Научная статья на тему 'O‘ZGALAR MULKINI O‘G‘RILIK YO‘LI BILAN TALON-TOROJ QILISHNING OB’EKTI VA PREDMETIGA DOIR MASALALAR'

O‘ZGALAR MULKINI O‘G‘RILIK YO‘LI BILAN TALON-TOROJ QILISHNING OB’EKTI VA PREDMETIGA DOIR MASALALAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Ayb / jinoyat / javobgarlik / jazo / o‘zgalar / mulk / talon-toroj / ob’ektiv / redmet / ijtimoiy xavfli.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Xasanov Temur Xalmamatovich

Mazkur maqolada o‘zgalar mulkini o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilishning ob’ekti va predmetiga doir masalalar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada o‘zgalar mulkini o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilishning ob’ekti va predmetining belgilariga doir olimlarning fikirlarini tahlil etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZGALAR MULKINI O‘G‘RILIK YO‘LI BILAN TALON-TOROJ QILISHNING OB’EKTI VA PREDMETIGA DOIR MASALALAR»

é

Ws,

O'ZGALAR MULKINI O'G'RILIK YO'LI BILAN TALON-TOROJ QILISHNING OB'EKTI VA PREDMETIGA DOIR MASALALAR Xasanov Temur Xalmamatovich

O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi Jinoyat huquqi kefedrasi o'qituvchisi, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) temur.hasanov@gmail.com https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10454235

ARTICLE INFO ABSTRACT

Mazkur maqolada o'zgalar mulkini o'g'rilik yo'li bilan talon-toroj qilishning ob'ekti va predmetiga doir masalalar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada o'zgalar mulkini o'g'rilik yo'li bilan talon-toroj qilishning ob'ekti va predmetining belgilariga doir olimlarning fikirlarini tahlil etgan.

O'g'rilikning ob'ektiv belgilari uning ob'ekti va ob'ektiv tomonidan iborat. Jinoyat huquqida jinoyat ob'ektini ta'riflashga yagona yondashuv mavjud emas. Jinoyat ob'ekti to'g'risidagi ta'limot jinoyat-huquqiy fanning eng murakkab va ziddiyatli institutlaridan biri deb tan olinadi1. Uning tushunchasining boshlang'ich asosi shuki, jinoyat doimo ma'lum ob'ektga qaratilgan bo'ladi. Jinoyat huquqi nazariyasidagi asosiy fikr - jinoiy tajovuz ob'ektiga, qonun tomonidan himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlarning jamuljamligi sifatida qarash ustuvor turadi. Jinoyat huquqi huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish uchun barpo etilgan, bu yuridik adabiyotda o'z aksini topdi2. V.Ye.Melnikova fikricha, jinoyat ob'ekti - "bu jinoyat qonunchiligi bilan himoyalanadigan, ijtimoiy xavfli qilmish ularga qarshi qaratilgan, ularga zarar yetkaziladigan yoki zarar yetkazishning haqiqiy xavfi yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar"3. Demak, har bir huquqqa qarshi qilmish mavjud ijtimoiy munosabatlarning huquqiy reglamentatsiyasini buzadi.

O'zbekiston Respublikasi JK tarkibi va jinoyatlar ob'ekti yuzasidan nazariy qoidalarni tahlil qilish o'g'rilikning turdosh ob'ekti jinoyat-huquqiy himoyasiga JK Maxsus qismining uchinchi bo'limida iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga bag'ishlangan. Jinoyat qonunchiligining himoyasiga qo'yilgan iqtisodiyot sohasidagi ijtimoiy munosabatlar jinoiy tajovuz ob'ekti sifatida turli-tuman va keng bo'ladi.

"Jinoyat ob'ekti - jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz orqali unga zarar yetkazilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy munosabatdir. Jinoyat ob'ekti jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan eng ustuvor va ijtimoiy jihatdan muhim bo'lgan umumlashgan holda sof

1 Георгиевский Э.В. Объект преступления: теоретический анализ: Автореф. дис. канд. юрид. наук. СПб, 1999. -С. 3.

2 Гаухман Л.Д. Квалификация преступлений: закон, теория, практика. 2-е изд., перераб. и дополн. - М.: АО «Центр ЮрИнфоР», 2003. - С. 77-78.

3 Уголовное право России. Общая часть. - М., 1996. - С. 125.

Received: 27th December 2023 Accepted: 02nd January 2024 Online: 03rd January 2024

KEY WORDS Ayb, jinoyat, javobgarlik, jazo, o'zgalar, mulk, talon-toroj, ob'ektiv, redmet, ijtimoiy xavfli.

