Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON VA YAPONIYA HAMKORLIGI RIVOJIDA XALQ DIPLOMATIYASINING O‘RNI'

O‘ZBEKISTON VA YAPONIYA HAMKORLIGI RIVOJIDA XALQ DIPLOMATIYASINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat karvon saroyi / madaniy diplomatiya / “Hiroshima tinchlik toshi” / faxriy konsullik / yapon markazi. / Palace of culture caravan / cultural diplomacy / "Hiroshima Peace stone" / Honorary Consulate / Japan Center.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Barno Safarali Qizi Suyunova

Maqolada O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli munosabatlar rivojida xalq diplomatiyasining o‘rni va ahamiyatli jihatlari o‘rganiladi. Shuning bilan birgalikda, ikki tomonlama munosabatlar rivojiga hissa qo‘shgan olimlar, turli soha vakillari va davlat arboblarining bu boradagi faoliyati yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PUBLIC DIPLOMACY IN THE DEVELOPMENT OF COOPERATION BETWEEN UZBEKISTAN AND JAPAN

The article examines the role and important aspects of Public Diplomacy in the development of large-scale relations between Uzbekistan and Japan. Therefore, the activities of scientists, representatives of different spheres and statesmen who contributed to the development of bilateral relations were highlighted.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON VA YAPONIYA HAMKORLIGI RIVOJIDA XALQ DIPLOMATIYASINING O‘RNI»

O'ZBEKISTON VA YAPONIYA HAMKORLIGI RIVOJIDA XALQ DIPLOMATIYASINING O'RNI

Suyunova Barno Safarali qizi

Tayanch doktorant, Toshken t davlat sharqsh un oslik un iversiteti E-mail: barno.suyunova.95@mail. ru Toshkent, O 'zbekiston

Annotatsiya: Maqolada O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi keng ko'lamli munosabatlar rivojida xalq diplomatiyasining o'rni va ahamiyatli jihatlari o'rganiladi. Shuning bilan birgalikda, ikki tomonlama munosabatlar rivojiga hissa qo'shgan olimlar, turli soha vakillari va davlat arboblarining bu boradagi faoliyati yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: Madaniyat karvon saroyi, madaniy diplomatiya, "Hiroshima tinchlik toshi ", faxriy konsullik, yapon markazi.

РОЛЬ НАРОДНОЙ ДИПЛОМАТИИ В РАЗВИТИИ СОТРУДНИЧЕСТВА

УЗБЕКИСТАНА И ЯПОНИИ

Суюнова Барно дочь Сафарали

Базовый докторант, Ташкентский государственный университет востоковедения

E-mail: barno.suyunova.95@mail. ru Ташкент, Узбекистан

Аннотация: В статье исследуется роль и значимость народной дипломатии в развитии широкомасштабных отношений между Узбекистаном и Японией. Вместе с тем будет освещена деятельность ученых, представителей различных сфер и государственных деятелей, внесших вклад в развитие двусторонних отношений.

Ключевые слова: культурный караван-сарай, культурная дипломатия, "камень мира Хиросимы ", почетное консульство, Японский центр.

THE ROLE OF PUBLIC DIPLOMACY IN THE DEVELOPMENT OF COOPERATION BETWEEN UZBEKISTAN AND JAPAN

Suyunova Barno Safarali qizi

PhD student,

Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: barno.suyunova.95@mail. ru Tashkent, Uzbekistan

Annotation: The article examines the role and important aspects of Public Diplomacy in the development of large-scale relations between Uzbekistan and Japan. Therefore, the activities of scientists, representatives of different spheres and statesmen who contributed to the development of bilateral relations were highlighted.

Keywords: Palace of culture caravan, cultural diplomacy, "Hiroshima Peace stone", Honorary Consulate, Japan Center.

Kirish.

Mamlakatimizning o'z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o'zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib borishi butun dunyoga ma'lumdir. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda esa xalq diplomatiyasining ahamiyati doimo muhim ahamiyatini saqlab qoladi. Xususan, rivojlangan davlatlardan hisoblanuvchi Yaponiya bilan munosabatlarni rivojlantirish o'zaro manfaatli hamkorlik uchun salmoqli ta'sirga ega bo'lib, bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanib borishi bilan bir qatorda, madaniy-gumanitar sohadagi ko'lami ham kengayib bormoqda. Bunda ikki xalqning sharqona hayot tarzi, bir-biriga yaqin qadriyatlari va Yaponiyaning yumshoq kuch siyosatining ta'siri yuqori darajada bo' ldi deyish mumkin.

Uslublar.

Mazkur maqola tizimli tahlil, kontent tahlil, umumlashtirish, tarixiylik, ivent tahlil usullaridan foydalanilgan holda tayyorlandi. Berilgan ma'lumotlarni asoslab

www. sharqjurnali. uz

berishda birlamchi manbalar, rasmiy ma'lumotlar va ilmiy adabiyotlardan o'z o'rnida foydalanildi.

Muhokama va natijalar.

Yaponiya ilmiy doiralari vakillari mamlakatlar o'rtasidagi gumanitar aloqalar rivojiga salmoqli hissa qo'shib kelmoqda. Ayniqsa, Ikuo Hiroyama, yaponiyalik arxeolog Kyudzo Kato, Osaki Sigekatsu, Jalil Sultonov kabi xalq vakillarining o'zaro munosabatlarni yanada yaqinlashtirishga qo'shgan hissasi diqqatga sazovordir. Xususan, mamlakatimiz tarixini o'rganishda o'z hissasini qo'shgan yapon arxeologi, olim, etnograf va tarjimon, Termiz shahrining faxriy fuqarosi Kyudzo Kato bir qator insonlar qatorida ikki tomonlama aloqalar rivojiga xizmat qilgan. X X asrning so'nggi o'n yilligi davomida Kato O'zbekistonda joylashgan Kushon imperiyasi davridagi buddaviylik yodgorliklari ustida qazishma ishlarini olib borgan. Ma'lumki, aynan kushonlar Markaziy Osiyo hududiga buddaviylik dinini olib kirganlar va uni davlat dini sifatida belgilashgan. 1998-yildan Qoratepa va Fayoztepa manzilgohlaridagi buddaviylik yodgorliklarida boshlagan arxeologik ishlarini har yili ikki martadan (bahor va kuzda) davom ettirgan. Professor Kato ko'p yillar davomida Dalvarzintepa manzilgohidagi buddaviylik yodgorliklarida olib borilgan o'zbek-yapon xalqaro arxeologik ekspeditsiyasiga oid tadqiqotlarga rahbarlik qilgan. Mazkur yillar davomida Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga oid bir qator ilmiy nashrlarini e'lon qilgan. Jumladan, "Ipak yo'li chorraxasida", "Yevroosiyo sivilizatsiyasi bo'ylab sayohat", "Dalvarzintepa shahristoni" kabi ko'plab kitoblar yozgan va "Qadimgi Panjikent", "Qadimgi Xorazm" singari kitoblarni yapon tiliga tarjima qilgan. Professor Katoning faoliyati Yaponiya tashqi siyosiy faoliyat hisobotlarida yuqori baholangan va Yaponiya hukumati tomonidan faxriy yorliq, maxsus orden bilan taqdirlangan va Yaponiya milliy etnografiya muzeyi faxriy professori unvoni bilan taqdirlangan. Uning ishlari O'zbekistonda ham yuqori baholanib, "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan[3] va Termiz shahri Katoni "Faxrli fuqarosi" sifatida tan olgan.

Professor Yaponiyaning turli shaharlarida o'zbek madaniyati va san'atini namoyish etuvchi ko'rgazmalarni muntazam ravishda tashkil qilgan. O'zbekistonda uni nafaqat eng taniqli, hurmatli xorijlik sifatida, balki sevimli va faxrli inson sifatida ham ko'rishadi. Kyudzo Kato doimo quyidagi gaplarini ta'kidlab o'tgan: "Mamlakatlarimizda hamkorlik bo'yicha ko'plab imkoniyatlar mavjud. Agarda mening kitoblarim xalqlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashishi uchun xizmat qilsa, men bundan xursand bo'laman" [4]. Olim O'zbekistondagi arxeologik yodgorliklarni o'rganishda yigirma yillik ishtiroki orqali Yaponiyada Yevroosiyo etnografiyasini rivojlantirish bilan b ir qatorda O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi ikki tomonlama ilmiy hamkorlik va do'stona munosabatlarga beqiyos hissa qo'shdi.

Kyudzo Kato kabi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatli faoliyat olib borgan insonlardan biri Ikuo Hiroyama bo'lib, uning tashabbusi bilan ochilgan O'zbekiston-Yaponiya ilmiy-ijodiy "Madaniyat karvon saroyi" o'zaro madaniy aloqalarni kengaytirishdagi o'rni alohida diqqatga sazovor. I.Hiroyama 1999-yilda Yaponiyada O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Tursunali Qo'ziyev bilan uchrashadi va Ipak yo'li tarixini namoyish etish hamda O'zbekiston-Yaponiya aloqalarini mustahkamlash uchun madaniyat markazini tashkil etish g'oyasini muhokama qiladilar[1]. 2001-2003-yillarda O'zbekiston hukumati yordami bilan Ikuo Hiroyama xalqaro madaniyat karvonsaroyi tashkil etiladi. Bu xalqaro karvonsaroy tashkil qilinganidan buyon O'zbekiston, Yaponiya va Ipak yo'lida joylashgan boshqa mamlakatlarning madaniy merosini "ommalashtirish"ga xizmat qilib kelmoqda. Mazkur muassasa "ham muzey, ham ilmiy-madaniy markaz" sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, Ikuo Hiroyama xalqaro madaniyat karvon saroyi hududida, shuningdek, sarv bilan to'ldirilgan do'stlik bog'i va Hiroshimadagi yo'lak bo'laklaridan yasalgan "Hiroshima tinchlik toshi" mavjud bo'lib, u hozir "tinchlik ramzi" bo'lib xizmat qiladi[5]. Ikuo Hiroyamaning Ipak yo'li bo'ylab madaniy

boyliklarni asrash va tiklashdagi ulkan hissasi butun dunyoda, ayniqsa, qadimgi Ipak yo'li bo'ylab joylashgan davlatlarda yuqori baholanadi.

Yuqoridagi yaponiyalik tadqiqotchilar bilan bir qatorda, Niigata universiteti qoshidagi Yaponiya fanni targ'ib qilish jamiyati tadqiqotchisi, o'zbek tili bo'yicha yetuk yapon mutaxassisi Hidaka Shinsuke tomonidan "New Express + O'zbek tili" o'quv qo'llanmasi ishlab chiqilib, joriy yilning yanvar oyi yakunida "Hakusuisha" nashriyoti tomonidan chop etilishi ham ko'plab yaponlarda o'zbek tilini o'rganish va yurtimizga bo'lgan qiziqishi ortishiga xizmat qilib kelmoqda. H.Shinsuke 2014-yildan 2016-yilgacha O'zbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullangan, shuningdek, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Yaponiya markazida yapon tilidan dars bergan. "New Express+O'zbek tili" kitobining kirish qismida "O'zbekiston Markaziy Osiyoda eng ko'p aholiga ega, Buyuk Ipak yo'lidagi muhim joy sifatida boy tarixga ega va bugungi kunda biznes salohiyati nuqtai nazaridan e'tiborni tortmoqda. Poytaxt Toshkent va Samarqand kabi maftunkor shaharlar qadim zamonlardan buyon Ipak yo'lining muhim nuqtalari sifatida gullab -yashnagan va turli tillarda so'zlashgan. Turk tili bilan bir xil turkiy tillarga mansub, arab, fors va rus tillaridan ko'plab so'z birikmalarini o'z ichiga olgan o'zbek tilini o'rganib, bu hududning ko'p qatlamli tabiati va boy tarixi bilan tanishib chiqishingiz kerak", deb fikr bildirilgan[17].

Alohida shaxslardan tashqari, Yaponiyadagi bir qator nodavlat xalqaro tashkilotlar ham yurtimizga qiziqish bildirib, turli sohalarni rivojlantirishda o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Tokiodagi OISCA (The Organization for Industrial, Spiritual and Cultural Advancement) tashkiloti 2015-yildan buyon mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, OISCA tomonidan 2022-yildan boshlab 10 yil davomida Orol dengizining qurigan hududining 40 ming gektar maydonini ko'kalamzorlashtirish loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda[10]. O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ko'magida

OISCA tashkiloti boshchiligidagi 30 nafar yaponiyalik ko'ngillilar 2023-yilning oktabr oyida O'zbekistonga kelib, Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan birgalikda Orol dengizining qurigan 10 gektar tubiga 10 ming tup daraxt ko'chatlarini ekishda ishtirok etdilar. Mazkur tashabbus nafaqat O'zbekiston tabiati, balki mintqaviy ekologik v aziyatga ham ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

Shuningdek, o'zbekistonlik bir qator siyosatchi, olimlar ham o'zaro aloqalar rivojiga hissa qo'shib kelmoqda va ularning Yaponiya tomonidan turli orden va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishi o'zaro yaqinlik va hurmat ramzi sifatida, munosabatlarni rivojlantirishga qo'shilgan har bir kichik harakat ham Yaponiya hukumati va xalqi tomoidan alohida e'tirof etilishini namoyon qiladi. Xususan, Jalil Sultonov (1998-yilda o'z mablag'i hisobidan o'g'lining uyi hududida, yapon asirlarining qabristoni yonida joylashgan yapon askarlarining memorial muzeyini ochgan hamda asirga olingan yaponlarning hayoti haqida hujjatli filmlar tayyorlaydi va namoyish etadi) ikki tomonlama do'stona munosabatlarni rivojlantirish va xalqlar o'rtasidagi o'zaro anglashuvni chuqurlashtirishga ulkan hissa qo'shayotganligi uchun 2015-yil 7-oktabrda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Faxriy yorlig' i, 2016-yil 30-noyabrda "Oltin va kumush nurli chiqayotgan quyosh ordeni" Imperatorlik ordeni bilan taqdirlangan[6]. 2017-yil 31-martda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti dotsenti Reiko Sugano "Muqaddas xazina, oltin va kumush nurlar" Imperatorlik ordeni bilan mukofotlangan [7]. 2017-yilning 29-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatriga Yaponiya tashqi ishlar vazirining Faxriy yorlig'i topshirilgan. 2017-yil 3-noyabrda Toshkent shahridagi Yakkasaroy tumanidagi "Fozil ota" qabristoni qorovuli Miroqil Fozilov O'zbekistonda internirlangan yaponiyaliklar tarixini saqlash va yapon fuqarolari qabristonini qo'riqlashdagi xizmatlari uchun "Kumush nurli Quyosh chiqishi ordeni" bilan taqdirlangan[18]. 2018-yilning 29-aprelida Yaponiya elchixonasining yuridik

maslahatchisi Ravil Isanboyev O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan Yaponiya elchixonasi, Yaponiya davlat tashkilotlari va kompaniyalari faoliyatiga huquqiy yordam ko'rsatishda yuridik maslahatchi sifatidagi xizmatlari uchun "Muqaddas xazina, bo'yinbog'li oltin nurlar" ordeni bilan mukofotlangan[15]. O'zbekistonda aykidoni chuqur tushunish va bilishga, shuningdek, ikki xalq o'rtasida sport almashinuvini rivojlantirishga xizmat qilganligi uchun 2018-yilda Yaponiya tashqi ishlar vaziri O'zbekiston Aykido federatsiyasi Prezidenti Rashid Xolidovni faxriy yorliq bilan taqdirlash to'g'risida qaror qabul qildi[19]. 2019-yilning avgust oyida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sobiq rektori, Abdurahim Mannonov, O'zbekiston Badiiy Akademiyasi qoshidagi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi direktori Farrux Usmonov va Nagoya universiteti aspiranturasining huquqshunoslik fakulteti professori Katsuya Ichihashini Yaponiya Tashqi ishlar vazirining Faxriy yorlig'i bilan taqdirlashga qaror qilindi[20]. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va Yaponiya-O'zbekiston o'rtasidagi do'stona munosabatlarni rivojlantirishda xizmatlari uchun O'zbekiston Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o'rinbosari, sobiq Tashqi ishlar vaziri, "Oliy Majlis - Yaponiya parlamenti" parlamentlararo guruhining sobiq Raisi Sodiq Safoyev 2021-yil 3-noyabrda "Chiqayotgan quyosh ordeni Katta tasmasi" nomli eng yuqori o'rinda turuvchi Imperatorlik ordeni bilan taqdirlangan bo'lib, bu O'zbekistonga birinchi marta berilgan[16]. Oradan bir yil o'tib, Yaponiya hukumati O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga[13], 2023-yil 3-noyabrda esa O'zbekiston Prezidentining tashqi siyosat bo'yicha maxsus vakili (sobiq tashqi ishlar vaziri) Abdulaziz Komilovga[14] ham ushbu yuksak orden taqdim qilindi va 2023-yil noyabrda o'zbek xalqini yapon madaniyati bilan tanishtirish va Yaponiya va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi madaniy almashinuvlarni yo'lga qo'yishda xizmatlari uchun O'zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi raisi Nuridinov Akmalni "Lentali oltin nurli

