Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA SUZISH SPORT TURINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

MAMLAKATIMIZDA SUZISH SPORT TURINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1837
214
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suzish / musobaqa faoliyati / sportcha suzish / yoshlar / sport maktab / suzish seksiyalari / rekord / spartakiada / olimpiada / swimming / competition activities / sports swimming / youth / sports school / swimming clubs / record / spartakiad / olympiad

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zohid Sobir O‘G‘Li Sultonov

Ushbu maqolada mamlakatimizda suzish sport turining rivojlanishi, sportchilarimizning mintaqaviy va xalqaro maydonlarda erishgan natijalari hamda aholi o„rtasida rivojlanish bosqichlarini ko„rib chiqamiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF DEVELOPMENT OF SWIMMING SPORTS IN OUR COUNTRY

In this article, we will consider the development of swimming sports in our country, the results achieved by our athletes in the regional and international arenas, as well as the stages of development among the population

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA SUZISH SPORT TURINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

MAMLAKATIMIZDA SUZISH SPORT TURINING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI

Zohid Sobir o'g'li Sultonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizda suzish sport turining rivojlanishi, sportchilarimizning mintaqaviy va xalqaro maydonlarda erishgan natijalari hamda aholi o'rtasida rivojlanish bosqichlarini ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: suzish, musobaqa faoliyati, sportcha suzish, yoshlar, sport maktab, suzish seksiyalari, rekord, spartakiada, olimpiada.

STAGES OF DEVELOPMENT OF SWIMMING SPORTS IN OUR

COUNTRY

Zohid Sobir ogli Sultonov

Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

In this article, we will consider the development of swimming sports in our country, the results achieved by our athletes in the regional and international arenas, as well as the stages of development among the population.

Keywords: swimming, competition activities, sports swimming, youth, sports school, swimming clubs, record, spartakiad, olympiad.

KIRISH

Suzish inson organizmi uchun eng foydali sport turi ekani barchamiz uchun isbot talab qilmas haqiqat. Eng qadim zamonlardan boshlab, barcha xalqlarning qarorgohlari daryo va ko'llarga yaqin bo'lgan. Odamlarni o'ziga jalb qilgan suv havzalari ular uchun faqat hayot manbayi emas, balki ozuqa topish mumkin bo'lgan joy, o'zaro aloqa va almashinuvning qulay vositasi hisoblangan.

Yurtimizda suzishning rivojlanish bosqichlarini uch bosqichga bo'lishimiz mumkin bular, 1-bosqich suzish sport turning mamlaktizizga kirib kelishi (1924-1940 yillar). 2-bosqich ikkinchi jahon urushidan keyingi davr (1941-1990 yillar). 3-bosqich mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng va hozirgi davr.

Jahonning ko'plab mamlakatlarida suzishga ommaviy o'rgatish davlat ahamiyati darajasiga olib chiqilgan. Suzish jismoniy tarbiya tizimida o'z o'rniga ega bo'lib, aholining barcha yosh qatlamlarini o'ziga jalb qiladi. Suzish sport turi respublikamizga 1924-25 yillarda kirib kelgan bo'lib, bunga mamlakatimizda ilk gidrostansiyalarning qurilishi sabab bo'lgan [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

1927-yilda Bo'zsuv kanalida TashGRES suv omborida 50 metrlik suzish havzasi bo'lgan birinchi suv stansiyasining qurilishi respublikaning sport hayotidagi katta voqeasi bo'ldi. Shu yilning yozida Samara suzuvchilari bilan kichik musobaqa tarzida uchrashuv uyushtirildi. Mazkur musobaqa qatnashchisi Samaralik N.N.Tarasov keyinchalik Toshkentda qolib, suv sporti turlari bo'yicha yo'riqchi bo'lib ishlay boshladi. Uning say-harakatlari bilan suzish sport turi ilk bora 1929-yil o'tkazilgan ikkinchi butuno'zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi. Bu musobaqalarda Moskvada o'tkaziladigan butunittifoq spartakiadasida ishtirok etish uchun eng yaxshi suzuvchilar saralab olindi.

