fx.
от
Research BIB / Index Copernicus
O ZBEKISTONDA AVTOMOBIL SANOATINING VUJUDGA KELISHI
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining tarix
Ushbu maqolada O 'zDEU avtomobil zavodining ishlash faoliyati ko 'rsatilgan. Bundan tashqari O 'zbekistonda birinchi ishlab chiqarilgan avtomobillar va ularning turlari ko 'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar: O^zDEUavto, avtomobilsozlik, Damas, Tiko, Nexia, Avtomobil, Zavod.
СТАНОВЛЕНИЕ АВТОМОБИЛЬНОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ (НА ПРИМЕРЕ АВТОМОБИЛЬНОГО ЗАВОДА UzDEU)
Голибжон Эрали угли Хожматов
Студент исторического факультета Ташкентского международного университета финансового управления и технологий
АННОТАЦИЯ
В данной статье представлена эксплуатационная деятельность автомобильного завода Уздэу. Кроме того, указаны первые автомобили, произведенные в Узбекистане, и их типы.
Ключевые слова: Оздеуавто, автомобилестроение, Дамас, Тико, Нексия, автомобиль, завод.
THE FORMATION OF THE AUTOMOTIVE INDUSTRY IN UZBEKISTAN (USING THE EXAMPLE OF THE UzDEU AUTOMOBILE PLANT)
Golibjon Erali ugli Xojmatov
Student of the Historical Faculty of Tashkent International University of Financial Management and Technology Golibj onxoj matov1993@gmail .com
This article presents the operational activities of the Uzgeu automobile plant. In addition, the first cars produced in Uzbekistan and their types are indicated. Keywords: Ozdeuto, automotive industry, Damas, Tico, Nexia, car, factory.
(O'ZDEU AVTOMOBIL ZAVODI MISOLIDA) G'olibjon Erali o'g'li Xojmatov
yo'nalishi talabasi Golibj onxoj matov1993@gmail .com
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
KIRISH
Avtomobillar kabi boshqa hech narsa, insonning erkinlik istagini qoniqtira olmaydi. Avtomobil sanoatining iqtisodiy farovonlikdagi ahamiyati va uning ish joylariga ta'sirini barcha yirik bozorlar va mamlakatlarda ko'rish mumkin. Qizig'i shundaki, rivojlangan ham, rivojlanayotgan davlatlar ham ushbu sohani o'zlarining asosiy tayanchi sifatida ko'radilar. TRIAD mamlakatlarida (AQSh, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi) sanoat yuqori texnologiyali tarmoqqa aylangan bo'lsa, BRIC mamlakatlarida (Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy) oddiy mahsulotlardan boshlangan. Evropa Ittifoqi yiliga 16 millionga yaqin avtomobil ishlab chiqaradi, bu yiliga global ishlab chiqarishning 26% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, avtomobillar yillik aylanmasi 700 milliard evro atrofida bo'lgan eng muhim mahsulotlardan biridir. Evropa Ittifoqi avtomobil sanoatida 2 millionga yaqin to'g'ridan-to'g'ri ish o'rinlari (shu jumladan yuk mashinalari, etkazib beruvchilar va boshqalar) va tegishli sanoat va boshqa tarmoqlarda 10 millionga yaqin ish o'rinlari mavjud.
Yevropada 210 ta zavodga ega avtomobil sanoati yiliga 75 milliard yevro sof sotuv eksport qiladi. Bu, shuningdek, eng yirik xususiy tadqiqot investitsiya sektori bo'lib, u yiliga o'rtacha 5800 dan ortiq patentga ega. Avtomobilsozlikda ixtirolar va patent olish bo'yicha ulushlari- Evropa ishlab chiqaruvchilarida umumiy- 33,3 % ni, AQSh - 30.1 %ni tashkil qiladi. Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni Yaponiya-11.5% va Koreya-10.5% avtomobilsozlari egallagan. Evropa avtomobilsozlik sanoatining eng yirik o'yinchisi bo'lgan Germaniya 45 dan ortiq zavodlarda bevosita avtomobil sanoatida 750 000 dan ortiq odamni ish bilan ta'minlaydi. AQShda avtomobil sanoati AQSh yalpi ichki mahsulotining 4-5 foizini tashkil qiladi va 2011 yilda 716,9 ming kishi ish bilan ta'minlangan Yaponiyada 790 000 ga yaqin kishi bevosita avtomobilsozlik sohasida ishlaydi.
