Научная статья на тему 'ОDAM ОRGANIZMINING ELEKTR TОKIGA QARSHILIGI'

ОDAM ОRGANIZMINING ELEKTR TОKIGA QARSHILIGI Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
935
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ELEKTR ОʻTKAZUVCHANLIK / ELEKTR TОKI / ELEKTR KUCHLANISH / ELEKTRОMAGNIT MAYDОN / ELEKTR ENERGIYA / ELEKTRLASHTIRISH / KОNTAKT YUZI / TIRIK ОRGANIZM

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Erkinboyev U.O., Daminov A.A.

Ushbu maqolada Оdam tanasining elektr tоki оʻtkazuvchanligi va оdam elektr tоki ta’siriga tushib qоlsa, uning tanasi оrqali оʻtayotgan tоk kuchlanish kattaligida bоgʻliqligi. Qolaversa odam оrganizmining qarshiligi terining hоlati, elektr zanjirining parametrlari, fiziоlоgik оmillar va kоntakt yuz bergandagi atrоf-muhit hоlati bilan muayyan bоgʻliqlikka ega bo’yicha ma’lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE RESISTANCE OF THE HUMAN BODY TO ELECTRIC CURRENT

In this article, the electrical conductivity of the human body and the dependence of the current passing through the body on the magnitude of the voltage when a person is exposed to electric current. In addition, information is given on the resistance of the human body, which has a certain relationship with the condition of the skin, parameters of the electric circuit, physiological factors and the environment at the time of contact.

Текст научной работы на тему «ОDAM ОRGANIZMINING ELEKTR TОKIGA QARSHILIGI»

UDK 622

Erkinboyev U. O.

Namangan muhandislik-qurilish instituti Energetika kafedrasi magistranti

Daminov A.A.

Namangan muhandislik-qurilish institute Energetika kafedrasi o'qituvchisi

ODAM ORGANIZMINING ELEKTR TOKIGA QARSHILIGI

Annotatasiya. Ushbu maqolada Odam tanasining elektr toki o 'tkazuvchanligi va odam elektr toki ta 'siriga tushib qolsa, uning tanasi orqali o'tayotgan tok kuchlanish kattaligida bog'liqligi. Qolaversa odam organizmining qarshiligi terining holati, elektr zanjirining parametrlari, fiziologik omillar va kontakt yuz bergandagi atrof-muhit holati bilan muayyan bog'liqlikka ega bo 'yicha ma 'lumotlar berilgan

Kalit so 'zlar: elektr o 'tkazuvchanlik, elektr toki, elektr kuchlanish, elektromagnit maydon, elektr energiya, elektrlashtirish, kontakt yuzi, tirik organizm.

Erkinboyev U.O.

graduate student Department of Energy Namangan Engineering and Construction Institute

Daminov A.A. teacher

Department of Energy Namangan Engineering and Construction Institute

THE RESISTANCE OF THE HUMAN BODY TO ELECTRIC

CURRENT

Abstract. In this article, the electrical conductivity of the human body and the dependence of the current passing through the body on the magnitude of the voltage when a person is exposed to electric current. In addition, information is given on the resistance of the human body, which has a certain relationship with the condition of the skin, parameters of the electric circuit, physiological factors and the environment at the time of contact.

Key words: electrical conductivity, electric current, electric voltage, electromagnetic field, electric energy, electrification, contact surface, living organism.

мЭкономнка h соцнумм №4(107)-2 2023

www.iupr.ru

69

Elektr o'tkazuvchanlik - tirik mavjudotning hayot faoliyatini xarakterlovchi parametrlardan biridir. Tirik organizm paydo bo'lishi bilan unda tirik mavjudot halok bo'lgandan keyingina to'xtaydigan bioelektrik jarayonlar boshlanadi. Odam ham bundan mustasno emas. Tirik to'qimalarning tok o'tkazuvchanligi oddiy tok o'tkazgichlardan farqli nafaqat uning fizik xususiyatlari, balki faqat tirik materiyaga xos bo'lgan o'zaro bog'langan murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlarga asoslanadi.

Odam tanasi elektr tokini o'tkazuvchi hisoblanadi. Shuning uchun odam elektr toki ta'siriga tushib qolsa, uning tanasi orqali tok o'ta boshlaydi. Uning kattaligi esa berilgan kuchlanish kattaligidan tashqari, odam tanasining qarshiligiga bevosita bog'liq bo'ladi. Odam organizmining qarshiligi o'zgaruvchan kattalik bo'lib, ko'pgina omillar, jumladan, terining holati, elektr zanjirining parametrlari, fiziologik omillar va kontakt yuz bergandagi atrof-muhit holati bilan muayyan bog'liqlikka ega. Malumki, odam tanasi turli to'qimalardan iborat va har bir to'qima o'ziga xos qarshilikka ega. 50...60 Gs sanoat chastotasidagi toklarda teri, yog' to'qimalari, paylar va suyaklar katta qarshilikka ega (103...104 Om.m), mushaklar, qon, bezlar, orqa miya va bosh miyaning qarshiligi, aksincha, kichik (1...2 Om.m) bo'ladi.

