Научная статья на тему 'OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLI JOYLARDA MEVALI BOG‘LARNI TASHKIL QILISH VA KО‘CHAT YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLI JOYLARDA MEVALI BOG‘LARNI TASHKIL QILISH VA KО‘CHAT YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
87
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kо‘chat / tuproq / bog‘ / meva / payvand / daraxt. / seedling / soil / garden / fruit / graft / tree

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — R. Bobonorov, O'. Choriyev

Maqolada mevali bog‘larni tashkil qilish, unga ishlatiladigan agrotexnikalar va qaysi tuproq tipida bog‘ tashkil qilish hamda ko‘chat yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TECHNOLOGY OF ORGANIZING ORCHARDS AND GROWING SEEDLINGS IN AREAS WITH PALE GRAY SOIL

The article provides information on the organization of orchards, agrotechnics used for it, and the type of soil in which to organize an orchard and the technologies for growing seedlings.

Текст научной работы на тему «OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLI JOYLARDA MEVALI BOG‘LARNI TASHKIL QILISH VA KО‘CHAT YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

OCH TUSLI BO'Z TUPROQLI JOYLARDA MEVALI BOG'LARNI TASHKIL QILISH VA KO'CHAT YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Bobonorov Rustam

Qarshi davlat universiteti dotsenti Choriyev O'ktam Xotamovich

Qarshi davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7227587 Annotatsiya. Maqolada mevali bog'larni tashkil qilish, unga ishlatiladigan agrotexnikalar va qaysi tuproq tipida bog' tashkil qilish hamda ko'chat yetishtirish texnologiyalari bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: ko'chat, tuproq, bog', meva, payvand, daraxt.

ТЕХНОЛОГИЯ ОРГАНИЗАЦИИ САДОВ И ВЫРАЩИВАНИЯ РАССАДЫ НА УЧАСТКАХ С БЛЕДНО-СЕРОЙ ПОЧВОЙ Аннотация. В статье приведены сведения об организации садов, применяемой для этого агротехнике и типе почвы, в которой следует организовать сад, а также о технологиях выращивания рассады.

Ключевые слова: саженец, почва, сад, плод, привой, дерево.

THE TECHNOLOGY OF ORGANIZING ORCHARDS AND GROWING SEEDLINGS IN AREAS WITH PALE GRAY SOIL Abstract. The article provides information on the organization of orchards, agrotechnics usedfor it, and the type of soil in which to organize an orchard and the technologies for growing seedlings.

Key words: seedling, soil, garden, fruit, graft, tree KIRISH

Mevali bog'lar keyingi yillarda juda katta maydonlarni tashkil qilmoqda. Mevali daraxtlar asosan kо'chatxonalarda, urug'lar yoki payvandlash natijasida yetishtirib boriladi. Kо'chatxonalar maydoni juda katta bо'lmaydi, odatda ular uchun 0,4, 0,6 yoki 1 gektar yer ajratiladi, 1 gektar maydonda 130-150 ming tup mevali ko'chatlar yetishtirib, ularni ekish muddati kelgan paytda daraxt turiga qarab 30-100 gektarga ekish mumkin.[1] Ko'chatxona har bir xo'jalikda bo'lishi shart emas, bu yerda ko'chat yetkazuvchi maxsus kishilar, mutaxassislar yoki agronomlar mevalarga qarash, qayta ishlash va eksport qilish sohasi talabini o'rganish ustida ish olib boradilar. Ko'chatxonalarda yetishtirilgan ko'chatlar standart talablariga javob beradigan bo'lishi lozimdir.

Ko'chatxonalarda quyidagi ishlar bajariladi.

1. Ona-bog'larni ajratish. Buning uchun mevalari shirin, tashishga chidamli yoki qayta ishlash sanoatiga zarur xomashyo bo'ladigan mevali daraxt navlari, danaklari ajratib olinadi. Bu danaklar kasalliklardan xoli bo'lishi kerak.

