Научная статья на тему 'SHAVKAT MIRZIYOYEV PREZIDENTLIGI DAVRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAOL TASHQI SIYOSATI (XALQARO TASHKILOTLAR DOIRASIDA)'

SHAVKAT MIRZIYOYEV PREZIDENTLIGI DAVRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAOL TASHQI SIYOSATI (XALQARO TASHKILOTLAR DOIRASIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
29
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro tashkilotlar / tashqi siyosat / Shavkat Mirziyoyev / Birlashgan Millatlar Tashkiloti / Shanxay Hamkorlik Tashkiloti / Islom hamkorlik tashkiloti / Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi / YUNESKO / Turkiy tilli davlatlar hamkorligi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — To‘xtayeva Shahinabonu

ushbu maqolada Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan olib borgan faol tashqi siyosati , o‘zaro kelishuvlar , ikki tomonlama imzolangan bitim va shartnomalar, ularning ahamiyati va Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvlardagi ishtiroki yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAVKAT MIRZIYOYEV PREZIDENTLIGI DAVRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAOL TASHQI SIYOSATI (XALQARO TASHKILOTLAR DOIRASIDA)»

SHAVKAT MIRZIYOYEV PREZIDENTLIGI DAVRIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FAOL TASHQI SIYOSATI (XALQARO TASHKILOTLAR DOIRASIDA)

To'xtayeva Shahinabonu

BuxDPI Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti 1-MIG'-22 guruhi talabasi

Annotatsiya: ushbu maqolada Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida O'zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan olib borgan faol tashqi siyosati , o'zaro kelishuvlar , ikki tomonlama imzolangan bitim va shartnomalar, ularning ahamiyati va Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvlardagi ishtiroki yoritilgan.

Kalit so'zlar: xalqaro tashkilotlar, tashqi siyosat , Shavkat Mirziyoyev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti , Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, YUNESKO , Turkiy tilli davlatlar hamkorligi.

O'zbekistonning xalqaro maydonda tutgan keng o'rni Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida yanada mustahkamlanmoqda. Prezidentimiz ham ilk kunlardanoq tashqi aloqalar rivojiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tantanali marosimda so'zlagan nutqida mamlakatning tashqi siyosati qay tarzda olib borilishi xususida to'xtalib, «Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni, avvalo, xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz. Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yo'l bilan hal etish tashkil etadi.

Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, do'stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O'zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi. Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg'armasi, boshqa xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiramiz», 3deb ta'kidlagan.

O'zbekiston xalqaro maydonda o'zining pragmatik siyosatini davom ettirgan holda, o'z tashabbuslarini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Bu borada xalqaro

3 Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib , yangi bosqichga ko'taramiz.-T.:O'zbekiston, 2017 - B.128

tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo'lga qo'yilib, O'zbekiston xalqaro darajadagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etmoqda. Jumladan, «Yoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» mavzusidagi inson huquqlari bo'yicha Samarqand onlayn forumi o'tkazildi. Unda taniqli xorijiy olimlar, jamoat arboblari, BMT, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Parlamentlararo ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, SHHT, MDH, IHT vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Tashabbuskorligi va pragmatizmi bilan ajralib turadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) faoliyatida ham O'zbekiston faol ishtirok etmoqda. Toshkentning tashkilotdagi yangi faol kursi sharofati bilan 2017- yildan buyon O'zbekistonning SHHTdagi xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ilm-fan, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo'naltirilgan 10 dan ortiq tashabbusi amalga oshirildi. O'zbekiston SHHTda yangi platformalarni yaratish bo'yicha tashabbuskorga aylandi. SHHTning O'zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi, Temir yo'l ma'muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi, Samarqand shahridagi «Ipak yo'li» xalqaro turizm universiteti tashkil etildi. Bundan tashqari 2022-yil 15-16-sentabr kunlari tashkilotga a'zo davlatlarning 22-sammiti aynan Samarqandda o'tkazilishi ham bejiz emas. 16-sentyabr kuni Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo'lib o'tdi. Unda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, ShHT Davlat rahbarlari tadbirning bosh yakuniy hujjati bo'lgan Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishdi. Tashkilot tarixida rekord darajadagi bitimlar, konsepsiyalar, dasturlar va boshqa qarorlar imzolanib, ularning soni umumiy hisobda 44 tani tashkil qildi. Jumladan:

