Научная статья на тему 'ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTIGA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING A‘ZO BO‘LISH TARIXI VA MUNOSABATLARI'

ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTIGA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING A‘ZO BO‘LISH TARIXI VA MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Islom dunyosi / musulmon davlatlari / islom omili / milliy manfaatlar / Ta’lim / fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti / o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish / islom sivilizatsiyasi / musulmon dunyosi. / Islamic world / Muslim countries / Islamic factor / national interests / Islamic Organization for Education / Science and Culture / expansion of mutually beneficial cooperation / Islamic civilization / Muslim world.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Rahmonov Kamoliddin Mamajon O‘G‘Li

slom Hamkorlik Tashkilotiga O’zbekistonning a’zo bo’lish tarixi. Islom Hamkorlik Tashkiloti tomonidan o’tkaziladigan konferenstiya va uchrashuvlarda O’zbekistonning ishtiroki. Islom Hamkorlik Tashkiloti tashqi ishlar vazirlarining 43-sessiyasi va unda kun tartibiga qo’yilgan masalalar. IHT hamkorligida Toshkent islom universitetida maxsus kafedra va ilmiy markazlarning ochilishi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY AND RELATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN'S MEMBERSHIP IN THE ORGANIZATION OF ISLAMIC COOPERATION

History of Uzbekistan's membership in the Organization of Islamic Cooperation. Participation of Uzbekistan in conferences and meetings held by the Organization of Islamic Cooperation. The 43rd session of the Foreign Ministers of the Organization of Islamic Cooperation and the issues on the agenda. Opening of special departments and scientific centers at Tashkent Islamic University in cooperation with IHT.

Текст научной работы на тему «ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTIGA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING A‘ZO BO‘LISH TARIXI VA MUNOSABATLARI»



www.in-academy.uz

HISTORY AND RELATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN'S MEMBERSHIP IN THE ORGANIZATION OF ISLAMIC COOPERATION Rahmonov is the son of Kamoliddin Mamajon

International Islamic Academy of Uzbekistan 1st year graduate student of Islamic law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

History of Uzbekistan's membership in the Organization of Islamic Cooperation. Participation of Uzbekistan in conferences and meetings held by the Organization of Islamic Cooperation. The 43rd session of the Foreign Ministers of the Organization of Islamic Cooperation and the issues on the agenda. Opening of special departments and scientific centers at Tashkent Islamic University in cooperation with IHT.

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEY WORDS

Islamic world, Muslim countries, Islamic factor, national interests, Islamic Organization for

Education, Science and Culture, expansion of mutually beneficial

cooperation, Islamic civilization, Muslim

world.

ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTIGA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AZO BOLISH TARIXI VA MUNOSABATLARI Rahmonov Kamoliddin Mamajon o'g'li

O'zbekiston Islom Xalqaro Akademyasi 1-kurs Islom huquqi magistranti

ABSTRACT

ARTICLE INFO

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEY WORDS

Islom dunyosi, musulmon davlatlari, islom omili, milliy manfaatlar, Ta'lim, fan va madaniyat bo'yicha islom tashkiloti, o'zaro manfaatli

hamkorlikni kengaytirish, islom sivilizatsiyasi, musulmon dunyosi.

Islom Hamkorlik Tashkilotiga O'zbekistonning a'zo bo'lish tarixi. Islom Hamkorlik Tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan konferenstiya va uchrashuvlarda O'zbekistonning ishtiroki. Islom Hamkorlik Tashkiloti tashqi ishlar vazirlarining 43-sessiyasi va unda kun tartibiga qo'yilgan masalalar. IHT hamkorligida Toshkent islom universitetida maxsus kafedra va ilmiy markazlarning ochilishi.

Open access journal

www.in-academy.uz

Kirish. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, "O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari g'oyat murakkab islom dunyosining ajralmas qismidir". O'zbekiston ... musulmon davlatlari bilan o'zaro munosabatlarni shu jumladan, ko'p tomonlama asosda chuqurlashtirishga intilmoqda. Bu yo'lda muayyan siljishlar bor". Mana shu siljishlarning biri - O'zbekiston Respublikasining IHTga a'zo bo'lishi edi.

