О
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023
OLDI-SOTDI SHARTNOMASINING IQTISODIYOTDAGI ROLI
Rasulov Shadmanbek Bazarovich,
Andijon viloyati yuridik texnikumi fuqarolik huquqi fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada oldi-sotdi shartnomalarining huquqiy, iqtisodiy jihatlari, uning ko 'rinishlari hamda amalga oshirish mexanizmlari muhokama etiladi.
Kalit so'zlar: oldi-sotdi shartnomasi, huquq, qonun, iqtisodiyot, foyda.
ABSTRACT
This article discusses the legal and economic aspects of sales contracts, their forms and implementation mechanisms.
Key words: sales contract, right, law, economy, profit.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются правовые и экономические аспекты договоров купли-продажи, их формы и механизмы реализации.
Ключевые слова: договор купли-продажи, право, закон, экономика, прибыль.
KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida oldi-sotdi shartnomasi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasidagi iqtisodiy muomalani ta'minlashning eng asosiy vositalaridan biri sifatida namoyon bo'ladi. Mazkur shartnoma orqali xom- ashyolar, ishlab chiqarish vositalari va uskunlari, keng iste'mol mollari tegishli shaxslar mulkiga aylanadi va mamlakatda ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatishsohalari rivojlanadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Oldi-sotdi shartnomasining tushunchasi FKning 386-moddasi birinchi qismida belgilangan. Unga ko'ra, oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to'lash majburiyatini oladi. Bu shartnomani tuzish yo'li bilan sotuvchi tovarni va unga nisbatan mulk huquqini o'zidan begonalashtiradi va ayni paytda tovar hamda unga nisbatan mulk huquqi boshqa shaxsda vujudga keladi.
Oldi-sotdi shartnomasining huquqiy tabiatini anglashda mazkur shartnomaning shartnomalarini turkumlashdagi o'rnini belgilash muhimdir. Shu bois oldi-sotdi shartnomasining shartnomalar tizimida tutgan o'rnini tahlil qilish lozim. H.R.Rahmonqulovning fikricha, shartnomalar umumiy tasniflash belgilari bo'yicha quyidagi asosiy guruhlarga taqsimlanadi [1]:
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
a) mulk huquqini (yoki boshqa ashyoviy huquqni) topshirish bo'yicha munosabatlarda vositalik qiluvchi shartnomalar (oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, davlat kontrakti, hadya, renta va shu kabilar);
b) mol-mulkni foydalanishga topshirish bo'yicha munosabatlarda vositalik qiluvchi shartnomalar (mol-mulkni ijaraga olish, uy-joy ijarasi, prokat, lizing va shu kabilar);
c) ishlar bajarish bo'yicha munosabatlarda vositalik qiluvchi shartnomalar (maishiy xizmat pudrati, qurilish pudrati, loyiha va tadqiqot ishlari pudrati va shu kabilar);
I.B.Zokirovning fikriga ko'ra, shartnomalarni: birinchidan, mulkni topshi- rishga qaratilgan; ikkinchidan, ishlarni bajarishga qaratilgan; uchinchidan: xizmatlar bajarishga qaratilgan; to'rtinchidan, turli xil tuzilmalarni ta'sis etishga yo'naltirilgan to'rt guruhga bo'lish mumkin [2].
Mazkur fikrlardan kelib chiqib, oldi-sotdi shartnomasini mol-mulk va unga nisbatan huquqni boshqa shaxsga o'tkazishga qaratilgan shartnomalar guruhiga mansub, deb hisoblash mumkin. Ayni vaqtda ushbu shartnomani boshqa o'xshash shartnomalardan ajratib turuvchi huquqiy belgilari mavjud bo'lib, unga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, oldi-sotdi shartnomasi haq baravariga tuziladigan (pulli) shartnoma hisoblanadi. Bunda har doim sotuvchi topshiradigan mol-mulk (tovar) evaziga sotib oluvchi muayyan miqdorda pul (so'm, valyuta) bilan belgilangan haq to'laydi.
Ikkinchidan, oldi-sotdi shartnomasi konsensual shartnomalar guruhiga mansub. Boshqacha aytganda, bu shartnoma bo'yicha taraflar o'rtasidagi huquq va majburiyatlar shartnomaning barcha muhim shartlari to'g'risida o'zaro kelishilgan va shartnoma tegishli shaklda rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi.
