O'ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIDAGI O'RNI
VA AHAMIYATI
Aminova Manzura Mutalibovna
Qo'qon DPI dotsenti, f.f.n.
Globallashuv davrida shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyo hozirgi murakkab vaziyatda o'zaro munosabatlardagi hamkorlik yanada pragmatik va dinamik tarzda bo'lishini toqazo qiladi. Endilikda universal tusga ega xalqaro tashkilotlar o'rnini tobora ko'proq mintaqaviy tashkilotlar egallamoqda. So'nggi davrlarda ko'plab mamlakatlar mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlikni afzal ko'rishmoqda. Aksariyat mintaqaviy tashkilotlar milliy manfaatlarni hisobga olgan holda davlatlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning eng samarali platformasini yaratmoqda. Maqolada turkiy davlatlar jumladan O'zbekiston taraqqiyoti va rivojlanishi uchun ham muhim ztrategik hamkor bo'lgan Turkiy davlatlar tashkiloti tashkil toppish tarixi va ahamiyati haqida so'z boradi.
O'zbekiston Respublikasining istiqlol yillaridagi taraqqiyoti va bugungi rivojlanish davrining eng muhim xususiyatlaridan biri mamlakatimizning uzoq va yaqin xorij davlatlari bilan do'stona munosabatlar o'rnatib, o'zaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosat olib borayotganidir. Prezident SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 19 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiining 72-sessiyasidagi nutqining mazmun-mohiyati ana shundan dalolat beradi. Unda ta'kidlanganidek: "O'zbekiston hech qanday blokka qo'shilmaslik maqomini saqlab qolgan holda, ochiq muloqotga tayyordir. Biz barcha sheriklarimiz bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo'lida hamkorlikni kengayt irishdan manfaatdormiz" [1]. SHu bilan birga, nutqda mamlakatimizning butun dunyo, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqasi jadal rivojlanayotganiga alohida ahamiyat qaratilgani va "Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O'zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo - biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir" [2] deya ta'kidlangani ham aslo bejiz emas. Zero, Osiyo davlati, Markaziy Osiyoning qoq o'rtasida joylashgan mamlakat sifatida O'zbekiston o'zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlashning qat'iy tarafdoridir"[2]
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan mamlakatda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning natijasi respublikaning tashqi siyosatida ham o'zining ijobiy ifodasini topmoqda. Markaziy Osiyodagi qo'shni davlatlar bilan aloqalarning iliqlashuvi va yangi bosqichga olib chiqilganligi, xorijiy hamkorlar bilan barcha sohalarda ochiqlik hamda o'zaro manfaatdorlik asosida olib borilayotgan
70
tashqi siyosat O'zbekistonning nafaqat mintaqada, qolaversa jahon hamjamiyatidagi mavqeining yanada mustahkamlanib borishiga xizmat qilmoqda. E'tiborli jihati shundaki,O'zbekiston tashqi siyosatdagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bilan bir qatorda, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko'p tomonlama diplomatiya instrumentlaridan samarali foydalanmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston tomonidan BMT, SHHT, MDH, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surilayotgan tashabbus va takliflar jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e'tirof etilmoqda. Turkiy davlatlar tashkiloti so'nggi yillarda O'zbekiston a'zo bo'lgan xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi.
