Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FIZIKA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH ASPЕKTLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FIZIKA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH ASPЕKTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — U.Zoxidov, I.Djabbarov, S.X.Kurbaniyazov, R.Q.Turniyazov

Ta’limning globallashuvi sharoitida ta’lim tizimi oldiga barkamol shaxslarni shakllantirish, ta’lim soxasi va mеxnat bozori o‘rtasidagi nomutonosiblikni qisqartirish hamda axborot tеxnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kеngaytirish kabi yangi dolzarb vazifalarni qo‘ymoqdaki, mazkur vazifalar ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalarni izchil tadbiq etishning asoslaridan biri bo‘lgan mustaqil o‘qish va o‘rganish uslubiyatini ishlab chiqish zaruriyatini taqoza etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FIZIKA FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH ASPЕKTLARI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA FIZIKA FANIDAN MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL QILISH ASPЕKTLARI

1U.Zoxidov, 2I.Djabbarov, 3S.X.Kurbaniyazov, 4R.Q.Turniyazov

1,2,3,4Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11115649

Ta'limning globallashuvi sharoitida ta'lim tizimi oldiga barkamol shaxslarni shakllantirish, ta'lim soxasi va mexnat bozori o'rtasidagi nomutonosiblikni qisqartirish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi yangi dolzarb vazifalarni qo'ymoqdaki, mazkur vazifalar ta'lim muassasalarining o'quv jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni izchil tadbiq etishning asoslaridan biri bo'lgan mustaqil o'qish va o'rganish uslubiyatini ishlab chiqish zaruriyatini taqoza etadi.

An'anaviy o'qitish jaroyonida mustaqil ta'lim deganda berilgan mavzular bo'yicha konspekt yoki referat yozib, uni o'zlashtirish, kurs ishlarini bajarish, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish, adabiyotlar bilan ishlashni o'rganish, laboratoriyalarda mustaqil tajribalar o'tkazish, ilmiy to'garaklarda faol qatnashish nazarda tutilar edi. Ushbu ko'rinishdagi mustaqil ta'lim hozirgi davrga kelib oliy ta'lim muassasalarida bilim olayotgan talabalar tomonidan bajarishi kerak bo'lgan mustaqil ish talablariga javob bermay qoldi. Shu sababli oliy o'quv yurtlarida mustaqil ta'limni tashkil etishni zamon talablar asosida qayta ishlab chiqish va unga o'zgartirishlar kiritish zaruriyati paydo bo'lmoqda.

Bizning fikrimizcha, fizika va muxandislik fizikasi yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi asosiy aspektlarga e'tibor qaratilishi muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

1. Loyiha ishi: Talabalar biror muammo bo'yicha loyiha yozishlari, fizikaning ma'lum sohasi bo'yicha tajriba o'tkazishlari va uni modellashtirish dasturi ustida ishlashlari kerak. Loyiha ishini mustaqil bajarish tanqidiy fikrlashga va olingan natijalarini amaliyotda qo'llashga o'rgatadi.

2. Laboratoriya ishlari: Talabalar laboratoriya ishlarini o'rganib chiqishi, mustaqil tajriba o'tkazib, olingan natijalarni tahlil qilib, kerakli xulosalarni chiqarishlari lozim. Laboratoriya ishlari zamonaviy asboblar bilan jihozlangan va programmalashtirilganligi uchun talaba o'rganilayotgan soxani chuqur o'zlashtira oladi.

3. Ilmiy tadqiqotlarda qatnashish: Talaba ilmiy tadqiqot ishlarida qatnashib, konferensiyalarda o'z natijalari bilan ma'ruza qilishi va natijalarni umumlashtirib, ilmiy jurnallarda nashr ettirishi lozim. Bu kabi ishlar talabalarni ilmiy fikrlashga va kelgusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish ko'nikmalarini shakllantirishga o'rgatadi.

4. Yakka va guruhiy loyihalar: Bu loyihani bajarishda talaba mustaqil holda aniq muammoni guruh bo'lib o'rganadi, bunda ijodiy fikrlash hissiyoti kuchayadi hamda jamoa bilan ishash ko'nikmasi paydo bo'ladi.

5. Zamonaviy tеxnologiyalardan foydalanish. Oliy ta'lim muassasalari talabalari mustaqil ishni bajarishda zamonaviy texnologiyalardan atroflicha keng foydalanishi kerak. Bularga veb-resurslar, elektron darsliklar, onlayn kurslar, virtual laboratoriyalar va boshqa manbalar kiradi. Bular talabalarga fizika fanining so'ngi yutuqlarini mustaqil o'rganishga katta yordam beradi.

6. Ustoz-shogird tamoyillari: Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda ustoz-shogird tamoyili asosiy aspektlardan biri hisoblanadi. Talabalarning izlanuvchanlik va tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ustoz-o'qituvchining o'rni muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Talabalar bilan ustoz o'rtasidagi munosabatlar, talabalarning mustaqil ishlarini muhokama qilishda yaxshi natijalar beradi.

Ushbu sanab o'tilgan aspektlar talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda mutaxassislik sohasida yangiliklardan xabardor bo'lishga, kritik mushodaha qilishga, kelajakda yaxshi fizik mutaxassis bo'lisihga yordam beradi.

