Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTОNDА YАSHIL ENERGETIKАNI RIVОJLАNTIRILISHINING О‘ZIGА ХОS ХUSUSIYАTLАRI'

О‘ZBEKISTОNDА YАSHIL ENERGETIKАNI RIVОJLАNTIRILISHINING О‘ZIGА ХОS ХUSUSIYАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
energetikа / energiyа iste’mоli / yоqilg‘i-energetikа siyоsаti / elektr energiyа ishlаb сhiqаrish quvvаti / qаytа tiklаnаdigаn energiyа mаnbаlаri / uglevоdоrоd energiyаsi / “yаshil energiyа” / “yаshil iqtisоdiyоt” / “yаshil tаrаqqiyоt”

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Isakov Azim Yusubjanovich

Ushbu maqolada mаmlаkаt iqtisоdiyоtini rivоjlаntirishdа energetika sohasining ahamiyati hamda О‘zbekistоndа yаshil energetikаni rivоjlаntirilish bo‘yicha ining о‘zigа хоs хususiyаtlаri bilan bog’liq tushunchalar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTОNDА YАSHIL ENERGETIKАNI RIVОJLАNTIRILISHINING О‘ZIGА ХОS ХUSUSIYАTLАRI»

O'ZBEKISTONDA YASHIL ENERGETIKANI RIVOJLANTIRILISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Isakov Azim Yusubjanovich

Namangan muhandislik-texnologiya instituti, katta o'qituvchi, PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.11002563

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda energetika sohasining ahamiyati hamda O'zbekistonda yashil energetikani rivojlantirilish bo'yicha ining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq tushunchalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: energetika, energiya iste'moli, yoqilg'i-energetika siyosati, elektr energiya ishlab chiqarish quvvati, qayta tiklanadigan energiya manbalari, uglevodorod energiyasi, "yashil energiya", "yashil iqtisodiyot", "yashil taraqqiyot"

Аннотация. В дaннoй CTaTbe приведены понятия, cвязaнные с зтачением энергетического ceKTopa в рaзвитии экономики o^a^i, a тaкже с особенностями pa3Brn™ зеленой энергетики в Узбекистане.

Ключевые слова: энергетикa, энергопотребление, топливно-энергетичес^я пoлитикa, мощность прoизвoдcтвa электроэнергии, возобновляемые источники энергии, углеводородтая энергия, "зелетая энергия", "зелетая экономии", "зеленое рaзвитие"

Annotation. This article cites concepts related to the importance of the energy sector in the development of the country's economy and the peculiarities of the i on the development of green energy in Uzbekistan.

Keywords: energy, energy consumption, fuel and energy policy, power generation capacity, renewable energy sources, hydrocarbon energy, "green energy", "green economy", "green development"

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda energiya katta rol o'ynaydi. Buning sababi shundaki, sanoatning barcha tarmoqlarida, ^яшроА^ qishloq xo'jaligida har qanday ishlab chiqarish jarayoni, mamlakat aholisiga xizmat ko'rsatishning barcha turlari energiyadan foydalanishning tobora ortib borayotgan ko'lami bilan bog'liq.

Ishlab chiqaruvchi ku^laming rivojlanishi jarayonida ishlab chiqarishda va kundalik hayotda ishlatiladigan energiya manbalari va turlari doimiy ravishda o'zgartirilib va takomillashtirilib boriladi.

Iqtisodiyotda yoqilg'i-energetika majmuasining rivojlanishi asosan ijtimoiy ishlab ^qms^ birinchi navbatda sanoatning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari va miqyoslari, dinamikasi bogiiq. Shu bilan birga, yoqilg'i va energiya manbalariga yaqinlashish sanoatni hududiy tashkil qilishning asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Mamlakat iqtisodiyotda yoqilg'i-energetika siyosati alohida ahamiyatga ega:

Bir^Hda^ bu mamlakatning geografik joylashuvi va iqlim sharoitlari bilan bog'liq bo'lib, ular yil davomida to'xtovsiz issiqlik va yorug'lik bilan ta'minlashni talab qiladi.

Ikkin^idan, energetika eng muhim infratuzilma tizimlari va ob'yektlarini (transрort, aloqa, maishiy xizmat), shuningdek, iqtisodiyot bazali tarmoqlari (xom ashyo resurslarini qazib ^qms^ og'ir va mudofaa sanoati, mashinasozlik) faoliyatini ta'minlash u^un zarur.

Uchinchidan, yoqilg'i-energetika majmuining mahsulotlari eksport predmeti hisoblanib, undan tushadigan daromad davlat byudjetiga soliq tushumlarining muhim qismini tashkil etadi.

