Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING JANUBIY XUDUDLARIDA PISTACHILIKNI RIVOJLANTIRISH'

O‘ZBEKISTONNING JANUBIY XUDUDLARIDA PISTACHILIKNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xandonpista / pista navlari / Bobotog' / dorivorligi / oziqabopligi / pistazorlar barpo etish / stratifikatsiya / ko‘chatlarni ekish / agrotexnik tadbirlar / samarali foydalanishga

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Fayzullayev Utkir Aminqulovich, Mamayusupova Laylo G’Ulom Qizi

Hozirgi kunda Respublikamizdagi davlat o‘rmon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklarida har xil turdagi pista daraxti ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Pistadoshlar oilasi tarkibida daraxt va butalar bo‘lib, ular tropik hamda subtropik, ayrim turlari mo‘tadil iqlimli hududlarda tarqalgan.Tropik hududda o‘sadigan turlari doim yashil holda bo‘lishi, Respublikamizda o‘sadiganlari esa kuzda bargini to‘kishi bilan tavsiflanadi. Barcha turlarining po‘stlog’da smola bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turkumi pista turkumidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING JANUBIY XUDUDLARIDA PISTACHILIKNI RIVOJLANTIRISH»

O'ZBEKISTONNING JANUBIY XUDUDLARIDA PISTACHILIKNI RIVOJLANTIRISH

1Fayzullayev Utkir Aminqulovich,2 Mamayusupova Laylo G'ulom qizi

1Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, O'rmonchilik, dorivor o'simliklar va manzarali bog'dorchilik kafedrasi assistenti

2Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institute "O'rmonchilik, Dorivor

o'simliklar, Manzarali bog'dorchilik" kafedrasi O'rmonchilik ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11473880

Annotatsiya. Hozirgi kunda Respublikamizdagi davlat o'rmon xo'jaliklari va fermer xo'jaliklarida har xil turdagi pista daraxti ko'chatlari yetishtirilmoqda. Pistadoshlar oilasi tarkibida daraxt va butalar bo'lib, ular tropik hamda subtropik, ayrim turlari mo 'tadil iqlimli hududlarda tarqalgan.Tropik hududda o'sadigan turlari doim yashil holda bo'lishi, Respublikamizda o'sadiganlari esa kuzda bargini to'kishi bilan tavsiflanadi. Barcha turlarining po'stlog'da smola bo'ladi. Engko'p tarqalgan va muhim ahamiyatga ega bo'lgan turkumi pista turkumidir.

Kalitli so'zlar: xandonpista, pista navlari ,Bobotog', dorivorligi, oziqabopligi, pistazorlar barpo etish, stratifikatsiya, ko'chatlarni ekish, agrotexnik tadbirlar, samarali foydalanishga.

Аннотация. В настоящее время в государственных лесхозах и фермерских хозяйствах нашей республики выращивают саженцы различных сортов фисташек. Семейство фисташковых состоит из деревьев и кустарников, распространенных в тропических и субтропических регионах, а также некоторых видов, распространенных в регионах с умеренным климатом. Виды, произрастающие в тропических регионах, являются вечнозелеными, а виды, произрастающие в нашей республике, осенью сбрасывают листья. Все виды ракушек содержат смолу. Наиболее распространенной и важной группой является группа фисташек.

Ключевое слово: xандонписта, сорта фисташек, Боботог, лекарство, питание, посадка фисташек, стратификация, посадка рассады, агротеxническая деятельность, для эффективного использования.

Abstract. Currently, various types of pistachio tree seedlings are grown in state forestry farms and farms in our Republic. The pistachio family consists of trees and shrubs, which are distributed in tropical and subtropical regions, and some species are distributed in regions with a moderate climate. The species that grow in tropical regions are evergreen, and those that grow in our Republic are characterized by shedding their leaves in autumn. The bark of all species contains tar. The most common and important group is the pistachio group.