Ikki qardosh davlat o'rtasidagi progressiv aloqalar Turkiya va O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligidagi yangilangan O'zbekiston hukumatiningsiyosati orqali boshlandi. 2016 yil Samarqand shahrida SHavkat Mirziyoev va R.T.Erdog'an o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.. O'tgan 8 yil davomida esa davlat rahbarlari tomonidan o'nga yaqin to'g'ridan-to'g'ri muloqotlarni amalga oshirdi. Xususan, 2017 yilning 25-27 oktyabr kunlari O'zbekiston rahbari SHavkat Mirziyoev Turkiyaga tashrif buyurib, Prezident Erdog'an bilan uchrashdi. Ushbu tarixiy tashrif davomida Turkiya va O'zbekiston o'rtasida aviatsiya, transport, sarmoya, diplomatiya, ta'lim, sog'liqni saqlash, mudofaa, savdo, madaniyat, bank sohalarida 26 ta bitim imzolandi, Bundan tashqari, 2017 yilda R.T.Erdog'an va SH.M.Mirziyoev Pekin, Riyod, Ostona va Nyu-Yorkdagi xalqaro tadbirlar doirasida muzokaralar o'tkazdi, xamkorlik istiqbollari va halqaro vaziyatlarni muhokama qildi. 2018 yilning 31 aprel- 1 may kunlari Turkiya Prezidenti davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ldi. Tashrif davomida ikki mamlakat prezidentlari O'zbekiston va Turkiyaning etakchi banklari, kompaniya va firmalari rahbarlarining qo'shma biznes forumida ishtirok etishdi. Ushbu tashrifga javoban 2024 yil 19 fevral kuni davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning Turkiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) 2009 yil 3 oktyabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida bo'lib o'tgan Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiya davlatlari rahbarlarining yig'ilishida Qozog'iston Respublikasining birinchi Prezidenti N.Nazarbaev tashabbusi bilan ta'sis etilgan. Vengriya 2018 yildan boshlab, ushbu Tashkilotda kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Turkmaniston turkiy tilli davlat hisoblansada, o'zining neytral davlat sifatidagi mavqeidan kelib chiqib, tashkilotga a'zo sifatida kirmagan. Ushbu tashkilot ta'sis etilganidan keyin o'n yil o'tgach, O'zbekiston unga a'zo bo'lib kirdi. 2018 yil sentyabr oyida Qirg'izistonning CHolpon-Ota shahrida TDTga a'zo davlatlarning 6-sammiti bo'lib o'tdi hamda tashkilot tarixida birinchi marta ushbu tadbirda O'zbekiston Prezidenti SH.Miziyoev faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. O'zbekistonning TDTga kelgusida kirishi to'g'risidagi ilk fikr aynan mana shu sammit davomida davlat rahbari tomonidan aytilgan edi.
71
Oradan bir yil o'tgach, 2019 yil 14 sentyabrda O'zbekiston TDTni tuzish to'g'risidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qildi hamda tashkilotning to'laqonli a'zosiga aylandi [2]. O'zbekistonning TDTga a'zo bo'lib kirishi tashkilotga faol tashabbuskorlik ruhini olib kirdi. Bugungi kunda O'zbekiston TDTga a'zo davlatlar bilan mintaqaviy xalqaro tashkilotlar hisoblanuvchi SHHT va MDH doirasida o'zaro ko'ptomonlama hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Bundan tashqari, TDTga a'zo davlatlar O'zbekistonning strategik hamkorlari hisoblanadi va bu omil o'z navbatida TDTni mintaqadagi eng faol va samarali ko'ptomonlama tuzilma sifatida shakllantirishga imkon yaratadi.
O'zbekiston o'z mintaqasidagi barcha Markaziy Osiyo davlatlari, qolaversa, Afg'oniston bilan chegaradosh bo'lgan yagona davlat ekanligini inobatga olsak,TDTga a'zo bo'lishi bilan O'zbekiston mintaqaviy kun tartibni shakllantirishda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'zbekistonning TDTga kirishi bilan tashkilot yangi va muhim a'zoga ega bo'ldi va bu o'z navbatida uning mavqeini oshiradi [3].O'zbekiston TDTga a'zo bo'lishining dastlabki kunlaridanoq Prezident SHavkat Mirziyoev tomonidan tashkilot doirasida o'zaro aloqalarni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, 2019 yil 15 oktyabrda Bokuda bo'lib o'tgan TDTga a'zo davlatlar Rahbarlarining 7-Sammitida Prezident SH.Mirziyoev tomonidan texnoparklar, innovatsion startap kompaniyalar va venchur fondlar tashkiletish, shuningdek, qo'shma investitsion fond va turkiy tilli davlatlarda savdo uylarini ochish bo'yicha takliflar ilgari surildi. Sammit davomida ilgari surilgan beshta tashabbus O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash, innovatsion texnologiyalarni barcha sohalarga keng jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ta'kidlab o'tildi.
Davlat rahbari Sammit davomidagi nutqida TDTda ishtirok etish o'zbek xalqining tub manfaatlariga to'liq mos kelishi, madaniy aloqalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik ham yangi darajaga chiqqanligini qayd etdi. O'tgan uch yil davomida tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasidagi o'zaro savdo aylanmasi hajmi ikki marta oshib, mingdan ortiq qo'shma korxonalar tashkil qilinganligini ta'kidladi [4]. Ekspertlar TDTga a'zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish O'zbekiston uchun sezilarli iqtisodiy dividentlarni olib kelishi mumkinligini ta'kidlashmoqda. Bugungi kunda TDTning umumiy aholisi soni 115 mln. kishidan, yalpi ichki mahsulot hajmi esa 1,1 trln. dolllardan ortiq bo'lib, O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni eksport qilish uchun istiqbolli bozor hisoblanadi. 2018 yilda TDT davlatlari o'rtasidagi tovar aylanmasi 2015 yil bilan taqqoslaganda 29%ga o'sib 7 mlrd. dollarga etgan. 2016 yildan buyon O'zbekistonning TDTga a'zo davlatlar bilan savdo aylanmasi hajmi 40%ga o'sgan.