Agar terida kesilgan joylar, tirnalishlar, mikrojarohatlar bo'lsa, ular odam tanasi qarshiligini bir necha yuz martaga qisqartirib, ichki organlar qarshiligiga teng qiymatga keltirib qo'yadi. Shubhasiz teri yuzasidagi bunday shikastlanishlar elektr toki urishidan jarohatlanish xavfini bir necha marta oshirib yuboradi. Bundan tashqari, nam va kir terining qarshiligi ham past bo'ladi. Yana bir jihat, kuchlanish ortishi bilan terining elektr tokiga qarshiligi bir necha martagacha kamayib boradi. Terining 50-200 V kuchlanish ta'sirida teshilishini shu bilan izohlash mumkin.

Inson tanasidan o'tayotgan tok, qarshilik eng kichik bo'lgan yo'ldan oqadi. Hisoblashlar uchun odam ichki organlari qarshiligi 1000 Om ga teng qilib qabul qilingan. Shu bilan birga, odamning tirik organizmida alohida organlar va to'qimalarning elektr o'tkazuvchanligi turli xil bo'ladi.

Organizmning suyuq qismlari va suyuqlik bilan to'yingan to'qimalarning elektr tokiga qarshiligi eng kichik bo'ladi. Ayniqsa mushaklar, teri osti xujayralari hamda qon tomirlari joylashgan yog' to'qimalari 1-rasmda ko'rsatilganidek tokni yaxshi o'tkazadi. Xujayralar tarkibidagi suyuqlikda ionlar borligi tufayli ular ham elektr tokiga yaxshi qarshilik ko'rsata olmaydi.

Terining o'tkazuvchanligi uning holati bilan belgilanib, ter va yo g' bezlari orqali amalga oshadi. Tanada tokning tarqalishi qon-tomirlari, nerv to'qimalari va bezlar orqali yuz beradi.

1-rasm. Odam terisining tuzilishi.

Qayd etilgan barcha to'qimalar ichida teri eng katta qarshilikka ega ekanligidan, aksariyat hollarda, aynan teri odam tanasining elektr tokiga qarshiligini belgilab beradi. Odam terisi murakkab tuzilishga ega. Uning tashqi qatlami - epidermis -bir nechta qismlardan tashkil topgan. Birinchisi bu tashqi (shox) qatlam. Unda hech qanday asab tolalari va qon tomirlari bo'lmaganligidan boshqa qatlamlarga nisbatan eng katta qarshilikka ega. Ikkinchisi - derma (ichki qatlam). Uning qarshiligi ancha kichik. Shuning uchun, tashqi qatlamning qarshiligi terining jami qarshiligini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega boladi.

Tananing qarshiligini shartli ravishda uchta ketma-ket ulangan elektr qarshilikdan iborat deb hisoblash mumkin. Odam tanasining jami tashqi qarshiligini hosil qiladigan ikkita bir xil qarshilikni (terining tashqi qatlami -epidermis qarshiligi) 2Zt hamda o'zida terining ichki qatlamlari va tananing ichki to'qimalari qarshiliklarini birlashtirgan qarshilikni (tananing ichki qarshiligi) Ro deb olamiz 2-rasm. Teri tashqi qatlamining qarshiligi Zt parallel ulangan aktiv va sig'im qarshiliklaridan iborat bo'lib, uning to'liq qarshiligi elektrodlar yuzasi, tok chastotasi hamda qo'yilgan kuchlanish kattaligiga bog'liq bo'ladi. Elektrodlar yuzasi bir necha kvadrat santimetr bo'lganda Zt nihoyatda katta qiymatga ega (o'ndan bir necha yuz ming Om gacha) bo'lishi mumkin.

2-rasm. Odam tanasining elektr tokiga qarshiligi. 1-elektrodlar; 2-terining tashqi qatlami -epidermis (shox qatlam va o (sish qatlami); 3-tananing ichki to (qimalari (terining ichki qatlami-derma bilan birgalikda).

Tananing ichki qarshiligi faqat aktiv qarshilikdan iborat deb hisoblansada, uning sig'im qarshiligi ham bo'ladi. Ichki to'qimalar o'rnatilgan elektrodlar bilan birga kondensator qoplamalarini, epidermis esa dielektrikni hosil qiladi. Natijada agar tanaga elektrodlar ulangan bo'lsa, ichki to'qimalarning aktiv qarshiligidan va epidermisning sig'im qarshiligidan iborat elektr zanjiri yuzaga keladi. Ichki qarshilik Ro elektrodlar yuzasiga ham, tok chastotasi va kuchlanish qiymatiga ham bog'liq emas va taxminan 500 - 700 Om ga teng. Odam tanasi qarshiïigining ekvivalent sxemasi 3-rasmda keltirilgan.

3-rasm. Odam tanasi qarshiligining ekvivalent sxemasi.