• ShHTga a'zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo'shnichiligi, do'stligi va hamkorligi to'g'risidagi shartnoma qoidalarini 2023—2027-yillarda amalga oshirish bo'yicha kompleks harakatlar rejasi to'g'risida;

• ShHTga a'zo davlatlarning o'zaro bog'liqlikni rivojlantirish va samarali transport yo'laklarini yaratish bo'yicha konsepsiyasi to'g'risida;

• «ShHTning ezgu niyat elchisi» faxriy unvoni to'g'risidagi nizom;

• ShHTga a'zo davlatlarning o'zaro hisob-kitoblarida milliy valutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo'yicha «yo'l xaritasi» to'g'risida;

• Varanasi shahrini (Hindiston) 2022—2023-yillarda ShHTning «turizm va madaniy poytaxti» deb e'lon qilish to'g'risida;

• ShHT kotibiyati va Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha BMT (YuNeSKO) o'rtasida memorandumni imzolash to'g'risida;

Tadbir doirasida imzolangan hujjatlar:

• Eronning ShHTga a'zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to'g'risidagi memorandum;

• ShHTga a'zo davlatlar hukumatlari o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlik to'g'risida bitim;

• ShHTga a'zo davlatlar o'rtasida xizmatlar savdosi sohasidagi hamkorlikning hadli asoslari;

• ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari o'rtasida muzey ishi sohasidagi hamkorlik to'g'risida memorandum;

• ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari o'rtasida o'simliklar karantini sohasidagi hamkorlik to'g'risida bitim;

• ShHT mamlakatlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hamkorligi dasturi;

• ShHTga a'zo davlatlar o'rtasida ustuvor yo'nalishlardagi ilmiy-texnik hamkorlik bo'yicha harakatlar rejasi (2022—2025-yillarda);

• ShHTda mintaqa ichidagi savdoni rivojlantirish bo'yicha qo'shma harakatlar rejasi;

• ShHT mamlakatlarining telemeditsina sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;

• ShHT mamlakatlarining «aqlli» qishloq xo'jaligi va agroinnovatsiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;

YUNESKO bilan hamkorlik faollashdi, Toshkent «Ta'limni rag'batlantiradigan shaharlar» xalqaro tizimiga kiritildi.

O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasida YUNESKOning «Dinlar tarixini o'rganish» kafedrasi faoliyati tiklandi.

2019-yil 15-oktyabrda Bakuda o'tgan sammitda O'zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashining teng huquqli a'zosiga aylandi. O'zbekiston o'tgan qisqa davrda Turkiy kengashdagi ishtiroki doirasida qator muhim tashabbuslarni amalga oshirishga erishdi. Xiva shahri «Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» deb e'lon qilindi, TDHKning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo'yicha muvofiqlashtiruvchi guruhi va Transport sohasida hamkorlik bo'yicha ishchi guruhi tashkil qilindi. Mamlakatimizning Turkiy kengashda ishtiroki nafaqat Markaziy Osiyo, balki Kavkaz va Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning rivojlanishi va kengayishiga xizmat qiladi. Bu bilan mazkur mintaqalar transport-logistika yo'nalishlarini o'zaro bog'lash uchun yangi istiqbollar yaratilmoqda, hududlararo savdoni rivojlantirish bilan birga mamlakatlarga yangi bozorlarga chiqish, transport yo'laklarini diversifikatsiya qilish imkoni yaratilmoqda.

Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti(TYURKSOY) Xiva shahrini Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, Islom hamkorlik tashkiloti esa Buxoro shahrini islom olamining madaniy poytaxti deb e'lon qildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiy Kengashning norasmiy sammitida 2021-yil 31-mart kuni ishtirok etar ekan, davlatimiz rahbari diniy -axloqiy qarashlari bilan mintaqamizda ulkan e'tibor qozongan hazrat Yassaviyga sohibqiron Amir Temur ixlos qo'ygani hamda uning xotirasiga atab Turkiston shahrida muhtasham maqbara bunyod etganini qayd etdi. Bugungi kunda Ahmad Yassaviy maqbarasi barcha qardosh xalqlarimiz uchun tabarruk qadamjo hisoblanadi. Prezident ushbu sammitda bir necha takliflarni ilgari surdi: -Koronavirus pandemiya ta'siri davom etayotgan global inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish yo'lida kengashning yaqin va o'rta istiqbolga mo'ljallangan iqtisodiy hamkorlik stratergiyasini ishlab chiqish; -Turkiy tilli mamlakatlar o'rtasida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish;