1995 yilning yanvarida O'zbekiston tomonidan IHT Bosh kotibiyati nomiga tashkilotda kuzatuvchi maqomi berish bo'yicha murojaatnoma yuborilgan. O'sha yilning 2 oktabrida Nyu-Yorkda IHTga a'zo bo'lgan davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari sessiyasida O'zbekistonga kuzatuvchi maqomi berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning maktubi asosida 1996 yilning 2 oktabrida IHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining har yili o'tkaziladigan navbatdagi muvofiqlashtirish sessiyasida O'zbekiston Respublikasi mazkur tashkilotning teng huquqli a'zosiga aylandi.

O'zbekiston IHTga a'zo bo'lganidan so'ng tashkilot bilan ko'plab sohalarda jumladan, siyosiy, madaniy va ma'rifiy yo'nalishlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda. O'zbekiston IHT davlat rahbarlari sammitlari, tashqi ishlar vazirlarining yillik sessiyalari va Bosh kotibiyat faoliyatida ham ishtirok etmoqda. Ayni paytda O'zbekiston Yaqin Sharq muammosini hal etilishida Islom hamkorlik tashkilotining qaror va takliflarini ma'qullaydi. Mamlakatimizning IHT doirasidagi faoliyati mazkur tashkilot imkoniyatlari va uning anjumanlaridan foydalangan holda, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik bo'yicha O'zbekiston Respublikasi tashabbuslarini xalqaro maydonda ilgari suradi. Chunonchi, O'zbekiston milliy manfaatlari xalqaro munosabatlarda islom omili to'liqroq inobatga olinishini talab etadi.

O'zbekistonning IHTga a'zo bo'lishining asosiy maqsadlaridan biri ushbu tashkilot salohiyatidan foydalangan holda respublikaning milliy manfaatlari himoyasini islom dunyosida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston IHTni islom dunyosida yuqori obro'li, mintaqaviy va jahon miqyosidagi bir qator dolzarb masalalar yuzasidan o'zining sobitqadam mavqeiga ega bo'lgan tashkilot sifatida e'tirof etib, ko'p tomonlama hamkorlik bilan birgalikda ikki tomonlama yondashuvning ham muhimligini ta'kidlaydi. Shu bois, mazkur tashkilot salohiyati va imkoniyatlarini xalqaro terrorizm, diniy aqidaparastlik hamda narkotik moddalarni ishlab chiqarish va tarqatishga qarshi kurash kabi zamonamizning eng tahlikali muammolarini yechishga jalb etib kelmoqda.

O'z vaqtida IHT O'zbekiston Respublikasining Afg'onistondagi mojaroni tinch yo'llar bilan yechish va shu maqsadda 1999 yilning iyulida Toshkentda o'tkazilgan "6+2" guruh uchrashuvini hamda, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli mintaqa, deb e'lon qilish tashabbuslarini faol qo'llab-quvvatlagan. Hozirgi kunda ham O'zbekiston Afg'onistonni tiklash, mintaqada barqarorlikni mustahkamlash masalalarida IHT minbaridan samarali foydalanmoqda. So'nggi paytlarda IHT rahbariyati va ayrim mamlakatlar vakillari O'zbekiston tashkilotning turli yordamchi va ixtisoslashgan institutlari ishida faolroq ishtirok etishiga sa'y-harakat qilayotgani ta'kidlandi.

Ayni vaqtda O'zbekiston IHTning muhim moliyaviy instituti bo'lgan Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan faol hamkorlik qilmoqda. 2003 yilning 2 sentabrida ITB boshqaruvchilar kengashining yillik yig'ilishida O'zbekiston mazkur moliyaviy tashkilotga uning 55-a'zosi sifatida qabul qilindi.

Open access journal

www.in-academy.uz

IHT doirasiga kiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar va islom mamlakatlari uchun mutaxassislar tayyorlash markazi, Ta'lim, fan va madaniyat bo'yicha islom tashkiloti, Islom texnologiya universiteti, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha doimiy qo'mitalari bilan O'zbekiston o'rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda. ITB o'zining salohiyati va islom dunyosidagi muhim moliyaviy markaz ekani bilan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirmoqda. Shunday dasturlar orasida mintaqada transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish muhim o'rin tutadi.

