Научная статья на тему 'OILADA SOG’LOM MA’NAVIY MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIK MADANIYATINING AHAMIYATI'

OILADA SOG’LOM MA’NAVIY MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIK MADANIYATINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
620
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviyat / oila / jamiyat / tarbiya / kitobxonlik madaniyati. / spirituality / family / society / education / reading culture.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — X. Qosimova

Kitob – umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’luvchi sodiq do’st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo’q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmuodob sirlarini o’rganishga chorlab kelishgan. Bugungi kunda ko’pincha bolalar kitob o’qimayotganlikda ayblanadilar. Lekin ularga rang-barang adabiyotlar tavsiya qilish zarurligi ota-onalar, o’qituvchilar, kutubxonachilarning ham ba’zi vaqtda e’tiboridan chetda qolmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF LIBRARY CULTURE IN FORMING A HEALTHY SPIRITUAL ENVIRONMENT IN THE FAMILY

The book is an unquenchable light that illuminates life's paths, a source of happiness that gives meaning to a person's life, a true friend that accompanies him in any situation. There is no such powerful tool as a book to ensure the spiritual maturity of a person. That is why, from time immemorial, enlightened leaders and wise men have invited all mankind to read books and learn from them the secrets of science and morals. Children today are often accused of not reading. But parents, teachers, and librarians sometimes ignore the need to recommend colorful literature to them.

Текст научной работы на тему «OILADA SOG’LOM MA’NAVIY MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIK MADANIYATINING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

OILADA SOG'LOM MA'NAVIY MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIK

MADANIYATINING AHAMIYATI Xolida Qosimova

Farg'ona davlat universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7336343

Annotatsiya. Kitob - umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu- odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan. Bugungi kunda ko'pincha bolalar kitob o'qimayotganlikda ayblanadilar. Lekin ularga rang-barang adabiyotlar tavsiya qilish zarurligi ota-onalar, o'qituvchilar, kutubxonachilarningham ba'zi vaqtda e 'tiboridan chetda qolmoqda.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, oila, jamiyat, tarbiya, kitobxonlik madaniyati.

ЗНАЧЕНИЕ БИБЛИОТЕЧНОЙ КУЛЬТУРЫ В ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВОЙ

ДУХОВНОЙ ОБСТАНОВКИ В СЕМЬЕ

Аннотация. Книга - неугасимый свет, освещающий жизненные пути, источник счастья, придающий смысл жизни человека, верный друг, сопровождающий его в любой ситуации. Нет такого мощного инструмента, как книга, для обеспечения духовной зрелости человека. Вот почему с незапамятных времен просвещенные вожди и мудрые люди приглашали все человечество читать книги и узнавать из них секреты науки и нравов. Сегодня детей часто обвиняют в том, что они не читают. Но родители, учителя и библиотекари иногда игнорируют необходимость рекомендовать им красочную литературу.

Ключевые слова: духовность, семья, общество, воспитание, читательская культура.

THE SIGNIFICANCE OF LIBRARY CULTURE IN FORMING A HEALTHY SPIRITUAL ENVIRONMENT IN THE FAMILY

Abstract. The book is an unquenchable light that illuminates life's paths, a source of happiness that gives meaning to a person's life, a true friend that accompanies him in any situation. There is no such powerful tool as a book to ensure the spiritual maturity of a person. That is why, from time immemorial, enlightened leaders and wise men have invited all mankind to read books and learn from them the secrets of science and morals. Children today are often accused of not reading. But parents, teachers, and librarians sometimes ignore the need to recommend colorful literature to them.

Keywords: spirituality, family, society, education, reading culture.