Keywords: handonpista, pistachio varieties, Bobotog, medicine,nutrition, anting pistachios, stratification, planting seedlings, agrotechnical activities, to effective use.

Prezdentimizning bu borada say-harakatlari bilan Respublika hududida katta o'zgarishlar, farmon va qarorlar amalga oshirila boshladi. Bular O'zbekiston Respublikasi Prezdenti farmonlari va hukumat qarorlarida bilan pistachilikga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Pista (Pistacia) turkum tarkibida 8 ta tur bo'lib, ular O'rta Yer dengizi mamlakatlarida, Xitoy va Meksikada tarqalgan. MDH florasida 2 turi, Markaziy Osiyyoda turkumning bitta xandonpista (Pistacia vera L ) turi o'sadi Xandonpista kichik daraxt bo'lib, bo'yi 5-7 ba'zan 10 m ga yetadi. barglari uch bo'lak, toq patsimon, bargchalari navbat bilan joylashadi. Gullari bir jinsli, ikki uyli, mevasi danakcha, po'sti yupqa, danagining qobig'I juda qattiq. Uning novdalari yashil kulrang,

shoxlari kulrang, jigarrang mayda yasmiqchalari bor. Uning barglari uch bo'lakli, po'sti qalin, har ikkala tomoni tiniq yashil, yaltiroq, bo'yi 20 sm gacha, bargchalar tuxumsimon, uchi to'mtoq, tubi notekis, bandsiz bo'lib, navbat bilan joylashgan. Hozirgi paytda O'zbekistonda 80 ming gektarga yaqin pistazorlar barpo etilgan bo'lib, pista navlari bo'yicha seleksiya ishlari keng miqyosda olib borilmoqda. Tabiiy pistazorlar Bobotog' tog'larida tarqalgan. Xandonpistaning yirik mevali shakllarini o'rganishda professorlar S.M.Ablayev, G.M.Chernovalarning xizmatlari katta. G.M.Chernova tomonidan xandonpistaning 9 ta navi yaratilgan va ommalashtirilgan. Dorivorligi va oziqabopligi Pista daraxtining bargida hosil bo'ladigan o'simtalari buzg'unchasi, xalq tabobatida, yana bargi, mevasi va daraxt tanasidan olingan smolasi ishlatiladi. Bargi yoz oylarida yig'iladi va soya yerda quritiladi. Mevasi pishganida bargdagi buzg'unchasi terib olinadi va ochiq havoda quyoshda quritiladi. Buzg'uncha tarkibida 30-50% oshlovchi moddalar, bargida 13-14% oshlovchi moddalar, S vitamini va organik kislotalar, urug'ida 60 % gacha yog' bor. Buzg'unchasidan tanin olinadi.

Pista daraxtining bargida hosil Xandon pista daraxti

bo'ladigan o'simtalari buzg'unchasi

Tanin burushtiruvchi, antiseptik va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Odam morfin, kokain, atropin, nikotin,fizostigmin va boshqa alkaloidlar, og'ir metall tuzlari bilan zaharlanganda taninning 0,2-2% li eritmasi ichiriladi yoki 0,5% li eritmasi bilan me'da yuviladi. Xandon pista yong'oq mevasi kuchli antioksidantlik xususiyatlariga ega shu bilan birga m evasi juda mazali, iste'mol qilinadi va oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Mag'zi tarkibida 60-70% moy bor. Tanasidan smola olinadi. Tanasi, bargi va mevalarida xushbo'y efir moyi bo'ladi. Bargida tannin moddasi bor. So'nggi yillardagi ilmiy izlanishlar natijasida qalin pistazorlarni siyraklashtirish ishlari olib borlib, ko'chatlarni ekish bo'yicha quyidagi tavsiyalar berilgan: tog' qiyaliklarining nishabi 100 bo'lganda daraxtlarni 6x7, 7x8, 8x8 m qilib, joylashtirish, ya'ni 1 ga maydonda 150-200 donagacha daraxt bo'lishiga erishish. Qiyalik nishabi 11-15 0 bo'lganda daraxtlar 6x6 va 6x8 sxemada ekilib, 1 gektariga 300-200 tupgacha joylashtirish. Qiyalik 16-200 bo'lganda 4x6 va 6x6 sxemada daraxtlar ekilib, gektariga 300-400 tup joylashtirish. Shu bilan birga plantasiyalarda iloji boricha erkak va ayol jinslarining soni 1/5 va 1/7 nisbatta joylashtirilganda changlanish yaxshi bo'lib, hosildorlik oshishi kuzatilgan.