2. Ko'paytirish bo'limi. Bu bo'limda payvandlar o'stirilib, danaklar ekiladi va ikkinchi joyga ko'chirilib o'tkaziladi. Bir maydonda ko'chatxonalar 18-20 yil mobaynida saqlanishi mumkin.

3. Shakl berish bo'limi. Bu maydonda yosh o'simliklar sifatiga qarab ajratiladi, payvand qilinadi, shakl beriladi va asosiy joyga ko'chirib o'tkazishga tayyorlanadi. Shakl berish bo'limi 3 daladan iborat bo'lib, meva daraxtchalarning yoshiga va ko'rinishiga qarab farq qiladi. Birinchi dalada payvandlar (ko'chatlar) bo'lib, yozning oxirida ular payvand qilinadi va bu bo'lim payvand

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo„limi deb ataladi. U bo„lim birinchi yilgi, ikkinchi yilgi va uchinchi yilgi deb ataladi, ikkinchi, uchinchi yilgi maydondan ko„chatlar kovlab olib tarqatiladi yoki sotiladi. Ko„pchilik hollarda talabga qarab ikkinchi yilda ko„chatlar sotilib ketadi. Demak urug„ ekadigan bo„lim urug„ ko„chatlar yetkazib beradi. Payvandlangan ko„chat o„stirish bo„limida esa ko„chatlar kurtak va qalamcha payvand qilinib, 2-3 yil tarbiyalanadi va shakl berib doimiy yerga o„tkazish uchun tayyorlanadi. Bu bo„limda 25-30 ming tup ko„chat bo„ladi. [3]

Ko„chatxona yaqinida ko„chatlarni lozim bo„lgan kurtak bilan ta'minlash uchun kamida 2-3 gektar ona-bog„ bo„lishi kerak. Ko„chatxona uchun unumdorligi Yuqori maydonlar ajratilishi lozim, sho„r1angan, botqoqlashgan, eroziyaga uchragan maydonlami tanlash yaramaydi. Ma'lumki, ko„chatlar qisqa davr ichida o„zlariga zarur bo„lgan barcha oziqani olishi lozim.

METOD VA METODOLOGIYA

Ko'chatxona tuprog'ini ishlash. Har bir ajratilgan maydon kuzda, albatta, chuqur shudgor qilinib, organik va fosforli o„g„itlar berib boriladi. Bir gektarga 8-10 t go„ng, 60 kg fosforli o„g„it solinib, yer yumshoq holga keltiriladi. Bahorda begona o„tlar va qatqaloqni yo'qotish uchun borona qilinadi. Azotli o„g„itlar o„sish davrida qator oralarini ish lash bilan birgalikda beriladi. Urug„larni ekishga tayyorlash. Bu ish mevali daraxtlarda biroz boshqacharoq kechadi, ularning qobig„i qattiqligi uchun unib chiqish jarayoniga uzoq vaqt ketib, maxsus tayyorgarlik kerak bo„ladi. Urug„lar unib chiqishga tayyor bo„lishi uchun ular qumda saqlanadi (stratifikatsiya qilinadi). Bu holda, albatta, tozalab yuvilgan sariq qum olinadi, urug„ning shakli va hajmiga qarab qum bilan aralash qilinadi. Urug„lari mayda daraxtlar: olma, nok va behilarda, bir qism uruqqa nisbatan uch qism, danakli daraxtlarda esa bir qism uruqqa 5-6 qism qum aralashtirilib, maxsus chuqurlarga yoyiladi va ustidan chiptalar tashlanib yana 20 sm qalinlikda tuproq tashlanadi. Ekiladigan urug„lar miqdori kamroq bo„lsa, kichikroq yashiklardan foydalaniladi. Bunday usulda ekish bahorda bajariladi, kuzda ekilganda urug„larni qum bilan aralashtirib ekish yaxshi natija beradi, ammo ularni tuproqqa ham ekish mumkin. Urug„lar bu holatda yaxshi yetiladi. Tuproqni qumlash barcha og„ir tuproqlarda zarur tadbir hisoblanadi.