Rossiya Federatsiyasida ushbu sohada 250ga yaqin korxona bo'lib ularda 800 mingdan ortiq odam ishlamoqda. O'zbekiston ham dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-davlat bo'lib, avtomobilsozlik sohasida hozirgi kunda 70 dan ortiq katta-kichik korhona faoliyat yuritmoqda va ularda 25 mingdan ortiq odam ishlamoqda. Umumiy hisobda metallurgiya, kimyo, elektrotexnika va sanoatning boshqa tarmoqlarini qo'shib hisoblaganda 200 mingdan ortiq odam ish bilan ta'minlangan. 2025-yillarga kelib, BRIC mamlakatlarida global avtomobil savdosi ulushi 50 foizga yaqinlashishi kutilmoqda va TRIAD va BRIC bozorlari keyingi 5-6 yil ichida iste'mol talabi va xatti-harakatlari nuqtai nazaridan birlashishi kutilmoqda. Aslida, 2009 yildan beri Xitoy dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi va bozoriga aylandi. Xitoy ma'muriyatining joriy besh yillik rejasi Xitoyga dunyodagi
Research BIB / Index Copernicus
barcha avtomobillarning 30% ulushini berishdir va Xitoy hukumati yangi energiya avtomobil sanoatini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beradi 1.
Ozbekistonda birinchi avtomobil ishlab chiqarish zavodi 1996 yil 19-iyul kuni Andijon viloyati Asakada shahrida "OzDEUavto" qo'shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo'ldi. Ochilish Marosimida 1-Prezidentimiz Islom Karimov o'sha tantanali marosimda bunday dedi: "Ozimizning yurtimizda ham, uzoq va yaqin qoshnilarimiz ham yaxshi tushunadiki, bunday ulkan zavodni qurish uchun nafaqat iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarga, balki katta manaviy qudratga, qolaversa, katta yurakka ham ega bo'lish kerak"2.
Mustaqillikka qadar yengil avtomobilga ega bo'lish har kimga ham nasib etmasdi. Mutlaqo yangi texnologiyalar, eng ilg'or talablar asosida ishlab chiqarilgan milliy avtomobilsozlikning ilk namunalari - "Damas", "Nexia" va "Tiko" yurtimiz yollarida paydo bolishi avtomobillar haqidagi tasavvurlarimizda, tabir joiz boisa, inqilob yuz berishiga sabab boldi. Asaka avtomobil zavodi oz faoliyati kolamini yil sayin kengaytirib bordi. Milliy avtomobilsozlikda yangi rusumlar paydo boldi. 2001 yilning avgust oyida "Matiz" xetchbeki, 2002 yilning sentyabrida yangi rusumdagi "Nexia Dons" sedani taqdim etildi. Kompaniya deyarli har yili xaridorlarni yangiliklar bilan xushnud etib kelmoqda. 2003 yilda avtomobil sanoatimiz "Lacetti" rusumidagi avtomashina ishlab chiqarishni o'zlashtirdi. 2004 yilning dekabr oyida bir litr hajmli dvigatel va avtomat uzatmalar qutisiga ega "Matiz Best", 2006 yilning fevral oyidan yangi "Damas II" avtomashinalari ishlab chiqarila boshlandi.
"O'zDEUavto" kompaniyasi - Ozbekiston avtomobil sanoatining yetakchi va to'ng'ich korxonasi. Korxona Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan qurilgan. Zavodning ishga tushirilishi tufayli Ozbekiston jahonda oz avtomobil sanoatiga ega bolgan 28 mamlakat qatoridan o'rin oldi. Asaka avtomobil zavodi Andijon viloyatining Asaka shahrida 1994-1996-yillarda qurilgan. Avtomobil zavodi o'rta klassdagi dvigateli sig'imi 1500 sm.kub bolgan "Neksiya", o'ta kichik klassdagi yonilg'i kam sarflovchi, dvigateli sig'imi 800 sm.kub "Tiko" yengil avtomobillari hamda furgon tipidagi yetti o'rindiqli, dvigateli sig'imi 800 sm.kub bolgan "Damas" miniavtobuslarni ishlab chiqara boshladi. "Damas" miniavtobuslari 1996-yil 25 martdan, "Tiko" 1996-yil iyun oyining o'rtalaridan, "Neksiya" avtomobili esa 1996-yil iyul oyining ortalardan ishlab chiqarila boshlandi.
