Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA MA’NAVIYATNING UMUMINSONIY NEGIZLARI ASOSIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI'

OʻZBEKISTONDA MA’NAVIYATNING UMUMINSONIY NEGIZLARI ASOSIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
45
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mafkuraviy tahdid / ma’naviyat / milliy mafkura / ijtimoiy taraqqiyot / ideological threat / spirituality / national ideology / social development.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jo’Rayev, Ro’Zimat To’Xtasinovich, Nabiyev, Bekzod Muxammadumarovich

Ma’naviyat umuminsoniy boʻlib, koʻpchilik millatlarga taalluqlidir. Alohida ajralgan holdagi bir millatning ma’naviyati boʻlmaydi. Ma’naviyat umuminsoniy fazilat. Ammo ma’naviy taraqqiyot, kamolot har bir millatda bir xil boʻlmaydi. Inson bor joyda ma’naviyat boʻladi. Sof millat ma’naviyati yoʻq, boshqa millatlar bilan bogʻliq holda boʻladi va rivojlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MECHANISMS TO REMOVE IDEOLOGICAL THREATS ON THE BASIS OF THE GENERAL FOUNDATIONS OF SPIRITUALITY IN UZBEKISTAN

Spirituality is universal and applies to most peoples. Individual people do not have spirituality. Spirituality is a universal virtue. But spiritual development and maturity are not the same in every nation. Where there is a person, there is spirituality. A pure nation has no spirituality; it exists and develops in connection with other nations.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA MA’NAVIYATNING UMUMINSONIY NEGIZLARI ASOSIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

O'ZBEKISTONDA MA'NAVIYATNING UMUMINSONIY NEGIZLARI ASOSIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARNI BARTARAF ETISH

MEXANIZMLARI

Ma'naviyat umuminsoniy bo'lib, ko'pchilik millatlarga taalluqlidir. Alohida ajralgan holdagi bir millatning ma'naviyati bo'lmaydi. Ma'naviyat umuminsoniy fazilat. Ammo ma 'naviy taraqqiyot, kamolot har bir millatda bir xil bo 'lmaydi. Inson bor joyda ma 'naviyat bo 'ladi. Sof millat ma 'naviyati yo 'q, boshqa millatlar bilan bog 'liq holda bo 'ladi va rivojlanadi.

Kalitso'zlar: mafkuraviy tahdid, ma'naviyat, milliy mafkura, ijtimoiy taraqqiyot

МЕХАНИЗМЫ УСТРАНЕНИЯ ИДЕОЛОГИЧЕСКИХ УГРОЗ НА ОСНОВЕ ОБЩИХ ОСНОВ ДУХОВНОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Жураев Рузимат Тухтасинович

д.п.н., проф., НамГУ Набиев Бекзод Мухаммадумарович

НамИСИ, преподаватель

АННОТАЦИЯ

Духовность универсальна и распространяется на большинство народов. Отдельный народ не имеет духовности. Духовность - это универсальная добродетель. Но духовное развитие и зрелость не одинаковы в каждом народе. Где человек, там духовность. Чистая нация не имеет духовности, она существует и развивается в связи с другими нациями.

Ключевые слова: идеологическая угроза, духовность, национальная идеология, общественное развитие.

MECHANISMS TO REMOVE IDEOLOGICAL THREATS ON THE BASIS OF THE GENERAL FOUNDATIONS OF SPIRITUALITY IN UZBEKISTAN

Juraev Ruzimat Tukhtasinovich

doctor of sciences, prof., NamSU Nabiyev Bekzod Muhammadumarovich

NamIEC, teacher

Jo'rayev Ro'zimat To'xtasinovich

s.f.d., prof., NamDU Nabiyev Bekzod Muxammadumarovich

NamMQI, o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

ABSTRACT

Spirituality is universal and applies to most peoples. Individual people do not have spirituality. Spirituality is a universal virtue. But spiritual development and maturity are not the same in every nation. Where there is a person, there is spirituality. A pure nation has no spirituality; it exists and develops in connection with other nations.

Key words: ideological threat, spirituality, national ideology, social development.

