CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
¡•■•M" "»
ill
l'Ub.ii
Ш
Ш
mm
SIAN JOUllNAI. OF ICI PCIfllRY RESEARCH AGEMENT STUDIES
www.in-academy.uz
OZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHGA ERISHISH YOLIDA "YASHIL IQTISODIYOTNING" O RNI
Eshqulov Bahodir Karimberdi o'g'li
"Yoshlar — kelajagimiz" jamg'armasi ijro etuvchi direktori
o'rinbosari, [email protected]
https://doi.org/10.5281/zenodo.13950424
ARTICLE INFO
Received: 7th October 2024 Accepted: 9th October 2024 Published:18th October 2024
KEYWORDS
tahlil, yashil iqtisodiyot, innovatsion shakl, mexanizm, atrof-muhit, siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar, barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik.
ABSTRACT
Ushbu maqolada "yashil iqtisodiyot"ning nafaqat mamlakatimiz, balki butun sayyora aholisining farovonligini oshirish imkoniyati haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, cheklanmagan ehtiyojlarni ta'minlashda atrof-muhitga bo'layotgan noodil xatti-harakatlarning kelajak avlod hayotini xavf ostiga qo'yishi, shu bois bugungi kunda "yashil iqtisodiyot"ning o'rni va ahamiyati oshib borayotgani qayd etilgan.
Bugungi kun birgina yurtimiz emas, balki butun dunyoda barqaror rivojlanish masalasi har qachongidan ham dolzarb bo'lib, iqlim o'zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi va ekologik vaziyatning pasayish tendensiyasi kabi global muammolar samarali va o'z vaqtida yechimini topishga muhtojdir. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining taxminlariga ko'ra, bugungi zamonaviy ishlab chiqarish usuli va iste'mol darajasida 2050-yilga borib 2000-yilga nisbatan o'simlik va hayvonot dunyosining 61 dan 72% gachasi nobud bo'ladi, tabiiy hududlarning saqlanishi esa 7,5 mln kv. km.gacha qayta tiklanmas darajada izdan chiqadi1. Aynan shunday sharoitda yashil iqtisodiyot rivojlanishga erishish omili sifatida innovatsion hamda barqaror yondashuv sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Yashil iqtisodiyot iqtisodiyot fanlarining bir yo'nalish sifatida XX asrning oxirida paydo bo'lgan. Mazkur iqtisodiyot tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo'lib, uning bir yo'nalishi hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot tushunchasi iqtisodiy fanlar va falsafaning ko'plab boshqa sohalaridagi g'oyalarni o'z ichiga oladigan tabiat va jamiyat bilan bog'liq ekologik iqtisodiyot, atrof-muhit iqtisodiyoti, resurslarga asoslangan iqtisodiyot, aholining rivojlanishi, feminizm iqtisodiyoti kabi yashil siyosat bilan bog'liq iqtisodiyotni o'z ichiga oladi. Ayrim manbalarda "Yashil iqtisodiyot" mamlakat tabiatini yaxshilashga ko'maklashuvchi iqtisodiyotning yangi tarmoqlari sifatida tadqiq qilinsa, ba'zi tadqiqotlarda "Yashil iqtisodiyot" tabiatga yordam beruvchi va foyda keltiruvchi yangi texnologiyalar, ekotizimlar sifatida o'rganiladi, uchinchi guruh tadqiqotlarda esa "Yashil iqtisodiyot" — bu ekologik toza mahsulotlar yaratishga yo'naltirilgan rivojlanishning yangi bosqichiga o'tish, uning asosini sof yoki "Yashil" texnologiyalar tashkil etadi deyiladi2. Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim bo'lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini
1. Перспективы энергетических технологий. Сценарии и стратегии до 2050 г. / ОЭСР/МЭА; WWF России ; ред. А. Кокорина, Т. Муратовой. -М., 2007. -586 с.
2. Blueprint for a green economy: David Pearce, Anil Markandya and Edward B. Barbier. Earthscan, London, Great Britain, 1989. 192 pp.
