Ismoilov A.B.
Jizzax viloyati, yuridik texnikumi, Ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi
OZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI TA'MINLASH - HUQUQIY ISLOHOTLARNING BOSH MAQSADI
Annotatsiya: Inson huquqlarini ta'minlash yangi tashkil topgan har qanday mustaqil davlatning ustuvor maqsadi hamda siyosatining asosiy qadriyatlaridan biriga aylanishi isbot talab etmaydigan holatdir. Vaholanki, hozirgi globallashuv jarayonining ijobiy xususiyatlaridan biri jahon siyosiy xaritasida demokratik prinsiplarga muvofiq ravishda shakllanayotgan suveren davlatlar tizimini kengaytirishga qaratilganligidir. Ushbu maqola inson huquqlarini ta 'minlash - huquqiy islohotlarning bosh maqsadi haqida tayorlangan.
Kalit so 'zlar: O 'zbekiston, inson, huquq, islohotlar, Oliy majlis.
Ismailov A.B. teacher
Department of Public Legal Sciences Jizzakh Region, Legal Technical College
ENSURING HUMAN RIGHTS IN UZBEKISTAN - THE MAIN OBJECTIVE OF LEGAL REFORMS
Abstract: It is a fact that the provision of human rights becomes one of the main goals and main valuesof the policy of any newly formed independent state. However, one of the positive features of the current globalization process is that it is aimed at expanding the system of sovereign states that are being formed in accordance with democratic principles on the world political map. This article is written about the main goal of legal reforms - ensuring human rights.
Key words: Uzbekistan, human, law, reforms, Oliy Majlis.
Huquqiy islohotlarning muhim jihatlaridan biri - bu inson huquqlarini ta'minlash sohasida xalqaro huquqiy hujjtlarga asoslangan milliy qonunchilikni takomillashtirishdir. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengash 1991 yil 30 sentyabrda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ratifikatsiya qildi. Inson huquqlarining qomusiy me'yori hisoblangan mazkur hujjatning milliy qonunchilik doirasida tan olinishi mamlakatimizning davlat mustaqilligini e'lon qilishdek tarixiy jarayon bilan parallel tarzda yuz berdi. Ushbu jihat yana bir bor belgilangan davlat siyosatining izchilligi va ustuvorligidan dalolat beradi.
O'zbekiston parlamenti bugungi kunga qadar inson huququlariga oid 70 dan ortiq asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlardan 50 ga yaqinini ratifikatsiya qildi.
Biroq, xalqaro-huquqiy hujjatlarning milliy qonunchilik doirasida ratifikatsiya qilinishi - bu xalqaro huquq normalarining milliy huquqiy tizim doirasida implementatsiya qilishning ilk bosqichi hisoblanadi. Ushbu hujjat qoidalarini amalda tatbiq etilishi mexanizmini yaratish, amaliy va tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish ushbu jarayonning mantiqiy davomi tarzida ko'rilishi mumkin.O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari sohasida o'zi ishtirokchi bo'lgan xalqaro shartnomalar hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1993 yil Vena shahrida bo'lib o'tgan Inson huquqlari bo'yicha ikkinchi umumjahon anjumanining qarorlarini bajarish maqsadida inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar tizimini yaratishga jiddiy e'tibor qaratdi. Xususan, mustaqillik yillarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi va boshqa shu kabi tegishli nohukmat va hukumat organlari tashkil topdi. Mazkur institutlarni inson huquqlarini muhofaza qilish an'anaviy vakolati hisoblangan davlat organlari faoliyatida muvozanatni ta'minlovchi o'ziga xos muqobil kuch sifatida ko'rish mumkin. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov inson huquqlarini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy muammolari to'g'risida so'z yuritib, inson huquqlari sohasida Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, inson huquqlarini himoya qiladigan davlat va jamoat tashkilotlarining yaxlit tizimini barpo etish lozimligini alohida ta'kidlab o'tdi2. Inson huquqlarini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini xalqaro me'yorlarga asoslangan hamda nohukmat va hukumat institutlarining o'zaro uzviy aloqasiga tayangan holda takomillashtirish inson huquqlarini amalda ta'minlanishining muhim kafolati hisoblanadi. Holbuki, inson huquqlarini kafolatli ta'minlashda faqatgina ularni tegishli qonunchilik hujjatlarida mustahkamlab qo'yilishining o'zigina etarli bo'lmaydi. Buning ikki xil oqibatini kuzatishimiz mumkin. Birinchidan, de-yure amaldagi qonunchilikda tegishli qoidalar belgilab qo'yiladi biroq de-fakto undan foydalanish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilmaydi. Uzoqqa bormasdan bunga misol sifatida sobiq ittifoqda inson huquqlari sohasida hukmron bo'lgan vaziyatni keltirishimiz mumkin. Ikkinchidan, milliy qonunchilik hujjatlarining o'zida inson huquqlarini poymol etmaslik qonuniy jihatdan mustahkamlab qo'yilishi mumkin. Misol uchun Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) o'zining yaqin tarixida ko'pchilikning erki irodasiga qarshi, xalqaro me'yorlarni inkor etib va ularga zid ravishda qora tanli insonlarning huquqlarini qonun darajasida cheklab qo'ygan edi. Amaldagi qonunchilikda irqiy, etnik kamsitish, tahqirlash yaqqol namoyon bo'lgan edi. Shu bois ham xalqaro huquq normalari, nohukmat tashkilotlar kabi muqobil omillarni inson huquqlari sohasidagi milliy qonunchilik shakllantirishda va huquqiy amaliyotda tegishli ravishda inobatga olinishi shaxs manfaatlariga to'liq mos keladi.
: KapHMOB H.A, Y36eKHCTOH XXI acpra HKimMO^aa. - T.: y36eKHCTOH, 1999. - 29-30-6eraap
O'zbekistonda milliy qonunchilikning o'ziga xos xususiyatlaridan biri -bu inson huquqlari omilining oliy siyosiy-huquqiy qadriyat sifatida belgilanganligidir. Ushbu qoida mamlakatimizda olib borilayotgan huquqiy islohotlarning mazmun va mohiyati hamda ustuvor yo'nalishlarini belgilashda muhim o'rin tutadi. Avvalari manfaatlar yoki huquqlar ustuvorligi birinchi navbatda davlat manfaatlariga berilgani ma'lum. Mazkur manfaatlar jamoat manfaatlari deb belgilansada, inson va jamiyat manfaatlari bo'ysundirilgan holatda bo'lib, doim ham shaxs erkinligi, jamiyat a'zolari huquqlari inobatga olinmagan. Afsuski bir necha o'n yillar mobaynida insonlar dunyoqarashida shakllanib ulgurgan qator salbiy illatlar ijtimoiy munosabatlarda, mavjud voqelikda ham o'z aksini topmoqda. «Ming afsuski, - deb yozadi I.A.Karimov, -Konstitutsiyamizda o'z echimi va qarorini topgan eng muhim talab - inson huquqining davlat huquqidan ustuvorligi tamoyili amaldagi qonunchiligimizda, davlat va huquqiy-ma'muriy idoralar faoliyatida o'z tasdig'i va ijrosini to'liq topolmayapti. Amaliyotda biz ko'proq eski kayfiyatda, ya'ni ko'proq davlat manfaatlarini ko'zlab, davlat manfaatlarini qo'riqlab ish tutmoqdamiz. Inson manfaatlari huquqiy tajribamizda eng yuksak va eng ustun qadriyat bo'lishini barchamizning ongimizga singdirish juda-juda og'ir kechmoqda»3.
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan asosiy strategik yo'nalishlarni belgilab berdi.
Bular: birinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini yaratish;
ikkinchidan, inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillari va normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish;
uchinchidan, qabul qilingan qonunlarga og'ishmay amal qilish mexanizmini ishlab chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta'minlash;
to'rtinchidan, sudlov islohotini amalga oshirish yo'li bilan sud tizimini dekmokratlashtirish;
beshinchidan, aholi, ayniqsa, yoshlar va mansabdor shaxslar o'rtasida huquqiy tarbiyaishlarini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish. Mazkur yo'nalishlarning har biri jiddiy tahlilni, mansabdor shaxslardan adolat va qonuniylikka qat'iy rioya etishni, fuqarolardan fuqaroviy tashabbus, o'z burch va majburiyatlariga ma'suliyat bilan yondashishni talab etadi. Belgilab berilgan vazifalar jamiyat va shaxs ongida, uning qarashlarida tub o'zgarishlar amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Chunki inson huquqlarini ta'minlash va kafolatlashning samarali mexanizmini yaratmasdan turib, hattoki iqtisodiy o'sishga yoki jamiyat siyosiy hayotida erkinlikka erishishning ham aslo iloji yo'q. Barcha narsa borib, jamiyat tarkibiy qismining eng kichik va shu bilan birga eng muhim elementi sanalgan
3 И.А.Каримов. Биз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз. 7-том. - Т.: «Узбекистан», 1999. - 249-250-бет.
shaxs erkinligi omiliga borib taqaladi. Shaxs-jamiyat-davlat mantiqiy tizimi inson omiliga etarli e'tibor bermasdan turib, jamiyatning ravnaqi va erkinligi, davlatning barqaror faoliyat yuritishini ta'minlashning imkoni yo'qligidan dalolat bermoqda. Ya'ni huquqiy islohotlarning boshlang'ich nuqtasi - bu tom ma'noda inson huquqlari va qonuniy erkinliklaridir. Inson huquqlarining ta'minlanganligi va kafolatlanganligi darajasi - bu davlatning demokratik rivojlanishi darajasining o'ziga xos ko'rsatkichi sanaladi.