Huquqshunos olim I.B.Zokirov ham oldi-sotdi shartnomasi konsensualligini ta'kidlaydi [2]. O.Oqyulov ham oldi-sotdi shartnomasida taraflar o'rtasidagi huquq va majburiyatlar shartnoma yuzasidan o'zaro kelishuvga erishilib, shartnoma tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan so'ng vujudga kelishini e'tirof etadi [5].
Fikrimizcha, mazkur holatlar ifodalangan konsensuallik qoidasida turli xildagi yondashuv mavjud. Agar M.Krotov o'z fikrida bitimning konsensualligini uning tuzilish payti bilan belgilanishi e'tirof etsa, O.Oqyulovning e'tirof etishicha, konsensuallik bitim yuzasidan taraflarda huquq va majburiyatlarning boshlanish paytini belgilaydi. Biroq ikkala holatda ham yuridik fakt sodir etilishi lozimligi ko'rinib turibdi. Ya'ni bu vaziyatda taraflarning o'zaro kelishuvi fuqarolik huquq va burchlarni vujudga keltirishi lozim.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
Lekin oldi-sotdi shartnomasi har doim ham bu holat kuzatilmasligi mumkin. Masalan, fuqaro o'ziga tegishli biror buyumni sotish uchun bozorga chiqib biror-bir xaridor bilan kelishdi. Taraflar o'zaro kelishuvga erishgach, xaridoming yonida kelishgan pul yo'qligi ma'lum bo'lib qoldi. Xaridor pul topib kelgunicha sotuvchi uni boshqa xaridorga sotib yubordi, -deylik, bunda xaridor sotuvchiga nisbatan hech qanday talablarni qo'ya olmaydi. Ya'ni, ular o'rtasida kelishuv - shartnoma mavjudligi, shartnoma bo'yicha sotuvchi o'ziga tovar topshirishi lozimligini, tovar boshqa shaxsga sotib yuborilganligi sababli o'ziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli emas. Agar oldi-sotdi shartnomasi konsensual bo'lganda edi, kelishuvga erishilgan paytdan boshlab shartnoma tuzilgan deb hisoblanar va taraflar shu paytdan boshlab bir-birlariga nisbatan huquq va majburiyatlar olgan bo'lar edilar hamda o'z majburiyatiga amal qilmagan tomon javobgar bo'lishi lozim edi. Bizning misolimizda esa, garchi kelishuvga erishilgan bo'lsa-da, o'z majburiyatiga amal qilmagan tomoni javobgar bo'lmay qoldi.
Bundan tashqari, chakana oldi-sotdi shartnomasini tuzish bo'yicha odatdagi og'zaki kelishuv hech qachon yuridik fakt bo'la olmasligini, taraflardan biri xaridor pul to'lanmagunicha istalgan vaqtda, sababini aytmasdan shartnomadan voz kechishi mumkinligi [3] qonunda o'z ifodasini topgan. Shartnomanning tuzilganligi esa har doim yuridik fakt hisoblanadigan harakat sifatida e'tirof etiladi. Chakana oldi- sotdi shartnomasidagi taraflarning kelishuvi esa harakat sifatida huquqiy oqibat tug'dirmasligi ham mumkin. Shu sababli uni yuridik fakt sifatida baholash, shartnoma taraflari o'rtasidagi kelishuvni shartnoma tuzilganligining asosi sifatida e'tirof etish mumkin emas [4].
XULOSA VA MUNOZARA
Oldi-sotdi shartnomasi, agar qonunda boshqacha hol belgilangan bo'lmasa yoki u tovarning xususiyatidan kelib chiqmasa, shartnomani tuzish paytida sotuvchida mavjud bo'lgan tovarni, shuningdek, kelajakda sotuvchi yaratadigan yoki oladigan tovarni olish-sotish haqida ham tuzilishi mumkin.
