OILADAGI MUNOSABATLARNING FARZANDLAR TARBIYASIGA PSIXOLOGIK - PEDAGOGIK TA'SIRI
X. B. Raxmatullayeva
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi talabasi
ANNOTATSiYA
Farzand tarbiyasi har bir ota - onaning ko'zgusi. Ota - onaning psixologik holati, uning farzandi tarbiyasida aks etadi. Farzandining kelajagi chiroyli bo'lishini istagan har bir ota - ona o'z ustida ishlab farzandiga o'rnak bo'lishi lozim.
Kalit so'zlar: Oila, farzand, tarbiya, oilaviy muhit, psixologiya, oila psixologiyasi, giper-g'amxo'rlik, manipulyatsiya.
АННОТАЦИЯ
Воспитание детей - отражение каждого родителя в зеркале. Психологическое состояние родителя отражается на воспитании его ребенка. Каждый родитель, который хочет, чтобы у его ребенка было прекрасное будущее, должен подавать пример своему ребенку в работе над собой.
Ключевые слова: Семья, ребенок, воспитание, Семейная среда, психология, семейная психология, гиперопека, манипуляция
ABSTRACT
Parenting is the reflection of every parent in the mirror. The psychological state of a parent is reflected in the upbringing of his child. Every parent who wants his child to have a wonderful future should set an example for his child in working on himself.
Keywords: Family, child, upbringing, Family environment, psychology, family psychology, overprotection, manipulation.
Daraxtdan meva olaman desang, uni nihollik davridan parvarish qil.
(O 'zbek xalq maqoli)
Oila - muqaddas. Ammo, bu muqaddas oilani barpo etish,mustahkamligini taminlash va ko'p yillar davomida oilani saqlab qolish oson ish emas. O'zimizning o'zbek oilalari urf- odatlariga nazar soladigan bo'lsak, sovchilik, kattalar roziligi, kattalar kelishuvi va oxiri yoshlar tanishuvi bilan to'y o'tkazib yuborishadi. Undan keyingi hayot kelinlik uyidagi muhit, urf - odatlar bilan davom etadi. Yosh oila, yoki ota-ona bilan, yoki alohida yashashni boshlaydi. Aksariyat hollarda, ota-ona va shu oila a'zolari bilan birgalikda murosa qilib yashashga to'g'ri keladi. Yoshlar hayotida yangi
27-mart, 2024
251
bosqich - bir biriga o'rganish, ko'nikish boshlanadi. Kattalar gapi bilan, ya'ni oilani mustahkamlash bahonasida tezroq farzand ko'rish mavzusi muhokamada bo'ladi. Eng katta ma'suliyat mana shu davrdan boshlanadi.
Biz "farzand" degan tushunchani yaxshi tushunib olishimiz shart. Chunki bu -alohida katta bir tubi cheksiz bo'lgan mavzu. Farzand bu - o'yinchoq emaski, xohish istaklarni qondirish uchun xoxlagan paytda dunyoga keltirsa. U bir individ, shaxs. Farzandni dunyoga keltirish va uni shaxs sifatida har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash, imkoniyatlar yaratib berish biz ota onalarning eng katta masuliyatimiz ekanligini tushinib olishimiz lozim.
Eng avvalo, oiladagi muhit va urf - odatlarimizni to'g'ri yo'lga qo'yib olishimiz zarur. Ota - ona birinchi o'rinda, farzand tarbiyasini nazorat qilishi uchun, o'zidagi nuqsonlarini tarbiyalashi, kamchiliklarini bartaraf qilishi va ular ustida ishlashi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bolalarning rivojlanishiga oila hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Xo'sh, farzand tarbiyasi qaysi paytdan boshlanadi? Farzand tarbiyasi ona qornidan, embrionlik davridan boshlanadi. Ona farzand kutayotganini bilgandan so'ng, onalik instinkti uyg'onib, o'zi va bolasini ehtiyot qila boshlaydi. Bolaning yaxshi rivojlanishi uchun toza havoda sayr, o'z vaqtida to'g'ri ovqatlanishga e'tibor qaratadi. Bu jarayon farzand tug'ilganidan keyin ikki hissaga oshadi. Bola ona qornida rivojlanib borar ekan, o'zining xarakterini ko'rsatib, ona bilan muloqotga kirishadi. Farzandning mehr muhabbatga hissi uyg'onadi. Oiladagi bo'lib o'tadigan har bir muhit o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Farzand dunyoga kelgach, biz uning sog'lom bo'lishini va aqliy jihatdan yaxshi rivojlanishini xoxlaymiz, uning qanday inson bo'lishini oxirgi o'ringa qo'yamiz.