Volume 1, Issue 14, October 2024
Page 93
rivojlantirishga qaratilgan. Shunday qilib yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog'lig'i uchun zarur bo'lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari bilan bog'liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo'nalishi tushuniladi3. Yashil iqtisodiyotning afzalliklarini hisobga olgan holda, uning barqaror rivojlanishga erishishdagi roli muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rish mumkin, chunki u atrof-muhitni muhofaza qilishni ta'minlaydi, yangi ish o'rinlarini yaratadi, odamlarning turmush darajasini oshiradi.
Yashil iqtisodiyot iqtisodiyotni tubdan yangisini shakllantirishni o'z ichiga oladi, foyda keltiradigan ishlab chiqarish va iste'mol shakllari va atrof-muhitga minimal salbiy ta'sir ko'rsatadigan aholi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan chora-tadbirlar hisoblanadi. "Yashil" iqtisodiyot ideal tarzda insoniyatni tabiat bilan muvozanat holatiga keltirishi kerak, bunda inson tabiatga undan olganicha qaytaradi4.
2019-2030-yillarda O'zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o'tish strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi va kelgusi yillarga mo'ljallangan ustuvor vazifalarga alohida e'tibor qaratilgan. Yashil iqtisodiyotga o'tishning strategik mexanizmi global va milliy miqyosda barqarorrivojlanishga o'tishning samarali vositasi bo'lib, atrof-muhit samaradorligi, resurslarni tejash, tarmoqlararo xarakterga egalik tamoyillariga asoslanadi5.
O'zbekiston Respublikasini yashil iqtisodiyotga o'tishning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratbo'ldi:
texnologik modernizatsiya va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
- ilg'or xalqaro standartlarga asoslangan yashil mezonlarni davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo'nalishlariga kiritish;
- davlat rag'batlantirish mexanizmlarini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni faollashtirish orqali yashil iqtisodiyotga o'tish yo'nalishlari bo'yicha tajriba loyihalarini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash;
- ta'limga investitsiyalarni rag'batlantirish, yetakchi xorijiy ta'lim muassasalariva ilmiy markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali yashil iqtisodiyot sharoitida mehnat bozori bilan bog'liq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
- Orolga ekologik inqirozning salbiy ta'sirini yumshatish choralarini ko'rish;
- yashil iqtisodiyot sohasida xalqaro hamkorlikni, jumladan, ikki va ko'p tomonlama kelishuvlarni mustahkamlash.
Resurslarning cheklanganligi va ekologik muammolarning salbiy oqibatlari sharoitida yashil iqtisodiyotni shakllantirishga obyektiv ehtiyoj paydo bo'lmoqda.Yashil iqtisodiyotga o'tish resurslardan samarali foydalanish, ekologik muvozanatni ta'minlash, yangi ish o'rinlarini yaratish, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash imkonini beradi. Barqaror rivojlanishni ta'minlashda yashil iqtisodiyotning o'rni ko'plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy strategiyalari, dastur va rejalariga kiritilgan.
3.https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B5%D0%BB%D1%91%D0%BD%D0%B0%D1%8F_%D1%8D%D0%BA%D0%BE%D0%BD%D0 %BE%D0%BC%D0%B8%D0%BA%D0%B0
4. Коданева С. И. От "коричневой" экономики к "зеленой". Российский и зарубежный опыт // Россия и современный мир. 2020. № 1.С. 46-66. 5 https://lex.uz/docs/-4539502
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining Yashil iqtisodiyotga o'tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori;
2. Перспективы энергетических технологий. Сценарии и стратегии до 2050 г. / ОЭСР/МЭА; WWF России ; ред. А. Кокорина, Т. Муратовой. - М., 2007. - 586 с.
3. Blueprint for a green economy: David Pearce, Anil Markandya and Edward B. Barbier. Earthscan, London, Great Britain, 1989.192 pp.
4. Коданева С. И. От "коричневой" экономики к "зеленой". Российский и зарубежный опыт // Россия и современный мир. 2020. № 1. С. 46-66.
5. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%97%D0%B5%D0%BB%D1%91%D0%BD%D0% B0%D1%8F_%D1%8D%D0%BA%D0%BE%D0%BD%D0%BE%D0%BC%D0%B8%D0%BA% D0%B0