Научная статья на тему 'AZOT VA UNING XOSSALARI MAVZUSINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA AKT NING AHAMIYATI'

AZOT VA UNING XOSSALARI MAVZUSINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA AKT NING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Interaktiv metodlar. Azot va uning xossalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yo‘Lliyev Dilshod Toji O‘G‘Li, Ashurova Robiya Musulmon Qizi, Sodiqova Surayyo Toji Qizi

Bilamizki hozirgi kunda kimyo sohasini sodda va oson usulda o‘rgatish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda turli xildagi interfaol metodlardan foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Maqolada yoshlarning kimyo fanini mukammal o‘zlashtirishi, izlanishlar olib borishi, shuningdek ijodiy fikrlashini boyitishda metodlarning ahamiyati ifodalab berilgan va pedagogik jarayonni yangicha qurishi, boshqarishni tashkil etishda zamonaviy usullar va metodlardan foydalanish haqida kuzatishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AZOT VA UNING XOSSALARI MAVZUSINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA AKT NING AHAMIYATI»

AZOT VA UNING XOSSALARI MAVZUSINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA AKT

NING AHAMIYATI

1Yo'lliyev Dilshod Toji o'g'li, 2Ashurova Robiya Musulmon qizi, 3Sodiqova Surayyo Toji

qizi

Vqituvchi, DTPI, 23DTPI talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11117070

Annotatsiya. Bilamizki hozirgi kunda kimyo sohasini sodda va oson usulda o'rgatish bo'yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada kimyo fanini o'qitish samaradorligini oshirishda turli xildagi interfaol metodlardan foydalanish to'g'risida so'z yuritiladi. Maqolada yoshlarning kimyo fanini mukammal o 'zlashtirishi, izlanishlar olib borishi, shuningdek ijodiy fikrlashini boyitishda metodlarning ahamiyati ifodalab berilgan vapedagogikjarayonni yangicha qurishi, boshqarishni tashkil etishda zamonaviy usullar va metodlardan foydalanish haqida kuzatishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Interaktiv metodlar. Azot va uning xossalari.

Аннотация. Мы знаем, что сейчас проводится ряд работ по преподаванию химии простым и доступным способом. В данной статье рассматривается использование различных интерактивных методов для повышения эффективности обучения химии. В статье выражено значение методов обогащения химии молодежи, проведения научных исследований, обогащения их творческого мышления, а также можно наблюдать использование современных методов и методов в организации управления и построении нового педагогического процесса.

Ключевые слова: современные педагогические технологии. Интерактивные методы. Азот и его свойства.

Abstract. We know that now a number of works are being carried out to teach chemistry in a simple and easy way. This article discusses the use of various interactive methods to improve the effectiveness of teaching chemistry. In the article, the importance of methods in enriching young people's chemistry, conducting research, and enriching their creative thinking is expressed, and you can observe the use of modern methods and methods in the organization of management and the construction of a new pedagogical process.

Keywords: modern pedagogical technologies. Interactive methods. Nitrogen and its properties.

KIRISH

Bugungi kunda umumta'lim muassasalarida kimyo fanini o'qitishda o'quvchilarning bilish faoliyatlarini oshirish, ularda fanga bo'lgan qiziqishlari, bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash, yangi mavzuni o'rganish jarayonida xususiy metodik va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar, modulli ta'lim texnologiyalari, hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Kimyo fanining bugungi kundagi ahamiyati juda yuqori bo'lgani bois, fanni o'qitishda interaktiv va interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi yuqoridir. Shu bois ham, fanni o'qitishda interfaol usullardan foydalanish asosiy metodikaga oid g'oyalar bilan uzviy bog'langan bo'lib,

o'qitishning interfaol shakllari va usularidan foydalanish, o'quvchilarning ijodkorlik darajasini faollashtirishga, o'quv darsliklari va materiallarini mustaqil o'zlashtirishga yordam beradi. Interfaol metodlar bilim, ko'nikma va malakalarni, ya'ni o'quvchining asosiy kompetensiyalari bo'lmish:

