Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA SOG’LOM MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA SOG’LOM MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dars / pedagogik mahorat / kasbiy faoliyat / o’qituvchi-talaba munosabati / psixologik muhit / avtoritar / liberal / demokratik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bayto’Rayeva Nasiba Ismatullayevna

Darsning sifati qaysi omillarga bog’liq degan savol tug’iladi? Birinchidan, ta’lim sifati o’qituvchining pedagogik mahoratiga, kasbiy faoliyatda mas’uliyatiga, oliy ta’lim talabalarining ta’limga bo’lgan munosabatiga, ta’lim muassasasining moddiy texnik bazasiga, darsliklarning sifati hamda ularning talabalarning yosh xususiyatiga mosligida, o’qituvchi-talaba-ota-ona hamkorligining yo’lga qo’yilishiga hamda sog’lom o’qituvchi-talaba munosabatlarining bog’liqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA SOG’LOM MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA SOG'LOM MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK

JIHATLARI

Bayto'rayeva Nasiba Ismatullayevna

JDPU, Pedagogika ta'limi nazariyasi kafedra dotsent v/b https://doi.org/10.5281/zenodo.11353542

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 24- May 2024 yil Nashr qilindi: 27- May 2024 yil

KEY WORDS

dars, pedagogik mahorat, kasbiy faoliyat, o'qituvchi-talaba

munosabati, psixologik muhit, avtoritar, liberal, demokratik.

Darsning sifati qaysi omillarga bog'liq degan savol tug'iladi? Birinchidan, ta'lim sifati o'qituvchining pedagogik mahoratiga, kasbiy faoliyatda mas'uliyatiga, oliy ta'lim talabalarining ta'limga bo'lgan munosabatiga, ta'lim muassasasining moddiy texnik bazasiga, darsliklarning sifati hamda ularning talabalarning yosh xususiyatiga mosligida, o'qituvchi-talaba-ota-ona hamkorligining yo'lga qo'yilishiga hamda sog'lom o'qituvchi-talaba munosabatlarining bog'liqdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda sifatli ta'lim eng muhim va dolzarb masalaga aylangan. Dars sifati, ta'lim va tarbiya sifati mamlakat taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini tarix ko'p marta isbotlagan haqiqatdir.

Bugungi kunda ta'lim sifati o'qituvchining pedagogik mahoratiga, kasbiy faoliyatda mas'uliyatiga, talabaning ta'limga bo'lgan munosabatiga, ta'lim muassasasining moddiy texnik bazasiga, darsliklarning sifati hamda ularning talabalarning yosh xususiyatiga mosligida, o'qituvchi-talaba-ota-ona hamkorligining yo'lga qo'yilishiga hamda sog'lom o'qituvchi-talaba munosabatlarining bog'liqdir.

Talabalar va o'qituvchilar o'rtasidagi munosabatlarning asosi - o'zaro hurmat va ishonch bo'lishi zarur. O'qituvchilar talabalarga hurmat ko'rsatsa va qiyin vaziyatlarda ularga yordam berishga tayyorligi bolalar va o'smirlarning yaxshiroq o'qishiga hamda fan mavzularini puxta o'zlashtirishiga sabab bo'ladi. Maktabda sog'lom munosabatlarni shakllantirish uchun bir-biriga ijobiy munosabatda bo'lish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

O'qituvchi va talaba maktabdagi eng muhim ikki shaxsdir. Ta'lim va ta'lim jarayonida muvaffaqiyatlar ko'p jihatdan ular o'rtasida shakllanadigan ijobiy munosabatlarga bog'liq. Shubhasiz, pedagogika oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan, har bir yosh o'qituvchi maktabga kelganida shogirdlari uchun eng yaqin do'st bo'lishga harakat qilishni, ularni tushunishni, qo'llab-quvvatlashni xohlaydi. Ammo maktabda bir muncha vaqt ishlagan yosh o'qituvchi o'z orzularini ro'yobga chiqarish unchalik oson emasligini va buning uchun yetarli darajada pedagogik kompetensiyalarga ega bo'lishi kerakligini tushunadi.

Pedagogik faoliyatni boshlagan o'qituvchilar talabalar bilan munosabatga kirishish jarayonida turli xil ziddiyatli hodisalarga duch keladi. Bu holatlarga tayyor bo'lish uchun

pedagogika oliy ta'lim muassasalarida

bo'lajak o'qituvchilarni chuqur pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish zarur.

Pedagogik muloqot — pedagogik ta'sirning ajralmas sifatidir. Bu o'qituvchi va talabaning ta'lim-tarbiya jarayonidagi professional muloqoti bo'lib, unda ma'lumot almashinadi va talabalarga o'quv-tarbiyaviy ta'sir o'tkaziladi. Bunda ikki yoqlama muloqot yuzaga kelishining asosi sifatida o'zaro hurmat va ishonch xizmat qiladi.