Uning barcha uskuna va jihozlari Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ilg'or avtomatika va texnologiyalardan iborat. Muassislari: Ozbekiston Respublikasi hukumati nomidan "Ozavtosanoat" uyushmasi va Koreya Respublikasining "DEU" korporatsiyasi. Aksiyalari hissasi
1 U.M.Teshaboyev Andijon mashinasozlik instituti katta o'qituvchisi.26.09.2024
Research BIB / Index Copernicus
50% ga 50% bo'lib, investitsiyalarning umumiy hajmi 650 mln. AQSh dollariga teng bo'lgan. Kompaniyani tuzish to'g'risidagi Ta'sis shartnomasi 1992-yil 29-avgustda imzolangan, zavod qurilishi esa 1994-yil boshlarida boshlangan. 1996-yil 19-iyulda zavodning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Qo'shma korxonaning umumiy maydoni hududi 55 ga. Asosiy sexlar yagona binoda joylashgan. Binoning umumiy maydoni 16 ga ni ishg'ol qiladi. Binoning tepa qismlarida ham avtomat boshqaruvidagi ulkan konveyrlar ishlab turadi. Avtomobil yaratishning dastlabki jarayoni asosan bosma (press) sexidan boshlanadi. Janubiy Koreyadan keltirilgan metall o'rami (avtostal)dan shu sexda avtomobil "bichiladi".
Buni Yaponiyaning "Komaku" firmasining 500, 800, 1000 t li presslari bajaradi. Mashinalar konveyrlari payvandlash sexiga o'tadi. Bu sexda ishni asosan Shvetsiyadan keltirilgan robotlar bajaradi. Robotlarni bir necha ishchi kompyuter orqali boshqaradi. Mashinalar bo'yash sexiga tushib, bo'yalib chiqadi, so'ng yig'uv sexiga o'tadi. Bu sexda mashina detallari joy-joyiga qo'yiladi. Tayyor bo'lgan avtomobillar sinalib, zavod eshigidan chiqariladi. Toshkent shahrida avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko'rsatish vakolatxonasi faoliyat ko'rsatadi. Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Tyumen, Novosibirsk, Minsk, Bishkek, Chimkent, Krasnodar kabi shaharlarda mintaqaviy vakolatxonalari va sho'ba korxonalari ochilgan 2.
Avtomobilsozlik sohasiga muttasil qiziqish hamda uning insoniyat hayot tarziga sezilarli ta'siri ko'plab tadqiqotlarda o'z tasdig'ini topgan. Avtomobilsozlikni shakllantirish va rivojlantirishning qator yo'nalish va usullari mavjud bo'lib, ulardan jahon amaliyotida keng qo'llanilib kelinmoqda. Biz bevositda O'zbekiston avtomobilsozligi tahliliga o'tishda oldin avtomobil sanoatini shakllantirishda qo'llanilayotgan yo'nalish va usullarga qisqacha ta'rif berib o'tishni joiz topdik. CKD (completely knocked down), ya'ni to'liq demontaj qilingan mashina to'plamini yig'ish usuli, bunda mahsulot qismlar shaklida yetkazib beriladi va manzilda yig'ilishini bildiradi 3. Ushbu termin avtomobil sanoatidan kelib chiqqan bo'lib, turli komponentlar dunyo bo'ylab yetkazib beriladi va import qilingan davlatda yig'iladi.CKD usulidan tashqari (semi knocked-down), ya'ni yarim demontaj qilingan mashina to'plamini yig'ish usulidan foydlanilib kelinmoqda. Ushbu usul uzoq vaqtdan beri dunyoning ko'plab mamlakatlarida, shu jumladan MDH mamlakatlarida qo'llaniladi. SKD usulida avtombillar yig'ish zavodiga shartli ravishda g'ildiraksiz, rul va eshiklarsiz yetkazib beriladi. Bevosita O'zbekistonda avtomobil sanoati rivojining keyingi yillardagi rivojlanish tendensiyalariga to'xtalib
3 https://geografiya.uz/muhim-va-mashhur-sanalar.26.09.2024
Research BIB / Index Copernicus
o'tadigan bo'lsak, 2010-2020-yillarda sanoatda avtotransport vositalari, treylerlar va yarim priseplar ishlab chiqarish ulushi 10 - 14 foiz atrofida tebranganligiga guvoh bo'lishimiz mumkin 4.
Xulosa qilib aytganda, yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish texnologiyalari integratsiyasi, yangi kooperativlarni boshqarish va mijozlar ehtiyojini qondirish mahalliylashtirish va moslashtirish orqali ortishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari esa aqlli va moslashuvchan korxonalar orqali raqobatbardosh bo'lib qolishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Turabova, S. K. (2021). The relationship between the development of innovative thinking and argumentative competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 297-300.
2. Turabova, S. (2023). SOCIO-HISTORICAL AND LOGICAL-GNOSEOLOGICAL ANALYSIS OF THE ART OF DISPUTE IN THE HISTORY OF KNOWLEDGE. Educational Research in Universal Sciences, 2(6), 73-87.
3. https://geografiya.uz/muhim-va-mashhur-sanalar26.09.2024
4. https: //geografiya.uz/muhim-va-mashhur- sanalar.26.09.2024
XULOSA
4 Raximberdiev I.U., iqtisod fanlari nomzodi dotsent.26.09.2024