KIRISH

Umuminsoniy ma'naviyat odamlarning o'zaro iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy aloqalari tufayli vujudga kelgan. Hozirgi kunda urush muammosi butun dunyoga katta xavf solmoqda. Uning xavfi ma'naviyatga salbiy ta'sir qilib insondan yuksak ma'naviy mas'uliyat talab etadi. Eng dolzarb muammolardan biri bu ekologik muammodir. Hozirgi atmosferani turli gazlar bilan zaxarlanishi, Orol dengizining qurib borishi natijasida millionlab gektar yerlarni qum, tuz bosishi, ob-havoning o'zgarishi, o'simliklarni zaharlanishi ham md'naviyatga salbiy ta'sir etuvchi omillardir. Bundan tashqari, dunyoda milliy nigilizm va millatchilikning kuchayishi, urushlar, janjalli voqealar, musulmonlarning musulmonlar tomonidan o'ldirilishi, ushbu ongsizlik ma'naviyatni negativ tomonlaridir. Bular hammasi milliy maxdudlik va ayirmachilik bo'lib, millatchilik, buyuk davlatchilik va irqchilikdan iboratdir. Ammo har bir millatning o'zini milliy hissi va milliy tuyg'usi bo'ladi. Masalan, chet elda o'zbekni o'zbek bilan uchrashuvi, o'zbek tilida so'zlashishi undan ruhlanish hissini uyg'otadi. Har bir xalqni, millatni o'z milliy manfaati bo'lib uni shakllantirish zarur.

Turli tarixiy va ijtimoiy iqtisodiy sharoitlar, jumladan, bir paytlar Respublikamiz hududidan Ipak yo'lining o'tganligi, yagona arab xalifaligining tashkil topganligi bilan fors, arab hamda turk xalqlarining birlashuvi, Buyuk Amir Temur imperiyasining tashkil topishi milliy ma'naviyatlarning o'zaro aloqadorligini vujudga kelishi va rivojlanishi ma'naviy ko'rsatkichlardir. Ayniqsa, hozirgi kunda bozor munosabatlariga o'tish jarayonida millatlararo madaniy-ma'naviy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda.

Milliy va umuminsoniy ma'aviyat, ularning o'zaro munosabati. Har bir xalqning ma'naviyati nafaqat o'zining milliy omillari, shu bilan birga umuminsoniy qadriyatlarning ta'siri natijasida ham amal qiladi) Shu ma'noda, Birinchi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Prezidentimiz I. A. Karimov «Milliy mustaqilligimizni mustahkamlashning ma'naviy axloqiy negizlaridan biri umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik hisoblanadi»1 degan edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Darhaqiqat, milliy ma'naviyatimizning sarchashmalari boshqa xalqlarning eng yuksak qadriyatlarini ijodiy o'zlashtirish an'analari bilan bog'lanadi. Agar ma'naviyatimiz va madaniyatimiz tarixiga shu nuqtai nazardan yondashadigan bo'lsak, o'zbek milliy san'ati, she'riyati, ilmi, o'tmishda arab, fors hatto yunon madaniyatidan bahra olganligiga guvoh bo'lamiz. Demak, milliy va umuminsoniy ma'naviyat to'g'risida gapirish uchun yetarli asoslar mavjud. Mazkur masala ayrimlik va umumiylikka yaqqol misol bo'la oladi. Milliy va umuminsoniy ma'naviyat haqida so'z borganda ham ana shu jihatlar birligini ko'ramiz. Milliy ma'naviyat muayyan elat, xalq va millatga daxldorlikdir. Har bir elat va millatning o'ziga xos, uning milliy ruhiyati, turmush tarzi, tarixiy an'analari va fikrlash qobiliyatlari, tabiatining ifodalaydigan ma'naviyati mavjud. Ma'naviyatning milliyligi masalasi, tabiiyki, uning tarixan shakllanganligi, milliy mazmun, koloritga egaligidir. o'zbek xalqi milliy ma'naviyatini xarakterlaydigan, o'ziga xosligini ko'rsatadigan hususiyatlar quyidagilar.

