Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON YENGIL ATLETIKACHILARINING CHET EL MUSOBAQALARIDA 2018-2021-YILLLARDAGI ISHTIROKI TAHLILI'

O‘ZBEKISTON YENGIL ATLETIKACHILARINING CHET EL MUSOBAQALARIDA 2018-2021-YILLLARDAGI ISHTIROKI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
207
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yengil atletika / bosqon uloqtrish / uch hatlab sakrash / uzunlikka sakrash / 7 kurash / marafon. / Athletics / hammer throw / triple jump / long jump / 7 wrestling / marathon.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — I.A. Yusupov, D.T. Ismoilova, Sh.B.Shirinov, S.X. Mamaraimov, N.B.Normurodov

Ushbu maqolada O‟zbekiston milliy terma jamoa sportchilarini oxirgi 3 yil ichida ishtirok etgan nufuzli musobaqalari natijalarini tahlil qilingan.Shuningdek Milliy terma jamoa vakillarini Olimpida o‟yinlari hamda Osiyo o‟yinlarida Davlatlar o‟rtasidagi o‟rinlari ham o‟rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the results of prestigious competitions of the national team of Uzbekistan over the past 3 years. The place of the national team in the Olympics and the Asian Games between the countries was also studied.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON YENGIL ATLETIKACHILARINING CHET EL MUSOBAQALARIDA 2018-2021-YILLLARDAGI ISHTIROKI TAHLILI»

O'ZBEKISTON YENGIL ATLETIKACHILARINING CHET EL MUSOBAQALARIDA 2018-2021-YILLLARDAGI ISHTIROKI

TAHLILI

I.A. Yusupov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

D.T. Ismoilova

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Sh.B.Shirinov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

S.X. Mamaraimov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

N.B.Normurodov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston milliy terma jamoa sportchilarini oxirgi 3 yil ichida ishtirok etgan nufuzli musobaqalari natijalarini tahlil qilingan.Shuningdek Milliy terma jamoa vakillarini Olimpida o'yinlari hamda Osiyo o'yinlarida Davlatlar o'rtasidagi o'rinlari ham o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Yengil atletika,bosqon uloqtrish, uch hatlab sakrash, uzunlikka sakrash, 7 kurash,marafon.

ABSTRACT

This article analyzes the results of prestigious competitions of the national team of Uzbekistan over the past 3 years. The place of the national team in the Olympics and the Asian Games between the countries was also studied.

Keywords: Athletics, hammer throw, triple jump, long jump, 7 wrestling, marathon.

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi.Bugungi kunda davlatimiz raxbari tomonidan jismoniy tarbiya va sportga e'tibor qaratayotganligi sohani davlat siyosati darajasiga

ko'tarilayotganligidan dalolat beradi. Jumladan, Prizidentimiz Sh.Mirziyoyevning PQ-5281 son"2024-yil Parij (Fransiya) shahrida bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi Qarori va PQ-5282 son "Yurush,yugurish, mini futbol,badminton,stritbol va "Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risi"dagiQarorlar nufuzli musobaqalarda ishtirokini ta'minlash kabi vazifalar belgilab berilgan.Ushbu farmonlarni ijrosini ta'minlash borasida joylarda samarali ishlar olib borilmoqda. So'ngi 10 yil ichida deyarli dunyoning barcha mamlakatlari o'z e'tiborlarini sport sohasidagi yutuqlarga qaratishmoqda. Bunda kuchli sportchilarni tayyorlashda ilmiy-amaliy uslublarni qo'llash bilan birga xalqaro arenalarda ularning ishtirokini ta'minlash ham birdek ahamiyatlidir.Yengil atletika sport turlarida xalqaro musobaqalarga sportchilarimiz ishtirok etib kelmoqda ammo natijalar xalqaro talab darajasida emasligi achinarli holat. Bu esa sportchilar tayyorlash tizimida ko'p yillik tayyorgarlik mashg'ulotlarini zamonaviy dasturi yo'q ekanligidadir. Shuning uchun bu masala hozirgi kungacha o'z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tadqiqot maqsadi:O'zbekiston milliy terma jamoasi, xususan yengil atletika sport turi bo'yichaOsiyo o'yinlari XVIII Osiyo o'yinlarida hamda 2020 Tokio Olimpiadasidagi ishtirokining tahlili.

