalariga, shu jumladan internetga bog'lanib qolishlari mumkin. Bu esa kelajakda shaxsini boshqalardan ajralib qolishiga sabab bo'la oladi. Bolalarning ruhiyatida keskin o'zgarishlar ro'y berib, ularda o'z do'stlarini virtual olam qaxramonlar bilan almashtirish, ruhiy javob reaktsiyalarida pasayish, qiziqishlar doirasida torayish kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, olimlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari ta'sirida olingan ruhiy komponentalirning qaysilari faoliyatning kompyuterlarsiz doirasiga olib o'tilishini hamda ta'limning axborotlashuvining ruxiyatga ta'sir ko'rsatish mexanizmlarini aniqlash ham muhim xisoblanadi. Bu esa o'z navbatida pedagoglar uchun ham o'ta dolzarb masalalardan biri sanaladi.

Ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi pedagoglar ta'lim faoliyati aniqlik, samaradorlik va bashorat qilish mumkinlik kabi sifatlar evaziga o'zgarishini ta'kidlashmoqda. Bu o'rinda ta'lim oluvchilar ongini rivojlantirish usullariga o'rgatuvchi va boshqa kompyuter dasturiy vositalarining ta'sirini inkor etmaslik lozim. Vaziyatni to'g'ri tushuntirish, o'quvchilarga ongli ravishda masalalarni echish usullari orasidan optimalini tanlashga o'rgatish pedagoglar uchun asosiy masalaga aylanib qoladi.

Ta'lim jarayonida kompyuterlardan foydalanish psixologlarning ta'kidlashlaricha, ilgari mavjud bo'lgan, ammo qandaydir sabablar bilan unutilib ketgan ruhiy komponentlarning ayrimlari qayta tiklanmokda. Elektron pochta, chatlar, telekonferentsiyalar yozma muloqot ko'nikmalarini (ular amalda rivojlangan davlatlarda telefon aloqalarining rivojlanishi natijasida unutilib ketgan edi) talab qiladi. Bu esa o'z ichiga Internet bilan tanish bo'lish, ish yurtish va shaxsiy yozishmalar madaniyati, o'z kayfiyatini ifoda etuvchi maxsus belgilarni o'rganishni talab qiladi. Internet millatlararo muloqotni yangi bosqichlarga ko'taradi, umummadaniy bilishni faollashtiradi, yozishmalar jarayonida chet tillarini intensiv ravishda o'rganishga sharoitlar yaratadi.

Axborot texnologiyalarini faoliyatning turli doiralariga tatbiq etish asosida insonni ortiqcha va mashaqqatli mehnatdan ozod qilish va uning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar tayyorlash yotadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan ayrim ko'nikma va malakalarning yo'qolishiga sabab bo'ladi. Masalan, bugungi kunda elektron jadvallarning ahamiyatini rad eta olmaydi. Ular insonlarni ko'plab ortiqcha mehnatdan qutulishga yordam beradi. Ammo, kalkulyatorlardan hattoki boshlang'ich sinflarda foydalanish ularda og'zaki xisob, tez xisoblash ko'nikmalarini

www.openscience.uz 289 | m^^wi

yo'qolishiga sabab bulishi mumkin. Bu esa oqibatda o'quvchilarning son tushunchasi ustida amallarni to'g'ri bajara olmay qolishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Davletshin M., Do'stmuhamedova Sh., Mavlanov M., .To'ychieva S. «Yosh va pedagogik psixologiya» O'quv metodik qo'llanma Toshkent 2004.

2. Ahlidinov R.Sh. Maktabni boshqarish san'ati. Monografiya. - T.: Fan, 2006. -303 b.

3. Niyozov M.B. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining o'quvchilarga psixologik ta'siri // Zamonaviy pedagogika fanining dolzarb muammolari ilmiy maqolalar to'plami. UzMU T: "Mumtoz so'z" 2019 y 155-157 b

References

1. Davletshin M., Dostmuhamedova Sh., Mavlanov M., Toychieva S. "Youth and pedagogical psychology" Textbook Tashkent 2004.

2. Ahlidinov R.Sh. The art of school management. Monograph. - T .: Fan, 2006. -303 p.

3. Niyozov M.B. Psychological impact of information and communication technologies on students // Collection of scientific articles on current issues of modern pedagogy. UzMU T: "Classic word" 2019 pp. 155-157

www.openscience.uz

290

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.