Inson huquqlari - konstitutsiyaning muhim tarkibiy qismidir. Konstitutsiyaga muvofiq inson va davlat munosabatlarida ustuvorlik shaxsga beriladi. Konstitutsiya qoidalarini tahlil etib, undan inson huquqlari mazmun va mohiyatini belgilab beruvchi quyidagi muhim xususiyatlarni ajratib ko'rsatish mumkin. Avvalombor inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish davlatning alohida majburiyati ekanligiga urg'u berib o'tish lozim. Ikkinchidan, Asosiy qonunda o'z tasdig'ini topgan inson huquqlari va erkinliklari ro'yxati asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlar qoidlariga muvofiq keladi. Ushbu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, inson huquqlari sohasida milliy qonunchilikka nisbatan xalqaro huquq normalarining ustuvorligi belgilab qo'yilgan. Uchinchidan, Konstitutsiya qoidalarida tabiiy huquq nazariyasi o'z ifodasini topdi. Har bir inson tug'ilganidan muayyan huquqlarga ega bo'lishi qoidasi mustahkamlab qo'yildi. To'rtinchidan, barchaning qonun oldida tengligi va eng muhimi Konstitutsiyada fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasiga ega bo'lishlari qoidasi o'z tasdig'ini topdi. Beshinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlariga daxl qilmasligi qoidasi mustahkamlab qo'yildi4.
Inson huquqlari - oliy ne'matdir. Ular ichida salmoqli o'rin kasb etuvchi huquqlar tizimi - bu shaxsiy huquqlardir. Shaxsiy huquqlarning ehromida esa insonning yashash huquqi joy olgan.Huquqiy islohotlar va inson huquqlarini ta'minlashda, samaradorlikni erishishda shaxsning erkinligi omili muhim o'rin tutadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasida insonning erkinligi va shaxsi daxlsizligi belgilab berilgan. Insonning ma'lum bir noqonuniy xatti-harakati uchun uning erkinligini cheklash, boshqacha aytganda qamoqqa olish keng tarqalgan jazo turlaridan biri hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsni qamoqqa olishda prokuror ruxsati huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. Biroq, O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlangan davlatlar amaliyoti ushbu vakolatni sud organlariga taqdim etish huquqiy islohotlarning muhim yutuqlaridan biri bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Sud ijtimoiy nizolar, buzilgan huquqlarni tiklash, turli xil jinoyat -protsessual, fuqarolik-protsessual nizolarni hal etuvchi organ sifatida, o'rni huquqiy islohotlarni amalga oshirish davomida ortib boradi. Sudning inson huquqlarini ta'minlashdagi vakolatlari doirasini kengaytirish nafaqat bevosita odil sudlovni amalga oshirish bosqichiga, balki sudgacha bo'lgan jarayonga,
4 Саидов А., Тожихонов У. Давлат ва хукук назарияси: икки жилдли. 2-жилд.Хукук назарияси - Т.: Узбекистан Республикаси ИИВ академияси, 2001. - 447-бет.
ya'ni dastlabki surishtiruv, tergov organlari faoliyatiga ham taalluqli bo'lishi lozim. Xususan, tintuv o'tkazish, mulkni hibsga olish, ayblanuvchini vaqtincha lavozimdan bo'shatish kabi protsessual xatti-harakatlarga nisbatan. Mazkur o'rinda jinoyat-protsessual qonunchiligida jinoyat odil sudlovini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan taqdim etilayotgan shikoyatlarni sud tartibida ko'rib chiqishqiladi. Shaxsning huquqlari chegarasini kengaytirib borish olib borilayotgan huquqiy, xususan, jinoyat-huquqiy islohotlarning muhim jihatlaridan biri sifatida belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. "Konstitutsiyaning himoya kuchi" mavzusidagi huquqiy maqolalar tanlovi natijasi Tashabbus loyihasi 2016-yil dekabr oyida O'zbekiston Republikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligiga...
2. Majburiy paxta yig'im-terimiga qarshi huquqiy qo'llanma - Qisqa varianti O'zbekistonda paxta terimi boshlandi. Har yilgidek, joriy mavsumda ham davlat...
3. Konstitutsiyaning 24 yilligi munosabi bilan amnistiya to'g'risida qaror e'lon qilindi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2016-yil 12-oktabrda "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul...
4. https://www.uzairways.com/uz/