Tadqiqot maqsadiga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi:

1. Yengil atletika bo'yicha milliy terma jamoa a'zolarining Indoneziyada bo'lib o'tgan XVIII Osiyo o'yinlaridagi ishtiroki natijalari va darajasini kuzatish.

2. Indoneziyadagi Osiyo o'yinlariga yengil atletika terma jamoasining tayyorgarligini tashkiliy asosini o'rganish.

3. 2020-yil (Tokio) Olimpiada o'yinlarida sportchilarimizni ishtiroki.

Tadqiqot uslublari.Belgilangan vazifalarni xal etish uchun quyidagi

usullardan foydalanildi:

1. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish.

2. Pedagogik kuzatuvlar.

3. Arxiv malumotlarini o'rganish.

4. Ushbu masala bo'yicha ommaviy axborot vositalari, televideniya, internet materiallarini o'rganish.

5. Musobaqa qaydnomasini o'rganish va analiz qilish.

6. Suratlar.

7. Suxbatlar.

Sportdagi yuksak marralar jaxon svilizatsiyasi va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Dunyoda milliy va xalqaro sport tashkilotlari o'rtasida o'zaro munosabatlar va ushbu munosabatlarning aniqqoidalari va normalariga ega yagona sport maydoni mavjud. Sportga bo'lgan qizikish ortgani sayin sport turlarining soni xam ortib bormoqda. Eng nufuzli musobaqa - Olimpiada o'yinlarida butun dunyodan ishtirok etuvchi mamlakatlar soni 205taga yetgan bo'lsa, Olimpiada o'yinlarining mantiqiy tarkibiy qismi hisoblangan Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi Osiyo davlatlari soni 45taga yetgan.

Ushbu musobaqalarda O'zbekiston nomidan ishtirok etgan sportchilarning soni yil sayin ortib bormoqda. Tabiiyki ishtirokchilar soni ortgani sari golib va sovrindorlar safida bulish extimoli xam yuqorilab boradi. Quyida XVIII Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasining o'z rekordini yangilaganini ko'rishimiz mumkin. Unda O'zbekiston terma jamoasidan 234 nafar sportchi sportning 30 turi bo'yicha baxslarda ishtirok etishdi

Jadval № 1

Indoneziyada o'tkazilgan XVIII Osiyo o'yinlaridagi jamoalarning medallar soni bo'yicha egallagan o'rni

O'rin Mamlakat Medallarning umumiy soni Medallar

Oltin Kumush Bronza

1 Xitoy 289 132 92 65

2 Yaponiya 205 75 56 74

3 Janubiy Koreya 177 50 57 70

4 Indoneziya 98 31 24 43

5 O'zbekiston 70 21 24 25

6 Eron 62 20 20 22

7 Xitoy (Taypey) 67 17 19 31

8 Xindiston 69 15 24 30

9 Qozog'iston 76 15 17 44

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng boshqa sohalar singari sportga ham katta e'tib qarata boshladi. Yengil atletika mustaqillikdan so'ng Osiyo o'yinlarida faol ishitirok etib, umumjamoa hisobiga bir qancha medallar shodasini taqdim etib kelmoqda.

Jadval № 2

Yengil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining 1994 yildan 2018 yilgacha bulgan Osiyo o'yinlarida qo'lga kiritgan medallari

№ Osiyo uyinlari Umumjamoa hisobidagi medallar soni Yengil atletikada myedallar soni

oltin kumush Bronza Umumiy

1. XII - Xirosima 42 3 2 3 8

2. XIII - Bangkok 40 2 3 - 5

3. XIV - Pusan 51 - 1 3 4

4. XV - Doxa 40 1 4 1 6

5. XVI - Guanchjou 56 2 3 3 8

6. XVII - Inchxon 43 2 2 3 7

7. XVIII - Jakarta va Palembang 70 1 2 1 4

Umumiy 342 11 17 14 42

2018 yilgi XVIII Osiyoo'yinlarida yengil atletika bo'yicha 11 nafar sportchi 12ta tur bo'yicha baxslarda ishtirok etdi, hamda quyidagi natijalarni qo'lga kiritdi( 3-jadval). Yengil atletika bo'yicha 4 nafar sportchi O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarishga muyassar bo'ldi. Ulardan Xodjayev Suxrob bosqon uloqtirish turi bo'yicha 74,06 m natija ko'rsatib 3-o'rin, Kurbanov Ruslan uch xatlab sakrash bo'yicha 16,87 m natija ko'rsatib 2-o'rin, Dusanova Nadiya va Radzivil Svetlana balandlikka sakrash turi bo'yicha 194 va 196 sm natija bilan birga shoh supaning 1 va 2 o'rnidan joy olishdi.