Yuksak insonparvarlik, bag'rikenglik, mehmondo'stlik, hamma millat va elat vakillariga izzat hurmat ko'rsatish, kattalarga izzat-ikrom, mulohazalilik, sharm-hayolilik, hamdardlik, mahalladoshlik, bolajonlik, xalollik va hokazolar. Bularni yanada umumlashtiradigan bo'lsak, ma'naviyatning xilma-xil jihat qirralari shaklda namoyon bo'ladi. Hayo va andisha, vafo va sadoqat, o'ktamlik va hokisorlik, bosiqlik va halm, farosat va zakovat, balog'at va fasohat, mardonalik va mas'uliyatlilik va boshqalar. Ma'naviyat milliy ong, ijtimoiy ong, mafkura, milliy madaniyat, e'tiqod, imon, milliy g'urur, iftixor kabi tushunchalar bilan yaqin turadi. Ma'naviyat shaxsning o'z-o'zi, o'z huquqini anglashi, belgilashi hamdir.

Millatning ma'naviy qiyofasi uning milliy ongi va ruhiyatida ifodalanadi. Har bir millatning ma'naviy qiyofasi jamiyatning moddiy, ijtimoiy va tarixiy sharoitlarga qarab boyib borishi qonuniy hodisadir. Ma'naviyatning muhim unsuri bo'lgan milliy ong nisbiy mustaqildir, u jamiyatning moddiy va ma'naviy qiyofasini tubdan o'zgartirishga faol ta'sir qilishi mumkin. Milliy ong va uning shakllanishi, eng avvalo, milliy uyg'onish zamirida sodir bo'ladi. Milliy ong va anglash har bir odamdan o'zining qaysi millatga tegishliligi, milliy tarixi, madaniyati, merosi, urf-odatlari, tilini to'g'ri, har taraflama chuqur bilishni talab etadi. Agar milliy mansublik va uning barcha tomonlari kishilar tasarrufida ilmiy asoslangan bo'lsa, milliy o'z-o'zini anglash hisoblanadi. Milliy o'zligini anglash, ilmiy, siyosiy tus olsa va ijtimoiy

1 Каримов И. А. Узбекистоннинг уз истщлол ва таравдиёт йули. - Тошкент: Узбекистан, 1993. - Б. 78.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

harakat uchun qo'llanma darajasiga ko'tarilsa, u shubhasiz milliy mafkuraga aylanadi. Milliy mafkura esa milliy madaniyat, qadriyat va ma'naviyat manfaatlarini himoya qiluvchi asosiy qurol bo'lib xizmat qiladi. Milliy ma'naviyat millatchilik bilan kelisha olmaydi. Millatchilik ma'naviy qashshoqlik alomati, milliy ongning qusuridir. Millatchilik - o'zga, qolaversa, o'z millatiga xiyonat qilish, o'zga millat manfaatini inkor etish, ularni qadriyatini mensimaslik, ularni kamsitish bo'lib, ijtimoiy adovat tug'diradigan illatdir. Shu ma'noda Birinchi Prezidentimiz «ma'naviyatimiz ifodasi bo'lgan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o'xshash unsurlard an, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik ularni kamsitish kayfiyati va qarashlardan mutlaqo xoli»2, deb ta'kidlagan edi.

Odatda, kundalik turmush, ijtimoiy hayot, alohida inson va insoniyat faoliyatida odamzot tomonidan yaratilgan barcha narsalar, mavjud ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy-mafkuraviy hodisalarni qadrli yoki qadrsizligiga qarab baholash yoki munosabat bildirish mumkin. Shu ma'noda, qadriyatni voqelikdagi muayyan hodisalarning inson va jamiyat uchun foydalilik ahamiyatini anglatish uchun ishlatiladigan tushuncha ma'nosida e'tirof etilishini ta'kidlash kerak.

