Научная статья на тему 'O’zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarish'

O’zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
161
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
davlat tashqi qarzi / davlat byudjeti / moliya bozori / global iqtisodiyot / investitsiya faoliyati / korxonalar moliyasi / moliyaviy rejalashtirish / valyuta siyosati / devalvatsiya / revalvatsiya / to‘lov balansi / yalpi ichki mahsulot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Akbar Aqmirzayevich Shernayev

Maqolada tashqi qarzlaridan yanada samarali foydalanish uchun uning mamlakatdagi holati hamda amaliyoti tahlili, shuningdek, xorijdagi mamlakatlar amaliyoti tahlilini amalga oshirish, davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish, asosiy omillarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarish»

O'zbekistonda davlat tashqi qarzini samarali boshqarish

Akbar Aqmirzayevich Shernayev Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Maqolada tashqi qarzlaridan yanada samarali foydalanish uchun uning mamlakatdagi holati hamda amaliyoti tahlili, shuningdek, xorijdagi mamlakatlar amaliyoti tahlilini amalga oshirish, davlat tashqi qarzini samarali boshqarishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo'llarini topish, asosiy omillarni o'rganish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: davlat tashqi qarzi, davlat byudjeti, moliya bozori, global iqtisodiyot, investitsiya faoliyati, korxonalar moliyasi, moliyaviy rejalashtirish, valyuta siyosati, devalvatsiya, revalvatsiya, to'lov balansi, yalpi ichki mahsulot

Effective management of public foreign debt in Uzbekistan

Akbar Akmirzayevich Shernayev Tashkent Financial Institute

Abstract: In order to use foreign debt more efficiently, the article will analyze the state and practice of foreign debt in the country, as well as analyze the practice of countries abroad, identify the problems that arise in the effective management of the state's foreign debt and find ways to eliminate them, study the main factors. scientific and practical recommendations are given.

Keywords: state external debt, state budget, financial market, global economy, investment activity, enterprise finance, financial planning, currency policy, devaluation, revaluation, balance of payments, gross domestic product

O'zbekistonda davlat qarzi oxirgi yillarda sezilarli o'zgarishlarga yuz tutdi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish asnosida davlat qarziga bo'lgan zamonaviy yondashuvlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekistonning mustaqil tarixida ilk bora yevroobligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi va shu orqali xorijiy mablag'larni jalb etishga erishildi. Jahon amaliyotidan ma'lumki, davlat qarzi jalb etilishining asosiy omili iqtisodiyotning moliyaviy resurslarga bo'lgan talabini qondirish, jumladan, hukumatning kafolatini amalda ko'rsatishdir. Davlat qarzi hukumat kafolati asosida mablag' jalb etilishi bilan nafaqat iqtisodiyot qo'llab-quvvatlanadi, balki davlatning bosh islohotchiligi o'zining aksini topadi. Davlat qarzini boshqarishdagi asosiy omil -

bu uni qiymat yaratadigan tarmoqqa joylashtirish va iste'molni oshirishdan iborat bo'lib, to'gridan-to'g'ri iste'molga yo'naltirilishi maqsadga muvofiq bo'lmaydi.

Iqtisodiyotning strategik yo'nalishlarida investitsion loyihalar uzoq muddatli davr bilan amalga oshirilishi va mos ravishda mablag'lar ham uzoq muddatga talab etilishi ma'lum. Mamlakatimiz amaliyotida qisqa muddatli davrga mo'ljallab mablag'lar jalb etish tendensiyasi uzoq muddatga mo'ljallangan markazlashgan investitsion faoliyatlarni moliyalashtirishni qimmatlashtiradi. Sababi, qisqa muddatli davrda birinchidan, foizlar yuqori bo'ladi, ikkinchidan, qisqa muddatda qaytarilishi soliq yukini oshirishga sabab bo'ladi. Shu nuqtai nazardan, davlat ichki manbalari -obligatsiyalar orqali mablag'lar jalb etganda uzoq muddatli amaliyotlarga e'tiborni kuchaytirish lozim bo'ladi.