-Turkiy kengash doirasida Investitsiya jamg'armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish;

-Markaziy Osiyo hududida transport yo'laklarini rivojlantirish va logistika infratuzilmasini kengaytirish;

-Turkiy kengashga a'zo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo'ylab «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish;

-Buyuk o'zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning turkiy dunyo ma'naviy-ma'rifiy hayotiga qo'shgan beqiyos hissasini inobatga olib, fan, ta'lim, adabiyot, san'at, ijtimoiy sohalardagi yutuqlar hamda turkiy dunyo birligini mustahkamlash yo'lidagi sa'y -harakatlarini rag'batlantirish maqsadida Turkiy kengash doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta'sis qilish kabi ushbu takliflar sammit ishtirokchilari tomonidan qo'llab -quvvatlandi.

O'zining qadimgi madaniyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasini inobatga olib, O'zbekiston Islom hamkorlik tashkiloti doirasida ham faol hamkorlik qilmoqda. 2017-yil 10-sentyabr kuni Ostona (Nur-Sulton) shahrida o'tkazilgan IHTning fan va texnologiyalar bo'yicha birinchi sammitida a'zo davlatlar Prezidentimizning ilm-fan, ma'naviyat va ma'rifatni yanada rivojlantirish bo'yicha amaliy tashabbuslarini olqishladi. Respublika rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahrida dunyoda yagona Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi.

So'nggi uch yilda O'zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligidagi integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirdi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston MDHning 84 organidan maqsad-vazifalari milliy manfaatlarga javob beradigan 40dan ortig'ida ishtirok etmoqda. So'nggi uch yil davomida O'zbekiston MDH Iqtisodiy kengashi, Hamdo'stlik Parlamentlararo Assambleyasi va MDHning 18 ta sohaviy organiga qo'shildi.

2020-yilda O'zbekiston MDH tashkil topganidan buyon birinchi marotaba Hamdo'stlik raisligini qabul qilgani va uni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani

ko'p narsadan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev raisligida 2020-yil 18-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi

Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisi bo'lib o'tdi. Kun tartibiga muvofiq MDH doirasidagi ko'p qirrali hamkorlikning holati va ustuvor yo'nalishlari ko'rib chiqildi, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash bo'yicha birgalikdagi rejalar belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari o'z nutqida O'zbekiston Respublikasi shu yil Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga raislik qilishdek sharafli va mas'uliyatli vazifani ilk bor o'z zimmasiga olganini ta'kidladi. Shavkat Mirziyoyev tashkilot doirasidagi ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir qator takliflarni ilgari surdi. Hamdo'stlik doirasida "yashil" va soddalashtirilgan yo'laklar amaliyotini keng joriy etish, elektron savdoni rivojlantirish bo'yicha yagona platformani ishga tushirish va "yo'l xaritasi"ni qabul qilish muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari sanoat kooperatsiyasi bo'yicha kompleks dastur ishlab chiqish zarurligini qayd etdi. Bunda agrosanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa ustuvor tarmoqlarda qo'shma klasterlar tashkil etish nazarda tutiladi. Ushbu dastur hamda innovatsion loyihalar va ilg'or texnologiyalar taqdimotini kelgusi yil Toshkent shahrida o'tadigan MDH mamlakatlari sanoat kooperatsiyasi forumi doirasida o'tkazish taklif etildi. So'ng MDHga a'zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari so'zga chiqib, amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar uchun O'zbekiston Respublikasiga chuqur minnatdorlik bildirdilar, bu mamlakatimizning Hamdo'stlikka samarali raisligini ta'minlabgina qolmay, tashkilot doirasidagi ko'p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirganini ta'kidladilar.

Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston va BMT aloqalarining rivojlanishiga ham alohida e'tibor qaratdi. 2017-yil sentabr oyida Nyu-Yorkda BMT ning 72-sessiyasi bo'lib o'tdi. 72-sessiya davomida ilgari surilgan 5ta tashabbusdan 4tasi amaliyotga bevosita tatbiq etildi. Jumladan, olib borilgan sa'y-harakatlarning natijasi o'laroq, oxirgi ikki yil ichida BMT Bosh Assambleyasida O'zbekistonning bevosita tashabbusi bilan prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 3ta rezolyutsiya qabul qilindi. Birinchi tashabbus Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari bo'lib, u bevosita tasdig'ini topgan. Bundan tashqari, BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha maxsus rezolyutsiyasi 2018-yilning 2-iyulida jahon hamjamiyati mamlakatlari tomonidan qabul qilingan. Ikkinchi tashabbus ma'rifat va diniy bag'rikenglik haqidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishi bo'ldi. Bu rezolyutsiya 2018-yil 12 -dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilindi. Uchinchi tashabbus sifatida Orol muammosining ko'tarilganini aytish mumkin. Joriy yilda ushbu

tashabbus amaliy tatbiqi davomi sifatida Orolbo'yini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e'lon qilish rejalashtirilgan. To'rtinchi tashabbus Afg'oniston muammosini hal etish bo'lgandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi. Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida bo'lib o'tadi. Davlatimiz rahbari sessiyaning yalpi qismida so'zga chiqib, xalqaro hamjamiyat e'tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o'z nuqtayi nazarini taqdim etadi hamda O'zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab beradi. Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib o'tish masalalariga to'xtalib o'tiladi. BMTda Bosh Assambleyasida ilk marotaba o'zbek tilida nutq yangradi. Turkiyaning " Jumhuriyat" gazetasi 21-sentabr sonida " O'zbek tili BMT da" nomli maqola e'lon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida ta'kidlaganidek, O'zbekiston o'z tashqi siyosatida Markaziy Osiyoga asosiy e'tiborini qaratadi. 2018-yil 15-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi konsultativ uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu tashabbus an'anaga aylangan holda 2019-yil 29-noyabrda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Sammitda prezidentlar umumiy muammolarni hal etish va mintaqada hamkorlikka oid dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun mintaqaviy muloqot maydoni sifatida keyinchalik ham maslahat uchrashuvlarini uyushtirishga kelishib olishdi.Maslahat uchrashuvi arafasida Toshkentda muhim ko'ptomonlama tadbirlar bo'lib o'tdi: mintaqadagi beshta mamlakat bosh vazirlari, va 200dan ortiq davlat organlari va ishbilarmonlari ishtirokida Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi, «Markaziy Osiyoda o'zaro mushtaraklik: yangi tahdid va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro anjuman , unda

30 mamlakatdan siyosatshunoslar va rasmiy vakillar ishtirok etdi.

Pandemiya sharoitiga qaramay, 2020-yilning birinchi yarmida O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy hajmi 2,17milliard dollarni tashkil etdi. Qozog'iston bilan davlat chegarasi chiziqlarini delimitatsiya qilish ishlari yakunlangan bo'lsa, Qirg'iziston bilan chegaraning 95 foiz, Tojikiston bilan 99,9 foiz uchastkasi kelishilgan.

Tashqi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi o'z navbatida qator sohalarning rivojlanishiga turtki bo'lmoqda. Shunday ekan , O'zbekiston hukumati xalqaro tashkilotlar hamda jahon

hamjamiyati bilan aloqalarni kengaytirishga alohida e'tibor qaratadi va o'zaro kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib , yangi bosqichga ko'taramiz.-T.:O'zbekiston, 2017 - 592 bet

2. Rafiqov Q . Mening prezidentim. - T.:Akademnshr , 2021-376 bet

3. Xoliqova R. O'zbekistonning eng yangi tarixi. - Toshkent , 2021 - 269 bet

4.Xolnzarova L . Maxammadiyeva S . Inatov M. - O'zbekistonning eng yangi tarixi - Toshkent, 2021- 83 bet

5.https://kun.uz

6 .https: //prezident.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.