[1,3]

m

1-rasm.Ko'chatxona tuprogiiga ishlov berish jarayoni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Ko'chatxona maydoni katta bo'lsa bahorda ular seyalkalarda, kichik maydonlarda qo'lda ekiladi. Bahorda ekilganda olma, behi va nok urug'lari yengil tuproqlarda 3-4 sm, og'ir tuproqlarda 2-3 sm, olcha, o'rik, olxo'ri, bodom urug'lari 3-6 sm chuqurlikda tuproqqa ko'miladi. Urug'larning ustidan tuproqqa yupqa qilib qum tashlanadi va albatta 8-10 sm qalinlikda chirigan go'ng yoki yog'och qipig'i sepiladi. Go'ng ham chirigan bo'lishi lozim, aks holda chirish jarayonida tuproqdagi karbonat angidrid miqdori yosh o'sayotgan maysaga zarar yetkazadi. Ekish usuli hamma vaqt keng qatorlab o'tkaziladi, qatorlar orasi 60, 70 va 90 sm yoki xo'jalikdagi mavjud texnikadan kelib chiqib tanlanadi. Ularning qator orasi 30 sm bo'lganda qo'shqator qilib ham ekish mumkin. Ekish meyori mevali daraxt turiga qarab alohida belgilanadi, masalan olma, behi va nok urug'lari gektariga 40-50 kg, danagi 300-400 kg, shaftoli danagi 420-550 kg, gilos 200-225, olcha 150-200 kg, bodom 100 kg miqdorida olinadi. Ekilgan urug'lar unib chiqishi uchun birinchi zarur omil tuproqda harorat va namlik yetarli bo'lishi lozim. Bularning birortasi yetishmasa, ko'chat yetilmaydi. Qatqaloqqa yo'l qo'ymaslik lozim. Urug'lardan 2-3 ta chin barg chiqarib endigina maysalagan o'simliklarning tup orasi zich bo'lsa, orasidan 5-6 sm qoldirib yagana qilinadi. Yirik danakli o'simliklarda esa qator orasi 1215 sm qoldiriladi. O'simliklarning balandligi 8-10 sm bo'lgandan so'ng qator oralari ishlanadi. Birinchi kultivatsiya yuza 6-8 Sill, ikkinchisi oradan 30- 35 kun o'tgach 10-12 sm chuqurlikda qilinadi. Tuproqning mexanik tarkibiga va yer osti suvlariga qarab suv beriladi, ammo sug'orish ishlari tez-tez bajariladi. Yosh ko'chatlar o'z vaqtida oziqlantirilib va sug'orilib turilmasa tup soni kamayib ketadi. Sharbat bilan sug'orish yanada foydali hisoblanadi. Kuzga borib saralab yoki o'simliklar ichidan yaxshi rivojlangan baquvvatlari tanlab olinib payvand qilinadi, ingichka, nimjonlari yangi ko'chatxonaga kelgusi yil uchun o'tkaziladi. Bu ishlar oktabr, noyabr yoki bahorda mart, aprel oylarida bajariladi. Ko'chatlarni sotishga tayyorlashdan oldin ulami ko'zdan kechirib, sog'lom va baquvvatlari ajratiladi, kasallangan, zararlangan va mexanik shikastlangan qismlari kesib tashlanadi yoki ajratiladi. [2,3]

XULOSA

Ikkinchi yil ekilayotganda qator orasi 70 yoki 90 srn, tup oralari 30-40 sm bo'lishi lozim. Sotilmay qolgan ko'chatlar ko'chatxonada yaxshi parvarishlanadi, qator oralari ishlanib, mineral o'g'itlar beriladi, o'z vaqtida sug'orish ishlari olib boriladi va hasharotlarga qarshi kurashiladi. Qishki sovuqlardan saqlash uchun ularning ildiz bo'g'zi atrofiga 10-15 srn balandlikda tuproq torliladi yoki go'ng uyiladi. Bir narsaga e'tibor berish, ya'ni ko'chatlar bir-biriga aralashib ketmasligi lozim. Har bir nav payvand alohida yorliqchalar bilan uchib ketmaydigan va tushib qolmaydigan qilib belgilanadi. O'simlik ko'chatlari aralashib ketsa, kelgusi yillarda ko'chatlarga talabning kamayishiga olib keladi. Ko'chat yetishtirish eng serdaromad sohalardan biri bo'lib, katta yer maydoni va mineral o'g'itlar ko'p miqdorda kerak etnas. Yetishtirilgan ko'chatlar aholi talabidan kelib chiqib tayyorlangan bo'lsa, olinadigan daromad katta bo'ladi.