Shuningdek, O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy suvlar masalasi va ekologiya bilan bog'liq muammolarda o'z manfaatlarini himoya qilishda ham IHT instrumentidan unumli foydalanish imkoniyatiga ega. Chunonchi, xalqaro miqyosda ichimlik suvi tanqisligi, ekologik xatarlar katta muammoga aylanib borar ekan, IHT oxirgi yillarda bu muammoga katta e'tibor qarata boshladi. Jumladan, 2009 yil Istanbul shahrida o'tkazilgan 5-umumjahon suv forumi doirasida IHT a'zo davlatlarining aksariyati tashkilotning suv muammosiga umumiy munosabatini belgilashga kelishib olgan edilar. Shu yilning o'zidayoq Bosh kotibiyat "OIC water vision", ya'ni "IHTning suv bo'yicha yondashuvi" nomli tadqiqiy hujjatni ishlashga kirishdi. Shu maqsadda turli mintaqalardan IHTga a'zo davlatlar suv bo'yicha mutaxassis va mutasaddilardan iborat 15 kishilik ekspertlar guruhi tuzildi. O'rta Osiyo respublikalari mintaqasidan bu guruhga Tojikiston Respublikasi Melioratsiya va suv resurslari vazirining birinchi o'rinbosari S.Rahimov kiritilgan. Ekspertlar guruhi 2010 yil may oyida Dubayda va 2011 yil iyunda Astanada ikki yig'ilish o'tkazdi. Astanadagi IHT tashqi ishlar vazirlari sessiyasida 2012 yil yanvar oyida Istanbulda ekspertlar uchrashuvini o'tkazish va unda "OIC water vision: working together for a water secure future" hujjati loyihasini muvofiqlashtirishga, keyingi bosqichda esa 2012 yil mart oyida IHT a'zo davlatlarning suv xo'jaligi bo'yicha mutasaddi vazirlarining yig'ilishida mazkur hujjatni qabul qilishga kelishildi. Mazkur yig'ilish 5-6 mart kunlari Istanbul shahrida o'tkazildi, unda 34 mamlakatdan vakillar ishtirok etdi. O'zbekiston nomidan yig'ilishda O'zbekistonning Turkiyadagi favqulotda va muxtor elchisi qatnashdi.

"OIC water vision: working together for a water secure future" hujjati IHTning musulmon mamlakatlarida suv bilan bog'liq asosiy muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni hal etishga qaratilgan umumiy yechimlarni belgilashga qaratilgan. Hujjat ko'proq tavsifiy xarakterga ega bo'lib, muayyan mintaqalar va xususan, IHTga a'zo mamlakatlardagi suv tanqisligi muammolarining ko'rinishi, hajmi keltirib o'tilgan. Bu muammolar yanada keskinlashishi ehtimoli quyidagi omillar bilan bog'lanadi: iqlim o'zgarishi, global isish jarayonlari;

ayrim mamlakatlardagi moliyaviy imkoniyatlar cheklanganligi tufayli suv bo'yicha sanitar holatning yomonlashuvi;

suvdan foydalanish bo'yicha sohalar o'rtasida nomutanosibliklar (suv ta'minoti, irrigatsiya va qishloq xo'jaligi, energetika, sanoat va boshqalar);

suvdan foydalanish bo'yicha mintaqaviy hamkorlik shartnomalari mavjud emasligi bois transchegaraviy suvlardan foydalanish borasida davlatlararo ziddiyatlarning yuzaga kelishi.