Bugun dunyo aholisi ko'payishda davom etmoqda, tabiiy resurslar zaxirasi esa shunga mos ravishda qisqarmoqda. Bunday nomutanosiblik dunyo mamlakatlarini tang ahvolga solib qo'yayotganini ko'rishimiz mumkin. Jahon mamlakatlari juda katta kuch bilan yashil energetik (qayta tiklanuvchi energiya manbalari) tizimiga o'tishga urg'u bermoqda. Buning ikki muhim asosiy sababini ko'rishimiz mumkin. Birinchidan, dunyo miqyosida energiya hosil qiladigan manbalarni tugayotganligi bo'lsa, ikkinchidan, atmosferaga zararli chiqindi gazlarni chiqarilishi natijasida xavoni keskin ifloslanishi va global iqlim muammolarini vujudga kelishidir.

Ekspertlar vaziyatni o'nglash uchun jahon iqtisodiyotida "yashil taraqqiyot" tamoyillarini joriy etish zarurligini ta'kidlamoqda. Mazkur yondashuv BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarida ham o'z ifodasini topgan. Bu borada mamlakatimizda ham jiddiy islohotlar olib borilmoqda.

Ma'lumki, 2019 yilda O'zbekiston "Yashil iqtisodiyot"ga o'tish strategiyasi"ni qabul qildi. Yaqin o'n yilda mamlakatda uglerod sarfini keskin kamaytirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi, samarali energiya manbalaridan keng foydalanish ko'zda tutilgan.

Tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston uglevodorod energiyasi - neft, gaz, ko'mirdan foydalanish hisobiga har yili yalpi ichki mahsulotning kamida 4,5 foizini yo'qotmoqda. Qolaversa, mamlakatdagi energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarning salkam yarmi eskirgan. Ularni tiklash yoki modernizatsiyalash katta mablag'ni talab qiladi. Buning o'rniga ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan samarali hisoblangan "yashil energetika"ga o'tish muhimdir. Chunki, butun dunyo shu yo'lni tanlayapti.

2023 yilning 27 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "yashil" energetika sohasidagi yirik qo'shma loyihalarni ishga tushirishga bag'ishlangan tantanali marosimda mamlakatda "yashil" energetikani rivojlantirishning 2030 yilgacha strategik dasturi haqida gapirib, "Biz sohani isloh etishni, birinchi galda, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yetakchi ekspertlari bilan maslahat qilishdan boshladik"1 deb ta'kidlab o'tdi.

Bir qator qonun hujjatlariga o'zgartirishlar kiritish va yangi qarorlarni qabul qilish orqali energetika tarmog'ida bozor tamoyillariga asoslangan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Sohada ma'muriy-buyruqbozlik mexanizmlari va monopoliyadan voz kechib, zamonaviy boshqariladigan ochiq va shaffof tizimga o'tilmoqda. Xususiy sektor va xorijiy kompaniyalarning kirib kelishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. Energetika vazirligi, shuningdek, har bir alohida yo'nalish bo'yicha mas'ul va javobgar bo'lgan yangi tashkilotlar tuzildi.

Jumladan, Karmana va Nurobod tumanlarida 100 foiz to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 2 ta quyosh stansiyasi ishga tushirilib, 2024 yil 1 yanvar holatiga 1 milliard kilovatt soat "yashil" elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Shuningdek, mamlakatimiz tarixida yana muhim hodisa - umumiy quvvati 2400 megavatt bo'lgan 6 ta yirik quyosh hamda shamol stansiyalari tarmoqqa ulanmoqda. Jumladan, Birlashgan Arab Amirliklarining "Masdar" kompaniyasi tomonidan Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida uchta quyosh elektr stansiyasining birinchi bosqichi barpo etildi.

1 2023 yil 27 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "yashil" energetika sohasidagi yirik qo'shma loyihalarni ishga tushirishga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan.

Bundan tashqari, ushbu nufuzli kompaniya tomonidan Tomdi tumanida barpo etilayotgan zamonaviy shamol stansiyasining 100 megavatti ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. "Gezhouba" kompaniyasi bilan esa Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi quyosh stansiyalarining dastlabki 400 megavattli generasiyasi boshlanadi.

Asosiy jihati ushbu barcha loyihalar davlat-xususiy sheriklik asosida, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirildi.

Umumiy qiymati 2 milliard dollarlik bu loyihalar hisobidan yiliga 6 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarilib, ikki milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. 2 million xonadon uzluksiz va kafolatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadi. Sanoat va xizmatlar sohasida 4 milliard dollarlik qo'shilgan qiymat yaratiladi.