Quyosh chiqishi" ordeni bilan[12] taqdirlash to'g'risida ham qaror qabul qildi[ 11]. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar ham shundan dalolat beradiki, Yaponiya hukumati va xalqi har bir shaxsning o'zaro aloqalar rivojida qo'shgan hissasini yuksak qadrlaydilar va minnatdorchilik belgisi sifatida munosib taqdirlab boradi.

Mamlakatimizda 2018-yilda Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinishi Yaponiya fuqarolarini O'zbekistonga bo'lgan qiziqishi yanada orttirdi. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifi chog'ida imzolangan "O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va Yaponiya turizm agentligi o'rtasida 2020-2022 yillarga mo'ljallangan turizm sohasidagi hamkorlik to'g'risida memorandum" doirasida sayyohlik sohasi ham jadal rivojlanayotganini ta'kidlash mumkin[2].

O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi rasmiy saytida keltirilgan ma'lumotga ko'ra, 2023-yil 19-sentabr kuni O'zbekiston bilan Aichi prefekturasi va Nagoya shahri o'rtasidagi do'stona munosabatlarni rivojlantirish, ikki tomonlama iqtisodiy, madaniy-gumanitar, sayyohlik va ta'lim sohalarida aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Aichi prefekturasida istiqomat qilayotgan fuqarolarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Faxriy konsulligi tashkil etildi. Faxriy konsullikning ochilish marosimida "IM Corporation" kompaniyasi maslahatchisi "Nagoya-O'zbekiston" do'stlik assotsiatsiyasi maslahatchisi Hiroyuki Ito O'zbekiston Respublikasining Nagoya shahridagi faxriy konsuli etib tayinlandi[8]. Bu hodisa siyosiy va diplomatik aloqalar mahalliy birliklar doirasida ham rivojlanib borayotganligidan darak beradi. Qayd etish joizki, hozirgi kunda ma'muriy birliklararo munosabatlarni yuqori darajaga olib chiqishda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, hozirgi kunda Toshkent -Nagoya, Samarqand - Nara, Rishton - Maydzuru shaharlari o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Ayniqsa, Kioto prefekturasidagi Maydzuru shahri bilan hamkorlikning ahamiyati juda yuqori. 2019-yildagi oliy tashrif doirasida Rishton va

Maydzuru shaharlari o'rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida hozirgi kunda respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg'ona va Toshkent kabi hududlarida JICAning 0,3 million dollarlik mablag'i jalb qilingan holda choy yetishtirish bo'yicha loyiha amalga oshirilmoqda[9]. Bundan tashqari, joriy yilning 13-yanvar kuni mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasida faol, olima va tadbirkor vatandosh xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv o'tkazilib, tadbir doirasida diplomatik vakolatxona qoshida "Yaponiyadagi vatandosh ayollar Maslahat kengashi"ning tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlash lozim.

Xulosa.

Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi munosabatlar turli darajalarda va turli sohalar doirasida izchil rivojlanib bormoqda. Bunda diplomatik vakolatxonalar, Yaponiya markazi, ilmiy va madaniyat markazlar, Yaponiya nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy kompaniyalarining hissasi yuqori bo' lib qolmoqda. Yuqorida birma-bir sanab o'tilgan olimlar va davlat arboblarining ikki tomonlama munosabatlarni yanada kuchaytirish, xalqlar o'rtasida o'zaro ishonch va hurmatning oshishiga xizmat qilganliklari alohida tahsinga sazovor. Bu jarayonni davom ettirish kelajak avlod uchun ham ulkan mas'uliyat yuklaydi. Ayniqsa, yapon hukumati tomonidan ajratilgan grantlar doirasida ta'lim olib kelgan turli soha vakillari, o'zaro almashinuv dasturlari ishtirokchilari uchun ham muhim vazifa hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Ekstrom M. The 'Silk Road' between Japan and Uzbekistan. April 6, 2022. // https://www.ocamagazine.com/2022/04/06/the-silk-road-between-japan-and-uzbekistan/

2. Madimarov A., Aripova M. O'zbekiston va Yaponiya: o'zaro manfaatlarga asoslangan hamkorlik. 27.07.2020//https://isrs.uz/oz/maqolalar/uzbekistan-i-aponia-sotrudnicestvo -osnovanno e-na-vzaimovygo dnyh-interesah

3. Suyunova B.S. O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari //Oriental renaissance:

www. sharqjurnali. uz

Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - Т. 2. - №. Special Issue 22. - С. 186.

4. Кузнецов С. Вспоминая профессора Като Кюдзо //Известия Иркутского государственного университета. Серия: История. - 2016. - Т. 18. - C. 74-75.

5. Международный Караван-сарай культуры Икуо Хираямы. «Камень мира Хиросимы»// https://caravanserai.uz/about.html

6. Награждение императорским орденом директора музея японских интернированных лиц. 2016/11/4. //https://www.uz.emb -japan. go .jp/itpr_ru/Sultanov_order_ru. html

7. Награждение императорским орденом доцента ташкентского государственного института востоковедения г-жи Рэйко Сугано. 2016/11/4. // https://www. uz. emb-japan. go .jp/itpr_ru/Sugano_order_ru.html

8. Сотоялась церемония открытия Почетного консульства Узбекистана в Нагое/ https://uzbekistan.jp/news/24800

9. Узбекистан - Япония: узаро хдмкорлик алокаларининг ривожланиш жараёнлари. - Т.: ТДШУ, - Б. 58.

10. Япониялик 30 нафар кунгилли Оролбуйини кукаламзорлаштириш жараёнларида иштирок этиш учун Узбекистонга келди. 24.10.2023 // https://xabar.uz/post/yaponiyalik-30

11. Японо-Узбекские отношения. 2023.11.7.// https://www.uz.emb -japan. go .jp/itpr_ru/relations. html

X . ^ ЭД 5 ^ 11 Я 3 В . // https://www.uz.emb-japan. go .jp/itpr_ja/medalnuritd inov. html

^ЭД 4 ^ 11 Я 3 В. // https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ja/akinojokun2022.html 14.

Ъ Ш Ш С О U x . ^ ЭД 5 ^ 11 Я 3 В . // https://www.uz.emb-japan. go .jp/itpr_ja/medalkamilov. html

t Ъ Ш Ш С О U X . ¥ ^ 30 ^ 4 Я 30 В . // https://www.uz.emb-japan. go .jp/itpr_ja/00_000178.html

О U X . ^ ЭД 3 ^ 11 Я 3 В . // https://www.uz.emb-japan. go .jp/itpr_ja/akinojokun2021. html

17. ох ко m

//https://www.hakusuisha.co.jp/book/b638523.html

29 ^ 11 Я 6 В. // https://www.uz.emb-

japan.go.jp/itpr_ja/00_000 142.html

19. 30 ^^

. ¥ ^ 30 ^ 10 Я 19 В . // https://www.uz.emb-japan. go .jp/itpr_ja/rashidov. html

20. . ^П^ 8 Я 29 В . // https://www. uz. emb-japan. go .jp/itpr_ja/gramota 2019.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.