Mazkur sxema asoslanib kompleks korinishda odam tanasining to'liq qarshiligi Zh ni aniqlash ifodasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

2

^n — + ^0 —

+ Ro

1

yoki mos o'zgartirishlardan keyin -haqiqiy shaklda Zn, (Om)

'^KOHOMHKa h соцнумм №4(107)-2 2023

www.iupr.ru

72

7 =

N

Zh -

4Rt(Rt + R0)

+ R2

1 + m2R2C? kompleks shaklda teri tashqi qatlamining

bo'ladi. Bu yerda qarshiligi, Om;

ю = 2p-f - burchak tezlik, rad/sek; f - tok chastotasi, Gs; Odam tanasi qarshiligini parallel ulangan Rn qarshilik va Ct sig'im sifatida faraz qilib yuqoridagi sxemani soddalashtirish mumkin (4-rasm). Bunda mos ravishda odam tanasining qarshiligi Rn = 2Rt + Ro, sig'imi esa Ct = 0,5Ct ga teng bo'ladi.

4-rasm. Оdam tanasi qarshiligining sоddalashtirilgan sxemasi. Bu holatda haqiqiy shaklda оdam tanasining qarshiligi (Zn, От) bo (ladi.

7 =

N

R

n

1 + v2R2C2

Agar sig'im kichik qiymatga ega bo'lsa (sig'imni nolga tenglashtirish mumkin bo'lsa) odam tanasi qarshiligi epidermisning har ikkala qarshiligi va tana ichki qarshiligining yig'indisiga teng bo'ladi, yani

Z-п = + = R-n Qayd etish kerakki, terining qarshiligi shikastlangan paytdagi holatiga jiddiy ravishda bog'liq. Odam terisi quruq, nam, ho'l, tok o'tkazuvchi materiallar bilan kirlangan, tuz eritmalari bilan qoplangan yoki zararlangan bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, tok turi va chastotasi ham odamning elektr toki bilan shikastlanish oqibatlariga ta'sir qiladi. Kuchlanish 300 V gacha bo'lganda o'zgarmas tok 50-60 Gts chastotali o'zgaruvchan tokka nisbatan 3-4 marta xavfsizroq. Katta kuchlanishlarda o'zgarmas tokning xavfi oshib borib, o'zgaruvchan tokdan ham xatarliroq bo'lib qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Ky3HocoB.K^. Осшвы электрoбезoпаснoсти в электрoустанoвках: учеб, шшбие. -М.: ФГБУ ДПО «Учебш-методический центр no oбразoванию на железнoдoрoжнoм трансшрте», 2017. — 495 с. ISBN 978-5-89035-966-7 2.Sirojiddinov O'.S. Elektr xavfsizligi: Darslik/ - T.: «Lesson press», 2021. - 1

3. Долин П.А., Медведев В.Т., Корочков В.В. Электробезопасность. Теория и практика: учебное пособие для вузов/, Издво: МЭИ, 2012. - 276 c. ISBN: 978-5-383-00629-0 14. 2 b.

4.Даминов А. А. и др. Перспективные направления автоматизированного управления процесса производства, передачи и потребления электроэнергии //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2017. - №. 2-3. - С. 59-62.

5.Даминов А. А., Махмудов Н. М., Мамадалиев Б. Б. Автоматическое регулирование источников реактивной мощности //Science Time. - 2019. -№. 4 (64). - С. 68-71.

6.Даминов А. А., Махмудов Н. М. Функциональные возможности и преимущества микропроцессорной системы воздушных линий //Science Time. - 2016. - №. 3 (27). - С. 159-161.

7.Даминов А. А. Исследование макро и микроструктуры синтетического алмаза //Science Time. - 2015. - №. 5 (17). - С. 135-138.

8.Даминов А. А., Махмудов Н. М., Шарипов Ф. Ф. Применение бесконтактных аппаратов и логических элементов в схемах управления электроприводами //Science Time. - 2016. - №. 11 (35). - С. 143-147.

9.Даминов А. А., Махмудов Н. М. Теплопроводность композитного синтетического алмаза //Science Time. - 2015. - №. 6 (18). - С. 144-146.

10.Даминов А. А. АНАЛИЗ СОДЕРЖАНИЯ ПРИМЕСЕЙ В СИНТЕТИЧЕСКИХ АЛМАЗАХ //Science Time. - 2016. - №. 11 (35). - С. 141-142.

11.Negmatov S. S. et al. Synthetic Diamond Thermistors and Heatsinks //Journal of Optoelectronics Laser. - 2022. - Т. 41. - №. 6. - С. 764-769.

12.Toshmirzaev M. A., Daminov A. A. The thermal conductivity of synthetic diamond. - 2010.

13.Toshmirzaev M. A., Daminov A. A. The thermal conductivity of synthetic diamond; Teploprovodnost sinteticheskogo almaza. - 2010.

14.Daminov A. A. AUTOMATIC ADJUSTMENT OF TRANSFORMERS //Science Time. - 2021. - №. 5. - С. 61-64.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.