Научная статья на тему 'OLIY MUSIQA TA’LIMI MUASSASALARIDA MAKTAB REPERTUARINI O’RGANISH MASALALARI'

OLIY MUSIQA TA’LIMI MUASSASALARIDA MAKTAB REPERTUARINI O’RGANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
273
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
modernizatsa / aqliy hujum / dinamika / metodika / interfaol / registr / ritmika / graffik / acopella / multimedia / innovatsion / musiqiy idrok / indivudual

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilshod Raxmatxonovich Akmalov

Mazkur maqola maktab repertuarlarini bolalarga o’rgatishda muhim o’rin tutadigan metodikalar haqida yozilgan bo’lib, boshlang’ich va yuqori sinflarga dars o’tish davomida, o’qituvchi nimalarga ahamiyat berish va qanday qonun-qoidalarga rioya qilish haqida yozilgan. Bolalarning musiqa madaniyati darsida qo’shiq kuylashga doir ilmiy farazlar, maktab repertuaridan o’rin olgan asarlarning bolalar yoshi, sinfi, ijro imkoniyati, iqtidorini o’qituvchi to’g’ri anglab ishlash vazifalari yoritilgan. Bu fanni dolzarbligi va turli samarali uslublardan foydalanish ko’nikmalari berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY MUSIQA TA’LIMI MUASSASALARIDA MAKTAB REPERTUARINI O’RGANISH MASALALARI»

OLIY MUSIQA TA'LIMI MUASSASALARIDA MAKTAB REPERTUARINI

O'RGANISH MASALALARI

Dilshod Raxmatxonovich Akmalov Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Mazkur maqola maktab repertuarlarini bolalarga o'rgatishda muhim o'rin tutadigan metodikalar haqida yozilgan bo'lib, boshlang'ich va yuqori sinflarga dars o'tish davomida, o'qituvchi nimalarga ahamiyat berish va qanday qonun-qoidalarga rioya qilish haqida yozilgan. Bolalarning musiqa madaniyati darsida qo'shiq kuylashga doir ilmiy farazlar, maktab repertuaridan o'rin olgan asarlarning bolalar yoshi, sinfi, ijro imkoniyati, iqtidorini o'qituvchi to'g'ri anglab ishlash vazifalari yoritilgan. Bu fanni dolzarbligi va turli samarali uslublardan foydalanish ko'nikmalari berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: modernizatsa, aqliy hujum, dinamika, metodika, interfaol, registr, ritmika, graffik, acopella, multimedia, innovatsion, musiqiy idrok, indivudual

ISSUES OF STUDYING SCHOOL REPERTOIOR IN HIGHER MUSIC

EDUCATION INSTITUTIONS

Dilshod Rakhmatkhonovich Akmalov Uzbek National Institute of Musical Arts named after Yunus Rajabi

Abstract: This article is about the methods that play an important role in teaching school repertoire to children, and what the teacher should pay attention to and what rules to follow during the teaching process in primary and high school. The children's music culture lesson covers the scientific assumptions about singing, children's age, class, performance ability, and the teacher's ability to understand the works in the school repertoire. The relevance of this science and the ability to use a variety of effective methods are highlighted.

Keywords: modernization, mental attack, dynamics, methodology, interactive, register, rhythm, graphics, acopella, multimedia, innovative, musical perception, individual

Inson his-tuyg'ularini larzaga solib, uni go'zallik olamiga eltuvchi o'ta noyob mo'jizalardan biri musiqadir. Zero, yer yuzidagi xalqlarni tili, millati, dini va urf-odatlaridan qat'iy nazar ularning barchasini birlashtiradigan, ongi va qalbida chuqur aks sado beradigan, g'oyat ta'sirchan kuchga egadir. Ana shu ongiga o'rnashib, murg'ak qalbidan joy olishini bolalik davridan boshlanishi bejiz emas albatta. Zero

I icclT^^^^H 607 http://oac.dsmi-qf.uz

bu sehrli san'at olamining ajib navolari-yu ohanglarini bolalar o'z beg'ubor qalbi bilan idrok qila olish qobilyati kichik yoshdaligidayoq ma'lum bo'ladi. Bu qobilyat har bir induvidal shaxsda bordir. Ammo uni takomillashtirish, qiziqishini so'ndirmagan holda rivojlantirib borish, nafaqat ota-ona, balki musiqa o'qituvchilarining eng katta maqsad vazifasiga kiradi albatta.