O'zbekiston davlat qarzini jumladan, davlat tashqi qarzni boshqarishda ilk marotaba 2019-yilda O'zbekiston Respublikasining 589-sonli qonuni1 qabul qilinishi bilan huquqiy asos yaratildi. Keyingi yillarda har yili davlat byudjeti to'g'risidagi qonun qabul qilinib, davlat tashqi qarzining qat'iy belgilangan miqdorlari belgilab borilmoqda. Ammo, ushbu davlat tashqi qarzini belgilangan miqdori ya'ni me'yori mamlakatda doimiy barqarorlikni saqlab turishga to'liq imkon bermaydi. Sababi, iqtisodiyotdagi prognozlar har doim ham turli vaziyatlar hisobiga har doim ham o'zini oqlashi kuzatilmagan. Masalan, 589-sonli qonunning 2-ilovasida 2020-2021-yillarda yalpi ichki mahsulotning o'sishi mos ravishda 5,5 va 5,8 foiz bo'lishi rejalashtirilgan edi. Mazkur prognozlarni belgilashda iqtisodiy inqirozlarning yuz berishi inobatga olinishi murakkab holat hisoblangan. Shu boisdan, 2020-yil birinchi choragidan boshlab jahon iqtisodiyotida COVID-19 (koronavirus kasalligi) yuzaga kelishi bilan iqtisodiy inqiroznning yuzaga kelishi boshlandi. 2020-yilda qarz inqirozidan o'zgacha tusga ega bo'lgan, boshlanishidan iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili - bu pandemiya ekanligini kuzatishga to'g'ri kelmoqda. Natijada, iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo'yicha ayrim siganallar yuzaga keldi. Bulardan asosiysi - yalpi iste'molning tushib ketishi va yalpi taklifning to'xtashi bilan bevosita bog'liqdir. Mazkur iqtisodiy inqirozning eng asosiy belgisi sifatida iqtisodiy harakatsizlikni keltirish mumkin. Bunday sharoitda, davlatlarning asosiy vazifasi - minimal iqtisodiy harakatni ta'minlab turishdan iborat bo'lishi lozim2.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, qat'iy ravishda bir moliya yili uchun davlat tashqi qarzi summasini belgilash to'liq makroiqtisodiy barqarorlikka imkon bermasligi mumkin. Fikrimizcha, yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat tashqi qarzini jalb qilish miqdori belgilanishi iqtisodiy pasayish davrida tashqi qarzning miqdorini ham uyg'un ravishda pasayishiga olib keladi. Ikkinchidan, ushbu usulning amaliyotga

1 O'zbekiston Respublikasining "2020-yil O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to'g'risida"gi gi 2019 yil 12 dekabrdagi O'RQ-589- son Qonuni.//manba: https://lex.uz/docs/-4635016

2 Jumayev N., Rahmonov D. Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi - iqtisodiy harakatsizlik. Elektron manba: https://review.uz/oz/exg.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 861 LMI^^^H

joriy etilishi mamlakatdagi iqtisodiy o'sish kutilganidan ham yuqoriroq bo'lgan taqdirda, davlat tashqi qarzini jalb qilinish miqdorini ham oshirishga imkon beradi. Demak, davlat tashqi qarzini moliya yili mobaynida jalb qilish chegarasini makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, jumladan, YalMga nisbatan foizlarda belgilanishini amaliyotga joriy etish orqali moliyaviy barqarorlikka erishish mumkin hisoblanadi.

Ushbu tarmoq orqali mablag' jalb etishning kichik miqdorlarda qolayotganligi bilan masalaning dolzarbligi ayon buladi. Masalan, davlat tashqi qarzida yevroobligatsiyalarning ulushi 5-6 foiz atrofida bulsa, ichki qarzda davlat obligatsiyalarning ulushi 3 foiz atrofida bo'lmoqda. Natijada fond bozorlari orqali mablag'lar jalb etishning yuqori ahamiyatli bo'lishi ta'minlanmayabdi. Shu bilan birgalikda, O'zbekistonda davlat tashqi qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish yo'llaridan yana biri bu davlat tashqi qarzini boshqarish strategiyasini tuzish hamda ushbu strategiya orqali tashqi qarzni boshqarish hisoblandi. Davlat qarzini boshqarish strategiyasi davlat qarzini boshqarish maqsadlaridan kelib chiqqan holda davlat qarzini boshqarishning asosiy yo'nalishlarini belgilaydigan hujjatdir.

