Научная статья на тему 'OKSIDLANISH QAYTARILISH REAKSIYALARI MAVZUSI BO'YICHA DIDAKTIK O'YINLAR VA PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB DARSNI TASHKIL ETISH'

OKSIDLANISH QAYTARILISH REAKSIYALARI MAVZUSI BO'YICHA DIDAKTIK O'YINLAR VA PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB DARSNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Interaktiv. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Choriyeva Y. B, Ismatov S.Sh

Bilamizki hozirgi kunda kimyo sohasini sodda va oson usulda o‘rgatish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda turli xildagi interfaol metodlardan foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Maqolada yoshlarning kimyo fanini mustaqil o‘zlashtirishi, izlanishlar olib borishi, shuningdek ijodiy fikrlashini boyitishda metodlarning ahamiyati ifodalab berilgan va pedagogik jarayonni yangicha qurishi boshqarishni tashkil etishda zamonaviy usullar va metodlar haqida kuzatishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OKSIDLANISH QAYTARILISH REAKSIYALARI MAVZUSI BO'YICHA DIDAKTIK O'YINLAR VA PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB DARSNI TASHKIL ETISH»

OKSIDLANISH QAYTARILISH REAKSIYALARI MAVZUSI

BO'YICHA DIDAKTIK O'YINLAR VA PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB DARSNI TASHKIL

ETISH

1Choriyeva Y. B, 2Ismatov S.Sh.

1,2Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti, talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11116350

Annotatsiya. Bilamizki hozirgi kunda kimyo sohasini sodda va oson usulda o'rgatish bo'yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.Ushbu maqolada kimyofanini o 'qitish samaradorligini oshirishda turli xildagi interfaol metodlardan foydalanish to'g'risida so'z yuritiladi. Maqolada yoshlarning kimyo fanini mustaqil o'zlashtirishi, izlanishlar olib borishi, shuningdek ijodiy fikrlashini boyitishda metodlarning ahamiyati ifodalab berilgan vapedagogikjarayonni yangicha qurishi boshqarishni tashkil etishda zamonaviy usullar va metodlar haqida kuzatishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Interaktiv. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari.

Аннотация Мы знаем, что сейчас проводится ряд работ по преподаванию химии простым и доступным способом. В данной статье говорится об использовании различных интерактивных методов для повышения эффективности обучения химии. В статье выражено значение методов в обогащении самостоятельного овладения молодежью химией, проведения научных исследований, творческого мышления, а также можно наблюдать современные методы и приемы в организации и управлении новым педагогическим процессом.

Ключевые слова: современные педагогические технологии. Интерактивный. Окислительно-восстановительные реакции.

Abstract. We know that now a number of works are being carried out to teach chemistry in a simple and easy way. This article talks about the use of various interactive methods to increase the effectiveness of teaching chemistry. In the article, the importance of methods in enriching young people's independent mastery of chemistry, conducting research, and creative thinking is expressed, and you can observe modern methods and methods in the organization and management of a new pedagogical process.

Key words: modern pedagogical technologies. Interactive. Redox reactions.

Bugungi kunda umumta'lim muassasalarida kimyo fanini o'qitishda o'quvchilarning bilish faoliyatlarini oshirish, ularda fanga bo'lgan qiziqishlari, bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash, yangi mavzuni o'rganish jarayonida xususiy metodik va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar, modulli ta'lim texnologiyalari, hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Kimyo fanining bugungi kundagi ahamiyati juda yuqori bo'lgani bois, fanni o'qitishda interaktiv va interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi yuqoridir. Shu bois ham, fanni o'qitishda interfaol usullardan foydalanish asosiy metodikaga oid g'oyalar bilan uzviy bog'langan bo'lib, o'qitishning interfaol shakllari va usularidan foydalanish, o'quvchilarning ijodkorlik darajasini faollashtirishga, o'quv darsliklari va materiallarini mustaqil o'zlashtirishga yordam beradi.

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xususan, kimyo darslarini tashkillashtirishda o'qituvchilar tomonidan turli interfaol metodlarning qo'llanilishi fanga qiziquvchi o'quvchilarning mustaqil o'zlashtirish va fan yuzasidan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, shuningdek dars jarayonlarida o'quvchilarning faolligini oshirishda keng qo'llaniladi. Bunday metodlarda ta'lim markaziga o'quvchi qo'yiladi va shu orqali o'quvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqori bo'lishini ta'minlaydi. Interfaol usul - ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi faol hamkorlik muloqoti hisoblanib, ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malaka, muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lidagi o'zaro harakatini tashkil etishga asoslanadi. Hozirgi kunda bir qancha metodlar bo'lib ularga quyidagilar kiradi.

1. Interaktiv,

2 Modellashtirish,

3.Namoyish qilish,

4.Kichik guruhlarga bo'lish,

5. Aqliy hujum

Anorganik kimyo fani akademik litsey, kasb-hunar kollej hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quv dasturiga kiritilgani uchun pedagogik eksperiment o'tkazish uchun Sho'rchi tumanidagi 55-maktab 8-a va 8-b-sinf o'quvchilari ya'ni 2 ta guruh tanlandi.

Bo'lim mavzularini ikkala guruhlarda ham to'liq o'tilib bo'lgandan so'ng har ikkala guruhda mazkur bo'lim mavzulariga tegishli ikkita sinov so'rovlari o'tkazildi. Birinchi sinovda 10ta savollardan iborat so'rov o'tkazildi.

"Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari mavzusini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar " mavzusi bayoni bo'yicha 8-a- sinfda o'tkazilgan sinov natijalari. Oksidanish darasi kimyoning asosiy tushunchalaridan biri bo'lib u atomning birikmadagi holatini tavsiflash uchun kiritilgan. Kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etayotgan moddalar tarkibiga kiruvchi atomlar oksidlanish darajalarining o'zgarishi yoki o'zgarmasligiga qarab kimyoviy reaksiyalar ikkiga bo'linadi. Elementlar oksidlanish darajalarining o'zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deb ataladi Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion oksidlovchi , elektron bergan element yoki ion qaytaruvchi deb ataladi. Qisqa qilib tushuntiradigan bo'lsak oksidlovchi ayni kimyoviy jarayonda elektron olib qaytariladi. Qaytaruvchi esa ayni kimyoviy jarayonda elektron berib oksidlanadi.

Bundan o'rtacha to'g'ri javob bergan o'quvchilarning sonini topadigan bo'lsam, jami to'g'ri javoblar 1515 % bo'ladi va ularning foizini 20 ta o'quvchi soniga bo'lganimda 75,75 % ni beradi

"Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari mavzusini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalari va samarali usullardan foydalanish "mavzusi 8-b-sinfda o'tkazilgan sinov natijalari. Bundan o'rtacha to'g'ri javob bergan o'quvchilarning sonini topadigan bo'lsak, 1530 % jami to'g'ri javob bergan bo'lib, buni 20 ta o'quvchi soniga bo'lsak 1530/20 = 76,5 % kelib chiqadi.

Bundan guruhlarni to'g'ri tanlaganimizga amin bo'ldik va har ikki guruhda pedagogik eksperiment o'tkazdik.

8-b sinfni nazorat guruh sifatida har doimgidek an'anaviy usulda dars o'tildi. 8-a sinfni esa tajriba-sinov guruhi sifatida tanlab ularga yaratgan metodik ishlanmalar asosida dars o'tildi. Bo'lim mavzularini ikkala guruhlarda ham to'liq o'tilib bo'lgandan so'ng har ikkala guruhda

mazkur bo'lim mavzulariga tegishli ikkinchi sinov so'rovlari o'tkazildi. Bu sinovda yangicha metoddan foydalanib har ikki guruhga ham 7 tadan savol tashlandi.

Oxirgi yillarda o'quv informatsiyasini qabul qilib olish borasida deyarli revolyutsion o'zgarishlar ro'y berdi, ya'ni, berilayotgan informatsiyaning hajmi va miqdori kolossal darajada o'sdi, vizual informatsiyaning va uni uzatishning yangi turlari ishlab chiqildi. Texnik taraqqiyot va yangi vizual madaniyatning shakllanishi pedagoglar faoliyatiga qo'yiladigan talablarga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi, albatta.

"Vizualizatsiya" atamasi lotincha visualis - ko'rib qabul qilish, ko'rgazmali degan ma'nolarni beradi. O'quv informatsiyasini vizuallashtirish hozirgi zamonaviy pedagoglar faoliyatining ajralmas qismidir.

Yuqoridagilarni hisobga olsak, o'zlashtirilishi qiyin predmetlar sirasiga kiruvchi kimyo darslarida tayanch sxemalardan,zamonaviy metodlardan, jadvallardan foydalanish hozirgi davr talabi ekanligiga shubha qolmaydi. Tayanch sxemalar o'quv materialini strukturalashga, uni ko'rgazmali namoyish etishga, asosiy momentlarni ajratib ko'rsatishga, umuman, predmetga qiziqishni kuchaytirishga imkon beradi.

Masalan, pedagogik eksperiment o'tkazish uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi " INTERAKTIV " metodidan foydalanganimizda yana ham maqsadga muvofiq bo'ldi. Xulosa.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, kimyo darslarida o'qituvchilar tomonidan interfaol metodlar orqali dars o'tish dars sifatini va o'zlashtirish samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratib beradi. Interfaol metodlar orqali fanni o'zlashtirish osonlashadi. Bunday turdagi metodlardan foydalanishda eng avvalo, o'quvchi yosh xususiyatiga, o'zlashtirish darajasi va qobiliyatiga, mavzuning qay darajada qiyinligiga alohida ahamiyat berish lozim. O'qituvchi interfaol metodlar orqali o'quvchilar diqqatini jamlash va mavzuni o'tish davomida faol muloqot tizimini yo'lga qo'yish imkoniyatini yaratadi. Yuqorida to'xtalib o'tgan metodlarimiz ham ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, o'quvchilar o'rtasida hamkorlik va guruh bo'lib turli vaziyatlarga yechim topish, yagona maqsad sari ildam harakat qilish, o'z imkoniyat va qobiliyatlaridan foydalanish uchun xizmat qiladi.

REFERENCES

1. G.A.Ixtiyarova, D.J.Bekchanov, M.Sh.Ahadov// Kimyonio'qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish// Toshkent-2020.

2. O' .Tolipov, M.Usmonboyeva // Pedagogik texnologiyalar// Fan"-2005.

3. Pedagogik texnalogiya; Toshkent-2020-yil.

4. Axborot-kommuinikatsiya texnalogiyalari. (AKT) Toshkent-2021-yil

5. Anorganik kimyo; Toshkent-2021-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.