Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA MA’MURIY SUDLARNING TAKOMILLASHIB BORISHINING HUQUQIY ASOSLARI'

O’ZBEKISTONDA MA’MURIY SUDLARNING TAKOMILLASHIB BORISHINING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
26
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
sud vakolatlari / taraflar / ma’muriy sudlar / strategiya / ma’muriy yustisiya.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Solieva H.M., Umirzakova M.R.

Mazkur maqolada 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi asosida sudlarining vakolatlarini qayta ko’rib chiqish yo’li bilan Ma’muriy sudlarni tashkil etishning huquqiy asoslari yoritilgan. Ma’muriy yustitsiyaning ommaviy xarakterdagi nizolarni hal etishga qaratilgan tashkiliy huquqiy mexanizm hamda har bir shaxsga huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishdek konstitutsiyaviy huquqlarni ta’minlashga xizmat qilishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA MA’MURIY SUDLARNING TAKOMILLASHIB BORISHINING HUQUQIY ASOSLARI»

Solieva H.M.

Andijon viloyatyuridik texnikumi mutaxasislik fani o 'qituvchisi 3-darajali yurist

Umirzakova M.R.

Namangan Davlat Universiteti doktaranti

O'ZBEKISTONDA MA'MURIY SUDLARNING TAKOMILLASHIB BORISHINING HUQUQIY ASOSLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi asosida sudlarining vakolatlarini qayta ko'rib chiqish yo'li bilan Ma'muriy sudlarni tashkil etishning huquqiy asoslari yoritilgan. Ma'muriy yustitsiyaning ommaviy xarakterdagi nizolarni hal etishga qaratilgan tashkiliy huquqiy mexanizm hamda har bir shaxsga huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudgashikoyat qilishdekkonstitutsiyaviy huquqlarni ta'minlashgaxizmat qilishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: sud vakolatlari, taraflar, ma'muriy sudlar, strategiya, ma'muriy yustisiya.

Solieva H.M. specialist subject teacher 3rd level lawyer Andijan regional legal technical school

Umirzakova M.R. doctoral student Namangan State University

LEGAL BASIS FOR THE IMPROVEMENT OF ADMINISTRATIVE

COURTS IN UZBEKISTAN

Annotation. This article deals with the establishment of Administrative Courts by reviewing the powers of the courts on the basis of the Action Strategy for the Development of the Republic of Uzbekistan for 2017-2021. Administrative interaction of justice with administrative bodies of individuals are legal entities to resolve disputes of a mass character that arise in a relationship the rights and duties of each person in the organizational, legal and protection of their freedoms through the court, state bodies, officials, appeal to the court over the wrong actions of Public Associations to serve the constitutional rights as a mean of providing coverage.

Keywords: jurisdiction, parties, conciliation agreements, strategy.

Dolzarbligi bugungi kunda Respublikamizda ma'muriy yustitsiyaga alohida ehtibor berilmoqda. Xususan, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining ahamiyati katta bo'lib, fuqarolik, jinoyat ishlari bo'yicha sudlar va xo'jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko'rib chiqish yo'li bilan ma'muriy sudlarni tashkil etish nazarda tutildi. Konstitutsiyamizga 2017 yil 6 aprelda sud tizimiga oid o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib ma'muriy sudlar tashkil etildi [2]. «O'zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida» gi 2017 yil 8 sentyabrdagi farmonga binoan ma'muriy yustitsiya tizimini yanada takomillashtirishga e'tibor qaratildi. Ma'muriy sudlarning tashkil eg'tilishi 2018 yil 8 yanvarda O'zbekiston Respublikasining «Ma'muriy tartib taomillar to'g'risida»gi Qonuni va 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksi bilan mustahkamlab qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-sonli «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo'yicha, jinoyat ishlari bo'yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudg'yalarning qathiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo'yicha alohida sudlov hayhatlarini tashkil etgan holda Qoraqolpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiktsiya sudlarini tashkil etilib, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatini ma'muriy sudlardan jinoyat ishlari bo'yicha sudlarga o'tkazildi. Xalqaro miqyosdagi tajribalar, jarayonlar va mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalari chuqur tahlil qilgan holda «inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimiz farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so'zsiz tahminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilash maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi kungi PF-60 sonli farmoni bilan 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Jumladan, taraqqayot strategiyasining ikkinchi yo'nalishi «mamlakatimizda adolat va qonun ustivorligi taraqqayotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish» deb nomlandi. Ushbu farmon bilan davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samaralisud nazoratini o'rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida, ma'muriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko'rib chiqish mexanizmini takomillashtirish orqali sud nazoratini qo'llash sohasini kengaytirishga alohidaahamiyat berildi.