Ingliz faylasufi DJ.Lokkning fikriga ko'ra - "bolaning qalbi, nimani xoxlasa shuni yozish mumkin bo'lgan oq qog'ozga o'xshaydi". Bu oppoq qog'ozni yaxshi narsalar bilan ham, yomon narsalar bilan ham, to'ldirish ota-onaga bog'liq. Bola tarbiyasida ota-ona birdek masulyatga ega bo'lishi lozim. Faqatgina ona yoki ota tarbiyasi bola tarbiyasining shakillanishida salbiy ta'sir ko'rsatishi ham mumkin. Avvalambor, bola tarbiyasida oila mustaxkamligi birinchi o'rinda turadi. Har bir inson o'z ishi bilan band bo'lgan bugungi kunda ota-onalar ko'pincha farzandlari bilan vaqt o'tkazish kerakligini unutishadi. E'tibor va muloqot yetishmasligi bolaning hissiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rish, oilaviy rishtalarni mustahkamlash uchun bolalar bilan muloqot qilish, o'ynash va yetarlicha vaqt ajratish haqida o'ylab ko'rish kerakligi oilaning eng birinchi vazifalaridan ekanligini yoddan chiqarmasliklari lozim. Bugungi kunda bu eng dolzarb masala hisoblanadi.
Ko'pgina ota - onalar farzandlarini hamma narsada eng zo'r bo'lishiga intiladi va ba'zida, bu haddan tashqari mukammallikka olib keladi. Bu, bolaga haddan tashqari bosim o'tkazishi va uning normal rivojlanishiga to'sqinlik qilib, ota - ona va farzand o'rtasidagi manipulyatsiyaga sabab bo'lishi mumkin. Ota - onalar esda tutishlari
27-mart, 2024
252
kerakki, eng muhimi mukammallikka intilish emas, balki mehrlarini ayamasdan, bolani qo'llab - quvvatlashga va tushunishga harakat qilishlari lozim.
Zamonaviy dunyoda ota - onalik haqiqiy san'atga aylandi. Bu - muvozanat, sabr-toqat va bilimni talab qiladi. Biroq, hatto eng g'amxo'r ota - onalar ham o'zaro munosabatlarining sog'lom emasligi sababli, farzandlarining rivojlanishi va ularning tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo'lgan xatolarga ota yoki ona hukumdor manipulyatsiyasiga yo'l qo'yishlari mumkin. Bunada, ota farzandiga tanbex berayotganida onaning yon bosishi, yoki aksincha, ona tanbex berayotganida otaning yon bosishi, ota-ona o'zaro kelishmovchiliklarini farzandi oldida muhokama qilishi va hokazolar shular jumlasidandir.
Giper-g'amxo'rlik ("giper" lotincha so'zdan — me'yordan yoki o'lchovdan oshib ketish) bola uchun nafaqat haddan tashqari tashvish, balki haddan tashqari nazorat ham hisoblanadi. Ota-ona bola uchun nimani va qachon bajarishni, qanday ovqatlanishni, nima deyishni hal qilishi aslida bolaga zarar keltiradi. Haddan tashqari himoyalash g'amxo'rlikdek tuyulsa-da, aslida unday emas. Haddan tashqari himoyalovchi ota-onalar odatda manipulyatsiya qiladilar, talab qiladilar, buyruq beradilar yoki shantaj qiladilar, bolaning istaklari va ehtiyojlarini e'tiborsiz qoldiradilar, yoki ikkinchi darajali deb bilishadi, bola uchun mutlaqo barcha qarorlarni qabul qiladilar. Shunday qilib, haddan tashqari himoyalanish zo'ravonlik shakllaridan biri hisoblanadi.
Ota - ona bola tarbiyasiga juda yumshoq yoki juda qattiq yondashishi bolada xulq-atvor va intizom muammolariga olib kelishi mumkin. Ota - onalar oilada aniq chegaralar va qoidalarni belgilaganlarida, farzandlarida mas'uliyat hissi uyg'onishini va o'zini o'zi boshqara olishni rivojlantirishga yordam berish uchun, ularni birgalikda doimiy ravishda bajarishlari lozim. Albatta, muvozanatni topish juda qiyin, ammo har bir ota-ona bu masalaga jiddiy yondashishi zarur.