Suzishga ixtisoslashgan birinchi suvi isitiladigan 50 metrli suv havzasi 1930-yil Toshkent to'qimachilik kombinantida qurilgan. Toshkentda tashqari Buxoro, Andijon shaharlarida aholi orasida suzishga qiziqish ortib bordi. Buxoro suzuvchilarining mashg'ulotlari shahardagi eng katta suniy suv havzasi Labi hovuzda, Andijonda esa shahar bog'idagi suniy suv havzasi tanlab olingan.

Suzish bo'yicha O'zbekiston tarixidagi birinchi musobaqa mamlakat birinchiligi maqomida 1935-yil Andijonda o'tkazilgan bo'lib, unda Andijon, Farg'ona, Qo'qon va Toshkent jamolari qatnashdilar. Shu yildan boshlab Toshketda har yili shahar birinchiligi musobaqalari o'tkazish an'ana tusiga kirdi. 1936-yil oxirida Toshkentda Temiryo'lchilarning madaniyat va istirohat bog'ida 25 metrli ochiq suzish havzasi qurildi, uning qoshida 1937-yil shaharda birinchi suzish bo'yicha bolalar-o'smirlar sport maktabi ochildi. Maktabga V.N.Mixaylov rahbarlik qila boshladi.

1937-yildagi O'zbekiston birinchiligi to'qimachilik kombinati suzish havzasida o'tkazilib, u suzuvchilarga katta muvaffaqiyatlar olib keldi. Musobaqada oltita ko'ngilli sport jamiyati vakillari bo'lgan 50 kishi qatnashdi. 8 ta respublika rekordlari qayd etildi. Brass usulida suzishda dinamo jamoyati a'zosi S.Kolesov 100 m - 1:35.05 sek natija ko'rsatib rekord o'rnatdi, ko'krakda krol usulida esa o'qituvchi jamiyati a'zosi V.Glushchenkov 100 m 1:07.07 sek ko'rsatib rekord o'rnatdi. 1939-yilda Toshkent aholisi tomonidan jamoatchilik asosida 9 gektarlik

bog' hududida Komsomol ko'li yuzaga keltirildi. Ko'lda, suzuvchilar uchun ikkita yirik suv stansiyasi qurildi. Shu yili kuzda "Spartak", keying bahorida "Dinamo" stansiyalari paydo bo'lib, ular uzoq yillar davomida mamlakatimiz suzuvchilarning asosiy tayyorgarlik bazasiga aylanib qoldi [1].

1939-yilda O'zbekiston suzish federatsiyasi yuzaga keldi. Federatsiyaning birinchi raisi etib A.K.Smirnov saylandi. 1940-yilda Respublika suzish seksiyasi tashkil etildi, yetakchi murabbiylar A.K.Smirnov, V.N.Mixaylov, P.M.Borodkin, N.T.Shulchenko, N.M.Kofper, va V.T.Bondarenko o'z faoliyatlarini olib bordilar. Seksiya mamlakatimizda suzishni rivojlantirishniing turli tashkiliy va uslubiy muammolarini hal etish bilan birga resbublika miqyosidagi musobaqalarga boshchilik qilgan. Seksiya tashlik qilingandan so'ng suzish bilan shug'ullanuvchilar soni ortib, 33 nafar I razryadli, 12 nafar II razryadli va 30 nafar III razryadli sportchilar tayyorlandi.