Ayniqsa, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish ya'ni kuzda qator oralarini 25-27 sm chuqurlikda haydash, ko'klamda 15- 18 sm chuqurlikda yumshatish, 8-12 sm chuqurlikda kultivasiyalash ishlari bajarilganda, hamda oraganik va mineral o'g'itlar bilan oziqlantirilganda pistalarni namlik va oziqa moddalari bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Buning natijasida umumiy yillik o'sishi va barg massasining ko'payishi hamda pistazor mahsuldorligi oshadi. Mana shu ishlar amalga oshirilganda o'n yil o'tgandan keyin 1 gektar pistazor hosildorligi 3 -4 maratoba

oshadi. Bundan tashqari pista mevasining sifati yaxshilanadi. Har xil kasallik va zararkunandalar bilan kasallanishi kamayadi.

Xandonpistaning mevasi Ekish uchun maxsus tayyorlangan nish urgan urug'lardan foydalaniladi. Buning uchun urug'lar 1/3 nisbatda namlangan, yaxshilab yuvilgan daryo qumi bilan aralashtiriladi (bir qism urug' va uch qism qum) hamda 30-40 kun davomida +10-150S haroratda saqlanadi. Har 5-6 kunda aralashma yaxshilab aralashtiriladi, agar talab qilinsa, qo'shimcha ravishda yengil namlanadi.

Bobotog'davlat o'rmon xojaligi xududidagi tog' oldi va adirlarda xandonpistani urug'idan va niholidan ekish uchun maxsus tayyorlangan joylar

Bu jarayon stratifikatsiya deyiladi. Mayda yashil kurtaklar paydo bo'lib ulgurgan bo'rtma yong'oqlar tayyor urug' hisoblanadi. Qisqa muddatlarda urug'larni ekishga tayyorlash zarurati tug'ilganida tezkor stratifikatsiya qo'llaniladi. Buning uchun stratifikatsiya isitiladigan binoda olib borilib, unda +25-300 harorat saqlanadi. Har 3-4 kunda qum bilan urug' aralashmasi iliq suv bilan (+35-400) yengil namlanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Tezlashtirilgan stratifikatsiyada urug'lar 10-12 kunda ekish uchun tayyor bo'ladi. Urug'larning uncha katta bo'lmagan qismi (10 kg gacha) tayyorlansa, tezkor stratifikatsiya qo'llaniladi. Ular xona haroratida bir sutka suvga bo'ktiriladi, keyin qopga solinib osilgan holatda har 1-2 kunda muntazam namlanadi. Ushbu holatda urug'lar 6-7 sutdadan so'ng nish ura boshlaydi. Urug' yaxshi unishi va zamburug' kasalliklaridan zararlanishining oldini olish uchun ularni stratifikatsiyaga joylashdan oldin 8-10 soat gumat natriy (10 l suvda eritilgan 10 gr. preparat) suvli eritmasida namlantiriladi, keyin esa margontsovkaning kuchsiz eritmasi bilan yuviladi. Urug'larning uncha katta bo'lmagan qismi (10 kg gacha) tayyorlansa, tezkor stratifikatsiya qo'llaniladi. Ular xona haroratida bir sutka suvga bo'ktiriladi, keyin qopga solinib osilgan holatda har 1-2 kunda muntazam namlanadi. Ushbu holatda urug'lar 6-7 sutkadan so'ng nish ura boshlaydi. Urug' yaxshi unishi va zamburug' kasalliklaridan zararlanishining oldini olish uchun ularni stratifikatsiyaga joylashdan oldin 8-10 soat gumat natriy (10 l suvda eritilgan 10 gr. preparat) suvli eritmasida namlantiriladi, keyin esa margantsovkaning kuchsiz eritmasi bilan yuviladi. Gumat natriy (kukun) o'ramda yoki kilolab xo'jalik do'konlarida sotiladi. Ushbu modda o'simlikdan olingan bo'lib, foydalanganda xavfsiz. Urug'ni ekish erta