Jadval № 3

O'zbekiston yengil atletika delegatsiyasi

RO'YXATI

№ I. F. O Tur Eng yaxshi Osiyo O'rin

natija o'yinidagi

natijasi

1 Svetlana Radzivil Balandlikka sakrash 198 196 1

2 Nadiya Dusanova Balandlikka sakrash 198 194 2

3 Ruslan Kurbanov Uchxatlab sakrash 16,87 16,62 2

4 Suxrob Xodjayev Boskon uloktirish 78,22 74,06 3

5 Yekaterina Voronina 7-kurash 5862 5

6 Andrey Petrov Marafon 2:15.17 2:26.52 9

7 Dimitriy Melsitov Balandlikka sakrash 225 220 9

8 Sitora Xamidova 10 000 m 31:57.47 33:08.93 8

5 000 m 16:05:55 8

9 Nigina Sharipova 100 m 11:31 11:45 7

200 m 23:17 23:32(final) 4

10 Yelena Smolyanova Yadro itkitish 17,68 15:74 5

11 Xurshid Axmadaliyev 800 m 1:50.54 1:50.59 17

Jadval № 3

2018 yil Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan sportchilarning tug'ulgan yili va yashash joyi bo'yicha MA'LUMOT

№ I. F. O. Tugilgan yili Tur Sport unvoni Viloyat

1 Svetlana Radzivil 1987 Balandlikka sakrash XTSU Toshkent

2 Nadiya Dusanova 1987 Balandlikka sakrash XTSU Toshkent

3 Ruslan Kurbanov 1993 Uchxatlab sakrash XTSU Samarkand

4 Suxrob Xodjayev 1993 Boskon uloktirish XTSU Toshkent

5 Yekaterina Voronina 1992 7-kurash XTSU Toshkent

6 Andrey Petrov 1986 Marafon XTSU Toshkent vil.

7 Dimitriy Melsitov 1996 Balandlikka sakrash SU Toshkent

8 Sitora Xamidova 1989 10 000 m 5 000 m XTSU Surxandaryo

9 Nigina Sharipova 1995 100 m 200 m XTSU Buxoro

10 Yelena Smolyanova 1986 Yadro itkitish XTSU Toshkent vil.

11 Xurshid Axmadaliyev 1992 800 m SU Fargona

2021-yil XXXIII Olimpiada o'yinlarida yengil atletika bo'yicha O'zbekiston axolisi 35 millionga yaqin bo'lib ularning 60 %ni yoshlar tashkil etadi. Yengil atletika esa eng mashxur va ommabop sport turlaridan biridir. Jadvalda ko'rib turganimizdek yengil atletikaning 24 turi bo'yicha 7 nafar sportchi mamlakat sharafini ximoya qilgan. Albatta. Biz bunday natijani yetarli emas deb hisoblaymiz. Statistik ma'lumotlarga ko'ra respublikada 1000dan ortiq o'qituvchi-murabbiylar sportning aynan yengil atletika turi bo'yicha ish olib kelishmoqda. Biroq, yuqori natija ko'rsatuvchi sportchilar bilan faqatgina ma'lum murabbiylargina ta'minlab bermoqda.

Yengil atletika buyicha Uzbekiston terma jamoasining delegatsiyasi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

RO'YXATI

№ I. F. O Tur Eng yaxshi natija Olimpida o'yinidagi natijasi O'rin

1 Svetlana Radzivil Balandlikka sakrash 198 190 20

2 Safina Sadullaeva Balandlikka sakrash 196 196 6

3 Ruslan Kurbanov Uchxatlab sakrash Natija yo'q

4 Suxrob Xodjayev Boskon uloktirish 78,22 71.26 29

5 Yekaterina Voronina 7-kurash 6356 6298 12

6 Raksana Xudayorova Uchxatlab sakrash 13.56 m 13.02 m 30

7 Darya Reznichenko Uzunlikka sakrash 6.50 6.19 26

XULOSA

1. 2018 yilgi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston milliy terma jamosining qo'lga kiritgan natijalari yuqori baxolandi, umumjamoa xisobida 45ta davlat orasidan bizning mamlakatimiz 5 o'rinni egalladi. 70 medal, shu jumladan, 21ta oltin, 24ta kumush va 25 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.