Ekspertlarning baholashicha, tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasidagi savdo aylanmasini yiliga 12 mlrd. dollargacha oshirish imkoniyatlari mavjud [5].
. Ozarbayjon hamda Qirg'iziston biznes vakillari ham asosiy o'rinda logistika, zamonaviy biznes infratuzilmani yaratish hamda bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirishdan manfaatdor etishgan [6]. Bundan tashqari, transport koridorlari va xalqaro yuklarni o'tkazishda tranzit salohiyatini rivojlantirish bo'yicha TDTga a'zo davlatlar katta imkoniyat va resurslarga ega. Tashkilotga a'zo davlatlarning salohiyatidan unumli foydalanish O'zbekistonga Evropa bozorlariga chiqish uchun sharoit yaratadi. Bunda «Boku-Tbilisi-Kars» (BTK) temir yo'li orqali bog'langan transport koridori muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonning ushbu loyihaga qo'shilishi Evropa mamlakatlariga tranzit yuklarni etkazish bo'yicha («Toshkent -Turkmenbashi porti - Axalkalaki - Kars» yo'nalishi bo'yicha) olib borilayotgan ishlarni faollashtirishga imkon yaratib, Osiyo va Evropani bog'lovchi «Marmara» tunneliga olib chiqadi. Ushbu yo'nalish har yili 3 millionga yaqin yo'lovchi hamda 17 million tonna yuk tashish imkoniyatiga ega.
SHuningdek, kelgusida «Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston» loyihasining qurilishi amalga oshib, ushbu temir yo'li BTK bilan bog'lansa, tarixda Xitoydan Evropagacha cho'zilgan qadimgi Buyuk Ipak yo'lining tiklanishiga muhim qadam qo'yilgan bo'ladi [7]. TDT davlatlari o'rtasida yuqorida ko'rsatib o'tilgan hamkorlik yo'nalishlaridan tashqari, turizmni rivojlantirish uchun ham bir qator imkoniyatlar mavjud.Turizm sohasini tashkilot doirasida yanada rivojlantirish maqsadida 2018 yil 7-8 avgust kunlari Astanada bo'lib o'tgan TDTga a'zo davlatlarning turizm ishlari bo'yicha vazirlari 4-yig'ilishida Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkiya davlatlari «Zamonaviy Ipak yo'li» nomli qo'shma turpaket loyihasini yo'lga qo'yishga kelishishgan edi [8]. Mazkur loyihadan asosiy maqsad Buyuk Ipak yo'lida joylashgan turkiy tilli davlatlarning boy tarixiy madaniy merosini ko'rsatishdan iborat. Ushbu loyiha sayyohlarga bir vaqtning o'zida bir nechta davlatga YOki alohida-alohida sayohat qilish imkoniyatini yaratadi. Ekspertlarning fikricha, «Osiyo shengeni» deb ta'riflanayotgan ushbu turpaket loyihasining marketing hamda reklama strategiyalari mukammal ishlab chiqilgan taqdirda,u dunyoda mashhur turizm brendiga aylanishi va qisqa muddatlarda ijobiy natijalar keltirishi ta'kidlangan. O'zbekiston ushbu loyihaning amalga oshirilishini qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsada, hozircha unda ishtirok etgani yo'q. SHu bilan bir qatorda, O'zbekiston tomonidan TDTga a'zo davlatlar o'rtasida turizmni rivojlantirish bo'yicha bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Turkiy davlatlar tashkilotining missiyasi - ko'pgina bloklardan farqli o'laroq mintaqada, avvalo, tinchlikni ta'minlash, savdo-iqtisodiy integratsiyalashuvni institutsional rivojlantirish, tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil iqtisodiyot va yashil makon umummilliy dasturlarini jadallashtirish, madaniy merosni asrab-
73
avaylash, ilmiy-texnik, fan va ta'lim sohalarini integratsiyalashtirish, energetika, transport, investitsiya sohalarini taraqqiy ettirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qo'shimcha qiymat yaratishdan iborat.
Prezidentimiz so'zlari bilan aytganda: "Bugungi kunda barchamiz keskin geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz va iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlari bilan bog'liq murakkab sinovlarni boshimizdan kechirmoqdamiz. SHu sababli hozirgi tahlikali vaziyatda eng dolzarb muammolar echimi bo'yicha davlatlarimiz umumiy yondashuvlarni belgilab olishi, sa'y-harakatlarni uyg'unlashtirishi nihoyatda muhimdir." [8]
Turkiy davlatlar tashkiloti o'z dasturi doirasida sohalar integratsiyalashuvi, investitsiyalar va kooperatsiyalarni aholi farovonligini oshirish uchun keng joriy etish, tadbirkorlik rivoji uchun bojxona siyosatini soddalashtirish, savdo-sotiqni engillashtirishda transport infratuzilmalarini uzluksiz bog'lash va xalqaro bozorlarga qulay yo'l ochishni ko'zlaydi.