Material va metodlar Ishda tadqiqot va bilishning mantiqiy, qiyosiy-huquqiy, tizimli, tarixiy-huquqiy, tahlil va sintez usuli kabi umumiy ilmiy va maxsus usullaridan foydalanilgan.

Tadqiqot natijalari 2022 yil 29 yanvarg' kungi «Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining samarali

himoya etilishini ta'minlash hamda aholining sudlarga bo'lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-107 sonli qarori qabul qilindi. Mazkur normativ hujjatlar asosida olib borilayotgan islohatlarning samarasi ma'muriy sudlarning maqsad va vazifalari, ma'muriy yustitsiya haqida fuqarolarimiz tomonidan yetarlicha bilim va tasavvurning mavjud bo'lishiga bog'liqdir.

Konstitutsiyamizning 44-moddasida har bir shaxsning o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayri qonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi belgilab qo'yilgan [2].

Ma'muriy yustitsiya-jismoniy va yuridik shaxslarning ma'muriy organlar bilan o'zaro munosabatlarida vujudga keladigan ommaviy xarakterdagi nizolarni hal etishga qaratilgan tashkiliy huquqiy mexanizm hamda har bir shaxsga huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishdek konstitutsiyaviy huqlarni ta'minlashga xizmat qiladi.

Xorijiy davlatlar tajribasiga ko'ra Germaniya, AQSH, Rossiyada ma'muriy yustitsiya uch xil modelda tashkil etilganligini ko'rish mumkin. Ya'ni ma'muriy yustitsiyaning umumiy, kvazi, maxsus sudlov shakllari amal qiladi.

Germaniya sud tizimi: konstitutsiyaviy sudlar, umumiy sudlar (fuqarolik va jinoyat ishlari sudlarini o'z ichiga oladi), ma'muriy sudlar, mehnat sudlari, ijtimoiy sudlar, moliyaviy sudlarga bo'linadi. Germaniya sudlarining o'ziga xosligi ularning ixtisoslashganligidadir. Masalan, ma'muriy sudlar moliyaviy, itimoiy va konstitutsiyaviy huquqbuzarliklarda boshqa barcha huquqiy munosabatlar bo'yicha ishlarnni ko'rib chiqadi, umumiy sudlar esa jinoiy, fuqarolik, oilaviy va mulkiy masalarga oid isharni ko'radi, mehnat sudlari ishchilar va korxonalar o'rtasidagi munosabatlarni hal qiladi, ijtimoiy sudlar ijtimoiy xavfsizlikka oid ishlar, xususan, sog'liqni saqlash, sug'urta, pensiya va boshqa ijtimoiy ta'minotga oid masalarni hal etadi, moliyaviy sudlar esa soliq va yig'imlarga taalluqli ishlarni ko'radi [8].

Tadqiqot natijalari tahlili O'zbekiston sud tizimiga Germaniyada takidlangan sud tarmoqlarini kengaytirish va ixtisoslashtirish hamda ishni ko'rib chiqayotgan sudya va xalq maslahatchilarining mavqeyi hamda professional bilimiga qo'yiladigan talablar oshirilishi tadbiq etilganiligini ko'rishimiz mumkin. Aynan yangi tahrirdagi «Sudlar to'g'risida» gi qonunning 4-moddasi bilan sudlarga yuklatilgan vazifalar doirasi kengaytirildi [5]. Endilikda sudning asosiy vazifalariga fuqarolarning Konstitutsiya va boshqa qonunlar, xalqaro shartnomalarda, shuningdek inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklari bilan birga davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish kiritildi. Germaniya sud tizimida mavjud ma'muriy sudlarning respublikamizda tashkil etilishi va sud ishlarini yuritish jarayonida sudyalarning yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya

qilish kabi vazifalarining belgilanishi ma'muriy sudlarning odil sudlov ins tituti sifatida shakllanishiga asos bo'ladi.

Germaniya kabi Yaponiya tajribasi ham o'rganildi. Xususan, Yaponiyaning "Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risida"gi qonuniga muvofiq, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma'muriy ishlarni birinchi instansiya sudlari sifatida okrug sudlari ko'rib chiqishishi, umumiy yurisdiksiya sudlari (summary courts) jarima yoki boshqa yengilroq bo'lgan jazo tayinlanadigan huquqbuzarliklar bo'yicha ishlarni ko'rib chiqishi kuzatildi.