2. O'zbekiston nomidan yengil atletika bo'yicha 11ta sportchi jamoa sharafini ximoya qildi. Undan, 6ta ayol, 5ta erkak. Medallar soni 4 ta bo'lib: 1 oltin

balandlikka sarkash turi bo'yicha Svetlana Radzivil (196sm), 2 kumush medalni balandlikka sakrash bo'yicha Nadiya Dusanova (194sm) va uchxatlab sakrash turi bo'yicha Ruslan Kurbanov (16,62sm), 1 bronza bosqon uloqtirish bo'yicha Xodjayev Suxrob (74,06m). Osiyo o'yinlarida xam Olimpiada singari yengil atletikaning 47 turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi, biroq O'zbekistondan faqat 10ta tur bo'yicha ishtirokchilar qatnashdi.

3. Osiyo o'yinlari ishtirokchilari qo'yidagilar: Toshkent -S. Radzivil, N. Dusanova, Ye. Smolyanova, Ye. Voronina, S. Xojayev, Toshkent viloyati - D. Melsitov, A. Petrov, Buxoro viloyati - N. Sharipova, Samarqand viloyati - R. Kurbanov, Surxandaryo viloyati -S. Xamidova. Boshqa viloyatdan qatnashchilar

y°'q.

4. 2020 yilda bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinida O'zbekiston milliy terma jamoasini 7 nafar sportchi himoya qilib faqat balandlikka sakrashda ishtirok etgan Safina Sadullaeva raqobatchilari ichida yetakchi 10 lik qatoriga kira oldi.

5. O'zbekiston 35 million axolisiga ega bo'laturib, 11ta sportchi bilan yengil atletikada qatnashishi yetarli emas. Ishtirokchilarning yosh chegarasini o'rganib, ularni o'rtacha 30 yosh ekanligi, biroq jaxon arenalarida natijalar, rekordlar tinmay yangilayotganini inobatga oladigan bo'lsak, bu haqida sport maktablari va tegishli tashkilotlar kerakli choralarni amalga oshirishlari zarur.

REFERENCES

1. Величко А.И. Бег на 3000 метров с препятствиями / А.И.Величко, Ю.Н.Андрющенко, Е.И.Мазур // Республиканский центр олимпийской подготовки по легкой атлетике: www.athletics.by/ 15.09.2017.)

2. Викторова О.Д. Структура подготовки семиборок высокой квалификации в беговых видах программы многоборья: автореф. дис. ... канд. пед. наук: 13.00.04 / Викторова Ольга Дориановна. - М., 1990. - 24 с.).

3. Гаврилов В.Б. Инновационная технология физической подготовки юных бегунов на средние дистанции / В.Б. Гаврилов, В.А. Рыбаков, В.Н. Селуянов // Физическая культура: воспитание, образование, тренировка. 2007. - № 5. - С. 61-63.

4. Германов Г. Н. Тренировочное (двигательное) задание структурно-функциональная единица спортивно-педагогического процесса: теоретико-методический аспект проблемы / Г.Н.Германов // Теория и практика физич. культуры. - 2011. - № 5. - с. 94-99.).

5. Sh, A. (2021). Research Of The Physical Education Of Students Of The MilitaryTechnical Lyceum" School Of Temurbeks" Taking Into Account The Influence Of Regional Factors. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(11), 7009-7011.

6. Tulaganov, S. F. (2021). Indicators of the physique of handball players, taking into account their role in game. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 165-171.

7. Ахмедова, Н., Пулатов, Ш., & Азаматов, А. (2020). Ёш теннисчиларда тана мувозанати турFунлигининг хдракатланаётган объектга реакция аниклигининг намоён этишдаги роли. Academic research in educational sciences, (4).

8. Кариева, Р. Р. (2021). Методика планирования нагрузок скоростно-силовой направленности в подготовительном периоде гандболисток групп спортивного совершенствования. Проблемы науки, (3 (62)), 53-55.