Bu haqida gapirar ekanmiz, biz o'qituvchilar, bolalar bilan ishlay oladigan, ularning olamini tushungan holda yuqorida aytganimizdek qobilyatini rivojlantirib o'stira oladigan, san'at olamiga kirib yuksak cho'qqilarni zabt eta oladigan qilib tarbiyalaydigan kadrlarni yetishtirib chiqara olamizmi? degan savolni o'rtaga qo'ysak o'rinli bo'ladi nazdimizda.

Zero Respublikada olib borilayotgan davlat siyosatining bosh omillaridan biri ta'lim sohasida innovatsion va zamonaviy pedogogik texnologiyalarni qo'llash evaziga ta'lim sifatini oshirish mustaqil fikrlashi, keng dunyoqarashga ega iqtidorli yoshlarni qaror toptirish va tarbiyalash maqsad vazifalari belgilangan.

Ta'lim sohasida modernizatsiya qilish kechiktirib, paysalga solib bo'lmaydigan jarayon ekanligi shubxasizdir. Shu bilan birga, bugungi kunda musiqa madaniyati darslarida maktab repertuarlari asarlarini jamoa bo'lib kuylash yoki tinglash uchun berilgan asarlarni innovatsion texnologiyalar vositasida o'qitishning samarali metodikalari ishlab chiqilayotgani ham tahsinga sazovor.

O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dagi Qonunda ko'rsatib o'tilganidek, demokratik jarayonda, inson erkin va mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalanishi lozim.

Maktab reperturari mashg'ulotlarini o'tilishi jarayoni haqida so'z borar ekan, har bir dars o'zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi lozim. Mutaxassis o'qituvchi faqat professional, yetuk musiqa fani o'qituvchisi emas, balki jamiyatning badiiy didini, ilg'or musiqa san'atini ommalashtira oladigan faol madaniyat arbobi etib tayyorlaydi. Shuningdek, musiqiy ta'lim yo'nalishi talabalarni musiqa madaniyati fani o'qituvchisi amaliy faoliyatiga ham tayyorlaydi. O'quvchilarning ma'naviy, badiiy, axloqiy madaniyatini shaklantirish, musiqa tinglash, vokal, xor malakalarini rivojlantirishga o'rgatishdan iborat. Maktab repertuari ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining o'quvchi yoshlar bilan ishlashi, madaniy, tarbiyaviy, g'oyaviy tashkilotchilik roli, iste'dodi va ishtiyoqlarini mavjud bo'lishini talab qiladi. Maktab repertuari fani o'tilish jarayonida "guruhlar bilan ishlash", "munozara", "muammoli o'qitish", "aqliy hujum", "yakka tartibda ishlash" kabi interfaol metodlari, shuningdek, jadvallar bilan ishlash, mustaqil fikrlashni ifodalaydigan yozma ishlar talabalar faolligini oshiradi.

Maktab repertuari darsida metodlar- dars dinamikasini maqsadga muvofiq yo'naltiruvchi, milliy g'oyasini singdirishga undovchi turli xil uslublardan foydalanib, musiqiy asarlarni o'rgatish jarayonida pedogogik uslublarni o'z ichiga

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

oluvchi samarali darslar o'tish, adabiy-badiiy kechalar, uchrashuvlar tashkil qilish yoki ishtirokchilar faoliyatini oshirishga xizmat qiluvchi va ularning bilim ko'nikmalarini oshirishning muhim omili bo'lib ximat qiladi.

Bunday interfaol metodlar asosida olib borilgan darslardan eng yahshi natija berayotganini tanlash, musiqa asarlarini o'rganish jarayonida eng samarali variantlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interfaol metodlarda talabalarni guruhlarga bo'lib ishlash-har bir guruh bir-biridan o'rganishi, o'rganganlarini o'z salohiyatlari doirasida baholashi, o'z bilimlarini tinmay o'stirish imkoniyatlarini beradi.

Bu fanni o'qitilishida ham turli samarali uslublardan foydalanish mumkin. Masalan:

• Musiqa asarlarini tahlil qilish jarayonida talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash yo'l-yo'riqlarini izlab topish.

• O'tiladigan har bir maktab repertuari darsi asosiy maqsadning yo'nalishlarini aniqlash.

• Darsda ta'limiy va tarbiyaviy vositalarning bir-biriga chambarchas bog'liqligi.

• Qo'yilgan har bir tarbiyaviy maqsad va vazifaning izchilligi.