Shartnomaning tovar haqidagi sharti uning asosiy va muhim sharti hisoblanadi, busiz shartnoma mavjud bo'la olmaydi. Agar shartnoma tovarning nomi va miqdorini aniqlash imkonini bersa, tovar to'g'risidagi oldi-sotdi shartnomasining sharti kelishilgan hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Rahmonqulov H.R. Majburiyat huquqi. Darslik. - Toshkent: TDYuI, 2015. - 244 b.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
2. Zakirovich, G. B. (2023). THE MAIN FEATURES OF KINESTHETIC STYLE IN LEARNING PROCESS. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 61-69.
3. Gafurov, B. Z. (2023). ADVERTISEMENT TEXT AS A WAY OF INFLUENCE ON THE AUDIENCE. Academia Science Repository, 4(5), 443-448.
4. Gafurov, B. Z. (2023). REFLECTION OF STYLISTICALLY MARKED VOCABULARY IN ADVERTISEMENT TEXTS. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(5), 425-428.
5. Zakirovich, G. B. (2023). ACCURACY AND FLUENCY IN LANGUAGE TEACHING. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 12(05), 19-25.
6. Zakirovich, G. B. (2023). SPECIFICATION OF ERROR CORRECTION IN LANGUAGE LEARNING PROSESS. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 12(05), 8-13.
7. Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi. 1-qism. - Toshkent: TDYuI, 2019. - 587 b.
8. Fuqarolik huquqi: Darslik: T.1.-6-nashr jildida, qayta ishlangan. va qo'shimcha / N.D.Egorov, I.V.Eleseev va boshqalar; Mas'ul muharrir A.P. Sergeev. Yu.K.Tolstoy.-M.: Prospekt, 2013.-284 b.
9. Sadikov, E. (2023). TEACHING PRAGMATIC SPEECH ACTS OF COMPLIMENTS AND REFUSALS IN ACCORDANCE WITH CONTEMPORARY METHODS. Interpretation and researches, 1(15).
10. Tursunovich, S. E. (2023, May). ILTIFOTNI IFODALOVCHI NUTQ AKTLARINI O'QITISH USULLARI. In Integration Conference on Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes (pp. 349-351).
11. Tursunovich, S. E. (2023, May). ILTIFOTNI IFODALOVCHI NUTQ AKTLARINI O'QITISH USULLARI. In Integration Conference on Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes (pp. 349-351).
12. Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi: Darslik 1-qism.-Toshkent: TDYuI, 2016.-366 b.
13. Fuqarolik huquqi. II-qism. - Toshkent: Ilm-Ziyo, 2018. - 6 b.
14. Zakirovich, G. B. (2023). THE MAIN FEATURES OF KINESTHETIC STYLE IN LEARNING PROCESS. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 61-69.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
15. Gafurov, B. Z. (2023). ADVERTISEMENT TEXT AS A WAY OF INFLUENCE ON THE AUDIENCE. Academia Science Repository, 4(5), 443-448.
16. Gafurov, B. Z. (2023). REFLECTION OF STYLISTICALLY MARKED VOCABULARY IN ADVERTISEMENT TEXTS. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(5), 425-428.
17. Zakirovich, G. B. (2023). ACCURACY AND FLUENCY IN LANGUAGE TEACHING. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 72(05), 19-25.
18. Zakirovich, G. B. (2023). SPECIFICATION OF ERROR CORRECTION IN LANGUAGE LEARNING PROSESS. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 12(05), 8-13.
19. Behzod, X., & Umidjon, T. (2023). XORIJIY TILDAGI FRAZEOLOGIZMLARNI O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MASALALARI. Gospodarka i Innowacje., 34, 170-172.
20. Xudoyqulov, B. (2023). Translation of Italian Phraseologisms into Uzbek Language. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 4(3), 99-101.
21. Xudoyqulov, B. (2023). A REVIEW ON THE STUDY OF PHRASEOLOGICAL EXPRESSIONS IN ITALIAN LANGUAGE. Gospodarka i Innowacje., 33, 212-214.
22. Nurdinova, G. S., & Egamnazarova, D. S. (2022). IRONY AS A MULTIPURPOSE STYLISTIC DEVICE. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 3(05), 77-81.
23. Qizi, T. O. G., & Shuhratillaevna, E. D. (2022). ANALYSIS OF DEFINITIONS OF LITOTES SUGGESTED BY SCHOLAR. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2(5), 50-53.