KIRISH

Mustaqillik o'zbek xalqiga o'z qadr-qimmatini, madaniyatini va an'analarini, dinu -e'tiqodini, tili va ma'naviyatini qayta tiklab olishga, milliyg'urur va milliy tafakkur, Vatanga muhabbat tuyg'ularini kamol toptirishga zamin yaratgan. Bu vazifani bajarish uchun yosh avlod ma'naviyatini shakllantirishda ular ongi va qalbiga milliy istiqlolg'oyasini singdirish asosida o'z Vataniga, xalqiga mehr-muhabbat va sadoqat tuyg'ularini paydo qilish, o'zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular ongi, dunyoqarashi, tafakkurini ozgartirish,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mamlakatimizda sodir bolayotgan islohotlarning mohiyatini anglab olishiga erishish muhimdir. Bularning barchasidan yosh avlodni ba'zan yot ta'sirlarga berilib ketishidan saqlash, iymonli, e'tiqodli, dunyoqarashi keng etib tarbiyalash zaruriyati kelib chiqadi. Bunday avlod, albatta, dastavval oila muhitida tarbiyalanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Demak, har qanday davlatning kelajagi yosh avlodning qanday tarbiyalanganligiga bog'liq, chunki, kelajak ularning qo'lida bo'ladi. Yosh avlod tarbiyasining samaradorligi uni qanchalik erta boshlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Ayniqsa, bugungi kunda yosh avlodni ma'naviy-axloqiy barkamol etib tarbiyalashni davrning o'zi taqozo etmoqda. SHunday ekan, mustaqil respublikamizning kelgusi taraqqiyoti, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy rivojlanishi hozirgi davrda hayotga qadam qo'yayotgan yosh avlodga, ularning kamolotiga bevosita bogliqdir. Demak, jamiyat istiqboli ham, halqimiz istiqloli ham har tomonlama yetuk, komil insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishni taqozo etadi.

Zero, ma'naviy yuksalish jamiyat taraqqiyotining asosiy mezoni hisoblanadi. Shaxsning ma'naviy tafakkuri esa uning ilmiy salohiyati, kitobxonlik darajasi bilan belgilanadi. Demak, yosh avlodning madaniy, ma'naviy kamol topishi ham kitob va kitobxonlikka borib taqaladi. SHuning uchun ham yosh avlodni istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalab, ularning jamiyatimizning fidoyi kishilari bo'lib yetishishlariga erishish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. So'nggi yillarda ijtimoiy hayotimizda ro'y berayotgan jadal o'zgarishlar o'z navbatida bevosita yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish bilan bog'liq bo'lgan oilashunoslar, ilmiy xodimlar, olimlar oldiga ta'limning hayot talabiga muvofiq uslublarini ishlab chiqish, yanada samaraliroq bo'lgan pedagogik- psixologik yondoshishlarni yaratish kabi vazifalarni qo'ymoqda. Yoshlar ongiga istiqlolg'oyalarini singdirishga va ularga millat tarixi, ma'naviyati haqida puxta va mukammal bilim berishga oila ham mas'uldir.

TADQIQOT NATIJALARI

Ma'lumki, insonning ma'naviy kamol topishi faqat Oilada va maktabda shakllanadi. Bu o'rinda oilaning yoshlar ma'naviyatini shakllantirishdagi o'rni alohida ahamiyatga ega. Buni professor O.Musurmonova — Ma'naviyatning shakllanish jarayoni deb ataydi. Shunday qilib, Oilada va maktabda shaxs ma'naviyati shakllantiriladi va bu ma'naviyat quyidagilardan iborat:

Ezgu sifatli xarakter. Bunda o'sib kelayotgan yosh avlodning insoniy fazilatlarga ega bo'lib ulg'ayishi tushuniladi.

Ezgu sifatli odob-axloq. Yosh avlod xulq-odobining milliy mentalitetga mos holda shakllanishi.

Sog'lom dunyoqarash. Yosh avlodning ongli, diyonatli, bilimli va dunyoviy taraqqiyotdan xabardor holda rivojlanishi.

Ijtimoiy faollik tuyg'usi. Yosh avlodning kattalar ishining haqiqiy davomchisi, kelajakning chinakam sohiblari sifatida voyaga yetkazishdagi asosiy kuch.

Bularning barchasi ma'naviyatni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.