Ko'p oilalarda farzandlar soni uchtani tashkil etadi. Katta farzand yoki kichkina farzandga e'tibor kuchayib ketishi, yokida kamayib ketishi haqida gapiramiz. Lekin statistika ma'lumotlariga nazar soladigan bo'lsak, uchinchi farzand dunyoga kelganidan keyin, birinchi farzandga ma'suliyat kuchayib, o'rtancha farzand e'tibordan chetlab qolish extimollari yuqori bo'lar ekan.
Ota - onalar qiladigan xatolardan yana biri - farzand tarbiyasida ular xaqoratli so'zlar va kaltak qo'llashlari.. Bolasini kaltak vositasida tarbiya qilishni o'ylaganlar qattiq adashadi. Chunki farzand yaxshi so'zning gadosi, yomon gapirish, kaltaklash bolani oiladan, ota-onadan bezdiradi. Siz yaxshisi farzandingizni qarg'amang, yomon so'zlar bilan so'kmang. Chunki bu narsalar farzandingizga, oilangizga g'am -tashvish keltiradi. Aksincha, yaxshi duolar qiling, yaxshiliklar tilang.. Ba'zan sho'xlik qilib, gapingizga quloq solishmasa yoki biror ishda xato qilishsa, ularni urmay-so'kmay, tushuntirishga xarakat qiling.
253
https://nuu.uz/
И 27-mart, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Farzand tarbiyasida har bir narsaga mas'uliyatli yondashib, ularning komil inson bo'lib yetishishida nafaqat ota - onalar, balki, bola atrofidagi jamiyat ham sog'lom fikr egalari bo'lishi muhim rol o'ynaydi. Farzandlaringizning kimlar bilan do'st va hamsuhbat bo'lishlariga e'tiborli bo'ling, boshqalar oldida iloji boricha sharmandalarcha koyimang. Uyda qanday yaxshi muolila qilsangiz, ko'chada ham yaxshi muolilada bo'ling.
O'zbek oilalarida asosan, birinchi farzand, birinchi nevaraga bo'lgan e'tibor yoki mas'uliyat yuqori darajada. Nafaqat to'ng'ich farzand, balki kenja farzandlar ham ota -onasi yoki bobo - buvisi tarafidan haddan ziyod erkalashlar, ba'zida esa haddan ziyod mas'uliyat yuklashlar farzandni stress holatlarga tushirib, bola fikrlashini buzilishiga olib keladi. Oqibatda, ko'p erkalatilgan farzanda o'z egosini hamma narsadan yuqori o'ringa qoyishiga olib keladi va bola tomonidan ota - onaga nisbatan manipulyatsiya jarayoni yuzaga keladi. Bu esa, atrofdagi insonlar bilan sog'lom munosabatlarni o'rnatishiga to'sqinlik qiladi va muammolarga duch kelishga olib keladi. Haddan tashqari mas'uliyat yuklatilgan farzand esa, jamiyatda o'z o'rnini topishiga qiynalishiga olib keladi. Bunday farzandlar vaqti kelib ortiqcha yuklatilgan mas'uliyatlardan charchaydi, shaxsiy fikrini bildira olmaganidan asablari zo'riqib suitsid holatigacha yetib borishi mumkin.
Shuning uchun farzand tarbiyasida har bir narsaga mas'uliyatli yondashib, ularning komil inson bo'lib yetishishida nafaqat ota - onalar, balki, bola atrofidagi jamiyat ham sog'lom fikr egalari bo'lishi muhim rol o'ynaydi.
REFERENCES
1. Абдуллаева, Г. А. (2023). ЁШЛАР ТАРБИЯСИДАГИ САМАРАДОРЛИК-УМУМХАЛ^ ИШИДИР!. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 212-222.
2. Yudina, N. V. oilaviy munosabatlarning bolalarning aqliy rivojlanishiga ta'siri
3. Кристин Аудмайер - Все на одного как защитить ребенка от травли в школе -2016
4. Haydarova, H. (2020). Development of virtual pedagogical culture of parents as an urgent problem. InterConf.
5. Hamrokulova, S. (2022). Pedagogical-programm implementation of the development of environmental education in higher class pupils of secondary schools. Central Asian Journal of Education and Computer Sciences (CAJECS), 1(4), 52-56.
254
https://nuu.uz/
И 27-mart, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi