Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MILLIY TOVARLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI'

O‘ZBEKISTONDA MILLIY TOVARLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
23
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tovar / raqobat / milliy tovarlar / raqobatbardoshlik. / товар / конкуренция / национальные товары / конкурентоспособность.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mangliyev U.U., Yahyoxonov N.B.

Ushbu maqolada bugungi rivojlanayotgan zamonamizda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, O‘zbekistonda milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari muallif tomonidan batafsil yoritilib, o’rganilish va tadqiq etish natijasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье автором подробно описаны пути развития экономики страны, повышения конкурентоспособности национальных товаров Узбекистана в современную развивающуюся эпоху, а в результате изучения и исследования разработаны предложения и рекомендации.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MILLIY TOVARLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI»

O'ZBEKISTONDA MILLIY TOVARLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI

OSHIRISH YO'LLARI

Mangliyev Ulug'bek Umidbekovich

Oriental universiteti IQT-101-guruh magistri Ilmiy rahbar: Yahyoxonov N.B. iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi rivojlanayotgan zamonamizda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, O'zbekistonda milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish yo'llari muallif tomonidan batafsil yoritilib, o'rganilish va tadqiq etish natijasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: tovar, raqobat, milliy tovarlar, raqobatbardoshlik.

Аннотация. В данной статье автором подробно описаны пути развития экономики страны, повышения конкурентоспособности национальных товаров Узбекистана в современную развивающуюся эпоху, а в результате изучения и исследования разработаны предложения и рекомендации.

Ключевые слова: товар, конкуренция, национальные товары, конкурентоспособность.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ko'p omillar ta'sir etadi. Bu omillar ko'plab bo'lib, ularning eng muhimlarini aniqlash va ularning shartlarini o'rganish masalasi doimo dolzarblikni anglatadi. Har qanday korxonaning tijoratdagi muvaffaqiyati birinchi navbatda iste'molchi talabiga javob beradigan, yuqori sifatli, iste'mol uchun yaroqli tovar ishlab chiqarish bilan bog'liq. Tovar ishlab chiqarish nafaqat korxonaning marketing faoliyatida, balki butun xo'jalik faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Tovar korxonaning bozorga samarali ta'sir etish vositasi va foyda olish manbai hisoblanadi.

Tovar marketing kompleksining markaziy elementi hisoblanadi. Narx, sotish va siljitish aynan tovarga asoslanadi. Amerkalik marketolog S.Maljaro "Agar tovar xaridorning talabini qondirmasa, u holda marketing tadbirlari uchun hyech qanday qo'shimcha xarajatlar raqobatli bozorda uning mavqeini yaxshilay olmaydi" - deb ta'kidlab o'tgan.

Tovar raqobatbardoshligi1 - tovarning rakrbatli bozor talablariga, bozorga chikarilgan xuddi shunday tovarlarga nisbatan xaridorlar ehtiyojlariga javob berish krbiliyati. Raqobatbardoshlik, asosan, tovar sifati, uning texnika darajasi, iste'mol xususiyatlari hamda eng muhimi — tovar sotuvchisi tomonidan qo'yiladigan narxi bilan belgilanadi. Shuningdek, raqobatbardoshlikka moda, sotish va sotishdan keyingi servis xizmati, reklama, ishlab chiqaruvchining ovozasi (imij), bozordagi vaziyat, talab tebranishlari ham ta'sir ko'rsatadi.

1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Tovar raqobatbardoshligi

Davlat rahbari ham doimo o'zining rivojlanish dasturlarini belgilashda, mamlakatning strategik yo'nalishlarini o'rnatishda makroiqtisodiy barqarorlikning muhimligi, uning omillari va shartlari to'g'risida doimo ta'kidlab keladilar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 04 apreldagi "Aholini sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"2gi PQ-110-sonli Qaroridan kelib chiqqan holda Iste'molchilar huquqlari himoya qilinishini ta'minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o'tib ketgan, kontrafakt va iste'molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo'yish, aholini sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlash masalalari belgilab berilgan. Ushbu qaror orqali iste'molchilarga sifatli tovarlarni ishlab chiqarish va sotish tizimini yanada takomillashtirish, milliy mahsulotlarning raqobatbardoshlik xususiyatlarini oshirish vazifalari ham atrolicha tizimlashtirilgan.

Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirishda, dunyo bozorida ildam qatnashishida tovarlar sifatini ko'tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.

Bozor iqtisodiy oti sharoitida raqobat alohida faollikkka ega bo'ladi. Har bir xaridor o'ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste'molchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko'proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. Shuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog'liqdir.

Tovar raqobatbardoshligini o'rganish murakkab va o'z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

- tovarni sotish bozorni o'rganish;

- raqiblar haqida ma'lumotlar yig'ish;

- iste'molchilar talablarini o'rganish;

- raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish;

-ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.

Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanoq o'z raqobat qobiliyatini yo'qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to'la yo'qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi. Raqobat so'zi lotinchadan olingan bo'lib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat.

Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o'z ichiga

oladi:

- bozorni tahlil qilib, o'zimizning tovarimizga o'xshash namunasini to'ib olish;

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 04 apreldagi "Aholini sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-110-son Qarori. https://lex.uz/docs/-6423137

- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko'rsatkichlarni belgilash;

- o'zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.

Raqobatning asosiy quroli bo'lib, talabni shakllantirish va sotishni

rag'batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste'mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari bo'yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo'ladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.

Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarqalgan. Hozirgi davrda raqobat o'ziga xos qiyofa kasb etmoqda. Narxlar sohasida raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam bo'ladigan mamlakatlarda yo'lga qo'yishni talab qiladi.