NATIJALAR

II jahon urushi davrida barcha sport turlari kabi suzishdaham tanaffus yuzaga keldi. Ammo urushdan so'ng qolgan sport turlariga qaraganda suzishni rivojlanishi tezroq kechdi. 1946-yil butun ittifoq birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi yosh suzuvchilar tufayli to'qqizinchi o'ringa ko'tarildi. Respublika jismoniy tarbiya va sport qo'mitasining shu yilgi hisobotida sakkizta suzish havzasi mavjudligi, ularda suzish bilan 2537 kishi shug'ullanayotgani qayd etildi. 1950-yilda VI Butun o'zbek spartakiadasida suzish bo'yicha 107 sportchi ishtirok etib, jamolar quyidagi o'rinlarni egallashdi:

1. Toshkent shahri

2. Samarqand viloyati

3. Andijon viloyati

4. Namangan viloyati

5. Farg'ona viloyati

6. Toshkent viloyati

7. Buxoro viloyati

8. Xorazm viloyati

A.Gerasimov yetti xil masofada qatnashib barchasida o'sha davr uchun yuqori hisoblangan natijalar bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shu davrda qobiliyatli sportchi Y.Frolov oldingi qatorga o'ta boshladi.

Yuriy Frolov 1953-yilda O'zbekistonlik suzuvchilar orasida birinchi bo'lib, sobiq ittifoq chempioni unvonini qo'lga kiritdi, u keyinchalik O'zbekistonlik sportchi sifatida birinchi bor chet eldagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi.

Yil bo'yi o'tkaziladigan o'quv-mashq ishlari uchun sharoitning yo'qligi, jismoniy tayyorgarlikka to'g'ri baho bera olmaslik, mamlakatning eng yaxshi suzuvchilari bilan uchrashuvlarning kamligi suzuvchilarimizning yaxshi natijalarga erishishiga to'sqinlik qilardi.

1951-yilda Farg'ona pedagogika instituti qoshida 25 metrli suzish havzasi qurildi. Respublikamizning eng kuchli suzuvchilari bilan uzluksiz mashg'ulotlar tizimi kuchga kirdi. 1952-yil qishida Leningradda respublikaning eng kuchli suzuvchilari va qobiliyatli yoshlarning o'quv-mashq yig'ini o'tkazildi. Bularning barchasi yozgi mavsumda deyarli barcha masofalarda rekordlarning yangilanishiga yordam berdi.

Respublikamizda suzish bo'yicha malakali sportchilarni tayyorlash maqsadida 1955-yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshida suzish kafedrasi ochildi. Kafedra yillar davomida suzish, suv polosi, suvga sakrash, zamonaviy beshkurash, eshkak eshish va sinxron suzish bo'yicha 600 ziyod mutaxassis yetkazib berildi.

1960-yil sentabr oyida Respublika Oliy sport mahorati maktabi tashkil etildi. Suzish bo'limiga I razryadli va umidli II razryadli suzuvchilardan 40 nafari qabul qilindi. Bu maktabda suzish bo'yicha o'quv mashq jarayonini respublikaning eng yaxshu murabbiylari A.K.Smirnov, V.T.Bondarenko, V.P.Lyutiy, A.E.Shpolyanskiy boshqardilar. Terma jamoa yagona reja asosida bir jamoa bo'lib qator yillar davomida musobaqalarga tayyorlanish imkoniga ega bo'ldi.

MUHOKAMA

Respublikamiz suzuvchilari birinchi bor sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibida 1964-yil Tokioda bo'lib o'tadigan XVIII yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdilar. Mazkur musobaqada 200 m brass usulida suzishda S.Babanina uchinchi o'rinni qo'lga kiritib tarixiy voqealikni boshlab berdi. A.E.Shpolyanskyining shogirdi N.Ustinova 100 m va 200 m erkin usulda suzishda hamda estafetalar bo'yicha Yevropa chempioni va rekordchisi (1966), sobiq ittifoqning 16 karra chempioni va rekordchisi (1963-1968) hisoblanadi.

Respublikamiz o'z mustaqilligiga erishgandan so'ng sportchilar xususan suzuvchilar terma jamoasi oldida katta imloniyatlar ochildi. Suzuvchilarimiz

davlatimiz bayrog'i ostida alohida jamoa bo'lib, xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladilar [2].

