O'ZBEKISTONDAGI MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMI: BUGUNGI
HOLAT VA KELAJAK
Toshquvatova Gulchehra Mirpulat qizi
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institute Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi
(maktabgacha ta'lim) 2-bosqich magistranti [email protected]
Annotatsiya: O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida maktabgacha ta'limning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bolalarning kelajagi, ularning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishida maktabgacha ta'lim muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada, O'zbekistondagi maktabgacha ta'lim tizimining rivojlanish tarixiga qisqacha nazar tashlanadi, so'nggi o'zgarishlar va islohotlar, yangi qonunlar, infratuzilma yangilanishlari, kelajakda maktabgacha ta'limda raqamli texnologiyalarni joriy etish, sifatni oshirish va xalqaro tajribalarni o'rganish shuningdek, kelajakdagi o'zgarishlar va istiqbollar haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Maktabgacha ta'lim, O'zbekistonda ta'lim islohotlari, Pedagogik kadrlar, Ta'lim sifati, Raqamli ta'lim texnologiyalari, Xalqaro tajriba, Maktabgacha ta'lim infratuzilmasi, Maktabgacha ta'lim tizimining rivojlanishi.
Annotation: The importance of preschool education in the education system of the Republic of Uzbekistan is growing. Preschool education serves as an important factor in the future of children, their cognitive and social development. This article will briefly look at the history of the development of the preschool education system in Uzbekistan, talk about recent changes and reforms, new laws, infrastructure updates, the introduction of digital technologies in preschool education in the future, improving quality and studying international experiences, as well as future changes and prospects.
Keywords: Preschool education, educational reform in Uzbekistan, pedagogical personnel, quality of Education, Digital Education Technologies, international experience, infrastructure of preschool education, development of the preschool education system.
Maktabgacha ta'lim — bolalar uchun o'qish va o'rganishni boshlashdan oldin ular uchun tayyorlanadigan eng muhim bosqichdir. Maktabgacha ta'lim tizimi jamiyatning ta'lim tizimiga asos bo'lib, bolaning psixologik, ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta'minlaydi. O'zbekistonda so'nggi yillarda maktabgacha ta'lim tizimining rivojlanishi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha
113
chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori18 qabul qilindi. Ushbu qaror bo'yicha, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining sifatini oshirish, ular sonini ko'paytirish, pedagoglarning malakasini oshirish, shuningdek, dasturlarni yangilash kabi bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Bundan tashqari, maktabgacha ta'limda yangi metodikalarga asoslangan pedagogik uslublar va interaktiv o'quv materiallari joriy etilmoqda. 2019-yilning 16-dekabrida "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"19gi Qonun qabul qilindi. Unda qayd etilishicha, qonun bilan maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, shuningdek, maktabgacha ta'lim va tarbiya olishga davlat kafolatlari aniq belgilab berildi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi20. Mamlakatimizda Takomillashgan "Ilk qadam"21 tayanch davlat o'quv dasturi va "Ilm yo'li" variativ dasturlarining joriy etilishi bolaning to'laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o'qishini, uning maktabda ta'lim olishga samarali tayyorlanishini ta'minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo'lib sanaladi. Hozirda ta'lim va tarbiya jaroyinida hech bir bola orqada qolmasdan rivojlanishi uchun ularga barcha sharoitlar yaratilinmoqda:
Inkluziv ta'lim. O'zbekistonda nogironligi bo'lgan bolalar uchun inkluziv ta'lim tashkilotlari tashkil etilmoqda. Bu tashkilotlarda rivojlanishida nuqsoni bor (nogiron) bolalarga maktabgacha ta'lim olish imkoniyatlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususiy sektorni rivojlantirish. Davlat tomonidan ta'lim tashkilotlariga rivojlantirish bilan bir qatorda, xususiy sektorni jalb qilish, maktabgacha ta'limda raqobatni oshirish va sifatni yaxshilash maqsadida rag'batlantiruvchi mexanizmlar ishlab chiqildi.
2024-yil 30-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasining prezidentining "Maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi [PF-152-sonli] farmoni qabul qilindi. Farmonga ko'ra, maktabgacha ta'limning davlat ta'lim dasturi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
18 https://lex.uz/docs/-3334234
19 O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'risida"gi Qonuni.Toshkent, 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son.
20 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.05.2019 yildagi PQ-4312-son
21 "Takomillashgan ilk qadam"Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022 yil4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashr uchun tavsiya etilgan. Toshkent,2022.