• Maktab repertuari fanining har bir bo'limi uchun mazkur asariga taaluqi o'quv materiallari va ko'rgazmali qurollarni to'g'ri tanlash.

• Darsda eng samarali natija beradigan uslublarni tanash.

• Pedagog har bir o'tiladigan musiqa asarning emotsional hissiy qabul qilish jarayonida talabalarning individuial xususiyatlarini hisobga olish.

• Maktab repertuari fanining tashkiliy qismini aniqligi.

• Har bir talabaning musiqiy asarlarning individual qabul qilish holatini yahshi bilish.

• Maktab repertuari fani o'tilishida olib boriladigan ishlarning mazmundorligi, emotsional ta'sirchanligini aniqlash.

• Har bir musiqa madaniyati darsini talab darajasida jihozlanishi (musiqa asboblari, ko'rgazmali vositalar, darsliklar, texnik vositalar bilan ta'minlash.

• Pedagogning musiqiy qobilyati past va o'zlashtira olmaydigan qoloq talabalar bilan olib boradigan yakka tartibdagi ish rejasi.

Ma'lumki, musiqa madaniyati darslarini samarali olib borishda musiqa asarlari to'g'risidagi suhbat usulidan foydalanish juda ham ahamiyatga ega hisoblanadi. Suhbat ta'limning dialogik, savol-javob usuli bo'lib, musiqa madaniyati darsida o'rganilayotgan musiqa asarning mazmun mohiyatini chuqurroq ochib beradi. Suhbat davomida talabalar yangi musiqa asarlari haqidagi bilimlarni mustaqil fiklashi, xulosa chiqarishi kerak.

Musiqani faqatgina eshitish orqali tinglash, idrok etish mumkin. Bunda nafaqat ko'rish asosiy rol o'ynaydi, balki musiqani his qilish uchun barcha ko'rgazmali qurollardan foydalanilgan holda, elektron doskaga qiziqarli rangli rasmlarda multimediali nota yozuvlari, o'qituvchilarning dirijorlik ifodalari, raqs harakatlari tasvirlangan yozuvchilarning birin-ketin o'tib, almashinib turishi musiqani jonli va aniq idrok etish yoki musiqa asbobida ijro etish uchun katta yordam beradi.

Eng muhimi, musiqiy idrok jarayonida talabalarni o'rganilayotgan musiqa oqimini kuzatib borishga va shu bilan musiqa asarida nimalar yoki qaysi obrazlar ifodalanganligini ilg'ab olishga o'rgatish taqazo etiladi. Demak, musiqa boshqa san'at turlaridan farqlanib, darsda ko'rgazmali qurollardan va elektron notali ijrolardan keng foydalanishni taqazo etadi.

Shuning uchun ham, musiqa pedagogikasi bo'yicha Respublikamizda tanilgan musiqashunos olim X.N.Nurmtov musiqa mazmunini, obrazlari yoki sujetlarini ifodalovchi suratlar kartinalari ko'proq boshlang'ich sinf o'quvchilarini qiziqtirishini ta'kidlab o'tgan edilar.

Shuning uchun ham bugungi kun talabasi bolish bo'lajak o'qituvchilarni amalda ko'proq harakatanuvchi, masalan, dirijorlik, musiqa o'lchovini taktlash, chalib ko'rsatish, raqs, o'yin, kuy harakatini, registr va ritmik suratini doskaga grafik chiziqlarda ifodalash kabi ko'rgazmali vositalardan foydalanishi zarurligini aniq misollarda ko'rsatib o'tganlar.

Bolalarning ovoz apparatlari, musiqa o'quv yoshiga qarab o'sadi. Shuning uchun ashula aytish malakalari, ovozining asosiy elementlari : nafasni rejaga solish, tovush hosil qilish, diksiya, so'z ansambl dasturda har qaysi o'quv yili uchun alohida-alohida beriladi. Ta'lim jarayonida bu elementlarni hammasi bir-biriga uzviy bog'lanib boradi. Yuqorida ko'rsatilgan elementlarning har biri hamma sinflarda ashula aytish ishining mazmuniga kiradi va asta-sekin mustahkamlash, sifati o'zgarib murakkab ashulalar repertuarida rivojlanadi.