Ta'kidlash joizki, aholisining 60 foizdan ko'prog'ini yoshlar tashkil etadigan Turkiy davlatlar tashkilotining so'nggi yillardagi faoliyatida oliy darajadagi etakchilar tashabbusi bilan fan va texnika, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, sport va turizm sohalari jonlanib, qadriyatlar tiklanib, ommalashib bormoqda.
Bunga O'zbekiston TDT dasturlari doirasida mintaqaviy xalqaro tashkilotlar hisoblanuvchi SHHT va MDH bilan ko'p vektorli islohotlarni o'z tashabbusi orqali ilgari surayotgani misol bo'la oladi.
2024 yil noyabr oyining uchinchi kunida Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishi Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev raisligida bo'lib o'tdi. Kengashda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev turkiy xalqlar birdamligini, ulug' o'tmishi, buyuk davlatchiligi, boy ma'naviy-moddiy merosi, azaliy qadriyatlarini o'zida mujassam etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqishni taklif etganida namoyon bo'ldi. Kun tartibiga muvofiq TDT doirasidagi ko'p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. O'zbekiston Prezidenti o'z nutqida bugungi shiddat bilan o'zgarib borayotgan zamonda tili, dini va qadriyatlari bir-biriga chambarchas bog'langan turkiy xalqlarning ovozi dunyo bo'ylab yanada baland, yanada kuchli yangrayotganini ta'kidladi.
O'tgan yili "Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari" shiori ostida bo'lib o'tgan Samarqand sammitida imzolangan hujjatlar hayotga izchil tatbiq etilayotganini ta'kidladi.
O'zbekiston raisligi davrida yuzdan ortiq turli tadbirlar o'tkazilgani, muhim tashabbuslar ilgari surilgani va "Turkiy nigoh - 2040» konseptual dasturi hayotchanligini ilgari surdi.
Jumladan, Turkiy davlatlar Kasaba uyushmalari tashkiloti, Fazo tadqiqotlari akademiyasi, Jug'rofiy kengash, Qurg'oqchilikni bartaraf etish instituti, Notarial idoralar uyushmasi kabi yangi tuzilmalarning samarali faoliyatini misol keltirdi. Qator nufuzli global va mintaqaviy tuzilmalar - Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning turli ixtisoslashgan institutlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo'yicha kengash, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bilan yaqin sheriklik aloqalari o'rnatilganini qayd etdi.
"Turkiy davr" shiori ostida o'tgan sammitda ko'p tomonlama va uzoq muddatli aloqalarni yanada kengaytirishga qaratilgan oltita turkiy sivilizatsiyani yuksaltirish g'oyasini amalga oshirish, texnologik taraqqiyot va ilg'or bilimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga asos bo'ldi.
Bugungi kunda TDTga a'zo davlatlar o'rtasidagi o'zaro ko'ptomonlama hamkorlik aloqalarining asosida iqtisodiy yoki siyosiy manfaatlardan ko'ra ko'proq umumiy til, madaniyat, din, tarix, xalqlar o'rtasida uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan qardoshlik aloqalari yotadi. SHu bilan bir qatorda, tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarning mavjudligini ham chetlab o'tish mumkin emas. Ayniqsa, bugungi kunda O'zbekiston TDTga a'zo barcha davlatlar bilan aloqalarni strategik hamkorlar darajasiga olib chiqqanligi tashkilot doirasida kelgusidagi aloqalarning yanada rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjudligini ko'rsatadi.
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 sentyabrdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. www. president uz.
2. O'sha joyda.
3. 2019 yil 14 sentyabr, O'RQ-568-son O'zR qonuni lex.uz.
4. Abdullaev SH. Uzbekistan v Tyurkskom sovete: ob^nost interesov,vozmojnosti i potensial sotrudnichestva //Xalqaro munosabatlar. 2019, №2. S.9.
5. O'zbekistonning Turkiy kengashga a'zo bo'lishi tabiiy tarixiy jarayonlarning aksidir 15.10.2019www.gazeta.uz
6. ISRSda O'zbekiston Respublikasining Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a'zo bo'lishiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazilishi haqida press-reliz www.isrs.uz/ yangiliklar/press-reliz-
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Turkiy
davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishidagi nutqi. www. president uz.
75