Oilada va maktabda yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda o'zbek oilasining o'ziga xos tajribasi bor. Bunda quyidagilarni ta'kidlab o'tish mumkin:

— O'zbek oilasi o'ziga xos milliy tarbiya yo'nalishlariga ega;

— Oilada va maktabda inson xarakterini shakllantirish muhim o'rin tutadi;

— O'zbek oilasi inson xulq-odobining tugalmas manbaidir;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

— bolalarda ilk fikrlash va o'z mustaqil fikrini bayon qilish Oilada va maktabda boshlanadi;

— o'zbek oilasi jamiyat uchun ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalaydi.

Demak, o'zbek oilasi shaxs ma'naviyatini shakllantirishda o'ziga xos milliy tajribaga

ega.

Qadimdan Oilada va maktabda bola dunyoga keldimi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish ota-onaning muqaddas burchi sanalgan. har bir ota-ona o'z farzandini o'zidan ko'ra barkamol etib tarbiyalashga intilgan. Barkamollikning birinchi va muhim mezoni bilim olish bo'lgan. Bilim esa kitobxonlik bilan bog'liqdir. Bu qadimdan qolgan an'ana bo'lib, uni buzish yoki o'zgartirish mumkin emas bo'lgan.

Chunki, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy barkamol etib tarbiyalashni hayotning o'zi taqozo etgan.

O'zbek oilasidagi bilim manbai - kitobxonlik an'analari, hozirgi davrgacha yetib kelgan. Kitobga bo'lgan intilish, qiziqish bizda uzoq o'tmishdan asrlar osha aqliy meros sifatida tarkib topgan.

Ma'lumki, islom dunyosi xalqlari orasida Qur'oni Karim oyatlari va muqaddas hadis ta'limotlari muhim o'rin egallaydi. Ulardan bolani o'qitish, uni katta hayotga tayyorlash masalalariga oid ko'plab misollar keltirish mumkin. Hadislardan birida yozilishicha, har bir ota-onaning zimmasiga bir qator vazifalar yuklatiladi. Bular: o'gil-qizlarga yaxshi nom qo'yish, jismoniy va ma'naviy tomondan tarbiyalash, maktablarda o'qitish, biron bir hunar o'rgatish va boshqalar.

O'quvchilarning intellektual salohiyatlarini to'laqonli shakllantirish uchun pedagoglar va ota - onalar quyidagilarga e'tibor berishlari zarur: Taraqqiyot va uning muhim omili bo'lgan intellektual salohiyat va qobiliyat, eng avvalo, sog'lom avlod tarbiyasiga tayanadi va uni rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi talab etiladi.

Intellektual salohiyat deganda, aql, ong, matonat, idrokning ma'rifat, ma'naviyat va axloqiy qadriyatlar bilan uyg'unligi tushuniladi. Shunday ekan maktab va oilada qadriyatlarning ustuvorligiga e'tibor berish zarur. Bularni hammasini pedagogik adabiyotlardan foydalanishning zamonaviy imkoniyatlar asosida amalga oshirish mumkin.

Yurtimizda va nufuzli davlatlarda o'tkazilayotgan ko'rgazma, olimpiada, ko'rik-tanlov, festivallarda o'quvchi-yoshlarning ishtirokini ta'minlash va ishtirokchilarni qullab-quvvatlash bugungi kunni asosiy talablaridandir.

Iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni kamol toptirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, belgilangan vazifalarni amalda ro'yobga chiqarish uchun iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim muassasalarida o'quvchilarning darsdan keyingi bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazish, ularni turli to'garaklar, o'quv kurslari va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda doimiy qatnashishlarini ta'minlash lozim.

Oilalarda kitobxonlikka bo'lgan e'tiborni shakllantirish hozirgi davrning eng dolzarb mavzusi bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy talablarga hamohangdir.