Germaniyada ma'muriy sudlarning vazifasi Federal ma'muriy sud boshchiligida boshqaruv jarayonida fuqarolar huquqlariga rioya qilish masalasi bo'yicha davlat xizmatchilari ustidan fuqarolarning da'vo arizalari, davlat xizmatchilarining o'z huquqlari masalasi bo'yicha nizolari, atrof-muhit muhofazasi masalalari, ma'muriy hududiy birliklar o'rtasidagi nizolarni ko'rib chiqadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning hukumat hujjatlari ustidan shikoyatlarini ko'rib chiqish orqali, ommaviy-huquqiy xarakterdagi nizolarni hal qiladi. Mazkur sudlar fuqarolarni davlat hokimiyati organlari bilan o'zaro munosabatlarda himoya qilishga xizmat qilishadi. Shunday qilib, Germaniyada ma'muriy sudlar tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqilmaydi [8]. Nizo, eng avvalo, yuqori turuvchi ma'muriy organ tomonidan ko'rib chiqiladi. Agar fuqaro qabul qilingan qarordan norizo bo'lsa, ma'muriy sudga murojaat qilishi mumkin. Bu bir tarafdan ma'muriy sudlarning ish hajmining ortib ketmasligiga sabab bo'lsa, ikkinchi tarafdan esa ma'muriy organlarning ommaviy-huquqiy tusdagi nizolarni ko'rib chiqishdagi faolligining ortishiga sabab bo'ladi.Hozirgi kunda Germaniya ma'muriy sudlarining tizimi O'lka ma'muriy sudi, O'lka oliy ma'muriy sudi, Federal ma'muriy sudidan iborat. Ma'muriy sudlarni tashkil etishga munosabatlar 1960 yilda qabul qilingan «Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlar to'g'risida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Shu yilda qabul qilingan «Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risida»gi qonun bilan ishlarni ma'muriy sudlar tomonidan ko'rib chiqilishiga doir protsessual munosabatlarni tartibga soladi.(Aynan respublikamizda sud huquq tizimiga juda yaqin masalan, MSIYutK amalga joriy etilishi, ma'muriy sudlarning tashkil etilishi kabi -M.U.) Fransiyada ma'muriy sudlar, Germaniya ma'muriy sudlari singari, fuqarolarning shikoyatlari asosida faqat davlat organlarining ma'muriy aktlari qonuniyligini tekshirishadi va ommaviy-huquqiy xarakterga ega bo'lgan sud ishlarini olib borishga ixtisoslashgan.

Rossiya Federatsiyasida ham ma'muriy yustitsiyaning umumiy sudlov shakli amal qiladi. Unga ko'ra ommaviy-huquqiy nizolar ixtisoslashmagan, ya'ni umumiy yurisdiktsiya sudlari tomonidan ko'rib chiqib hal etiladi hamda alohida qonunchilik bilan tartibga solinadi. Bu boradagi odil sudlov Rossiya Federatsiyasining 2015 yil 8 martdagi ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksiga asoslanib olib boriladi. Rossiya Federatsiyasida ma'muriy sudlarni tashkil etish bo'yicha takliflar berilib «2023 yilgacha bo'lgan davrda

umumiy yurisdiktsiya sudlarini rivojlantirish va ularning faoliyatini tashkiliy tahminlashni takomillashtirish bo'yicha Dastur» tasdiqlangan [6].

Olimlardan A. Vlasov ixtisoslashtirilgan sudlargina ma'muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko'rib chiqishi mumkinligini bildiradi [7]. Uning fikrini olimlardan A. Sapojnikov «ma'muriy sudlarni tashkil etish qonun chiqaruvchining konstitutsiyaviy burchi bo'lib, bu konstitutsiyadagi qoidani mustahkamlagan holda Rossiyani umumevropa standartlari darajasiga olib chiqadi»- deya qo'llab quvvatlaydi. Olimlardan A. Chirinov sudyalarni ma'muriy ishlarga ixtisoslashtirishni taklif etib, Rossiya Federatsiyasida ma'muriy sudlarni tashkil etishning zarurati yo'q ekanini Angliya va AQSH singari davlatlarda ixtisoslashgan ma'muriy sudlar bo'lmasa-da, bu davlatlarda inson huquqlarining himoyasi ixtisoslashgan ma'muriy huquq mavjud bo'lgan Germaniyadan kam darajada emasligi bilan izohlaydi. AQSHda esa ijro xokimiyati organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlari qonuniyligi ustidan nazoratni tahminlaydigan kvazi sudlar yoki tribunallar tashkil etilgan. Kvazi turdagi sudlarga 1969 yilda tashkil etilgan Soliq ishlari bo'yicha Qo'shma Shtatlar sudi misol bo'la oladi. 1950 yilda tashkil topgan Qurolli kuchlar ishlari bo'yicha apellyatsiyaviy sudi birinchi instantsiya sifatida harbiy tribunallar tomonidan ko'rib chiqilgan ishlar bo'yicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan kelib tushadigan ishlarni ko'rib chiqadi. 1988 yilda asos solingan Veteranlar da'vosi bo'yicha Qo'shma Shtatlar apellyatsiyaviy sudi veteranlar shikoyatini ko'rib chiquvchi hayhatning qarorlarini ko'rib chiqish vakolatiga ega. Ijro etuvchi hokimiyat tarmog'idagi davlat boshqaruvi organlari tarkibida tashkil etilgan tribunallarda 1300 nafardan ortiq ma'muriy nizolar bo'yicha sudg'yalar faoliyat olib boradi [6].