Fizika va muxandislik fizikasi yo'nalishlarida taxsil oluvchi talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishni uslubiy jihatdan kengroq qarab chiqamiz:

1. Loyihalash usuli:

a) Loyihaning maqsadi: Bunda talabalar loyiha maqsadini aniq bilgan holda ma'lum mavzuda tajriba o'tkazib, uning dasturiy tizimini yaratishadi.

b) Rejalashtirish va tashkil qilish: Talabalar bajaradigan ishining rejasini tuzib, kerakli jihozni tayyorlaydi, vaqt me'yorini hisoblaydi va tekshirish usulini tanlaydi.

v) Tekshirish va tahlil: Ko'zlagan maqsad uchun talabalar izlanishlar olib boradi, olingan natijalarni tahlil qiladi, undagi ilmiy uslublaridan va fizika fanining nazariy manbalaridan foydalanadi.

g) Tadbiq qilish va baholash: Talabalar loyihani tadbiq qilishga kirishadi, olingan natijalarni loyihaning ko'zlangan maqsadi bilan solishtirib baholaydi.

d) Taqdimot va muhokama qilish: Talabalar o'z loyihasini jamoaga va o'qituvchilarga taqdim etadi va olingan natijalarni muhokama qiladi.

2. Laboratoriyada bajariladigan ishlar:

a) Bajariladigan ishning tavsifi va topshiriq: Talabalar tajriba o'tkazish va tajribalarni laboratoriyada bajarishi uchun undagi ishlatiladigan asboblarning tavsifi va topshiriqlar bo'yicha to'liq ma'lumotga ega bo'lishlari kerak.

b) Tajriba o'tkazish: Talabalar laboratoriya ishlarini mustaqil bajarishi, olingan natijalarni tahlil qilishi lozim.

v) Olingan natijalarni qayta ishlash: Talabalar olingan natijalarni statik metodlardan, grafik va modellashtirish usullaridan foydalangan holda interpretatsiya qilishi lozim.

g) Hisobot: Talabalar bajarilgan laboratoriya ishlari va ularning uslubiy jihatlari va olingan natijalari bo'yicha hisobot tayyorlaydi.

d) Muhokoma qilish: O'qituvchi har bir talaba bilan olingan natijalarni muhokoma qiladi, berilgan savollarga javob beradi va natijalarni tahlil qilishga yordam beradi.

3. Ilmiy-tadqiqot uslubiyati:

a) Mavzu va muammoni tanlash: Talabalar mavzu yoki biror topshirikni batafsil o'rganish uchun muammo tanlaydilar.

b) Shu mavzuga doir adabiyotlarni o'rganish: Talabalar mavzuga tegishli maqolalar va ilmiy adabiyotlarni o'rganib, kerakli bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladi.

v) Tajriba o'tkazish va natijalarni to'plash: Talabalar tajribalar o'tkazadi, xodisalarni kuzatadi va olingan natijalarni tahlil qiladi, yangi ma'lumotlar olib xulosa chiqaradi.

g) Tahlil va olingan natijalarni tushuntirish: Talabalar olgan natijalarini statik usullar va ilmiy yondashuv asosida tahlil qiladi.

d) Hujjatlashtirish va taqdimot qilish: Talabalar hisobot tayyorlashadi, tekshirishda olgan natijalarini rasmiylashtiradi va taqdimot qiladi, maqola yozishadi yoki ilmiy anjumanlarda ma'ruza bilan ishtiroq etishadi.

4. Yakka va guruh bo'lib ishlash:

a) Ma'lum sohada ishlaydigan guruh: Talabalar murakkab masalalarni yechishda va loyihani bajarishda guruh bo'lib ishlashlari mumkin.

b) Kuyilgan masalalarni taqsimlash: Guruhda qatnashayotgan talabalarning har biri nima bilan shug'ullanishini aniq bilishi va uni bajarib, loyihani amalga oshishiga o'z hissasini qo'shishi lozim.

c) Jamoaviy izlanish: Talabalar guruh bo'lib tekshirishlar olib borishi, bir-birlari bilan tajriba va bilim sohasida muloqat qilishi, olingan natijalarni muhokama qilishi va loyihani bajarish usullarini topishlari lozim.

d) Baholash: Talabalarning bajargan loyihasi o'qituvchi yoki ekspert tomonidan baholanadi va loyihani bajarishda olingan natijalarning aniqlik darajasini oshirishga oid tavsiyalar beriladi.

Yuqorida qayd qilingan uslubiy ko'rsatmalar talabalarni mustaqil izlanishga, o'qishga, fikrlashga va fizika fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llashga o'rgatadi.

Xulosa qilib aytganda mustaqil ta'lim olish uslubiy pedogogik muammo bo'lib, u o'qituvchi bilan talaba hamkorikda ishlagandagina ijobiy natijalar beradi. Mustaqil ta'lim olishning birinchi bajarilishi lozim bo'lgan sharti talaba o'zi ongli, tushungan holda mustaqil ishlashni, ta'lim olishdan maqsad nimaligini aniq bilishi va bu ishni bajarish shart ekanligini his qilishi kerak.

REFERENCES

1. Andreev V. Pedagogika tvorcheskogo samorazvitiya. - Kniga 2. - Kazan: Izd-vo Kazanskogo Universiteta, 1998. - 318 s.

2. Kovalevskiy I. Organizatsiya samostoyatelnoy rabotbi studenta // Vbisshee obrazovanie v Rossii №1, 2000, s.114-115.

3. Robert I. Sovremennbie informatsionnbie texnologii v obrazovanii: didakticheskie problembi; perspektivbi ispolzovaniya. - M.: Shkola-press, 1994. - 176 s.

4. Vasileva Ye.S. Organizatsiya samostoyatelnoy rabotbi pri podgotovke spesialistov po informatsionno-orientirovannbim spesialnostyam / Kazan. ped. jurnal №7. 2008. S. 97-106.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.