IHT bilan O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo'yicha quyidagi takliflarni ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

Open access journal

www.in-academy.uz

O'zbekiston IHT doirasida nafaqat xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, balki savdo-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy sohalarda ham o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish;

Jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb muammo - terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashda IHTga a'zo davlatlarning yondashuvlarini yaqinlashtirish va sa'yi-harakatlarini birlashtirish;

IHT tuzilmasidagi tashkilotlarda O'zbekiston vakillarining ham ishtirok etishlari;

IHT doirasida Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud muammolarni hal qilish va ular bo'yicha O'zbekistonning taklif va tashabbuslarini ko'rib chiqilishini ta'minlash, jumladan, mintaqada suv va ekologiya muammolari bo'yicha O'zbekiston manfaatlarini himoya qilish;

o'zaro manfatlarga mos keluvchi yo'nalishlar bo'yicha ba'zi IHTga a'zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish;

O'zbekiston hududida yashab o'tgan islom sivilizatsiyasi va ilm-fan rivojiga katta hissa qo'shgan buyuk allomalar va mutafakkirlar (Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Mansur al-Moturidiy, az-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug'bek va Alisher Navoiy) boy merosini o'rganish va ularning O'zbekistondagi qadamjolarini IHT tashkilotining maxsus tuzilmalari bilan birgalikda muhofaza etishda hamkorlik qilish;

IHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining yoki IHTning ixtisoslashgan institutlari yig'ilishlaridan birini O'zbekistonda o'tkazish;

IHTning istiqbolda ta'sis etilishi mumkin bo'lgan tuzilmalaridan birining vakolatxonasini O'zekistonda ochish;

IHTning iqtisodiy va moliyaviy qo'mitalari orqali mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni olib kirish imkoniyatini oshirish;

Tashkilotning ixtisoslashtirilgan muassasasi - Islom taraqqiyot banki bilan O'zbekistonning JSTga kirishi yo'nalishida hamkorlik qilish.

Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi ixtisoslashtirilgan muassasalardan biri — Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkent shahrini 2007 yilda "Islom madaniyatining poytaxti", deb e'lon qildi. Butun Osiyo qit'asining vakili bo'lgan Toshkent bilan bir qatorda arab dunyosidan Fes (Marokash) va Tripoli (Liviya) shaharlari, shuningdek, Afrika qit'asidan Senegal poytaxti - Dakar shaharlari ham "Islom madaniyatining poytaxtlari", degan nomga erishdilar.

Toshkent shahriga "Islom madaniyati poytaxti" degan nomning berilishi nafaqat Toshkent, balki butun O'zbekiston xalqi uchun ulkan tarixiy va madaniy-ma'rifiy voqea hisoblanadi. Mazkur e'tirof Toshkent shahri va butun O'zbekistonga berilgan yuksak bahodir. Toshkent shahri bunday yuksak unvonga O'zbekiston xalqining islom madaniyati, falsafasi, ilm-fani rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, tarixiy obida va me'morchilik namunalari, islomga oid qo'lyozma manbalarga boyligi tufayli sazovor bo'ldi. Yurtimiz allomalarining qadimdan nafaqat islom, balki umumjahon sivilizatsiyasi rivojiga muhim hissa qo'shgani ham e'tiborga olingani shubhasizdir.

ISESCO o'z tarkibida 57 ta mamlakatni jam etgan, xalqaro miqyosdagi muhim va dolzarb masalalarni hal qilishda ta'siri va ahamiyati tobora ortib borayotgan nufuzli tashkilot, deb tushuniladi. ISESCOning musulmon dunyosidagi muayyan shaharlarni islom madaniyatining poytaxtlari deb e'lon qilishi musulmon mamlakatlari o'rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, islom madaniyatiga oid ilmiy-ma'rifiy, tarixiy-me'moriy merosni o'rganish,

Open access journal

www.in-academy.uz

tiklash va targ'ib qilish, dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, turli mamlakatlarning bu boradagi sa'y-harakatini qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirishdek maqsadlarini ko'zlaydi. 2012 yilda Osiyo davlatlari ichida Bangladesh Xalq Respublikasi poytaxti Dakka shahri, arab dunyosidan Iroqning Najaf shahri, Afrika davlatlaridan Niger Respublikasi poytaxti Nyamey shahri "Islom madaniyati poytaxti" degan sharafli nomga sazovor bo'ldi.