• bilish;

• izlanish;

• fikrlash;

• hamkorlik qilish yangiliklar yaratish imkonini beradi. Turli interfaol metod kimyo faniga qiziquvchilarning bilish va o'rganish salohiyatini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xususan, kimyo darslarini tashkillashtirishda o'qituvchilar tomonidan turli interfaol metodlarning qo'llanilishi fanga qiziquvchi o'quvchilarning mustaqil o'zlashtirish va fan yuzasidan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, shuningdek dars jarayonlarida o'quvchilarning faolligini oshirishda keng qo'llaniladi. Bunday metodlarda ta'lim markaziga o'quvchi qo'yiladi va shu orqali o'quvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqori bo'lishini ta'minlaydi. Interfaol usul - ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o'rtasidagi faol hamkorlik muloqoti hisoblanib, ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malaka, muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lidagi o'zaro harakatini tashkil etishga asoslanadi. Hozirgi kunda bir qancha metodlar bo'lib ularga quyidagilar kiradi.

Interaktiv Faollashtirish Namoyish qilish Kichik guruhlarga bo'lish Aqliy hujum Tanqidiy tafakkur Debatlar

Nuqtai nazaring bo'lsin Har kim har kimga o'rgatadi Rolli o'yinlar

Muayyan holatni (vaziyatni) o'rganish Modifikatsiyalangan ma'ruza O'yinlar Bingo

Axborot texnologiyalari (kompyuter) yordamida. O'qitishning innovatsion usullaridan foydalana bilish va amalga oshirish. O'qituvchi quyidagilarni bilishi lozim:

✓ innovatsion texnologiya tushunchasi, uning mazmun-mohiyati;

✓ ta'lim maqsadini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli;

✓ fanlar bo'yicha innovatsion texnologiyalarni qo'llash prinsiplari;

✓ ta'limiy va ishchanlik o'yinlari;

✓ muammoli rivojlantiruvchi ta'lim usullari;

✓ o'quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta'minlash yo'llari;

✓ o'quvchilarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari;

✓ ko'rgazmali o'qitish usullari;

✓ imitatsiya o'quv-mashg'ulotlari;

✓ ta'lim-tarbiyani faollashtiruvchi usullar.

Anorganik kimyo fani akademik litsey, kasb-hunar kollej hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quv dasturiga kiritilgani uchun pedagogik eksperiment o'tkazish uchun Denov tumanidagi 19-maktabning 8-" A" va 8-"B"-sinf o'quvchilari ya'ni 2 ta guruh tanlandi.

"Azot va uning xossalari mavzusini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar"ning ahamiyati mavzularini ikkala guruhlarda ham to'liq o'tildi. Dars mashg'ulotlari 8-" A" sinfda zamonaviy pedagogik texnologiya asosida, 8-"B" sinfda esa ananaviy usulda olib borildi. Dars mashg'ulotlari tugaganidan so'ng, har ikkala guruhda mazkur bo'lim mavzulariga tegishli sinov so'rovlari o'tkazildi. Sinovda 30 ta testdan iborat so'rov o'tkazildi.

1-rasm. "Azot va uning xossalarini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar" mavzusi bo'yicha 8-"A" sinfda o'tkazilgan sinov natijalari.

Bundan o'rtacha to'g'ri javob bergan o'quvchilarning sonini topadigan bo'lsam, jami to'g'ri javoblar yig'indisi 2020 % bo'ladi va ularning foizini 25 ta o'quvchi soniga bo'lganimda 80,8 % ni beradi.

2-rasm. "Azot va uning xossalarini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalari" mavzusi 8-"B" sinfda o'tkazilgan sinov natijalari.

Bundan o'rtacha to'g'ri javob bergan o'quvchilarning sonini topadigan bo'lsak, 1476,68 % jami to'g'ri javob bergan bo'lib, buni 25 ta o'quvchi soniga bo'lsak 59 % natija kelib chiqadi.