Davlat qarzini boshqarish strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan fiskal strategiya bilan birgalikda uch yil muddatga tasdiqlanadi. Davlat qarzini boshqarish strategiyasi har yili aniqlashtiriladi va yangilab boriladi. Kelgusi yil uchun aniqlashtirilgan va yangilangan davlat qarzini boshqarish strategiyasi:

- vakolatli organ tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-iyuniga qadar kiritiladi;

- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-iyuniga qadar muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;

- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ma'lumot uchun kiritiladi va vakolatli organ tomonidan o'z rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

Davlat qarzlarini kamaytirish bo'yicha takliflar qatoriga O'zbekistan Respublikasida quyidagilarni kiritishi mumkin:

1. Davlat qarzdorligini optimallashtirish - bu qarz olish dasturini optimallashtirish bo'lib, uning doirasida ichki va tashqi kreditlarni manyovr qilish, shu jumladan quyidagi tadbirlar:

- qarzni oshirish jarayoni va unga xizmat ko'rsatish hajmi bilan soliqlarni yig'ishda faoliyatni chiqarish va balansni saqlash;

- investitsiya jarayoni bilan birgalikda qarzlarni barkarorlashtirish siyosatini amalga oshirish;

- qarz o'sishi siyosatini qarz o'sishini barqarorlashtiradigan cheklov siyosatiga aylantirish bo'yicha chora-tadbirlarni o'tkazish;

- yevroabligatsiyalarini joylashtirish paytida to'plangan mablag'lar hisobidan qimmatli qog'ozlarni chiqarish bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish.

2. Xo'jalik yurituvchi subyektlarning (korxona va tashkilotlarning) byudjetga qarzlarini qaytadan ko'rib chiqish hamda tuzish;

3. O'zbekiston Respublikasi subyektlarining tashqi qarz olish jarayonlarini monitoring qilish;

4. Tashqi qarz jalb etgan qarzdor korxonalarning mol-mulkini davlat organlariga vaqtincha topshirish;

5. Qarz talablari va majburiyatlarini hisobga olish;

Yuqoridagi keltirilgan yo'llardan O'zbekiston tashqi qarzlardan foydalanish amaliyoti jarayonida qo'llash orqali tashqi qarzlardan foydalanishda yanada samaraga erishish mumkin.

Davlat tashqi qarziga xizmat ko'rsatishni minimallashtirish uchun joylashtirilgan qarz majburiyatlarining nominal miqdori va ularni joylashtirish xarajatlari o'rtasidagi foiz nisbatini qonuniylashtirish maqsadga muvofiqdir, bu moliyaviy maslahatchilar, anderrayterlar va to'lov agentlari uchun katta miqdordagi pul mukofoti uchun to'siq bo'ladi. Davlat qarzlarini boshqarishdagi muhim jihatlardan biri qarz Davlat karzlarini boshkarishdagi muxim jixatlardan biri qarz xatarini boshqarishdir. Bugungi kunda turli xil xatarlarning salbiy ta'sirini zararsizlantirish va minimallashtirish yo'llarini izlashga katta e'tibor qaratilmoqda. Turli xil qarz hatarlari orasida makro va makro darajadagi xatarlarning ta'sirini minimallashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak. Agar hukumat muvofiqlashtirilgan, izchil va samarali pul-kredit, byudjet, qarz va soliq-byudjet siyosatini olib boradigan bo'lsa, makro darajadagi xatarlarning salbiy ta'siridan qochish mumkin. Shu bilan birga, davlat qarzlarini boshqarishda asosiy e'tibor mikro darajadagi xatarlarni aniqlashga va ularni minimallashtirishga qaratilishi kerak: bozor xavfi, kredit xavfi, likvidlik xavfi, yuridik va operatsion xatarlar.

