Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONNING XORIJIY SAYYOHLIK SALOHIYATINI YUKSALTIRISH VA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

O’ZBEKISTONNING XORIJIY SAYYOHLIK SALOHIYATINI YUKSALTIRISH VA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Turizm / xalqaro turizm / ichki turizm / turistik loyihalar / xorijiy sayyohlar oqimi / qishloq turizmi / turizm klasterini shakllantirish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Usmanova Gulida Valiyevna

Mazkur maqolada xorijiy sayyohlarni oqimini oshirish va ichki turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari, turizm mahsulotlarini real targ’ib qilish, turizm sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga ahamiyat qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONNING XORIJIY SAYYOHLIK SALOHIYATINI YUKSALTIRISH VA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

O'ZBEKISTONNING XORIJIY SAYYOHLIK SALOHIYATINI YUKSALTIRISH VA ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Usmanova Gulida Valiyevna

Namangan davlat universiteti Menejment kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11097258

Annotasiya. Mazkur maqolada xorijiy sayyohlarni oqimini oshirish va ichki turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari, turizm mahsulotlarini real targ'ib qilish, turizm sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga ahamiyat qaratilgan.

Kalit so'zlar: Turizm, xalqaro turizm, ichki turizm, turistik loyihalar, xorijiy sayyohlar oqimi,qishloq turizmi, turizm klasterini shakllantirish.

Аннотация.В данной статье основное внимание уделяется мерам по увеличению потока иностранных туристов и развитию внутреннего туризма, реальному продвижению туристических продуктов, финансированию проектов в сфере туризма.

Ключевые слова: Туризм, международный туризм, внутренний туризм, туристские проекты, поток иностранных туристов, сельский туризм, формирование туристического кластера.

Abstract. In this state, basic attention is paid to the purpose of increasing the flow of international tourists and developing domestic tourism, real production of tourist products, financing of projects in the field of tourism.

Keywords: Tourism, international tourism, domestic tourism, tourist projects, flow of foreign tourists, rural tourism, formation of tourism cluster.

Dunyodagi eng daromadli biznes turlaridan biri bo'lgan turizm butun dunyo turistik mintaqalarida ham katta foyda keltirishi mumkin. Respublikamizda xorijiy sayyohlarni oqimini oshirish ,turizm infratuzilmasini muammolarini hal etish, ichki turizmni rivojlantirish, soha taqdim etayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini real targ'ib qilish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslarning turizm infratuzilmasini va madaniy me'ros obyektlarida erkin harakatlanishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni ta'minlash hamda turizmda barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratishni nazarda tutuvchi to'siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish dolrab masalalardan biri bo'lmoqda. Madaniy meros obyektlari, vokzallar, jamoat transporti va poyezdlarda harakatlanish imkoniyati cheklangan kishilar uchun lift, pandus va tutqichlaro'rnatiladi. 2027-yilgacha ming nafar nogironligi bo'lgan shaxslarning sayohat xarajatlarining 50 % Ini davlat qoplaydi, deb rejalshtirilmoqda.

Shuningdek 2024 yilda bojsiz savdo do'konlari va mashhur xalqaro brendlarning chakana savdo do'konlaridan iborat "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi, "Chimyon" xalqaro mavsumiy kurorti va "Amirsoy" tog'-chang'i kurorti hududida, sayyohlik salohiyati yuqori tumanlar va shaharlarda 5 ming kvadrat metrdan ortiq zamonaviy mehmonxonalar (joy binolari) va savdo-ko'ngilochar majmualardan iborat sayyohlik markazlari hamda yirik savdo majmualari ("Hashamatli turizm") qurish rejalashtirilmoqda,

Shu bilan birga, turizm sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 200 million dollar ekvivalentida turizm kredit liniyasi ochilishi, shundan 50 million dollari oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan mablag'lar hisobidan, 150 million dollari esa boshqa mamlakatlardan kelishi rejalashtirilgan. Bu mablag'lar, turizm va

tijorat banklari qo'mitasi tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat tashkilotlaridan jalb qilingan mablag'lardir.