Bundan guruhlarni to'g'ri tanlaganimizga amin bo'ldik va har ikki guruhda pedagogik eksperiment o'tkazdik.

8-b sinfni nazorat guruh sifatida har doimgidek an'anaviy usulda dars o'tildi.

8-a sinfni esa tajriba-sinov guruhi sifatida tanlab ularga yaratgan metodik ishlanmalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tildi.

Bo'lim mavzularini ikkala guruhlarda ham to'liq o'tilib bo'lgandan so'ng har ikkala guruhda mazkur bo'lim mavzulariga tegishli ikkinchi sinov so'rovlari o'tkazildi. Bu sinovda yangicha metoddan foydalanib har ikki guruhga ham 7 tadan savol tashlandi.

Oxirgi yillarda o'quv informatsiyasini qabul qilib olish borasida deyarli revolyutsion o'zgarishlar ro'y berdi, ya'ni, berilayotgan informatsiyaning hajmi va miqdori kolossal darajada o'sdi, vizual informatsiyaning va uni uzatishning yangi turlari ishlab chiqildi. Texnik taraqqiyot va yangi vizual madaniyatning shakllanishi pedagoglar faoliyatiga qo'yiladigan talablarga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi albatta.

"Vizualizatsiya" atamasi lotincha visualis - ko'rib qabul qilish, ko'rgazmali degan ma'nolarni beradi. O'quv informatsiyasini vizuallashtirish hozirgi zamonaviy pedagoglar faoliyatining ajralmas qismidir.

Yuqoridagilarni hisobga olsak, o'zlashtirilishi qiyin predmetlar sirasiga kiruvchi kimyo darslarida tayanch sxemalardan, zamonaviy metodlardan, jadvallardan foydalanish hozirgi davr talabi ekanligiga shubha qolmaydi. Tayanch sxemalar o'quv materialini strukturalashga, uni ko'rgazmali namoyish etishga, asosiy momentlarni ajratib ko'rsatishga, umuman, predmetga qiziqishni kuchaytirishga imkon beradi.

Masalan, pedagogik eksperiment o'tkazish uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi "Interaktiv" metodidan foydalanganimizda yana ham maqsadga muvofiq bo'ldi.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, kimyo darslarida o'qituvchilar tomonidan interfaol metodlar orqali dars o'tish dars sifatini va o'zlashtirish samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratib beradi. Interfaol metodlar orqali fanni o'zlashtirish osonlashadi. Bunday turdagi metodlardan foydalanishda eng avvalo, o'quvchi yosh xususiyatiga, o'zlashtirish darajasi va qobiliyatiga, mavzuning qay darajada qiyinligiga alohida ahamiyat berish lozim. O'qituvchi interfaol metodlar orqali o'quvchilar diqqatini jamlash va mavzuni o'tish davomida faol muloqot tizimini yo'lga qo'yish imkoniyatini yaratadi. Yuqorida to'xtalib o'tgan metodlarimiz ham ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, o'quvchilar o'rtasida hamkorlik va guruh bo'lib turli vaziyatlarga yechim topish, yagona maqsad sari ildam harakat qilish, o'z imkoniyat va qobiliyatlaridan foydalanish uchun xizmat qiladi.

REFERENCES

1. G.A. Ixtiyarova, D.J. Bekchanov, M.Sh. Ahadov//Kimyoni o'qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish// Toshkent-2020.

2. A.X. Raximov, D.T. Yulliyev, O'.M. Ro'ziyeva, G.M.Matklicheva, A.Sh.Komilov. Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariysini o'qitish metodikasi.

3. Pedagogik texnalogiya; Toshkent-2020-yil.

4. Axborot-kommuinikatsiya texnalogiyalari. (AKT). Toshkent-2021-yil. Anorganik kimyo; Toshkent-2021-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.