Davlat qarzini o'z vaqtida to'lamaslik xatarlari mavjud bo'lgan taqdirda, qarzdor tashkilotlarga (tashabbuskor vazirlik va idoralarga) alohida g'azna hisobvaraqlarini ochish hamda zarur mablag'larni kelishilgan grafik asosida g'azna hisobvaraqlariga o'tkazish orqali oldindan jamlab borish tizimini yo'lga qo'yish; hamda tashqi qarz to'lov majburiyatlarini o'z muddatida to'lamayotgan tashkilotlar ro'yhatini shakllantirish hamda ular tomonidan mazkur qarzdorlik so'ndirilgunga qadar yangi davlat qarzi mablag'larini jalb qilishga yo'l qo'ymaslik zarur hisoblanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, qat'iy ravishda bir moliya yili uchun davlat tashqi qarzi summasini belgilash to'liq makroiqtisodiy barqarorlikka imkon bermasligi mumkin. Fikrimizcha, yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat tashqi qarzini jalb qilish miqdori belgilanishi iqtisodiy pasayish davrida tashqi qarzning miqdorini ham uyg'un ravishda pasayishiga olib keladi. Ikkinchidan, ushbu usulning amaliyotga

joriy etilishi mamlakatdagi iqtisodiy o'sish kutilganidan ham yuqoriroq bo'lgan taqdirda, davlat tashqi qarzini jalb qilinish miqdorini ham oshirishga imkon beradi.

Mamlakatdagi iqtisodiy muvozanatni hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda davlat tashqi qarzini samarali boshqarish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida davlat tashqi qarzi umuman davlat qarzi holati turli xalqaro reyting agentliklari tomonidan barqaror holatda ekanligi baholanib kelinayotgan bo'lsa-da, uning dinamik ko'rsatkichlari yildan yilga o'sib borayotgani hisobga olinib, mamlakat iqtisodiyoti uchun xavfsiz chegaradan (mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foiz) o'tib ketmasligini ta'minlash muhim masalalardan hisoblanadi. Bunda, davlat tashqi qarzini kelajakda qiymat yaratigan sohalarga yo'naltirish, qat'iy belgilangan strategiya orqali davlat tashqi qarzini boshqarish, tashqi qarzlarni monitoring qilishning samarali tizimini yaratish hamda asosiy qarz va unga xizmat ko'rsatish to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirish muhim masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida davlat tashqi qarzi umuman davlat qarzi holati turli xalqaro reyting agentliklari tomonidan barqaror holatda ekanligi baholanib kelinayotgan bo'lsa-da, uning dinamik ko'rsatkichlari yildan yilga o'sib borayotgani hisobga olinib, mamlakat iqtisodiyoti uchun xavfsiz chegaradan (mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foiz) o'tib ketmasligini ta'minlash muhim masalalardan hisoblanadi. Ammo, davlat tashqi qarzini qaytarish bilan bog'liq istiqboldagi murakkabliklarni bir necha holatlar bilan bog'lashimiz mumkin bo'ladi:

- so'nggi yillarda mamlakatimizda YalMga nisbatan davlat daromadlari (soliq yuki) pasayish tendensiyasiga ega bo'lmoqda;

- tashqi qarzda davlatning ulushi yuqori darajada bo'lib kelayotgani;

- savdo balansi salbiy qoldig'i bilan tashqi qarz oshishi parallel ravishda yuzaga kelmoqda.

Olib borilgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo'ldik:

Birinchidan, davlat tashqi qarzini boshqarish tizimining oqilona olib borilishi natijasida qarzning moliyaviy yukini teng taqsimlashga yoki iqtisodiy adolatga erishish mumkin;

Ikkinchidan, davlat tashqi qarzining mamlakat iqtisodiyotiga ma'lum davlat dasturi va ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun jalb etilishi joriy iste'molni ta'minlashi hamda kelajakda iqtisodiy o'sishga sharoit yaratib berishi mumkin. shu sababli ham davlat tashqi qarzini jalb etish mamlakat iqtisodiyoti uchun to'liq xavf deb qarash zamonaviy iqtisodiyotning bir bo'lagi bo'la olmaydi.

Biroq, ohirgi yillarda mamlakatimizda byudjet defitsitining vujudga kelishi qator omillar bilan bog'liq bog'liq bo'lib, ular: davlat byudjeti daromadlarining ma'lum doirasi bekor qilinishi, davlat dasturlarining keng ko'lamli tarzda amalga

oshirilayotganligi hamda byudjetdan tashqari jamg'armalarning xarajatlari ham byudjet mablag'lari hisobidan joriy etilish tizimi davlat byudjetiga moliyaviy yukning ortishiga muhim asos bo'lib xizmat qilmoqda. Bu esa o'z navbatida, byudjet defitsitini yuzaga keltirib, davlatning tashqi qarzlardan foydalanishiga zarurat tug'dirishi xorij tajribasidan ma'lum.