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

ijtimoiy kategoriya bo'lgan ijtimoiy munosabat bo'lib, jinoyat sodir etilishi natijasida ularga zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazilishi xavfi ostida qoladi"4.

Huquqshunos G.Borzenkov aytganidek, ushbu jinoyatlar "bir tomondan shaxsga qarshi jinoyatlarga yondosh bo'lib, mulkka qarshi jinoyatlar boshqa tomondan iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarga yondosh bo'ladi"5.

O'g'rilikning turdosh ob'ekti deb mulk munosabatlari hisoblanishi lozim, ularning himoyasi Jinoyat kodeksning uchinchi bobiga kiruvchi "O'zgalar mulkini talon-toroj qilish" to'g'risidagi 10-bobda ko'zda tutilgan. Tajovuz ob'ekti bo'lgan mulk deganda mulkdorga tegishli bo'lgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqi tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, O'zbekistonda mulkning barcha shakllari teng ravishda tan olinadi va davlat tomonidan himoya qilinadi.

O'g'rilik jinoyatining ob'ekti xususida fikr yuritar ekan, A.P.Sevryukov, "o'g'rilik jinoyatining turdosh (umumiy) ob'ekti iqtisodiyot sohasidagi ijtimoiy munosabatlar. Maxsus ob'ekti esa, mulkiy huquqlar. Bevosita ob'ekti o'z navbatida asosiy yoki qo'shimcha bo'lishi mumkin. Asosiy bevosita ob'ekt bu tajovuz qilingan mulkiy huquqdir. Qo'shimcha bevosita ob'ekt esa, fuqarolarning boshqa konstitutsiyaviy huquqlarini buzib sodir etilganda namoyon bo'ladi".6 Masalan, o'g'rilik uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g'ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan bo'lsa (O'zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 2-qismi "g" bandi). Bunday qilmish sodir etilganda fuqaroning nafaqat mulkiy balki, boshqa konstitutsiyaviy huquqlari ham buzilishi nazarda tutilmoqda.

E.S.Tenchov bu borada qayd etganidek, "talon-torojning boshqa shakllaridan farqli ravishda o'g'rilik o'z ob'ekti sifatida faqatgina mulkni ko'zda tutadi hamda jinoyat-huquqiy muhofaza qilinuvchi boshqa munosabatlarga to'g'ridan-to'g'ri bevosita zarar yetkazmaydi".7 L.D.Gauxman fikricha, "o'g'rilik jinoyatining ob'ekti va predmeti talon-torojning boshqa shakllari ob'ekti va predmetidan farq qilmay, o'zgalar mulki yoki mulkiy huquqlarini tashkil etadi"8. Biroq, muallif o'g'rilik talon-torojning boshqa shakllaridan farqli ravishda fakultativ ob'ektga ega bo'lmasligini e'tibordan chetda qoldirgan nazarimizda. Bu o'rinda E.S.Tenchov tomonidan ilgari surilgan nuqtai nazar aniqroq, deb o'ylaymiz.

O'g'rilikning bevosita ob'ekti deb o'g'rilangan o'zga mulkka bo'lgan mulk huquqi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllari teng tan olinishi va himoya qilinishi tufayli, aybdor shaxs tomonidan tajovuz qilingan mulkning muayyan shaklini aniqlash o'g'rilikni kvalifikatsiya qilishga ta'sir etmaydi. Shu bilan birga ish bo'yicha aniqlangan boshqa holatlar bilan birga tajovuz qilingan mulkning muayyan shakli sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfini baholashda e'tiborga olinishi va tabiiyki, jinoyat ishi materiallarida aks ettirilishi lozim.

1 Рустамбоев М.\ Узбекистан Республикаси Жиноят хукуки курси. Том 1 Жиноят хакида таълимот. Дарслик 2-нашр, тулдирилган ва кайта ишланган - Т.: Узбекистан Республикаси Миллий гвардияси Харбий-техник институти. 2018.

5 Борзенков Г. Преступления против собственности. // Человек и закон 1998. №7. Б. 51-54.

6 Севрюков А.П. Хищение имущества: криминологические и уголовно-правовые аспекты. - М.: Экзамен, 2004. -С. 36.

7 Уголовное право России. Часть Особенная. Учебник. / Под ред. Л.Л.Кругликова. - М.: Волтерс Клувер, 2005. - С. 213.

8 Уголовное право. Особенная часть. Учебник. / Под ред. Л.Д.Гаухмана, Б.В.Максимова. - М.: Эксмо, 2005. - С. 155.