O'zbekistonning xalqaro diniy tashkilotlar bilan munosabatlarida IHT o'ziga xos ahamiyatga ega. Hukumatlararo darajada dunyoda faoliyat olib borayotgan yagona xalqaro diniy tashkilot sifatida Islom hamkorlik tashkiloti aholisining aksariyati musulmon bo'lgan mamlakatlar uchun BMTning deyarli kichraytirilgan variantini namoyon etishi ko'zda tutilgan. Har qancha tanqidlarga uchrasada, ammo hamon musulmon dunyosida eng nufuzli tashkilot hisoblanadigan IHT bilan hamkorlik qilish O'zbekiston uchun ham manfaatli. Zero, globallashuv bosimi ostida alohida rivojlanayotgan davlatlarning roli pasayishi barobarida, davlatlar hamjamiyati bo'lgan xalqaro tashkilotlarning ahamiyati ortib borishi kuzatiladi.

Keyingi yillarda O'zbekistonning IHT bilan aloqalari yanada rivojlana bordi. O'zbekiston 2015 yil 14 dekabrda IHTning yangi Nizomiga qo'shilganini ta'kidlash lozim. IHT Nizomi 2016 yil aprelida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan.

O'zbekiston tomoni IHTni muqaddas dinimizni tinchlik va taraqqiyot omili sifatida e'tirof etadigan islom dunyosi mamlakatlarining nufuzli va samarador forumi sifatida biladi. Shu bois mazkur Tashkilotning mustahkamlanishi va o'zaro munosabatlarimiz izchil ravnaq topishidan manfaatdormiz.

IHT sammitlari va IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yillik sessiyalarida mamlakatimiz rasmiy delegatsiyalari muntazam qatnashib kelmoqda. Ayniqsa, oxirgi 5 yil mobaynida O'zbekistonning IHT bilan hamkorligi faollashdi va o'zaro munosabatlarning yangi bosqichiga ko'tarildi.

Bunda 2016 yil 18-19 oktyabr" kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi alohida ahamiyat kasb etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu sessiyaning ochilish marosimidagi nutqida O'zbekiston IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashiga raislik qiladigan davrdagi (2016 yil oktyabr oyidan -2017 yil iyul oyigacha) ustuvor vazifalarga e'tibor qaratdi.

Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, «Ta'lim va ma'rifat - tinchlik va bunyodkorlik sari yo'l» mavzusi 43-sessiya kun tartibining asosiy g'oyasi etib belgilangani chuqur ramziy ma'noga ega. Bu g'oya «Beshikdan qabrgacha ilm izla» degan mashhur hadisga hamohang. Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston tomoni ilgari surgan tashabbuslar bevosita ilm-fan va ma'rifat rivoji bilan uzviy bog'liqdir.

O'zbekiston Prezidenti, shuningdek 2017 yil 10 sentyabrda Astana shahrida (Qozog'iston) bo'lib o'tgan IHTning Fan va texnologiyalar bo'yicha birinchi sammitida so'zlagan nutqida ham ilm-fan, ma'naviyat va ma'rifatni rivojlantirishga doir amaliy takliflarni kun tartibiga qo'ydi. Ayni paytda mamlakatimiz rahbari IHT yuksak minbarlaridan turib e'lon qilgan ezgu tashabbuslar hayotga keng tatbiq etilmoqda.

Ma'lumki, 2019 yil 7-8 oktyabr" kunlari Toshkentda IHT Inson huquqlari bo'yicha mustaqil doimiy komissiyasining "Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo'lida yoshlar huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilishning

«

www.in-academy.uz

ahamiyati" mavzusidagi yillik 6-seminari bo'lib o'tdi. Xalqaro anjuman ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasini qabul qilish to'g'risidagi tashabbusini qo'llab-quvvatladilar.

IHT Inson huquqlari bo'yicha mustaqil doimiy komissiyasi o'zining yirik xalqaro anjumaniga aynan yoshlar huquqlari masalasini tanlagani bejiz emas. Negaki, bugungi kunda yoshlar aksariyat mamlakatlarda, ayniqsa, IHTga a'zo davlatlarda aholining katta qismini tashkil etadi. Bizning ushbu aholi qatlamiga nisbatan befarq yondashuvimiz jamiyatlarimizdagi barqarorlik va tinchlik-osoyishtalikni tahdid ostiga qo'yishi muqarrar.