Biz o'z tadqiqot ishimizda pedagogik-psixologik tomonlarini tadqiq qilishda shunday xulosaga keldik, shaxsning qiziqishlari iqtidori dars jarayonida inobatga olinsa, ularga individual yondashilsa, darsdan tashqari mashg'ulotlarga, fan to'garaklariga jalb qilinsa, ko'rik-tanlov,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sayohatlar tez-tez uyushtirilsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng miqyosda foydalanilsa, shuningdek, ta'lim turlarini qamrab oluvchi tizim bo'yicha tadqiq qilinsa, uning ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo'ladi deb o'ylaymiz. MUHOKAMA

Bugungi kunda ko'plab darslik va adabiyotlarni elektron shakldagisi mavjud. Biz buni aslo inkor etmoqchi emasmiz. Biroq kitobning asl holicha foydalanish, badiiy zavq olgan holda uning haroratini his qilish, insonga manbada keltirilgan ma'lumotni teranroq tushunishiga imkon beradi. Tadqiqot ishimizdagi asosiy maqsadimiz o'quvchilarni adabiyotlardan foydalanishda zamonaviy imkoniyatlar asosida m'eyor va sog'lom turmush tarziga rioya qilib foydalanishga o'rgatish. Yoshlik davrini xisobga olib pedagogic adabiyotlardan unumli foydalanishga davvat etish.

Tavsiyalar:

- Avvalom bor pedagoglar va ota-onalar yoshlarga kitob xaqida ma'lumotni qiziqarli qilib tushuntirishi lozim;

-Bolani yoshiga mos kitobni to'g'ri tanlab tavsiya qilmog'i kerak;

-Axborot vositalaridan to'g'ri va meyorida foydalanishga o'rgatishni doimo nazoratga olishi muhim;

- Pedagoglar va ota-onalar yoshlarni o'qigan kitoblari haqida ma'lumotlarini eshitib baxs-munazaralar qilib tursalar yosh avlodda yana ham kitobga bo'lgan qiziqishi ortib boradi;

-Har bir ijobiy yutuqqa erishishda sabr-toqqat, izlanish, mehnat qilish muhimligini o'quvchi bilishi kerak. Buni natijasini albatta ota-ona, pedagoglar nazorat qilib izohlashi lozim. Shundagina biz kelajak avlodlarimizni intellektual salohiyatlarini to'laqonli amalga oshirgan bo'lamiz.

XULOSA

Oilada qancha ko'p kitob mutolaasi bolsa albatta shu oilada sog'lom turmush tarzi paydo buladi bu oila a'zolari mexr-oqibatli, ilimli, dunyo qarashi keng har qanday muammoni oqilona hal qila oladigan shaxs bo'lib voyaga yetadi.

Ota-ona farzandini kelajagi uchun doimo ma'suliyatli bolishi kerak. Ozgina loqaytligi vaqtlar o'tib tuzatib bolmas xattolarga olib kelishi mumkin.

REFERENCES

1. Kipchakova, Y. (2021). Methodological And Didactic Aspects Of Information And Intellectual Culture In The Education Of A Developed Generation. Экономика И Социум, (6-1), 156-159.

2. Kipchakova, Y. X., & Kodirova, G. A. (2020). Innovative Technologies In Modern Education. Теория И Практика Современной Науки, (5), 29-31.

3. Kipchakova, Y., Abduxamidova, M., & Raxmonaliyeva, M. The Impact Of Innovative Technologies In Improving Student Knowledge. Студенческий Вестник Учредители: Общество С Ограниченной Ответственностью"Интернаука", 37-38.

4. ^ипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). Мактабгача Ёшдаги Болалар Мех,натининг Узига Хос Хусусияти. Студенческий Вестник, (22-7), 9-10.

5. ^ипчакова, Ё., Соибжонова, Ш., & Абдукаюмова, С. (2021). Мактабгача Таълим Жараёнида Соглом Турмуш Тарзини Шакллантиришнинг Ахдмияти. Студенческий Вестник, (22-7), 11-12.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. Ботирова, Н. (2020). Обучающие Возможности Тестовых Технологий. Профессиональное Образование И Общество, (3), 68-71.

7. Ботирова, Н. Д. (2019). Развитию Продуктивного Мышления Младших Школьников. Гуманитарный Трактат, (61), 4-6.