é

Ws,

UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

Professor M.X.Rustamboev "mulk - bu mulkning egasi bilan jamiyatning boshqa a'zolari (mulqdor bo'lmaganlar) o'rtasida mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo'yicha yuzaga keladigan huquqiy munosabatlardir"9, deb yozadi. I.B.Zokirov esa, ushbu masala xususida quyidagicha fikr bildiradi: "Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o'ziga xos tarzda "taqdim etilgan" boyliklar har doim mulk bo'lib kelgan"10.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, mulkka bo'lgan huquq iqtisodiy yoki xo'jalik mazmuniga ega bo'lgan sub'ektiv fuqarolik huquqlarining bir ko'rinishidir. Bulardan tashqari, mulkka bo'lgan huquq tushunchasi narsalarga bo'lgan huquq bilan birga bajarilishi majburiy bo'lgan huquqlarni ham o'z ichiga oladi11. Huquq me'yorlarida mustahkamlangan iqtisodiy mulk munosabatlari huquqiy shaklda bo'lib, nafaqat iqtisodiy, balki yuridik tusdagi holat bo'ladi. Mulk munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi tegishli xulq me'yorlaridan tarkib topadi, ular moddiy ne'matlarning ma'lum shaxslarga tegishli bo'lishi mumkin (emas)ligini belgilaydi va shu ne'matlar o'zlashganligining amaldagi holatini mustahkamlaydi, mulk ustidan "xo'jalik egaligi" vakolatlarini va mulkni jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning huquqiy usullarini belgilaydi12. Bular mulkni iqtisodiy-huquqiy turdagi holat deb qarash uchun asos bo'ladi, unda huquqiy shakli iqtisodiy mazmuni bilan uzviy bog'liq bo'ladi13.

Jinoyat ob'ektini gorizontal bo'linishi nazariyasiga ko'ra, o'zganing mulkini o'g'rilash jinoyati sodir etilganda aybdor shaxs, eng avvalo, asosiy ob'ekt sifatida mulk munosabatlariga tajovuz qiladi. Professor L.D.Gauxmanning talon-toroj qilish ob'ekti aynan mulk munosabatlari bo'ladi, lekin iqtisodiy mulk munosabatlarini yuridik ifodalash, mustahkamlash shakli emas, degan fikri mutlaqo to'g'ri14. Bu holat o'g'rilikning talon-toroj qilish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa mulkka qarshi jinoyatlardan ajratishda muhim ahamiyatga ega.

O'g'rilikning sodir etilishi qo'shimcha ob'ektga tajovuzni istisno etmaydi. Masalan, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, turar joyga noqonuniy kirish bilan bog'liq bo'lgan o'g'rilikning qo'shimcha ob'ekti shaxsning turar joy daxlsizligi huquqini ta'minlovchi ijtimoiy munosabat sanaladi.

Shuni ta'kidlash joizki, o'g'rilik uchun o'zganing egaligida bo'lgan mulkni olib qo'yish xosdir. Biroq o'g'rilik aybdorning mulkka nisbatan boshqa muayyan huquqi bo'lgan (masalan, vaqtincha qarab turish) mulkni o'g'rilash va egallashga ham qaratilishi mumkin. Bu yerda ishlab chiqarishda ishchi tomonidan xom ashyoni yoki tayyor mahsulotni, jabrlanuvchi tomonidan vaqtincha qarab turishga tashlab ketilgan mulkni, magazinda kiyib ko'rish uchun olingan mulkni, aravakashga yetkazib berish uchun topshirilgan mulkni o'g'rilash nazarda tutilmoqda.

9 Рустамбоев М.Х. Узбекистон Республикаси Жиноят кодексига шархлар. Махсус кисм. - Тошкент: Илм-зиё, 2006. - Б. 217.

10 Зокиров И.Б. Узбекистон Республикасининг фукаролик хукуки. Дарслик. I кисм. - Тошкент: ТДЮИ, 2006. -Б. 214.

11 Ниёзова С.С. Узгалар мулкини иштирокчиликда талон-тарож килганлик учун жиноий жавобгарлик муаммолари. Юридик фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун диссертация. - Тошкент: ТДЮИ, 2006. -Б. 39-40.

12 Суханов Е.А. Лекции о праве собственности. - М., 2017. - С. 16.

13 Комментарий к Уголовному кодексу Российской Федерации: В 2 т. Т. 2 \ Под ред. О.Ф.Шишова. - М., 1998. - С. 3.

14 Гаухман Л.Д. Объект преступления. Лекция. - М.: Академия МВД РФ, 1992. - С. 17.

