Научная статья на тему 'MARKETING XIZMATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO MARKETING STRATEGIYALARINING DOLZARB MASALALARI'

MARKETING XIZMATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO MARKETING STRATEGIYALARINING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
183
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / marketing strategiylari / marketing xizmati samaradorligi / AQSH / Yevropa / Yaponiya / maqsad strategiya / resurs / milliy strategiya / маркетинг / маркетинговые стратегии / эффективность службы маркетинга / США / Европа / Япония / целевая стратегия / ресурс / национальная стратегия

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Boyjigitov Sanjarbek Komiljon O’G’Li

Ushbu maqolada marketing xizmati samaradorligini oshirishda xalqaro marketing strategiyalari va ushbu sohadagi dolzarb muammolar yoritilgan, shu bilan birga ushbu muammolarga qisqacha yechim va takliflar ham keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье освещаются международные маркетинговые стратегии и актуальные вопросы в области эффективности маркетинговых услуг, а также краткие решения и предложения по этим вопросам.

Текст научной работы на тему «MARKETING XIZMATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO MARKETING STRATEGIYALARINING DOLZARB MASALALARI»

MARKETING XIZMATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA XALQARO MARKETING STRATEGIYALARINING DOLZARB MASALALARI

Boyjigitov Sanjarbek Komiljon o'g'li

"Marketing" kafedrasi assistenti Samarqand iqtisodiyot va servis institute e-mail: boyjigitovsanjarbek@sies.uz

Annotatsiya: Ushbu maqolada marketing xizmati samaradorligini oshirishda xalqaro marketing strategiyalari va ushbu sohadagi dolzarb muammolar yoritilgan, shu bilan birga ushbu muammolarga qisqacha yechim va takliflar ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: marketing, marketing strategiylari, marketing xizmati samaradorligi, AQSH, Yevropa, Yaponiya, maqsad strategiya, resurs, milliy strategiya

Аннотация: В данной статье освещаются международные маркетинговые стратегии и актуальные вопросы в области эффективности маркетинговых услуг, а также краткие решения и предложения по этим вопросам.

Ключевые слова: маркетинг, маркетинговые стратегии, эффективность службы маркетинга, США, Европа, Япония, целевая стратегия, ресурс, национальная стратегия.

Marketing tushunchasi hozirgi vaqtda insonlar uchun yangilik emas. XXI asr uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi ushbu tushunchaning ilmiy ma'nosiga keladigan bo'lsak, marketing (inglizcha: market - bozor, bozordagi harakat, faoliyat) - korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli hisoblanadi. Marketing atamasi iste'molga XIX asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan.

Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining o'ziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida Amerika Qo'shma Shtatlarida ilk bor qo'llanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada to'planishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini ob'yektiv tarzda birinchi o'ringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini o'rganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo bo'ldi. 1911-yilda esa o'sha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shug'ullanadigan dastlabki bo'limlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni o'rganish, reklama, haridorlarga xizmat ko'rsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shug'ullanadigan marketing bo'limlari ta'sis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing bo'yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi. Hozirgi kunga kelib marketing bu tovarning umrini belgilovchi, o'z ichiga ulkan strategiyalar va

tizimlarni joylagan muhim sohalardan biri desak adashmagan bo'lamiz. Bu soha nafaqat tovar balki xizmatlar sohasini ham o'z ichiga oladi[1].

Marketing strategiyalari nima?

Turli xil mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari marketing vositalarini u yoki bu bozorning o'ziga xos xususiyatlariga moslashtirib borishni talab qiladi. Bu erda gap har safar muayyan tashqi bozor uchun maxsus marketing modeli haqida boradi. Marketing faoliyatining turli elementlari samaradorligi turli mamakatlarda turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, amerikaliklarning yondashuvi o'z mahsulotlarini reklama qilishga asoslanadi (jahonda reklama xarajatlarining 57% i AQSHga to'g'ri keladi). Yevropacha yondashuv esa ko'proq xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirishga, ya'ni qo'shimcha yengilliklar va iste'molchilar bilan bevosita do'konlarda ishlashga yo'naltirilgan[2].

Yaponiya yondashuvi mahsulotni yaxshilash maqsadida fan-texnika yutuqlarini joriy qilishni tavsiya etadi. Shu sababli xalqaro bozorda marketing sohasida ish olib borayotgan o'zbek mutaxassislaridan nafaqat marketing faoliyatining ayrim elementlarini, balki xorijiy mamlakatlarda shakllangan marketing tizimini to'laligicha bilish va undan foydalanish talab qilinadi. Mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro aloqa va bog'liqlik darajasining yuqori bo'lishi sababli iqtisodiy jihatdan juda keng xalqaro bozor mavjud bo'lib, u turli mahsulotlarni eksport va import qilish imkonini bera di. Bu erda faoliyatini tovar va xizmatlar eksportiga yo'naltiruvchi korxonalar (masalan, kosmetika yoki turistik firmalar) uchun marketing sohasida qo'shimcha talablar vujudga keladi[3]:

• birinchidan, tovar sifati, tashqi ko'rinishi, qadoqlanishi va reklamasining xalqaro standartlarga javob berishi, ishlab chiqarish majmuasining esa fan-texnika darajasiga mos kelishi:

• ikkinchidan, chet ellik vakillar bilan mustahkam aloqalar o'rnatish hamda xalqaro savdo, ko'rgazma, yarmarka va konferensiyalarni yuqori professional darajada tashkil etish qobiliyati;

• uchinchidan, import-eksport siyosati sifat va son jihatidan korxonaning raqobatbardoshligini ta'minlash uchun o'ziga xos yondashuvni talab qiladi.

Yuqorida sanab o'tilgan bu qo'shimcha talablar mahsulot va xizmatlarni eksport qilish uchun ilk qadamlardir. Bu harakat tajribali marketolog va iqtisodchi olimlarning fíkrlari asosida tashkil topgan.O'ylaymanki ushbu bosqichlarga yetarlicha e'tibor qaratilsa milliy mahsulotimiz ham jahon bozorlaridan munosib o'rin egallaydi. Bu orqali o'zimizning milliy brend va milliy strategiyamizni yaratishga ham imkon yaratiladi.

Bundan tashqari marketing strategiyasini ijobiy olib borish uchun quyidagi tushunchalarga alohida e'tibor qaratish ham muhim ahamiyat kasb etadi:

1. Maqsadlar - nimaga erishish kerak;

2. Strategiya (yoki harakatlar) - maqsadlarga qanday erishish kerakligini aniqlash;

3. Resurs ta'sirlari- strategiyani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslar;

Xulosa qilib aytganda, mahalliy mahsulotlar va xizmatlarni jahon bozoriga chiqishiga ko'maklashuvchi marketing strategiyalari va ushbu sohadagi dolzarb muammolar, shu bilan birga ushbu muammolarga qisqacha yechim va takliflarni ishlab chiqish korxonaning muvaffaqiyatini yuksaltirishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Marketing;

2. https://fayllar.org/xalqaro-marketing-muhitini-organish.html;

3. Strategic Marketing: Planning and Control (page 243);

4. Мурадова H. У. Специфика рынка лизинговых услуг и используемых в них маркетинговых инструментов //ГЛОБАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ МОДЕРНИЗАЦИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ. - 2019. - С. 493-499.

5. Haqberdievich K. D., Shavkiddinovich M. M. SWOT ANALYSIS OF FREE ECONOMIC ZONES (FEZ) IN UZBEKISTAN //Gospodarka i Innowacje. - 2022. -Т. 22. - С. 610-615.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.