Vll-sinf o'quvchilariga alohida e'tibor berilishi kerak. Chunki bu yoshda ko'pchilik o'g'il bolalarda ham qiz bolalarda ha mutatsa avj oladi (Ovozi o'zgaradi). Bu vaqtda 13-14 yoshdagi o'g'il bolalarning ovozi keskin o'zgaradi. Ayniqsa o'g'il bolalar ovozlari pasaya borib, ovoz diapazoni tushib qoladi hatto ovoz o'zgargandan keyin, ya'ni mutatsadan so'ng dastlabki davrda ham (erkakcha ovoz deb-shartli aytiladigan) ovoz diapazoni ko'pincha chetlangan bo'ladi, bu ovozning temr xususiyatlari noaniq bo'ladi. Bular repertuarini tegishli suratda cheklash va puxta tanlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bu vaqtda ko'proq ikki ovozli repertuar qilinadi.

Musiqa o'quvni o'stirish, ovozni parvarish qilish vokal xor malakalari hosil etishda mahsus vokal mashqlari, ya'ni uch tovushli, past bosqich yoki yuqori bosqichdagi tovushlar orasidan kvinta yoki oktava miqiyosidagi qismlarda ashula

aytib, bir ovozda asosan, yallalar yoki qo'shiqlardan parchalar aytib "ovozni maromiga solish" katta ahamiyatga egadir.

Notaga qarab ashula aytish malakasi ham shu xilda mashq qilish yo'li bilan hosil etiladi. Bu xildagi mashqlar uchun ham darsda 3-6 minut vaqt ajratiladi. Dasturda cholg'u asbobi bilan jo'r bo'lib jo'rsiz ashula aytilishi nazarda tutilgan. Jo'rsiz ashula aytish (acapella) musiqa o'quvining o'sishiga ko'p ovozli ashulalarning hamjihatlik bilan aytilishiga, ohangdoshlikka diqqatni kuchaytirishga yordam beradi. Musiqa asbobi jo'rsiz xor bilan ashula aytganda o'qituvchi ham, o'quvchilar ham ashuladagi barcha noto'g'riliklarni yahshi sezadilar. Jo'rsiz ashula aytishni o'rganishning ahamiyatini ham ana shundadir.

O'qituvchining darsga yaxshi tayyorlanishi qo'shiqni muvaffaqiyatli o'rgatishning muhim shartidir. U bolalar bilan birinchi marta o'rganiladigan qo'shiqni yahshi bilishi, to'g'ri va ta'sirli kuylab berishi kerak.

Qo'shiq o'zlashtirilgandan so'ng, avtor g'oyasi ochib berish ustida jiddiy ish davri boshlanadi. Ammo ishning shu tomonga berilib ketib, qo'shiq aytish vaqtida damba-dam to'xtalish bilan bolalarni zeriktrib yubormaslik kerak. Chunki bolalar qo'shiqni dadil aytishar ekan, shubxasiz ularda ashulani to'liq ijro etish istagi tug'iladi. Qo'shiq boalarni zeriktirsa, uning ustida olib borilayotgan ishni vaqtincha to'xtatish va repertuarda yangi qo'shiqlar paydo bo'lgandan keyin, yana shu qo'shiqqa qaytish ma'qul. O'quv yilining choragi yoki yarim yili oxirida bir darsni ilgari o'tilgan barcha qo'shiq va ashualarni takrorlashga bag'ishlash mumkin, buning uchun sinfning bir kichik konserti uyushtiriladi, bunda bolalarning hammasi ayni bir vaqtda ham ijrochilar, ham eshituvchilar hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, har bir musiqa madaniyati o'qituvchining zimmasidagi eng katta vazifalardan biri, avvalo har bir bolaga induvidal yondoshib, uning musiqaga, qo'shiqqa bo'lgan qiziqishini so'ndirmaslik, iste'dodini rivojlantira olish uchun o'zining yoshiga, ovoziga, psixologiyasiga, sinfiga, ijro imkoniyatiga qarab tog'ri repertuar tanlab berish va xox yakka xox jamoaviy xor, ansambl bo'lsin, to'g'ri metodikani qo'llagan holda qiziqarli va mazmunli darsni olib borishi talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Prezident Sh.Mirziyoyev "Qarorlar Konsepsiyasi" inernet sahifasi.

2. O'zbekiston milliy entiklopediyasi I-jild. Toshkent-2000.

3. "Yoshlik qo'shig'I" G'ulom Qo'chqorov Toshkent- 1986.

4. "Maktab repertuari" A.A.Yuldashev Farg'ona-2020.

5. "Maktab repertuari" O.K.Mamirova Farg'ona- 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.