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

Fuqarolik huquqiga muvofiq xususiy va ommaviy mulk shakllari tan olinadi. Xususiy mulk huquqi subektlari turli-tuman va keng doirada bo'lsa ham ularni birlashtiruvchi belgi mulkning vujudga kelishi, undan foydalanish, boshqarish, tasarruf etish, uning natijalaridan bahramand bo'lishda jismoniy shaxsning u yoki bu darajada ishtirok etishi, ishtirok etganida ham ommaviy mulkdagi kabi fuqaro (davlatga mansub shaxs) yoki maxsus vakolatli mansabdor shaxs sifatida emas, balki mulkdor shaxs sifatida ishtirok etishidir15.

O'g'rilik tarkibiy konstruksiyasida tajovuz predmetini tushunish alohida ahamiyat kasb etadi. Umuman, jinoyat huquqi nazariyasiga binoan, tegishli ob'ektga nisbatan jinoiy tajovuz qilayotgan jinoyatchi bevosita ta'sir etadigan moddiy ashyolar jinoyat predmeti hisoblanadi16. O'g'rilikni tergov qilishda jinoiy tajovuz bevosita ob'ektini aniqlash jiddiy qiyinchilik tug'dirmaydi. Tergov va sud amaliyoti materiallarini tahlili shundan dalolat beradiki, huquqni qo'llash jarayonida o'g'rilikning bevosita ob'ekti va predmetini farqlash qiyinchilik tug'diradi, chunki bular sifatida turli moddiy qadriyatlar gavdalanib, ularning huquqiy mohiyati hozirgacha milliy fuqarolik qonunchiligida yetarli aniqlikda belgilanmagan. O'g'rilikning predmeti bo'lgan mulkning turli xususiyatlarini o'rganish, o'g'rilangan mulkning iqtisodiy qiymatini, boshqa o'ziga xos xususiyatlarini, pirovardida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararning haqiqiy darajasini aniqlashga imkon beradi17.

Jinoyat huquqi nazariyasida va amaliyotida har qanday talon-toroj qilish tarkibining majburiy qismi sifatida mol-mulkning belgilar tizimi ishlab chiqilgan18. Jinoyat huquqi nazariyasida talon-toroj jinoyati predmetini tavsiflaydigan uchta belgini ajratish qabul qilingan: moddiy, iqtisodiy va yuridik.

Talon-torojning predmeti iqtisodiy qiymatga ega bo'lgan moddiy tovar boyliklari va har qanday ashyoning, mulkning ekvivalenti hisoblanmish pul bo'lishi mumkin. Shunday qilib, talon-torojning predmeti xo'jalik, iqtisodiy va moddiy qiymatga ega bo'lgan o'zganing mulki hisoblanadi. Aybdor mulkni talon-toroj qilishi, yo'qotishi, o'zlashtirishi natijasida mulkiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Shu sababdan, mulkka qaratilgan har bir tajovuz talon-toroj qilinishi mumkin emas. Ammo ularning ayrim qismlari aybdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilinishi mumkin. Talon-torojning predmeti sifatida ko'proq pul, ashyolar, boyliklar talon-toroj qilinadi. Jonli narsalar ham talon-torojning predmeti hisoblanadi. A.P.Allaberganov ta'kidlaganidek, "Mulkiy munosabatlarning predmeti alohida ashyolar va qimmatbaho narsalardir"19.

Tabiat resurslari hamda inson mehnati bilan barpo etilmagan predmetlar o'g'rilik predmeti hisoblanmaydi. Davlat mulki ob'ektlari - yer, yer osti boyliklari, o'rmonlar o'g'rilik predmeti bo'la olmaydi. Bu ob'ektlarga tajovuz, ularga, baho, narx bergan inson mehnati

15 Зокиров И.Б. Узбекистан Республикасининг фук,аролик х,ук,ук,и. Дарслик. I к,исм. - Тошкент: ТДЮИ, 2006. - Б. 227.

16 Якубов А.Б. Уголовный кодекс Республики Узбекистан. Научно-практические комментарии. - Тошкент, 1996, -Б. 32.

17 Комков А.В. Уголовно-правовая характеристика основного состава кражи//Российский следователь. 2001. №7. - С. 22.

18 Кабулов Р. Уголовно-правовые меры борьбы с хищениями: Теория и практика. Дис.доктор.юрид.наук. -Ташкент,1997. - С. 27.

19 Аллаберганов А.П. Ответственность за хищение, совершенное путем злоупотребления служебным положением. - Ташкент, 1984. - С. 32.

é

Ws,

UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

singgan taqdirdagina, talon-toroj qilish deb hisoblanadi. Masalan, tayyorlangan o'rmon yog'ochini talon-toroj qilish, pitomniklarda parvarish qilingan hayvonlarni talon-toroj qilish, maxsus tayyorlangan suv havzalarida yetishtirilgan baliqlarni ovlash, baliqchilik xo'jaliklari tomonidan ovlangan baliqlarni egallab olish va hokazo. Agarda baliq sun'iy suv xavzalarida o'stirilgan bo'lsa, unda uni noqonuniy ovlash o'g'rilik deb hisoblanishi mumkin. Bunda ushbu baliq ovini o'g'rilik etib tan olinishi, unda inson mehnati mavjudligi bilan izoxlanadi.