8. Ботирова, Н. Д. Развитию Продуктивного Мышления Младших Школьников Development Of Productive Thinking Of Younger Schoolboys. Журнал Выпускается Ежемесячно, Публикует Статьи По Гуманитарным Наукам. Подробнее На, 4.

9. Djurabaevna, B. N., & Ibrokhimovna, T. S. (2020). Specific Features Of Teaching Mathematics In Primary School Students. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(8), 302-307.

10. Alimjanova, M. (2020). Pedagogical System Of Formation Of Responsibility In Primary School Students On The Basis Of National Values. Theoretical & Applied Science, (4), 914917.

11. Alimjanova, M. (2021). About Gender Stereotypes. Emergent: Journal Of Educational Discoveries And Lifelong Learning (Ejedl), 2(06), 72-76.

12. Alimjonova, M. Y. (2021). The Role Of The National Values In The History Of Pedagogical Education. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 10401044.

13. Shavkatovna, S. R. (2021). Developing Critical Thinking In Primary School Students. Conferencea, 97-102.

14. Vosiljonov, A. (2022). Basic Theoretical Principles Of Corpus Linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 173-175

15. Shavkatovna, S. R. (2021). Methodological Support For The Development Of Primary School Students' Creative Activities. Texas Journal Of Multidisciplinary Studies, 2, 121123.

16. Shavkatovna, S. R. N. (2021). Methodical Support Of Development Of Creative Activity Of Primary School Students. Conferencea, 74-76.

17. Maxamadaliyevna, Y. D., Oljayevna, 0. F., Qizi, T. D. T., Shavkatovna, S. R. N., & Anvarovna, A. O. (2020). Pedagogical Features Of Mental Development Of Preschool Children. Solid State Technology, 63(6), 14221-14225.

18. Jаbbоrоvа, M. (2021). The Importance Of Innovative Technologies In The Social Development Of Society. Экономика И Социум, (6-1), 129-132.

19. Tillaboyeva, G., & Umarova, N. R. (2021). Alisher Navoiy Asarlarida Badiiy Taxalluslarning Qo 'Llanilishi. Студенческий Вестник, (13-5), 70-72.

20. Qizi, G. S., & Umarova, N. R. (2021). The Use Of Anthroponyms And Pseudonyms In Alisher Navoi's Gazelles. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 349-3

21. Sodirzoda, M. M. (2021). Ways To Cultivate The Creative Thinking Of Beginners In The Classroom Through Information And Communication Technologies. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 955-958.

22. Sodirzoda, M. M. (2021). Techniques Of Using Folk Proverbs In The Cultivation Of Oral Speech Of Primary School Students. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 481-484.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

23. Sodirzoda, M. M. (2021). To Inculcate National And Spiritual Values In Primary School Students Through Etiquette Lessons. Conferencea, 31-32.

24. Турахужаева, А., & Мухторий, М. (2018). Семантический Анализ Лексем" Системы" В Узбекском Языке. Актуальные Научные Исследования В Современном Мире, (5-4), 157-159.

25. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зох,идова, М. (2021). Узбек Болалар Нуткига Доир Матнларда Лакуна. Academic Research In Educational Sciences, 2(2).

26. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). Воспитание Сенсорного Восприятия У Детей Дошкольного Возраста. Scientific Progress, 1(6).

27. Косимова, Х. Н. (2021). Китобхонлик Куникмасини Шакиллантиришда Оилага Педагогик Тавсиялар Бериш Тизими. Scientific Progress, 1(6).

28. Нажмиддинов, Э. Х., Кучбоев, А. Э., Мухаммадиев, М. А., & Соатов, Б. Б. (2021). Эколого-Морфологические Характеристики Нематод Рода Rhabdochona-Паразитов Обыкновенной Маринки. Теория И Практика Борьбы С Паразитарными Болезнями, (22), 387-393.

29. Юлдашев, Э., & Нажмиддинов, Э. (2013). Бракониды (Hymenoptera, Braconidae) Рода Rogas Nees Фауны Средней Азии. In Биоразнообразие И Рациональное Использование Природных Ресурсов (Pp. 134-136).