Shuningdek, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida umuminsoniy qadriyatlar transformatsiyasi, xalqaro munosabatlardagi beqarorlikka ekologik tahdidlar, terrorizm xavfining kuchayib borishi, odam savdosi, giyohvand moddalar, yengil o'qotar qurollar, qolaversa, yuqori texnologiyalarning noqonuniy savdosi ham jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlagani kabi, kam sonli millatlarga mansub shaxslar huquqlarining muntazam ravishda buzilishi va murosasizlik bilan bog'liq amaliyotlar nafaqat fuqarolar xavfsizligiga tahdid solmoqda, balki, yanada kattaroq mojaro va zo'rovonliklarga olib kelayotganini barchamiz kuzatmoqdamiz. Buning zamirida etnik va diniy nizolar, tajovuzkor millatchilik, shovinizm va ksenofobiya kabi hodisalar yotibdi»3.

Bugungi O'zbekiston milliy qadriyatlar bilan barobar ravishda umuminsoniy qadriyatlar rivoj topayotgan, ularga keng yo'l ochilayotgan davlatlardan biriga aylanib bormoqda. Mamlakatimizda umuminsoniy qadriyatlarning qadr topishiga qaratilayotgan e'tiborni quyidagilarda ko'rish mumkin:

- «mintaqaviy, xalqaro munosabatlarda O'zbekistonning ochiqlik siyosati;

- yurtimizda erkin va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi yo'lida olib borilayotgan shaffof siyosat;

2 KapHMOB H. A. ^aMHHTHHHr Ma^Rypacu xa^HH xa^K, MH^aTHH MH^aT KH^umra xH3MaT этснн. - TomReHT: Y36eKHCTOH, 1998. - E. 14-15.

3 Mup3HëeB ffl. M. .Rmu Y36eKHCTOHHHHr Taparç^HëT erpaTerHHCH.... - E. 307.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

- davlat boshqaruvidagi sivilizatsiyaviy imkoniyatlar;

- mamlakatimizda «Davlat - inson uchun», «Shaxs - jamiyat - davlat» tamoyillari asosida inson huquqlarini rag'batlantirish, himoya qilish bo'yicha insonparvarlikka asoslangan siyosatning amalda ro'yobga chiqishi;

- davlat organlarining jamiyat fuqarolariga xizmat qilishining samarali vositalarining yuzaga kela boshlashi;

- mamlakatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligiga ustuvor ahamiyat berilishi;

- millatlararo totuvlik va bag'rikenglik siyosatining insonparvarlik g'oyalari bilan uzviy bog'liqligini taxminlash asosida jamiyatda millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik muhitini yuzaga keltirish uchun keng imkoniyatlarning yaratilayotganligi4.

Yuqorida sanab o'tilgan omillar, shubhasiz, mamlakatimizda umuminsoniy qadriyatlarning qadr topishiga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Nabiyev B.M. "Systems of spiritual-ideological propaganda and their reguliarities". Asian journal of Research in social sciences and humanities Vol.11, Issue-12, December 2021.-P.262-271

2. Nabiyev B.M. "Ideological factors of eliminating rhreats to national spirituality". Asian journal of multidimensional research Vol.10, Issue 9, September-2021.

3. Набиев Б.М. "Узбекистонда жамият ижтимоий-сиёсий баркарорлигини мустахкамлашнинг мафкуравий омиллари" СамДУ ахборотномаси. Журнал. №4. Самарканд-2021. -Б.64-68

4. Набиев Б.М. ""Мафкура", "Миллий гоя", "Миллий узликни англаш", "Миллий онг" каби тушунчаларнинг мазмун-мохияти" . НамДУ ахборотномаси. Журнал. №8. Наманган-2022. -Б.179-184

5. Набиев Б.М. "Жамиятда ижтимоий баркарорликни мустахкамлашда маънавиятни урни". Science and education scientific journal. Volume 3, Issue-10 October-2022.-P.570-573

6. Набиев Б.М. "Становление и развитие политико-правовой идеологии". Science and education scientific journal. Volume 3, Issue-5 MAY-2022.

7. Набиев, Б. М. (2023). ГЛOБAЛЛAШУВ ШAРOИТИДA УЗБEКИCТOН ижтимоий-сиёсий бар^арорлигига ТАДДИД СОЛУВЧИ АХБОРОТ

XAВФCИЗЛИГИНИ ТAЪМИНЛAШ: MyAMMO BA EЧИМЛAР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 95-98.

4 https://e-library.namdu.uz/71%2020oya.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.