O'zbekiston nima uchun "yashil" energetika rivojiga bu qadar katta rag'bat va e'tibor qaratyapti? Chunki, 2030 yilga borib sanoat hajmini ikki karra oshirishni, metallurgiya, neft-kimyo va mashinasozlik kabi sohalarni sifat jihatdan mutlaqo yangi darajaga ko'tarishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Umumiy qiymati 150 milliard dollarlik 500 dan ziyod yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni ko'zlanmoqda.

Bunday maqsadlarga erishish uchun bizga kafolatli va barqaror energiya resurslari suv bilan havodek zarur. Hisob-kitoblarga ko'ra, kelgusi olti yilda mamlakatimizda elektr energiyasiga bo'lgan talab hozirgi 83 milliarddan 120 milliard kilovatt soatga o'sishi kutilmoqda. Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya hisobidan qoplashni maqsad qilinmoqda.

Butun dunyoda global muammoga aylangan iqlim o'zgarishining salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz xalqaro sammitlarda muhim taklif va tashabbuslarni faol ilgari surmoqda. Jumladan, 2023 yilda Dubayda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi doirasida dunyo mamlakatlari "yashil" generatsiyani uch barobar oshirishga kelishib oldi.

O'zbekiston ushbu tashabbusni to'liq qo'llab-quvvatladi va 2030 yilgacha "yashil" energetika manbalarini 27 gigavattga yetkazish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiradi.

Yana bir muhim jihati, mamlakatimizda "yashil" energetika bo'yicha nihoyatda ulkan salohiyat mavjud. Sohani rag'batlantirish maqsadida quyosh panellari o'rnatishga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatli sotib olish bo'yicha "Quyoshli xonadon" tizimini yo'lga qo'yildi. 2023 yilning o'zida yurtimizda 50 ming xonadon va tadbirkorlar tomonidan quyosh panellari o'rnatildi. Mamlakatimizda 7 milliondan ortiq uy-joylar borligini hisobga olsak, bu investorlar uchun katta bozor yaratadi.

Hozirgi kunda global miqyosda "yashil" energiyadan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga alohida ustunlik berilmoqda. "Yashil energiya" sertifikati keng joriy qilinmoqda.

Mamlakatimizda kelgusida aniq reja va qat'iy sa'y-harakatlar orqali "yashil" energiyani Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozoriga ham yetkazib berish imkoniyati mavjud.

Shu bilan birga xorijiy hamkorlar bilan "yashil" energetika sohasidagi butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishda mahalliy korxonalar bilan yaqin kooperatsiya aloqalarini yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

Umuman olganda mamlakatda aholi soni va daromadlari ko'payotganligi energetika resurslariga bo'lgan talabni ham oshiradi. "Yashil iqtisodiyot"ning muhim komponenti qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish va foydalanish hisoblanadi. Bu jihatdan O'zbekistonning salohiyati ancha yuqori. Xalqaro moliyaviy institutlarning hisob-kitobiga

qaraganda, respublikada muqobil energiya (ayniqsa, quyosh energiyasi)ning yillik zaxirasi 270 million tonna shartli yoqilg'i ekvivalentiga teng. Bu real ehtiyojimizdan uch karra ko'pni tashkil etadi. Shuningdek, "yashil energetika" sohasidagi loyihalarni amalga oshirish O'zbekistonda yaqin o'n yilda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 3 barobardan ziyodga ko'paytirish imkonini beradi. Bu iqtisodiyotimiz uchun katta ahamiyatga egadir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatning "yashil" energetikaga jadallik bilan o'tishi avvalambor mintaqada ekologik muvozanatni ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholini energiyaga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "Yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-436-son Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "Yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" PQ-4477-son Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021" yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish,iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to'g'risida" gi 2017 yil 26 maydagi PQ-3012-sonli qarori.

4. Кaлaшникoв Н.П. Альтертативные источники энергии. -М.: Зтание. 1997 г. - С. 27.

5. International Renewable Energy Agency (IRENA). Renewable Capacity Statistics 2017. - P. 2-4.

6. http://www.irena.org/DocumentDownloads/Publications/IRENA RE Capacity Statistics 2017.pdf

7. Вoзoбнoвляемые источники энергии, Bonpocbi уcтoйчивocти и смягчения пocледcтвий изменения климaтa, Фaзлиддин Аpзикулoв, Universum 2020. 10(79). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/ite

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.