30. Kuchboev, A. E., Najmidinov, E. K., Mukhamediev, M. A., Karimova, R. R., & Yildiz, K. (2021). Morphological And Ecological Features Of Some Nematodes Of The Genus Rhabdochona In Marinka Obtained From Fergana Valley, Uzbekistan. Journal Of Parasitic Diseases, 45(4), 1084-1089.

31. Vosiljonov, A. (2022). Basic Theoretical Principles Of Corpus Linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 173-175.

32. Usmanov, N. (2021). The Philosophical Basis For The Formation Of Spiritual Maturity Among Young People. Oriental Journal Of Social Sciences, 1(1), 33-37.

33. Gulnoza, R., & Lola, K. (2022). Obrazlar Talqinida Lingvistik Imkoniyatlar. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (Carjis), 2(Special Issue 3), 91-95.

34. Kalandarovna, Y. L. (2022). Identification And Education Of Gifted Children. Asia Pacific Journal Of Marketing & Management Review Issn: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(10), 42-47.

35. Dilafruz, A. (2022). Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Va Oilada Gender Xususiyatlarni Shakllantirish Omillari. Innovation In The Modern Education System, 2(18), 183-189.

36. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зох,идова, М. (2021). Узбек Болалар Нуткига Доир Матнларда Лакуна. Academic Research In Educational Sciences, 2(2), 926-931.

37. Askarova, D. I. (2022). The Role Of Folk Pedagogy In The Development Of Creativity Of Students Of Higher Educational Institutions. Oriental Journal Of Social Sciences, 2(02), 8996.

38. Rahmonov, U., Ergashev, A., Nazhmetdinova, M., & Usmonova, S. (2021, November). In The Formation Of The Socio-Spiritual Thinking Of Young People In The Musical Art Of The Great Scholars Of The Eastern Renaissance Position Held. In Archive Of Conferences (Pp. 36-39).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

39. Karimovich, U. R., Mamasodikovna, N. M., & Abdullaevich, E. A. (2021). The Role And Importance Of Music Clubs In The Leisure Of Young People. Journal Of Pedagogical Inventions And Practices, 2(2), 47-49.

40. Ulugbek, R. (2021, January). An Analysis Of Words Whose Emotional Meaning Changes In Modern English Linguistics. In Euro-Asia Conferences (Vol. 1, No. 1, Pp. 131-136).

41. Narziev, S., Asqarov, J., & Khokimyatov, A. (2021). Methodology Of Organization Of The Labor Process And Preservation Of Employees' Health. The American Journal Of Engineering And Technology, 3(04), 79-84.

42. Asqarov, N. I. (2021). Prospects For The Development Of The Investment. The American Journal Of Applied Sciences, 3(01), 162-166.

43. Usmanova, O. S. (2022). National Curriculum And New Generation Mathematics Textbook. Asian Journal Of Multidimensional Research, 11(2), 11-16.

44. Sobirovna, U. O. (2022). The Use Of Mnemotechniques In Teaching Younger Schoolchildren. Spanish Journal Of Innovation And Integrity, 6, 446-450.

45. Dilafruz, Y., Marifatxon, J., Rasuljonovna, E. Z., & Muqaddasxon, M. (2022). Maktabgacha Ta'limga Yangicha Yondashuv. Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (Carjis), 2(Special Issue 3), 121-125.

46. Zhabborova, M. R. K. (2021). Мактабгача Таълим Сохдси Талабаларида Бошкарувчанлик ^обилиятларини Ривожлантириш. Молодой Ученый, (17), 394-395.

47. Мирзабоев, Й. А. (2022). Тур Узгариш Чизиклари Учта Булган, Гиперболик ^исмларининг Х,аммаси Характеристик Учбурчаклардан Иборат Булган Бешбурчакли Сохдда Учинчи Тартибли Куринишдаги Параболик-Гиперболик Тенглама Учун Битта Чегаравий Масала Х,акида. Theory And Analytical Aspects Of Recent Research, 1(5), 363366.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.