114
- kichik va o'rta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko'nikmalami rivojlantirish;
- katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalarda bilim olish, kommunikativ va ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan o'quv-metodik materiallarni ishlab chiqish.
Yangi metodika va dasturlarni joriy etish. Maktabgacha ta'limda yangi pedagogik metodlar, innovatsion texnologiyalar va interaktiv uslublar keng qo'llanilmoqda. Bolalarning emotsional va kognitiv rivojlanishi uchun moslashtirilgan dasturlar ishlab chiqilgan.
Kelajakdagi o'zgarishlar: O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimi bo'yicha kelajakda amalga oshiriladigan islohotlar quyidagi yo'nalishlarga qaratilishi kutilmoqda:
2025-yil 1-avgustgacha:
maktabgacha ta'limning davlat ta'lim dasturi doirasida ishlab chiqilgan elektron resurslar, audiovizual mahsulotlar va o'quv-metodik materiallar Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimida joylashtiriladi hamda ulardan erkin va bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi;
Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimida ota-onalar uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va unda bolaning rivojlanish xaritasi ma'lumotlarining joylashtirilishi ta'minlanadi.
2026/2027 o'quv yilidan:
bog'chalar tomonidan Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimida bolaning rivojlanish xaritasini yuritish amaliyoti joriy qilinadi22;
maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan o'tganlik haqida elektron sertifikat berish yo'lga qo'yiladi.
Pedagogik kadrlar malakasini oshirish. Ta'lim sifatini oshirish uchun o'qituvchilarni yangi pedagogik uslublarga o'rgatish, ularning malakasini oshirish va sifatli o'qituvchilarni tayyorlashning yangi tizimlari joriy etilishi kutilmoqda.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida raqamli texnologiyalarni keng qo'llash. Raqamli texnologiyalar va onlayn ta'lim platformalarining maktabgacha ta'lim tizimiga joriy etilishi kelajakda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tajribani o'rganish: O'zbekiston maktabgacha ta'lim tizimi xalqaro tajribalarni o'rganishga katta e'tibor bermoqda. O'qituvchilar va ta'lim muassasalari xalqaro standartlarga mos ravishda faoliyat yuritishi ko'zda tutilgan. Bu esa bolalarning jahon miqyosida raqobatbardosh bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Kengaytirilgan qamrov va barqarorlik: Maktabgacha ta'limning yanada kengaytirilishi, hamda barcha bolalarni, ayniqsa chekka hududlardagi bolalarni
22 https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/04/mtt/
115
maktabgacha ta'limga jalb etish maqsad qilingan. Bundan tashqari, ta'limni moliyalashtirishning barqaror tizimi va bog'chalarda ta'limning doimiy rivojlanishi muhim o'rin tutadi.
O'ziga xos pedagogik yondashuvlar: Kelajakda maktabgacha ta'limda bolalar o'z qobiliyatlarini rivojlantiradigan, ularni yanada mustahkam asosga ega bo'lgan pedagogik yondashuvlar qo'llanilishi mumkin. Bu, ayniqsa, individual ehtiyojlarga asoslangan ta'limni ta'minlashga yordam beradi.
Ta'lim Sifatining Yangi Bosqichi: Integratsiya va Yondashuvlar: Kelajakda O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimi bolalar ehtiyojlariga asoslangan ko'proq individual yondashuvlarni qo'llab-quvvatlashi kutilmoqda. Pedagogik metodikalarda bolalarning hissiy-intellektual rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yondashuvlar o'rin oladi. Misol uchun, bolalar uchun ijodiy, musiqiy va jismoniy faoliyatlarga yo'naltirilgan interaktiv o'yinlar, rolli o'yinlar va boshqa usullar joriy etilishi mumkin.
Xulosa
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimi so'nggi yillarda katta o'zgarishlarga yuz tutdi va bu jarayon hali davom etmoqda. Kelajakda ta'lim sifatini yanada oshirish, inkluziv ta'limni kengaytirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va pedagogik kadrlarni malakasini oshirish bo'yicha amalga oshiriladigan islohotlar, mamlakatda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga yordam beradi. Bu, o'z navbatida, bolalar kelajagi uchun yaxshi sharoitlar yaratish va ularning to'liq rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan Adabiyotlar ro'yxati:
1 .https://lex.uz/docs/-3334234
2.O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'risida"gi Qonuni.Toshkent, 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.05.2019 yildagi PQ-4312-
son
4."Takomillashgan ilk qadam"Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 2022 yil4-fevraldagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashr uchun tavsiya etilgan. Toshkent,2022.
5. https: //www. gazeta.uz/oz/2024/10/04/mtt/