REFERENCES

1. T.Ostonoqulov "Sabzavod ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi" 2008

2. X.Ch.Bo'riyev, A.Abdullayev "Tomorqa sabzavodchiligi" T.1994

3. M.Mirzayev, M.Sobirov, A.Ribakov "Bog'dorchilik va uzumchilik" T.2002

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Jild 2. - №. 01. - P.296-300.

5. Мусахоновна Л. УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА БИОЛОГИЯ ФАНИДАН САМАРАДОРЛИККА ЭРИШИШДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ //Science and innovation. -2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 577-585.

6. Juraev R. X., QORAXANOVA L. M. fizika va biologiyani o'qitishda 10-sinf o'quvchilarining tadqiqot faoliyatini tashkil etish modeli / / innovatsiya, integratsiya va ta'lim bo'yicha xalqaro discourse jurnali. - 2021. - Jild 2. - №. 1. - P.295-299.

7. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY. - 2019. - С. 35-39.

8. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.

9. Jurayev R. K., Karakhanova L. M. Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools //International Journal of Advanced Science and Technology. - 2020. - Т. 29. - №. 8. - С. 3500-3505.

10. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.

11. Juraev R. X., Karaxonova L. M. media ta'limi maktab o'quvchilarining ta'lim sifatini oshirish omili sifatida / / hayot davomida ta'lim: barqaror rivojlanish uchun uzluksiz ta'lim. - 2013. - S. 322-323.

12. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENTS'KNOWLEDGE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. - №. 2. - С. 55-59.

13. Musaxonovna K. L. General secondary schools requirements for the introduction of informed educational resources for the development of natural sciences //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 12. - №. 5. - С. 855860.

14. Juraev R. X., Karaxonova L. M. iqtidorli bolalarni ta'lim muassasalari tomonidan pedagogik qo'llab-quvvatlash //fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2022. - Jild 3. - №. 4. - 66-70 betlar.

15. Karaxanova L. M. tabiiy fanlarni o'qitishda zamonaviy ochiq ta'limda yangi interaktiv elektron manbalar / / ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar. - 2021. - Jild 2. - №. CSPI conference 1. - P. 1303-1305.

16. Karaxanova L. M. Development of students' knowledge based on the use of 3d educational technologies in the Biology education //Таълим ва инновацион тадкикотлар.- Buxoro. -2020. - 55-59 betlar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

17. Сафарoва Р. Г. и др. Укувчи-ёшларни oммавий маданият хуружларидан x,hmoa килишнинг назарий-метoдoлoгик асoслари. - 2017.

18. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.

19. Musakhonovna K. L. Peculiarities of using modern educational tools to increase the effectiveness of teaching the natural sciences and direct students to independent activities //Asian Journal of Multidimensional Research. - 2022. - Т. 11. - №. 5. - С. 182-191.

20. Kh D. R., Karakhonova L. M. Media education as a factor of increasing the quality of teaching schoolchildren //Образoвание через всю жизнь: непрерывнoе oбразoвание в интересах yciW4™oro развития. - 2013. - Т. 11. - №. 2 (eng). - С. 287-288.

21. Караханoва Л. МУЛЬТИМЕДИЙНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ НА УРОКАХ ЗООЛОГИИ //Збiрник нау^вих праць Умансьшго державнoгo педагoгiчнoгo ушверситету. -2011. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.