2024-yil 1-martdan 2026-yil 1-martgacha bo'lgan davrda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan tasdiqlangan ro'yxatlar bo'yicha olib kirilayotgan analoglari respublikada ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovarlar bojxona to'lovlarini to'lashdan ozod etiladi:

• mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, savdo-ko'ngilochar majmualarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar, mashinalar, xom ashyo, butlovchi va ehtiyot qismlar, mebel va inventar, qurilish va boshqa materiallar;

• basseynlar va akvaparklar uchun mo'ljallangan uskunalar, inventar, turniketlar, to'lov va axborot terminallari, videokuzatuv tizimlari, yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va suvni tozalash uchun maxsus filtrlar;

• turistik markazlarda joylashgan zargarlik buyumlari va tilla buyumlarni sotuvchi chakana savdo do'konlari faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo'lgan qurilish (rekonstruksiya va modernizatsiya) uchun materiallar, uskunalar va texnologiyalar.

"Mo'ynoq" va "Zomin" aeroportlariga parvoz qilishda 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar, keksa yoshdagi nafaqaxo'rlar va nogironlar uchun chiptalar 50 foizlik chegirmali tariflar bo'yicha sotilishi hamda yo'lovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyozni taqdim etish bilan bog'liq xarajatlari belgilangan miqdorda sotilishi va respublika byudjeti hisobidan qoplanishi rejalashtirilmoqda va amalga oshirilmoqda..

O'zbekistonda turizm o'sishining asosiy manbalari haqida gapirsak, biz nafaqat xorijdan turistlarni jalb etishga yondashishimiz kerak, shuningdek, kuchli taraqqiyot omili bo'lgan ichki turizmni ham rivojlantirishimiz kerak. Bu sohaga investitsiya kiritmoqchi bo'lgan tadbirkorlar turistik sohaga yo'naltirilgan aktivlar o'rtacha 4-5 oyda ish berishi bilan bog'liq muammolarga duchor bo'lishmoqda. Binobarin, ichki turizmni rivojlantirish dasturini faol amalga oshirish turizmni yil bo'yi qilish, tadbirkorlarga esa yil bo'yi daromad olish imkonini yaratadi»

Qishloq turizmi-bunday turizm shaharlarda yashovchi o'zbekistonliklar uchun ham, xorijlik sayyohlar uchun ham birdek qiziq deb o'ylayman — qishloqning toza havosi, xo'roz qichqirig'i bilan uyg'onish, yangi uzilgan sarxil meva-sabzavotlar, sut mahsulotlarini tatib ko'rish. Eshak, ot, tuya kabi uy hayvonlarini minib ko'rish...

Keyingi paytlarda jahonda paydo bo'lgan agroturizmni ham mana shu turistik yo'nalishga qo'shsa bo'ladi. Hosilni yig'ib olish davrida ishtirok etish ham sarguzashttalablar uchun qiziqarli. O'zingiz bir tasavvur qilib ko'ring: pishib yetilgan paxta dalalarida turistlar paxta terib yurishsa. Fermerlarimiz mana shundan ham qo'shimcha daromad qilishlari mumkin.

Hulosa qilib aytganda, joriy yilda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, to'rtta yirik turizm klasterini shakllantirish orqali xorijiy sayyohlarning umumiy sonini 10,5 millionga yetkazish bo'yicha keng ko'lamli vazifani amalga oshirish zarur deb hisoblayman. Bundan tashqari, Davlat dasturida tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyatining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, umumiy qiymati 18 mlrd dollarlik 309 ta investitsiya loyihasini ishga tushirilishi tashqi va ichki turizmni rivojlantirish va ularni oqimini yanada kuchytirish uchun samarali ish, hamda tadbirkorlar uchun doimiy daromad olish imkonini berishini ta'minlaydi deb o'ylayman.

REFERENCES

1. Prezident.uz saytidan foydalanildi

2. www.gazeta.uz saytidan foydalanildi

3. www.spot.uz saytidan foydalanildi

4. www. Kun. Uz saytidan foydalanildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.