O'g'rilikning predmeti A.P.Sevryukov qayd etganidek, "o'zgalar mulki bo'lib, unga sanoat, qishloq xo'jaligi mahsulotlari va hosil natijalari, shuningdek, pul, qimmatli qog'ozlar va boshqa shunga o'xshash mol-mulk hisoblanadi"20. O'g'rilik predmeti moddiy borliq predmeti singari aniq xususiyatlarga, belgilarga ega bo'lishi kerak. Shu munosabat bilan elektr issiqlik energiyasi, gaz, suv, quvurlari o'g'rilikning predmeti bo'lishi mumkin emas. Biroq bunday harakatlar boshqa jinoyat tarkibini: Aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan mulkiy zarar yetkazish yoki elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suv quvrlardan foydalanish qoidalarini buzish jinoyatlarida aybli bo'lishi mumkin. Shuningdek, intellektual mehnatni o'zlashtirish (plagiat) talon-toroj qilishning predmeti bo'la olmaydi, bunday harakatlar mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish jinoyati tarkibini tashkil qiladi.

O'g'rilik sodir etilganda aybdor shaxs mulk munosabatlariga ijtimoiy xavfli zarar yetkazadi. Moddiy olam buyumlari bevosita jinoiy ta'sirga beriladi. O'g'rilik predmeti deb faqat o'zganing mulki hisoblanadi. Qo'rsatib o'tilgan xususiyat mulkning yuridik tavsifini aks ettiradi. Ayblanuvchining mulkida bo'lmagan yoki uning qonuniy egaligida bo'lmagan barcha mulk o'zganing mulki sifatida tan olinadi. O'g'rilik sodir etilganda jinoiy tajovuz predmeti sub'ektning egaligida bo'lmagan va sub'ekt unga nisbatan biror-bir vakolatlarga ega bo'lmagan o'zga mulk bo'ladi, lekin alohida vaziyatlarda unga bajaradigan ishi tufayli yoki tasodifiy holatlar tufayli (qo'shnisining iltimosi bilan vaqtincha narsalariga qarab turgan yo'lovchi) yetishi mumkin bo'ladi. Agar sub'ektga xizmati yuzasidan u yoki bu boyliklar uchun moddiy javobgarlik yuklatilgan bo'lsa (ekspeditor vazifasini bajaruvchi haydovchi) yoki fuqaroga boshqa shaxsning mulki shartnoma bo'yicha saqlashga berilgan bo'lsa, sodir etilgan qilmish o'g'rilik emas, ishonib topshirilgan mulkni o'zlashtirish yoki rastrata deb baholash kerak.

O'zboshimchalik bilan qimmatbaho metall va toshlarni yer ostidan qazib olish o'g'rilikka kirmaydi, lekin JK 185-moddasida nazarda tutilgan mustaqil jinoyatni tashkil qiladi. Biroq, agar qimmatbaho metall va toshlarni qazib oladigan korxonaning hududida qazib olingan bo'lsa, bunday harakatlar talon-toroj qilish sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday korxonalar hududi shartli bo'lishi mumkin. Bu, odatda, qazib olish ishlari olib boriladigan maydon, tayyorlangan maydonchalar, transheyalar, ya'ni qimmatbaho metallar yoki toshlarni qazib olish uchun tayyorlangan joylar, ular joylashgan joyni razvedka qilishdir21.

O'g'rilik sodir etilganida jinoyat predmetining jinoiy-xuquqiy xususiyatlarini o'g'rilikni kvalifikatsiyalashda hisobga olinishi kerak. Agarda, o'g'rilik predmeti oddiy fuqarolik muomalasida bo'lsa, unda jinoyat JKning 169-moddasi bilan kvalifikatsiyalanadi. Biroq, o'g'rilik predmeti bo'lib radioaktiv materiallar bo'lsa, unda jinoyatni JKning 252-moddasiga binoan

20 Севрюков А.П. Хищение имущества: криминологические и уголовно-правовые аспекты. - М.: Экзамен, 2004. С. 65.

21 Рустамбоев М.Х. Узбекистон Республикаси Жиноят кодексига шархлар. Махсус к,исм.

Тошкент:

Илм-зиё, 2006. - Б. 219.

