Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON VA HINDISTON UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANI DARSLIKLARINING QIYOSIY TAHLILI'

O’ZBEKISTON VA HINDISTON UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANI DARSLIKLARINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
24
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy darslik / sinflar kesimi / Hindiston darsliklari / fizika / sahifa dizayni / boblar / tahlil.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Shaxbos Erkin O’G’Li Davronov

Mamlakatimizda uchinchi renessans poydevorini qo’yib borishlikdagi yuksalishlarni yanada jadallashtarish maqsadida o’rta ta’lim maktab darsligining fizika fani bo’yicha Hindiston darsliklari bilan qiyosiy taqqoslash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON VA HINDISTON UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANI DARSLIKLARINING QIYOSIY TAHLILI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEKISTON VA HINDISTON UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANI DARSLIKLARINING QIYOSIY TAHLILI

Shaxbos Erkin o'g'li Davronov

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti "Tibbiyotda innovatsion axborot texnologiyalari, Biofizika" kafedrasi assistenti

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizda uchinchi renessans poydevorini qo'yib borishlikdagi yuksalishlarni yanada jadallashtarish maqsadida o'rta ta'lim maktab darsligining fizika fani bo'yicha Hindiston darsliklari bilan qiyosiy taqqoslash.

Kalit so'zlar: Milliy darslik, sinflar kesimi, Hindiston darsliklari, fizika, sahifa dizayni, boblar, tahlil.

Mamlakatimizda fizika faniga bo'lgan e'tibor kuchayayotganligi va bunga shaxsan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o'zlari bevosita nuqtlarida e'tirof etayotganliklari hech kimga sir emas. Bu e'tiborni inobatga olib biz kichik izlanishni amalga oshirdik. O'zbekistondagi maktab fizika darsliklari va Hindiston maktab darsliklari orasida solishtiruv qilib bordik. Bu borada o'rgangan bilimlarimizni siz bilan bo'lishish maqsadida ushbu maqolaga qo'l urdik.

Hindistondagi maktab ta'lim tizimi 12 yillik o'quv jarayonidan iborat. Fizika fanini o'qitish 6-sinfdan boshlanadi. Lekin, aynan 6-sinfdan boshlab fizika fani alohida fan sifatida o'tilmaydi. Fizika fani alohida fan sifatida 11 va 12-sinfda o'tiladi. Ungacha fizika fani biologiya va kimyo fanlari bilan birgalikda SCIENCE fani ostida o'tiladi. Biz tahlilni aynan 6-sinf darsligidan boshlaymiz.

6-sinf fizika darsligi tahlili:

6-sinf SCIENCE fanida fizika faniga oid bo'lgan mavzular quyidagilardan iboratdir:

• HARAKAT, O'LCHOV VA MASOFA

• YORUG'LIK, SOYA VA KO'ZGU

• ELEKTR ZANJIRI

• QIZIQARLI MAGNETIZM

• SUV

• ATROFIMIZDAGI HAVO (ATMOSFERA)

Bu mavzular o'quvchilarga juda sodda tilda yoritilgan bo'lib, juda ajoyib fotos uratlar bilan boyitilgan. O'quvchilar qiynalmagan va zerikmagan holatda bu ma'lumotlarni mazza qilib o'rgana olishadi. Darslikning eng ajoyib tomoni shundaki, mavzularda

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

umuman formulalar ishlatilmagan va faqatgina tabiiy hodisalar yoritib berilgan (1-rasm). Bu hodisalar o'quvchilaming fanga qiziqishini yanada orttirishiga sabab bo'ladi.

SCIENCE fanida garchi fizika fanining o'ziga tegishli bo'lgan mavzular oz miqdorda bo'lsada, deyarli qolgan barcha ma'lumotlar fizika faniga bevosita bog'langan holatda o'tiladi. Aslida, biologiya, fizika va kimyo fanlari barchasi tabiiy jarayonlarni o'rganganligi uchun fanning hamma mavzulari ham o'quvchilarning atrof muhitni to'la anglashiga juda keng ko'lamda yordam beradi. Shomolni tabiatda bizga kerakli tomonlari va undan nima maqsadlarda foydalansa bo'la degan savollarga o'rinli javoblarni kitobda go'zal tarzda tushuntirib o'tilgan. Bu bilan o'quvchini kelajakda qanday ishlar qilinsa, buni yanada rivojlantirsa bo'ladi degan fikrlarni uyg'otishligiga sababchi bo'lishlik mumkin. Yana darslikda e'tiborni tortgan jihat shu bo'ldiki, SCIENCE fani bo'yicha mavzularga aloqador laboratoriya topshiriqlari ham berib o'tilgan. Bu juda ham amaliy ahamiygan qaratilgan katta e'tibordir. O'quvchilaga laboratoriya ishlari qancha keng yoritilib mustaqil shug'ullanishga imkoniyat yaratib berilsa, ularda kelajakda yuqori salohiyatli kadrlar yetishib chiqishi shu darajada ortadi. 7-sinf SCIENCE fanida ham shu haolat davom etadi.

7-sinfda quyidagi mavzular qamrovi mavjud:

• HARAKAT VA VAQT

• ELEKTR TOKI VA UNING TA'SIRI

• YORUG'LIK HODISALARI

Ushbu mavzular o'quvchilarga yetkazilib qolgan fanlar bilan bog'langan holatda o'tiladi. Darslikning asosiy qismi biologiya fani mavzulariqa qaratilgan bo'lib, nisbatan fizika va umuman olganda tabiiy jarayonlarga qaratilgan. Bu sinfda o'quvchilarga fizika fanining kinematika, elektr va optika bo'limlariga tegishli bo'lgan mavzular yoritilgan bo'lib, o'quvchilar bu mavzularni 6-sinfda ham o'tishga edi. Aynan e'tiborli tomoni ham shunda. O'quvchilarga keyingi sinfda oldingi sinfning mantiqiy davomi o'laroq mavzular bir-biriga bog'langan holatda o'tib beriladi. Bu esa o'quvchi yoshlarning xotirasiga mavzular juda ham kuchur o'zlashib qolishiga xizmat qiladi. 6-sinf darsligida

Fig. 11.9 Light travelling in a straight line and getting rejlected from a mirror

Fig. 11.8 A mirror reflects a beam of light

112

Science

1-rasm

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023

ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

elektr bo'limida juda sodda va amalda insonlar ishlatadigan qurilmalar (masalan batareya, elektr chiroqlar, qo 'l fonarlar) berilgan bo'lsa, 7-sinfga kelib bu qurilmalari orqali elektr zanjirlarni hosil qilish va ulardan foydalanish hamda qisqacha magnetizmga kirish qism ham berib o'tilgan (2-rasm). Bundan maqsad o'quvchilarni o'zlashtirayotgan bilimlarini amalda asta-sekinlik bilan qo'llay olishlariga ko'niktirib

borishlikdir.

2-rasm: chapda 6-sinf, o 'ngda 7-sinf Hind darsliklari bu borada yuqorida ko'rib o'tkanimiz Turkiya va Rossiya ta'lim tizimidagi darsliklardan tubdan farq qiladi. Shuning uchun ham biz turli tizimga ega davlatlarning darsliklarini solishtirish orqali ko'proq ma'lumotlar almashinishini xohladik. 8-sinf darligi ham xuddi shu tartibda davom etarkan, ba'zi mavzular yangilik sifatida kiritilgan. Mavzularni qisqacha sizga tanishtirib o'tamiz va keyin fikr va mulohazalarimizni davom ettiramiz. Sinf darsligi quyidagi mavzularni o'z ichiga qamrab olgan:

• ISHQALANISH

• TOVUSH

• TABIATDA YUZ BERADIGAN HODISALAR (zilzila, chaqmoq, jismlarning zaryadlanishi, vulqonlar va h.k.).

• YORUG'LIK HODISALARI

• YULDUZLAR VA QUYOSH SISTEMASI

Mavzularga qarab bilib olishlik mumkinki, sinf darajasi yuqorilashishi bilan ma'lumotlar ham ozgina qiyinlashishlikni boshladi. Lekin shunday bo'lsada, mavzularni tushuntirishlikda baribir sodda tushunchalar va fotosuratlardan foydalanilgan. Bu qismda e'tiborning hammasi deyarli tabiatda kechadigan jaayonlarga qaratilgan. Qandaydir qurilmaning ishlash prinsipi yoki uning tuzilishi haqida emas. Demak, darslik oldingisiga nisbatan mavzularni o'zaro uyg'unlikda qamrab olgan. Bunda ham yana e'tibor yorug'lik hodisalariga qaratilgani bo'ldi. Chunki, bundan oldingi ikki darslikda ham yorug'lik hodisalariga bir bob ajratilgan edi. Optika mavzulariga biz haqiqatdan ham deyarli har kun murojaat qilamiz (13-rasm). Albatta mavzular boshqa-

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

boshqa holatda yoritilgan. Ba'zi ma'lumotlar qayta takror va mustahkam bo'lishligi uchun ham to'ldirilgan holatda darslikdan o'rin olgan.

9-sinfda ham SCIENCE fani o'tilishda davom etadi. Yana tabiiy fanlar birlashmasi kitobda mavjud. Oldingi darsliklardan farqli ravishda mavuga oid masala yechimlari ham keltirib o'tilgan. Lekin, bu ham keng qamrovli holatda emas. Mavzularning ilmiylik darajasi oshgan va murakkab turdagi hodisalarga e'tibor qaratilgan.

Mavzular nisbatan qiyinlashgan va formula qo'llagan holatda ishlanadigan masalalar o'quvchilarga yangilik bo'lgani bilan, shunchaki yakka formulalar orqali hisoblanadigan masalalargina keltirib o'tilgan. Bu yerda qayd qilib o'tishimiz kerak bo'lgan gap shuki, bu kitobda berilgan masalarni bizning darsliklarda 7-sinfda uchratasiz. Misol tariqasida sizga 9-sinf darsligidagi ishqa oid bo'lgan bir masalani ketriramiz.

11-sinf darsligining o'zi ikki kitobdan iborat. Birinchi kitob 200 bet va ikkinchi kitob esa 400 betdan iboratdir. Biz darslikning boblarini sizga tanishtiramiz.

11-sinf darsligi boblari:

I TOM

FIZIKA DUNYOSI BIRLIKLAR VA O'LCHOVLAR MODDIY NUQTANING HARAKATI HARAKAT QONUNLARI ISH, ENERGIYA VA QUVVAT ZARRALAR SISTEMASI VA AYLANMA HARAKAT GRAVITATSIYA

Darslik fizikaning boshlang'ich tushunchalaridan boshlanadi. Lekin shunday bo'lsada bu boshlang'ich tushunchalar biz oliy ta'lim fizikasida o'tadigan mavzular darajasidadir. 11-sinfning II tomida esa katta e'tibor molekulyar fizika elementlariga qaratilgan.

11-sinf darsligida mavzular elektromagnetizm, optik to'lqinlar, atom va yadro fizikasiga qaratilgan. Darslik oldingi sinfdagi kabi ikki kitobdan iborat bo'lib, quyidagi mavzularni o'z ischiga qamrab oladi:

I TOM

• ELEKTR ZARYADI VA ELEKTR MYDONI

• ELEKTROSTATIK POTENSIAL VA KONDENSATOR

• ELEKTR TOKI

• HARAKATLANUVCHI ZARYAD VA MAGNETIZM

• MAGNITLANISH VA MATERIYA

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

• ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA

• O'ZGARUVCHAN ELEKTR TOKI

• ELEKTROMAGNIT TO'LQINLAR

II TOM

• OPTIK NUR VA OPTIK ASBOBLAR

• TO'LQIN OPTIKASI

• YORUG'LIKNING KORPUSKULYAR VA TO'LQIN TABIATI

• ATOM FIZIKASI

• YADRO FIZIKASI

• YARIMO' TKAZGICHLAR FIZIKASI

Elektr bo'limlari juda sodda holatdagi mavzulardan boshlangan bo'lib, keyinchalik mavzular qiyinlashib brogan. Elektr maydoniga tegishli mavzularning hammasi ajoyib yoritilgan.