1992-yilda O'zbekiston suzish federatsiyasi tashkil etildi, uning prezidenti etib Shokarim Abdullayevich Annazarov saylandi. 1994-yilda O'zbekiston suzish federatsiyasi Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA), shuningdek, Osiyo suzish assotsiatsiyasining (AASF) teng huquqli a'zosiga aylandi. Shu yilning iyulida V.Kabanov, O.Svetovskiy, A.Agafonov, A.Galyautdinov, S.Vecherkindan iborat suzish terma jamoasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy V.V.Petrov rahbarligida tarixda birinchi marta jahon chempionatida qatnashdilar. Oktabr oyida Yaponiya davlatining Xirosima shahrida bo'lib o'tgan XII Osiyo o'yinlarida ishtirok etib, erkin usulda 4x100 m estafetada bronza suzish bo'yicha mustaqil O'zbekiston tarixida ilk medallarni qo'lga kiritishdi.

1996-yida terma jamoamiz Tailand davlatining Bangkok shahrida o'tgan VI Osiyo chempionatida qatnashib 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Shu yili AQSHning Atlanta shahrida XXVI yozgi olimpiada o'yinlarida suzish bo'yicha sakkiz nafar terma jamoamiz a'zolari qatnashdilar[1,4]. 2000-yil Sidneyda bo'lib o'tgan XXVII yozgi olimpiada o'yinlarida esa o'n nafar suzuvchilarimiz ishtikol etishdi. Garchan sportchilarimiz ikkala olimpiya o'yinlarida medal olmagan bo'lishsada, bu sportchilarimizga keyingi xalqaro musobaqalar uchun ulkan mahorat maktabi bo'lib xizmat qildi.

XULOSA

Hozirgi kunda respublikamizning viloyat va tumanlarida 200 dan ortiq suv havzalari mavjud bo'lib, ularda qobiliyatli yosh sportchi suzuvchilar yetishib chiqmoqda. Xurshid Tursunov va Vladislav Mustafinlar shu yili Tokioda bo'lib o'tadigan XXXII yozgi olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Ko'plab suzish bo'yicha mashg'ulotlarni uzliksizlik bilan tashkil etilib, qat'iy tartib asosida tartibga amal qilib mashg'ulotlarni olib borsak albatta bundanda yuqori natijalarga erishamiz. Bunda asosan suzish bo'yicha murabbiylarning o'rni katta bo'ladi.

REFERENCES

1. Korbut V.M., Islamov I.S. Suzish nazariyasi va uslubiyati o'quv qo'llanma Toshkent 2018.

2. A.G'.Sodiqov Yosh suzuvchilarning tayyorgarlik bosqichlaridagi mashg'ulot yuklamalarini rejalashtirish.-T.: "Fan va texnalogiya" nashriyoti, 2015.

3. Ulugbek Zokirov. Individual Features Of Development Of Information And Communicative Competence In Masters Of Higher Pedagogical Education. The American Journal of Social Science and Education Innovations. № 3 (3), 486-491. (2021). https://usaiournalshub.com/index.php/taissei/article/view/2423/2314

4. Зокиров У.М., Патидинов К. Д. "Умумий урта таълим мактаби 7 - 8 синф укувчиларининг жисмоний тайёргарлигини жисмоний ривожланишига богликлиги" The journal of academic research in educational sciences. № 1 (4), 693-697. (2020).

5. Зокиров У.М. "Совершенствование тренировочного процесса студентов факультета физической культуры специализирующихся в спортивной борьбе" маг. Диссертация ФерГУ 2020 г. 25,26,27,28.

6. Зокиров У.М. "Эркин курашчиларнинг умумий ва махсус жисмоний тайёргарликларини такомиллаштириш усуллари" The journal of academic research in educational sciences. № 1 (2), 306-314. (2020).

7. Korbut V.M., Israilova R.G., Voljin.V.I. - Toshkent: Ilmiy - Texnika Axboroti -Press nashriyoti, 2018.

8. Mirzahakim To'xtamirzayev, Farhod Turdiyev, Munavvarxon Rasulova Olimp sari (o'zbek va rus tillarida). - Toshkent: "Navro'z", 2017.

9. M.Abdullayev, F.Tashpulatov Suzish va uni o'qitish metodikasi o'quv qo'llanma Toshkent "Sano standart" 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.