é

Ws,

kvilifikatsiyalash zarur. Agarda o'g'rilik predmeti bo'lib qurol, qurol o'q-dorilari, portlovchi moddalar va portlovchi moslamalar namoyon bo'lsa, unda jinoyat JKning 247-moddasi bo'yicha kvalifikatsiya qilinadi. Qurol-yaroqlar, portlovchi va radioaktiv moddalar va hokazolar o'g'rilik predmeti bo'la olmaydi. Chunki, ularni egallaganda mulkiy manfaatlarga ega emas, balki jamoat va fuqarolarning xavfsizligiga tahdid soladi22. Basharti o'g'rilik vaqtida giyohvand vositalar yoki psixotrop moddalar talon-toroj qilinsa, mazkur jinoyat JKning 271-moddasiga binoan kvalifikatsiyalanishi lozim.

Yuqoridagi fikrlarmizni tasdig'i sifatida ko'rsatib o'tishimiz mumkinki, o'g'rilik jinoyat predmeti to'g'risida M.H.Rustamboev quyidagilarni qayd etadi: "Agar jinoyat predmeti alohida turdagi muomaladan chiqarilgan mulk bo'lsa, aybdorning harakatlari talon-toroj qilish emas, balki maxsus jinoyatlar tarkibi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Ko'rsatilgan predmetni talon-toroj qilish bilan bog'liq jinoyatni kvalifikatsiya qilishda faqatgina ushbu moddalar sanksiyasida JK 247, 251, 271 va boshqa moddalaridan ham og'irroq jazo nazarda tutilganda, jinoyatlar majmui bo'yicha kvalifikatsiya qilish lozim bo'ladi.

Shuni ta'kidlash joizki, jinoyat huquqi nazariyasida hujjatlarni o'g'rilikning va umuman talon-toroj qilishning predmeti bo'la olishligi to'g'risidagi fikrlar yakdil emas. Ba'zi mualliflar "u yoki bu moddiy qiymatga ega bo'lgan narsalarni olish huquqini beruvchi hujjatlarni egallash, o'g'rilash tushunchalarini talon-toroj tushunchasiga kiradi"23 deb hisoblashadi.

G.Anashkin va Z.Vishinskaya shunday deb yozishadi: "Amalda hujjatlar va qimmatli qog'ozlarni talon-toroj qilishni tavsiflashda birmuncha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Fikrimizcha, har xil qaydlar, xatlar, kundaliklar va nominal qiymatga ega bo'lmagan, biroq mol-mulkni olish huquqini beruvchi boshqa hujjatlarni g'ayriqonuniy qo'lga kiritish jazosiz qoldirilishi mumkin emas. Shu sababli mazkur hujjatlarni keyinchalik fuqarolarning mol-mulkini aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritish maqsadida o'g'rilash, ayni shu maqsadda bu hujjatlardan foydalanish yoki foydalanishga harakat qilish ishning holatlariga qarab shaxsiy mol-mulkni qo'lga kiritishga tayyorgarlik ko'rish yoki suiqasd qilish, deb hisoblanishi lozim"24.

Bizningcha, L.D.Gauxman va M.V.Serova tomonidan ilgari surilgan fikr haqiqatga yaqinroq bo'lib, ular shunday deb qayd etishadi: "Muqobil ayirboshlash xossalariga ega bo'lgan hujjatlar mol-mulk hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ular nominal bo'yicha yoki boshqa nisbatda pulga (masalan, yutuq chiqqan obligatsiyalar) yoxud moddiy predmetlarga yoki boshqa mulkiy ne'matlarga ularning qiymatiga ko'ra ayirboshlanishi mumkin, basharti personifikatsiya qilinmagan har qanday shaxs bunday ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo'lsa, o'g'rilik predmeti sifatida tan olinadi"25.

Shunday qilib, egalik huquqini yo'qotgan, ya'ni shaxssiz xususiyatga ega bo'lgan erkin muomaladagi hujjatlar mol-mulk hisoblanadi va talon-toroj qilish predmetini tashkil etadi. Qimmatli qog'ozlar ham o'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatining predmeti hisoblanadi.

22 Рycтaмбоев М.Х. Узбекистон Реcпyбликacи Жиноят кодек^га шархлар. Maхcyc к^м. - Тошкент: Илм-зиё, 2006. - Б. 216-219.

23 Шевцов Ю.Л. Борьба c мощенничеством и поcягaтельcтвaми на личную габен^нное^. - М.,1992. -С. 71.

24 Анашкин Г., Вышин^ая З. Уголовно-правовая охрана личной cобcтвенноcти граждан || Гоcyдaрcтво и право, 2014, №7. - С. 19.

25 ^хман Л.Д., Серова М.В. Ответственность за мелкое хищение гоcyдaрcтвенного или общественного имyщеcтвa. - М.: Профиздат, 1990. - С. 43.