O'qituvchining ishi muloqotsiz mumkin bo'lmagan inson mehnatining turiga kiradi. Chunki ta'limva tarbiya jarayonidagi asosiy qurol bu muloqot jarayoni hisoblanadi.

Muloqot orqali o'qituvchi o'z talabalarning xulq-atvorini nazorat qiladi hamda ularda ijobiy xulq-atvor shakllanishi uchun asos hisoblanadi.

Bugungi kunda samarali hisoblangan pedagogik muloqot natijasida o'quv faoliyatida sog'lom psixologik muhit hosil bo'ladi. O'quv jarayonida va tarbiya jarayonida pedagogik muloqot talaba shaxsiga ta'sir qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi.

O'qituvchi dars jarayonida talabalar bilan muloqotga kirishar ekan unda bir nechta usullardan foydalanadi. Bular avtoritar, liberal va demokratik boshqaruv usullaridir.

Avtoritar uslub bilan muloqotga kirishish jarayoni qat'iy boshqaruv bilan amalga oshiriladi. Dars jarayonida har tomonlama nazoratni amalga oshiradi. Avtoritar uslub bilan muloqotga kirishuvchi o'qituvchi vazifaning nafaqat umumiyn maqsadlarini, balki vazifalarni qanday bajarish kerakligi, guruhlarni tashkil etish jarayonlarigacha o'zi belgilab beradi. Bu bir qaraganda sinfda intizomni vujudga kelganday ko'rinsada, aslida talabalarda ta'lim olishga nisbatan motivatsiya so'nishi mumkin. Shuningdek, mantiqiy fikrlash, faollik, ijodiy tafakkur jarayonlari bir muncha sustlashishi kuzatilishi ehtimoli ortadi.

O'qituvchi talabalarga doimiy talablar qo'yib boradi hamda ushbu talablarning bajarilishini qattiq nazoratga oladi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarda muhokama jarayoniga talabalar ishtirok etadi. Lekin muammoni yechimi va qarorlar qabul qilishda o'qituvchi o'z ko'rsatmalariga muvofiq qaror qabul qilinadi. Buning natijasida talabalarda o'zidan qoniqmaslik hislari shakllanishiga turtki bo'ladi.

Liberal uslub. O'qituvchi va talaba munosabatlarining liberal uslubida o'qituvchi dars jarayonida mas'uliyatni o'z bo'yniga olmaydi. Talabalar vazifalarni bajarishlari uchun keragidan ortiq imkoniyat beriladi. Shubhasiz talabalar bunday sinfda ishlashdan ko'ngli to'lmaydi. Talabalarda vazifalarni bajarish uchun hech qanday mas'uliyat bo'lmaydi. Bu esa bora bora ta'lim jarayoniga beparvolikni keltirib chiqaradi. Talabalar o'zidan qoniqmaslik holatlari rivojlanib borishi natijasida ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Demokratik uslubda muloqot olib boruvchi o'qituvchilar birinchi o'rinda talaba shaxsiga emas, balki faktlarga baho beradi. Shuningdek, bu uslubda o'qituvchi talabalarning dars mashg'ulotidagi muhokamalarda erkin va faol ishtirok etadi. Buning natijasida talabalarda o'z-o'ziga nisbatan ishonch hissi paydo bo'ladi. O'qituvchi tomonidan talabalarning o'zini o'zi boshqarish qobiliyatlari rivojlantiriladi. Shuningdek, talabalarda tashabbuskorlik hamda liderlik qobiliyatlari shakllanadi.

Shunday qilib, o'qituvchi bugungi kunda pedagogik muloqotda ijobiy yoki salbiy natijaga erishadimi o'zining muloqotchanlik qobiliyatlari shakllanganlik darajasiga bog'liq. O'qituvchilarda muloqotchanlik qobiliyatlarini shakllanganligi bevosita dars sifatiga ham ta'sir ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Toshkent, O'zbekiston, 2017. - 488 b.

2. Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta'lim texnologiyalari. O'quv-metodik qo'llanma. -T.: "Sano-standart", 2015. - 208 b.

3. Ishmuhamedov R.J., M.Mirsoliyeva. O'quv jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalari. -T.: «Fan va texnologiya», 2017, 60 b.

4. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob/ Metodik qo'llanma. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboeva, D.Inog'omova. - Toshkent: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012. - 193 bet.

5. Bayturaeva N. "Yosh avlodni ahloqiy madaniyatini shakllantirish bu-etuklik sari yo'ldir". JDPI Tafakkur ziyosi ilmiy-uslubiy jurnal 3/2019 OAK. 50-51b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.