Xulosa ma'muriy yustitsiya jismoniy va yuridik shaxslarning ma'muriy organlar bilan o'zaro munosabatlarida vujudga keladigan ommaviy-huquqiy xarakterdagi nizolarni xal etishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizm bo'lib, milliy va xorijiy mamlakatlarlar tajribasi uni uch xil shaklda, ya'ni umumiy sudlov shakli, kvazi sudlov shakli, maxsus sudlov shaklida tashkil etish mumkin ekanligini ko'rsatdi. Bugungi kunda esa, ma'muriy sudlar tizimini optimallashtirish maqsadida tuman ma'muriy sudlarini tumanlararo sudlarga aylantirildi, qonun hujjatlariga xorijiy tajribalarni o'rganish, tahlil qilish natijasida o'zgartirishlarning kiritilishi ma'muriy sudlarning ish hajmi kamayishiga olib keldi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko'rib chiqish samaradorligi esa yanada oshirildi.

Ma'muriy sudlarning respublikamizda tashkil etilishi va sud ishlarini yuritish jarayonida sudyalarning yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish kabi vazifalarining belgilanishi ma'muriy sudlarning odil sudlov instituti sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 2021 y., (www.Lex.uz)

[The Constitution of Republic of Uzbekistan 2021.]

2. Mirziyoyev Sh.M. "O'zbekiston Resoublikasini yanada rivojlantirish bo'yivcha Xarakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to'plami, 2017 y., (www.Lex.uz) [Mirziyoyev Sh.M. "On the Strategy of Actions for the Further Development of the Republic of Uzbekistan". Collection of Legislation of the Republic of Uzbekistan, 2017]

3. Mirziyoyev Sh.M. "O'zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to'grisida"gi 2017 yil 8 sentabrgi Farmoni.

[Mirziyoyev Sh.M. Decree of September 8, 2017 "On approval of the Concept of administrative reform in the Republic of Uzbekistan"]

4. Mirziyoyev Sh.M. "Sudlar faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-sonli farmoni. 2020 y., (www.Lex.uz)

[Mirziyoyev Sh.M. Decree PF-6034 of July 24, 2020 "On additional measures to improve the functioning of the judiciary and increase the efficiency of justice." 2020 y]

5. O'zbekiston Respublikasining "Sudlar to'g'risida"gi Qonuni. 2021 y. [Law of the Republic of Uzbekistan "On Courts". 2021 y.]

6. Qosimov B. Ma'muriy yustitsiya va uni tashkil etish shakllari: milliy va xorijiy tajriba// Yuridik fanlar axborotnomasi. 2018 y. №2. -B. 20-23.

[Kasimov B. Administrative justice and forms of its organization: national and foreign experience // Bulletin of legal sciences. 2018 y. №2. -B. 20-23.]

7.Власов А.В. Какой будет административная юрисдикция?// Российская юстиция.-2002.-№11.-С.17., Cапожников А.И. К вопросу о создании административной юстиции в РФ//Адвокатская практика.-2008.-№1.-С.42-44., [Vlasov A.V. What will be the administrative jurisdiction? // Russian justice.-2002.-№11.-p.17., Sapozhnikov A.I. On the issue of creating administrative justice in the Russian Federation//Lawyer practice.-2008.-№1.-p.42-44]

8. Saidov A.X. Huquq metafizikasi, davlat huquqi va adabiyoti. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi. Toshkent, 2016 y. -648-bet. [Saidov A.X. Metaphysics of law, state law and literature. National Center for Human Rights of the Republic of Uzbekistan. Tashkent, 2016 page 648]

9. Shayzakov Sh. Ma'muriy sud ishlarini yuritishda taraflarning huquqiy maqomi// Huquq va burch. 2021 y. №4.-B.47.

[Shayzakov Sh. Legal status of the parties in administrative proceedings //Law and duty. 2021 y. №4.- p.47.]

10. Muratayev S.A., Musaev B., Artikov D. Ma'muriy huquq va protsess. Darslik. T.: Yuridik adabiyotlar. Publish, 2022 y. -392 bet. [Muratayev S.A, Musaev B., Artikov D. Administrative law and procedure. Textbook. T.: Legal literature. Publish, 2022 y. page-392]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.