é

Ws,

Bular ham o'z navbatida shaxsning ma'lum huquqlarini tasdiqlaydi. Bu hujjatlarni yo'qotish pulni yo'qotishga tengdir, chunki aybdor jinoyat sodir etilgan vaqtning o'zida bo'lmasada, keyinroq mulkiy hujjatni ko'rsatish bilan ma'lum mulkiy foydani qo'lga kiritadi.

Ayrim toifadagi mulkiy huquqlar qayd etilgan, aynan aniq bir shaxsga tegishli bo'lgan va faqat o'sha shaxs uchun mulkiy manfaat keltirib chiqaruvchi boshqa hujjatlar esa, talon-toroj qilish predmeti sifatidagi mol-mulkka mansub, deb topilishi mumkin emas. Ulardan o'g'rilar aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan mol-mulkni qo'lga kiritish uchun foydalangan hollarda ular mol-mulkni talon-toroj qilish yoki boshqa jinoyatning predmeti emas, balki jinoyat sodir etish vositasi yoxud jinoyatga tayyorgarlik ko'rish vositasi hisoblanishi lozim.

Ayrim huquqshunos olimlar esa "Mulkiy xarakterga ega bo'lgan hujjatlar egallanganida (qimmatbaho qog'ozlardan tashqari), o'g'rilanganida talon-toroj sodir etilmaydi, deb hisoblaydilar"26. Tadqiqotchi S.S.Niyozova, "o'zgalar mulkini talon-toroj qiluvchi ishtirokchilar shu hujjat asosida muayyan bir mulkni egallaganidan keyingina jabrlanuvchi moddiy zarar ko'radi", deb masalaga to'g'ri nuqtai nazardan yondashadi. "O'z navbatida hujjatni taqdim etuvchiga beriladigan mulkiy hujjatlar har xil kvitansiyalar, jetonlar va boshqalarga ham taalluqlidir. Omonat daftarchasi, taqdim etuvchiga berilgan cheklar olinib, egallanganida, o'g'rilanganida ularning egalari ham moddiy zarar ko'rmaydilar, chunki omonat kassasidagi pulga bo'lgan huquqni qaytadan tiklash mumkin. Aytib o'tilganidek, o'zgalar mulki talon-toroj qilinganida huquq buziladi, mulkning o'zi esa miqdor va belgi jihatidan o'zgarmaydi"27.

Bu haqda M.H.Rustamboev: "Taqdim qiluvchiga beriluvchi qimmatli qog'ozlar talon-toroj qilish predmeti bo'lishi mumkin. Qimmatli qog'ozlarning boshqa turlari, aybdorga qimmatli qog'ozlarda belgilangan mulkiy huquqni olish imkoniyatini bermaganligi uchun talon-toroj qilish predmeti bo'la olmaydi. Bunday buyumlarni huquqqa xilof ravishda egallash JK 227-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil etadi. Agar aybdor shaxsda ushbu hujjatlardan g'ayriqonuniy foydalanish maqsadi bo'lgan bo'lsa, u holda uning harakatlari aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish (JKning 170-m.) va mulkiy zarar yetkazishga tayyorgarlik ko'rish sifatida jinoyatlar majmui bo'yicha kvalifikatsiya qilinadi. Lotereya biletlari, pochta markalari, otkritkalar, konvertlar, talonlar va yonilg'i moylash materiallari, metroda yurish uchun jetonlar talon-toroj qilish predmeti bo'lishi mumkin. Ammo poezd, samolyot chiptasi o'z holicha moddiy qiymatga ega bo'lmaganligi, faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni (masalan, pasport, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma va boshqalarni) ko'rsatgan hollardagina moddiy qiymatga ega bo'lishi mumkinligi sababli talon-toroj qilish predmeti bo'la olmaydi"28.

Tasodifan topilgan buyum (topilma) talon-toroj qilish predmeti bo'la olmaydi. FK 192-moddasiga ko'ra, yo'qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo'qotgan shaxsni yoxud uni olish huquqiga ega bo'lgan o'ziga ma'lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart.

26 Звернов А.Е. Преступление государственного имущества и борьба с ними. Харьков, 1996. - С. 134.

27 Ниёзова С.С. Узгалар мулкини иштирокчиликда талон-тарож килганлик учун жиноий жавобгарлик муаммолари. Юридик фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун диссертация. - Тошкент: ТДЮИ, 2006. -Б. 39-40.

28 Рустамбоев М.Х. Узбекистон Республикаси Жиноят кодексига шархлар. Махсус кисм. - Тошкент: Илм-зиё, 2006. - Б. 216.