bahorda (odatda fevral oxiri - mart oyi boshida) ikki kishi tomonidan bajariladi. Biri qoziq yonida tanlangan joy atrofida ekish maydonini tayyorlaydi (1x1 m) va uzunligi 15-20 sm, chuqurligi 5-8 sm bo'lgan egatni shakllantiradi. Ikkinchisi egat tubiga 6-8 dona urug'ni teng taqsimlangan holda qatorga urug' ekishni amalga oshiradi hamda urug'ni tuproq bilan ko'mib qo'yadi.

Xandonpistaplantasiyalarini urug' va nihollarini ekish

Imkoniyatga qarab maydonga 1-2 sm qalinlikda mulbcha (poxol aralash yog'och qipig'i, yaxshi chirigan go'ng) sepiladi. Urug' ekilganidan keyin vegetatsiyaning ikkinchi yili oxirida ekin joyida bir yoki ikkita yaxshi rivojlangan niholni qoldirgan holda, ekin joylari yaganalanadi.

Xulosa. Olingan ma'lumotlar qaraganda Xandon pista plantasiyalarini tog' oldi va lalmi yerlarga, yillik yog'ingarchilik miqdori 200-350 mm dan kam bo'lmagan hududlarda barpo etish maqsadga muvofiq, xandon pista plantasiyalari asosan saralangan, sog'lom urug'larni katta maydonlarga bir yo'la ekish orqali, ba'zi hollarda bir yillik ko'chatlarni ekish usulida barpo etiladi, ularni ekish sxemasi 5x4, 5x5, 6X6, m bo'lib, 8-10 ta onalik daraxtga 1 ta otalik daraxt to'g'ri kelish kerak. Pista plantasiyalarini barpo etishda shu hudud uchun tavsiya etilgan navlardan foydalanilsa yuqori samara beradi. Chunki, pistazorlar barpo qilingandan keyin 5-7 yilda hosilga kiradi. Pista plantasiyalarini barpo etishda navlarning o'sish va rivojlanish xususiyatlariga ham e'tibor berish kerak. Chunki, erta bahorgi sovuqlar pista gullagan davrga to'g'ri kelib qolsa, shu yili hosil kam bo'ladi yoki umuman hosil bo'lmasligi munkin. Pistazorlarning o'sishini, rivojlanishini va uning hosildorligini aniqlash zarur bo'ladi. daraxtlarni 5x4; 5x5; yoki 6x6 m sxemada ekib joylashtirish lozim. Bunda bir gektar maydonga 500, 400, 277 donagacha daraxt joylashtirish tavsiya etiladi. Pistazorlarni parvarishlash agrotexnikasida asosiy e'tiborni tuproqda nam to'plash va undan samarali foydalanishga qaratish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A.Q.Qayimov va E.T.Berdiyev Dendrologiya -T; Cho'lpon 2012-yil.

2. A.Q.Qayimov Dendrlogiya -T; ''Ilm-ziyo'' 2007.

3. YakinaL.V.Dendrlogiya-T;MO'qituvchiM 1980.

4. A.U.Usmonov Dendrlogiya -T; ''O'qituvchi'' 1974.

5. E.T. Berdiev, S.A. Turdiev, F.M. Chorshanbiev O'rmondan qo'shimcha foydalanish T.2017.

6. Ablaev S.M., Yuldashov Ya.X. Madaniy o'rmonlar. Toshkent, 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.