O'zbekistonda davlat qarzi tarkibida sezilarli buzilishlar mavjud. Bu shuni anglatadiki, barcha davlat qarzlarining qariyb 90 foizi tashqi tomondan jalb qilinadi va davlat zarur moliyaviy mablag'larning atigi 10 foizini ichki moliya bozoridan oladi. Yaqin kelajakda tashqi manbalardan ichki manbalarga yo'naltirish O'zbekistonning qarz siyosatining ustuvor maqsadiga aylanishi kerak, bu esa eng tezkor islohot va davlat qimmatli qog'ozlarining ichki bozorini rivojlantirishni talab qiladi.

Bizningcha davlat tashqi qarzlarini boshqarishda quyidagi takliflar amalda qo'llanilsa, samarali natijalarga erishish mumkin bo'ladi:

Birinchidan, davlat kafolati ostidagi tashqi qarz jalb etishning hozirgi tendensiyasi, ya'ni xususiy sektorga beriladigan davlat kafolatlarida qat'iy me'yorlarni belgilash hamda unga amal qilish;

Ikkinchidan, tashqi qarzda davlat ulushini kamaytirish. Bunga kelajakda davlat ulushi bo'lgan korxonalarni xususiy sektorga sotish orqali erishish mumkin bo'ladi, shu bilan birgalikda tashqi qarz mablag'larini vaqtida to'lamaslik xatarlari mavjud bo'lgan taqdirda, qarzdor tashkilotlarga alohida g'azna hisobvaraqlarini ochish orqali zarur mablag'larini ma'lum grafik asosida g'azna hisobvaraqlariag o'tkazib borish orqali oldindan tashqi qarz bo'yicha asosiy to'lov hamda foiz to'lovlarini jamlab borish;

Uchinchidan, mamlakat savdo balansida ijobiy qoldiqqa ega bo'lishiga erishish orqali tashqi qarzni arzon valyutalar orqali qaytarish imkoniyatiga erishish;

To'rtinchidan, tashqi qarzning valyutalar tarkibi o'zaro nisbatini mamlakat oltin-valyuta zaxirasidagi valyutalar nisbati bilan uyg'unlashtirish;

Beshinchidan, davlat tashqi qarzini boshqarishning har tomonlama mamlakat moliyaviy xavfsizligi hisobga olingan uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish hamda qarz olish bilan bog'liq risk va xatarlar o'rtasidagi bog'liqlikni bashorat qilish mexanizmlarini avtomatlashtirish;

Oltinchidan, davlat tashqi qarzlari bo'yicha to'lovlarni O'zbekistonning real imkoniyatlariga moslashtirish, qarz mablag'laridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida qarz jalb qilingan asosiy kreditorlarga O'zbekistonga bo'lgan qarzdorlikni qayta tuzish taklifi bilan murojaat qilish;

Yettinchidan, mamlakatda amalga oshiriladigan qarz siyosati bilan bog'liq huquqiy baza muammolarini hal qilish hamda davlat tashqi qarzi siyosati bilan bog'liq keng qamrovli huquqiy asosni shakllantirish.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shernaev, A. A. Principles and methods of organization of the internal tax control system in joint stock company. International Journal of Economics, Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378.

2. Shernaev, A. A. (2021). Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. Студенческий вестник, (20-14), 74-76.

3. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

4. Shernaev, A. A. (2021). Sog 'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.

5. Шернаев, А. А. (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, (12-2), 43-45.

6. Jumanazarova, Z. J., & Shernayev, A. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg 'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo 'nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.

7. Shernaev, A. A. (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.

8. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

9. Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.

10. Nurulloyev, J. A. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar. Science and Education, 3(2), 1495-1501.

11. Nomozov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Ta'lim sohasi xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 3(2), 1489-1494.

12. Шернаев, А. А. (2021). АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИДА СОЛЩЛАРНИ РЕЖАЛАШТИРИШ: ХУСУСИЯТЛАРИ ВА УСЛУБИЁТИ МАСАЛАЛАРИ. Science and Education, 2(3), 454-469.

13. Jovmirov, A. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Jahon savdosini moliyalashtirishning zamonaviy yo'llari. Science and Education, 3(3), 1119-1127.

14. Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va O'zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1099-1103.

15. Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli

fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.