Narx bilan raqobat o'tmishda erkin bozor raqobati bo'lgan, bozorda bir xil tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo'lgandi. Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o'z tovarini ajratib ko'rsatishga, unga e'tiborni qaratishga va pirovard natijada o'zi istagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu esa firmaning bozordagi mavqeini o'zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan zafar va raqiblarni surib chiqarish o'rniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. Shu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko'paytirishga intiladi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bog'liq bo'lmagan usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi.

Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste'mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuhrati raqobat ko'rashining asosiy omiliga aylanadi. Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o'rganishda quyidagi savollarga javob to'iladi:

-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?

-raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag'batlantirish usullari qanday?

-qaysi savdo belgilari ishlatilmoqda?

-raqobatchilar tovarlarining o'ramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko'zga tashlanmoqda?

-tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmokda?

-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmoqdami yoki firma o'z shahobchasini ochganmi?

-raqobatchilar qo'llayotgan tovar harakati (transport, zahiralar hajmi, omborlari va ularning joylanishi).

Natijada raqobatchi shunday harakat qilishyapti? Boshqacha yo'li yo'qmi? degan savollarga javob to'iladi.

Bizning fikrimizcha, ulgurji savdolarni rivojlantirishda, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan talab yuqori bo'lgan mahsulotlar turlari va hajmlarini oshirishda, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda, eksport hajmini kengaytirishda marketing tadqiqotlarini olib borish, zamonaviy marketing konsepsiyalaridan keng foydalanish talab etiladi.

Marketing konsepsiyasi - bu korxonaning aniq maqsadga erishishiga va bozordagi aniq faoliyat usuliga mo'ljallangan bozorning boshqaruv uslubi, tamoyili, maqsadlar tizimidir. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar raqobat bozorlari sharoitida raqiblarga nisbatan ustunlikka erishishga harakat qiladi va bunda marketing konsepsiyalaridan foydalanadi. Marketing konsepsiyalarini shakllantirish raqobat ustunligini tanlashdan boshlanadi. Tadbirkorlar o'z korxonasini rivojlantirish maqsadida tanlagan raqobat ustunligi yordamida o'z oldiga qo'ygan strategik maqsadlarga erishishni ko'zlaydi.

Tovarlarning raqobatbardoshligi bozor ulushi, talab dinamikasi, talabning elastikligi kabi ko'rsatkichlar orqali baholanadi. Ularning omillariga esa narxsifat, savdodan keyingi xizmatlarning samaradorligi, yetkazib berish shartlari (vaqti, to'lov turi, transport xarajatlari) hamda iste'mol xarajatlari kiradi. Mahsulotlarga nisbatan bozor ulushini ko'paytirish, mahsulotlar va xizmat ko'rsatish sifatini oshirishda iste'molchilarga yo'naltirilgan marketing, ishlab chiqarish, tovar, sotish, an'anaviy marketing, ijtimoiy-axloqiy marketing va o'zaro-aloqaviy marketing konsepsiyalaridan foydalaniladi. Ushbu konsepsiyalar tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalarni rivojlantirishning asosiy faoliyat yo'nalishlaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Yuqorida ko'rib chiqilgan konsepsiyalar dan tashqari bir necha zamonaviy marketing konsepsiyalari ham amal qilmoqda, chunki raqobat bozorlarida tendensiyalar juda tezkorlik bilan o'zgarib bormoqda. Jadalliklarga mos holda innovatsion marketing, xolistik marketing, logistik marketing, neyromarketing, raqamli marketing, B2B, B2C, interaktiv marketing, sensorli marketing, tarmoqli marketing, o'zaro munosabatlar marketingi, taassurotlar marketingi, CRM kabi zamonaviy marketing konsepsiyalarini qo'llash zarur. Marketing konsepsiyasini anglashga yangicha yondashish bozorning strategik segmentidan tashkilotlarning potensial mijozlari yig'indisidan-maqsadli guruhlar deb ataluvchilar bilan uzviy aloqalarga asoslanadi. Raqobat bozorini tadqiq qilish orqali iste'molchilarni tirli xil guruhlarga ajratish va strategik segmentlarni aniqlab, mavjud va potensial mijozlar bilan keyingi aloqalarda korxona mavjud vositalarni tejaydi va yuqori natijaga erishadi.

Hozirga kelib respublikamizdagi marketing faoliyati ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan cheklanmagan holda iste'molchilarning ehtiyoj va talablarini jiddiy o'rganish va tezkor moslashishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar, yaratilayotgan kichik sanoat zonalari, kichik biznes

subyektlarining eksport salohiyatini oshirishda, ishlab chiqarilayotgan milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy marketing konsepsiyalaridan foydalanishda marketing kompleksini taklif etuvchilar nuqtai nazaridan emas, balki talab etuvchilar nuqtai nazaridan iste'molchilarga yo'naltirilganlik tamoyilidan samarali foydalanish, ular uchun optimal xarajat qilgan holda, iste'molchilar uchun qulayliklar yaratib, samarali kommunikatsiya tizimlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Игорь Манн. Арифметика маркетинга для первых лиц. - М.: Манн, Иванов и Фербер, 2011.стр. 10.

2. G'ulomov S.S. Marketing asoslari, - T.: TDAU, 2000.

3. Michael F. Bleaney. «Macroeconomic stability, investment and growth in developing countries». Journal of Development Economics.

4. Фатхутдинов P.A. Стратегисечкий маркетинг. - M.: ИНФРА-M, 2001 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.