Toshkent anjumani ishtirokchilari yakunlovchi hujjat - Islom hamkorlik tashkiloti a'zo mamlakatlarida yoshlar huquqlari to'g'risidagi Toshkent Deklaratsiyasini qabul qildilar. Deklaratsiyada xalqaro darajada va IHTga a'zo mamlakatlar tomonidan yoshlar huquqlarini to'la ta'minlash yo'lida kelgusida amalga oshiriladigan muhim tashabbuslar bayon etilgan.

Bugungi kunda O'zbekiston bilan IHT o'rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanmoqda. Bunda, jumladan, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan IHT Inson huquqlari bo'yicha mustaqil doimiy komissiyasi o'rtasida yo'lga qo'yilgan o'zaro yaqin munosabatlar alohida o'rin tutadi.

2022 yilning 15-avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida O'zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo'jayevning Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Hisseyn Braxim Taha bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda tomonlar O'zbekiston va IHT o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari to'g'risida fikr almashgan. O'zbekiston vakillari tomonidan IHTning Islom olamining istiqbolli mintaqalararo va xalqaro tashabbuslarini muvaffaqiyatli ilgari surayotgan, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasidagi munosabatlarning faol rivojlanishini ta'minlaydigan nufuzli xalqaro hukumatlararo Islom tashkilotlaridan biri sifatidagi ahamiyati qayd etilgan. "Islom-tinchlik va taraqqiyot dini" tamoyiliga asoslangan samarali muloqot platformasi sifatida IHTni rivojlantirishni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyorlik bildirilgan.

O'zbekiston bugungi kunda IHTning roli va ahamiyatini mustahkamlashga ijobiy hissa qo'shishda davom etayotgani ta'kidlangan. Tashkilot rahbariyati ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O'zbekiston bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirgan.

1995 yilning yanvarida Islom konferensiya tashkiloti Bosh kotibiyatiga maktub yuborilib, unda O'zbekiston Respublikasiga kuzatuvchi maqomi berish so'raldi. O'zbekiston

1995 yil kuzatuvchi maqomini qo'lga kiritgan edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktubiga binoan Islom konferensiya tashkiloti tashqi ishlar vazirlarining

1996 yil 2 oktabrda Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan navbatdagi muvofiqlashtirish majlisida O'zbekiston tashkilotning to'la huquqli a'zosi bo'ldi.

«

www.in-academy.uz

References:

1. Shavkat Mirziyoyevning IHT TIVK 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi. https://m.kun.uz/uz/news/2016/10/18/savkat-mirzieevning-it-tivk-43-sessiasining-ocilis-marosimidagi-nutqi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi" to'g'risida Farmonining VII. "Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish" bobi. https://lex.uz/docs/5841063#5844604.

3. Xalqaro islom tashkilotlari. Mas'ul muharrir: D.Maxsudov. -T.: "O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi" nashriyot-matbaa birlashmasi, 2021.

4. Muxammadsidiqov M. M. Zamonaviy xalqaro munosabatlarning mintaqaviy jihatlari. O'quv qo'llanma. T.: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2013.

5. Karimov F.E. Yaqin Sharqdagi etnosiyosiy muammolar va mintaqaviy xavfsizlik masalalari / Monografiya. - "Sharq" nashriyoti; ToshDShI, 2016. - 224 b.;

6. O'zbekiston va Islom hamkorlik tashkiloti: hamkorlik yo'lida yana bir qadam. http://pravacheloveka.uz/oz/news/ozbekiston-va-islom-hamkorlik-tashkiloti-hamkorlik-yolida-yana-bir-qadam/ 20.02.2023.

7. Xalqaro islom tashkilotlari. O'zXIA, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy- tadqiqot Markazi. Toshkent-2021.

8. "IHT istiqboli-2025" dasturi qanday maqsadlarni ko'zlagan? https://uza.uz/uz/posts/iht-istiqboli-2025-dasturi-qanday-maqsadlarni-ko"zlagan_5368489.

9. USTAV OIS. https://lex.uz/docs/3170262

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.