9. Солиев, И. Р., Смурыгина, Л. В., Олимов, М. С., Расулова, Т. Р., Иванова -Тюрина, В. В., & Каримов, Ф. М. (2021). Урта масофага югурувчиларни мусобакаларга тайёрлаш технологияси. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(2), 100-109.

10. Adilov, S. Q., Berdiyev, F. O., Jumaqulov, A. B., & Anarbayev, T. R. (2021). Erkin kurashchilarini mashg „ulot jarayonlarida modellashtirishni asosiy tarkibiy qismlarini o'rganish. Academic research in educational sciences, 2(4), 1717-1722.

11. Xolmatov, A. I., Tashnazarov, D. Y., & Kurganov, O. N. (2021). Yunon-rim kurashchilariga texnik usullarni o „rgatishda modellashtirish usulining samaradorligi. Academic research in educational sciences, 2(4), 1708-1716.

12. Исламов, И. С. (2021). Влияние тренировки на иммунитет пловца. Academic research in educational sciences, 2(6), 1451-1461.

13. Islamov, I. S., & Ikramov, B. F. (2021). Starting actions of rowers on kayak and canoe. Academic research in educational sciences, 2(6), 1442-1450.

14. Ikramov, F. T., & Azimov, Z. N. (2021). Features of use rowing pool. Academic research in educational sciences, 2(6), 1154-1159.

15. Каримов, Х. А. (2021). Бошлаетич тайёргарлик боскичидаги гимнастикачиларни махсус харакат тайёргарлиги ошириш. Academic research in educational sciences, 2(10), 1210-1218.

16. Багадирова, С. К. (2019). Структурная модель самореализации спортсмена в условиях профессионализации в дзюдо. Ученые записки университета им. ПФ Лесгафта, (12 (178)).

17. Musaev, I. S. (2021). Ways to achieve quality and efficiency through the organization of the pedagogical process on the subject" use of the uzbek language in the field". Экономика и социум, (7), 94-98.

18. Boltayeva, I. T., Musayev, I. S., & Rakhimova, V. O. (2021). Literary success-a product of combination with confirmation and denial. Journal of American Studies, 1816-1825.

19. ХДБИБЖОНОВА, X. M., & АЗИМ^УЛОВ, Б. А. (2021). Ёш гандболчиларни техник хдракатларга ургатиш усулларининг самарадорлигини аниклаш ва тайёргарлик даражасини назорат килиш. Фан-спортга илмий-назарий журнал, 40-42.

20. Юсупова, З. Э., & Азимкулов, Б. А. (2020). Ёш гандболчиларнинг мусабока олди уйин таёргарлигни назорат килиш. "Олимпия спортида замонавий илм-фан" Халцаро илмий-амалий онлайн анжуман, 433-436.

21. Павлов, Ш. К., & Хдбибжонова, Х. М. (2020). Тайёрлов даврида ёш гандболчиларнинг жисмоний тайёргарлигини назорат килиш. "Олимпия спортида замонавий илм-фан" Халцаро илмий-амалий онлайн анжуман, 303305.

22. ИСРОИЛОВ, Р. И. (2021). Тайёрлов даврида ёш гандболчиларнинг тезкорчидамкорлигини ривожлантириш восита ва усулларининг самарадорлигини тадкик этиш. Фан-спортга илмий-назарий журнал, 15-17.

23. Tadjibayevna, B. I. (2021). On the peculiarities of succession in Uzbek literature.

24. Oktamovna, S. Z., & Nasriyevich, G. N. (2021). Terminology as a structural element of the language. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 724731.

25. GAZIEV, S. (2020). Improving the speed-strength preparedness of sambo wrestlers at the stage of sports improvement. Фан^портга, (1), 56-60.

26. ИЛОВ, А. (2020). Шаркона яккакураш спорт турлари билан шуFулланувчиларда меъёрлаштирилган махсус машкларни бажариш тезлиги ва унинг гипоксик киймати (каратэ мисолида). Фан-Cпортга, (1), 65-68.

27. Tashkenbayevna, S. K., Rozikovich, S. I., Vladimirovna, L. L., Sotivoldiyevich, O. M., Mukhammadjonovich, B. A., Omonboyevich, A. B., & Valikhojayevich, S. Z. (2020). Pedagogical technologies and interactive methods as a factor of increasing special knowledge of students. Journal of Critical Reviews, 7(6), 42-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.