é

Ws,

Xazina ham o'g'rilik predmeti bo'la olmaydi. Xazina deb egasini aniqlash mumkin bo'lmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yo'qotgan, yerga ko'milgan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoki qimmatbaho buyumlarga aytiladi. Yashirib qo'yilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat va sh.k.) mulkdori bo'lgan shaxsga va xazinani topgan shaxs mulkiga agar ular o'rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, teng ulushlarda tegishli bo'ladi29.

Keltirib o'tilgan fikrlarga qo'shilgan holda, shuni ham qayd etishni lozim topamizki, bugungi zamonaviy iqtisodiyot sharoitlarida naqd bo'lmagan pul mablag'lari aylanmasi jadallik bilan o'sib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, jinoyat huquqi nazariyasi va amaliyot oldida bir qancha murakkab savollarni tug'dirmoqda. Xususan, plastik kartalar o'g'rilari, kopyuter tarmog'iga noqonuniy ravishda kirib, o'g'rilik sodir qilgan shaxslarning jinoyatlarida predmet qanday ko'rinishga ega bo'ladi, jinoyatlar qachon tamom bo'lgan hisoblanadi?

Bu masalada, nazariy jixatdan bironta ilmiy fikr-mulohaza yuritilmagan, ammo 2023 yil 23 iyundagi "Firibgarlikka oid ishlar bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi Oliy sud Plenum qarorida qonunga ko'ra, "Mulkni egallashga qaratilgan firibgarlik, mazkur mulk aybdor yoki boshqa shaxslarning g'ayriqonuniy egaligiga o'tgan va ular undan xohlagan tarzda foydalanish yoki tasarruf etish real imkoniyatiga ega bo'lgan paytdan tugallangan deb topiladi. Qonunga ko'ra, shaxs bankdagi pul mablag'larini ular uning bankdagi hisob varaqasiga kelib tushgan (o'tkazilgan) paytdan boshlab real tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo'lganligi tufayli, jinoyat bu mablag'lar ularni mablag' egasi hisob varaqasidan aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan olgan shaxsning yoki boshqa shaxsning bankdagi hisob varaqasiga o'tkazilgan paytdan tugallangan deb topish lozim.

O'zganing mulkiga bo'lgan huquqni egallashga qaratilgan firibgarlik, aybdorda o'zganing mulkiga egalik qilish yoki tasarruf etish uchun yuridik jihatdan tasdiqlangan imkoniyat paydo bo'lgan paytdan (masalan, ko'chmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki qonunga muvofiq ro'yxatga olinishi shart bo'lgan boshqa mulkka nisbatan huquq ro'yxatga olingan paytdan; shartnoma tuzilgan vaqtdan; mulkka nisbatan shaxsning huquqi tan olingan sud qarori kuchga kirgan kundan; vakolatli davlat organi aybdorda yoki boshqa shaxslarda mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun asoslar mavjudligi to'g'risida qaror qabul qilgan kundan) tugallangan hisoblanadi", deb 30 ko'rsatilgan. Bu fikr, barcha masalalarga oydinlik kiritmasa ham, jinoyat predmeti nazariyasiga fundamental o'zgarish kiritmoqda, ya'ni naqd bo'lmagan, yoxud moddiy tusga ega bo'lmagan, elektron shakldagi pullar jinoyat predmetiga aylanganligi tan olinmoqda. Zero, jinoyat, aybdor shaxs bank hisobidagi mablag'larni real pullarga aylantirishni, jinoyatni tamom bo'lishi uchun shart deb hisoblamaydi. Binobarin, biz ushbu jinoyatda umuman, ko'zga ko'rinadigan, moddiylik, ashyoviylik tusiga ega predmetni ko'rmaymiz.

Xulosa qiladigan bo'lsak, yuqoridagilarga asosan, o'zgalar mulkini o'g'rilik yo'li bilan talon-toroj qilishning predmeti bo'lib, ma'lum bir qiymatga ega bo'lgan narsalar, pul va valyuta

29 Зокиров И.Б. Узбекистан Республикасининг фук,аролик х,ук,ук,и. Дарслик. I к,исм. - Тошкент: ТДЮИ, 2006. -Б. 222.

30 Узбекистан Республикаси Олий судининг "Фирибгарликка оид ишлар буйича суд амалиёти т^рисида"ги 2023 йил 23 июндаги Пленум к,арори. "НОРМА" электрон маълумот-к,идирув базаси. https://lex.uz/ru/docs/6523582?ONDATE=23.06.2023%2000

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

qiymatiga ega bo'lgan qog'ozlar hamda naqd ko'rinishda bo'lmagan (elektron) pul mablag'lari hisoblanadi, degan xulosaga kelishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.