Xulosa

Hindiston darsliklari haqida xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'quvchilarning o'zlashtirish qobiliyatlarini inobatga olgan holatda mavzular berib borilgan. Fizika fani alohida ajralib chiqqunga qadar o'quvchilar majburiy ta'lim tizimida SCIENCE fani orqali barcha tabiiy fanlar biologiya, fizika va kimyo fanlarini uyg'unlikda o'rganishadi. Bu bir tomondan juda yaxshi holat. O'quvchilar fanda o'rgangan ma'lumotlarini umumlashtirib uni amalda qo'llay oshish ko'nikmalari tez rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. N. Turdiyev. FIZIKA 6-SINF. «Niso Poligraf» nashriyoti (original-maket), 2013, 2017.

2. Habibullayev, Po'lat Qirg'izboyevich. FIZIKA 7-SINF. «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent-2017.

3. P. Habibullayev, A. Boydadayev, A. BAhromov, J. Usarov, K. Suyarov, M. Yuldashova. FIZIKA 8-SINF. «O'qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent -2019.

4. P. Habibullayev, A. Boydadayev, A. BAhromov, J. Usarov, K. Suyarov, M. Yuldashova. FIZIKA 9-SINF. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2019.

5. N. SH. Turdiyev, K. A. Tursunmetov, A. G. Ganiyev, K. T. Suyarov, J. E. Usarov, A. K. Avliyoqulov. FIZIKA 10-SINF. «Niso Poligraf» nashriyoti (original-maket) 2017.

6. N. SH. Turdiyev, K. A. Tursunmetov, A. G. Ganiyev, K. T. Suyarov, J. E. Usarov, A. K. Avliyoqulov. FIZIKA 11-SINF. «Niso Poligraf» nashriyoti (original-maket) 2018.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

7. Siraj Anwar, Shveta Uppal, Gautam Ganguly, Arun Chitkana, R.N. Bhardwaj, Mukesh Gaur. ISBN. Cover and Illustrations: Shweta Rao. 2019.

8. Siraj Anwar, Shveta Uppal, Gautam Ganguly, Arun Chitkana, R.N. Bhardwaj, Sunil Kumar. ISBN. Cover and Illustrations: Shweta Rao. 2019.

9. Эркин Ш. и др. Технология получения тонкослойных гетероструктур n-cds/p-cef3 и исследование их электрических свойств //Results of National Scientific Research International Journal. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 326-338.

10. 12. А.Т. Темиров. "Формирование пленок ZnO определенной структуры с заданными электрическими и структурными свойствами" // Системные технологии. -2016. -№ 20. -C. 78 - 83.

11 Темиров С. А. Геометрическая конструкция параболоидного концентратора //academic research in educational sciences. - 2022. - т. 3. - №. 7. - с. 353-357.

12. Amonovich T. S. How to make a paraboloid solar concentrator //Gospodarka i Innowacje. - 2022. - Т. 24. - С. 596-605.

13. Kamolov J., Saidov S. Разработка математической модели нестационарного процесса нагрева и охлаждения тонкой пластинки с керметным покрытием //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. A6. - С. 626-635.

14. Kamolov J., Saidov S. Селективно-поглощающие покрытия на основе металлокерамических материалов //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. A6. - С. 655-663.

15. Файзиэв Ш. Ш. и др. Композицион копламаларнинг акс эттириш спектрларини улчаш, селективлик коэффициентини аниклаш //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 4. - С. 401-404.

16.Sadikovich N. E. et al. energy-saving and environmentally friendly technologies for volcanization of elastomeric compositions //Results of National Scientific Research. -2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 101-105.

17. Atoyevich T. A. et al. diod rejimida ulangan maydon tranzistoriga yorug'lik ta'sirini o'rganish //Results of National Scientific Research. - 2022. - Т. 1. - №. 2. - С. 106110.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.