Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON TARIXIY HUDUDLARIDA JOYLASHGAN TURISTIK MAJMUALARNING TIPOLOGIYASI'

O’ZBEKISTON TARIXIY HUDUDLARIDA JOYLASHGAN TURISTIK MAJMUALARNING TIPOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
54
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TURIZM / MEHMONXONA / TARIXIY SHAHARLAR / MEHMONXONA TURLARI

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Axunova N.X.

Qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me’moriy obidalari bilan ko’pchilikni hayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylandi. O’zbekistonda turizm sohasi rivojlanishda ko’pgina sohalardan oldinga chiqib oldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPOLOGY OF TOURIST COMPLEXS LOCATED IN THE HISTORICAL TERRITORIES OF UZBEKISTAN

Our country, which has long amazed many with its high culture, science and architectural monuments, has become a modern tourist center thanks to independence. The tourism industry in Uzbekistan is at the forefront of development in many areas.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON TARIXIY HUDUDLARIDA JOYLASHGAN TURISTIK MAJMUALARNING TIPOLOGIYASI»

UDK 33

Axunova N.X.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o'qituvchisi

O'zbekiston, Toshkent

O'ZBEKISTON TARIXIY HUDUDLARIDA JOYLASHGAN TURISTIK MAJMUALARNING TIPOLOGIYASI

Annotatsiya. Qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me'moriy obidalari bilan ko'pchilikni hayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylandi. O'zbekistonda turizm sohasi rivojlanishda ko 'pgina sohalardan oldinga chiqib oldi.

Kalit so 'zlar: turizm, mehmonxona, tarixiy shaharlar, mehmonxona turlari.

Axunova N.X. lecturer

Named after Kamoliddin Behzod National Institute of Art and Design Uzbekistan, Tashkent

TYPOLOGY OF TOURIST COMPLEXS LOCATED IN THE HISTORICAL TERRITORIES OF UZBEKISTAN

Annotation. Our country, which has long amazed many with its high culture, science and architectural monuments, has become a modern tourist center thanks to independence. The tourism industry in Uzbekistan is at the forefront of development in many areas.

Keywords: tourism, hotel, historic cities, types of hotels.

O'zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan qadimiy me'morlik va san'at yodgorliklari bilan faxrlanadi. Mamlakatimiz hududida turli davr va sivilizatsiyasiga dahldor to'rt mingdan ortiq tariximiz na'munalari mavjud. Xivadagi Ichan-Qal'a majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlaridagi 209 ta me'moriy yodgorliklar YUNESKO ning "Butun dunyo me'rosi" ning maxsus ro'yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me'moriy inshootlar o'tmish zamonlarni o'zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol o'ynaydi.

Hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport va mehmonxona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda

normativ-huquqiy bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda O'zbekiston hududida mehmonlar va turistlarni joylashtirish vositalari amaliyotidan eng keng tarqalgan xizmat ko'rsatish obyektlari - mehmonxonalardir.

Funksional vazifasiga ko'ra, mehmonxonalar ishbilarmonlar uchun mehmonxonalar, dam olish uchun mehmonxonalar, mehmonxonalarning maxsus turlari kabi guruhlarga bo'linadi [1-4].

Sayyohlik marshrutlari ko'pincha yodgorliklarni piyoda sayr etishni o'z ichiga olgani sababli, tarixiy hududlarda joylashgan obyektlarga ko'pincha qulay ob-havo sharoitida talab yuqoridir.

O'zbekiston hududida joylashgan mehmonxonalarining tipologiyasi, me'moriy uslublari, loyihalashtirish hususiyatlari va hududining ko'kalomzorlashtirish darajasi va landshaft dizayni juda ham turli tumandir. (1 -rasm)

1-rasm. O'zbekiston hududida joylashgan mehmonxonalarining tipologiyasi.

Poytaxtda va yirik shaharlarda sayyohlar uchun 4 va 5 yulduzli zamonaviy uslubdagi biznes otellar va yevropaning mashhur yirik mehmonxonalar tarmog'i Hilton, Radisson, Wyndham, Ramada, Hyatt, Intercontinental, Domina kabi mehmonxonalar tarmoqlari mavjud. Bunday yirik xorijiy kompaniyalar o'zlarining loyihalashtirish normalari va standartlariga ega. Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoning har beshinchi mehmonxonasi yirik mehmonxona tarmog'iga tegishlidir. Arxitektura nuqtai nazaridan ushbu mehmonxonalar geometrik jihatdan to'g'ri shaklli tarxga ega ko'p qavatli bino bo'lib, asosan beton, marmar va shishadan foydalanilgan,

elementlaming bir xil ritmda takrorlanishi va fasad ko'rinishining modulsimon bo'linganligi bilan e'tiborlidir.

Interyer dizayni ham zamonaviy uslubda bo'lib,ko'pincha xonaning bir detaliga, jihozlariga, dekorlariga milliy uslubdan foydalanadilar. Ular 4 va 5 yulduzli yuqori darajadagi qulayliklarga ega mehmonxonalar va keng ko'lamli xizmat turlarini taklif etadilar. Odatda bunday mehmonxonalar katta yashil hududga ega bo'lib, individual tarzda landshaft dizayni loyihalashtiriladi, hududi ma'lum funksional zonalarga ajratiladi: dam olish zonalari, yozgi hovuz, turli xil tadbirlar o'tkazish uchun bezatilgan maydonlar, restoranlar, terrasalar.

Mehmonxonaga kirish qismida mehmonxona ulug'vorligini ta'minlash uchun favvoralar, skulptura elementlari, gulzorlar, qimmatbaho daraxt turlaridan keng foydalanadi.Chunki bu ularning imidjini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi [5-6].

Bundan tashqari O'zbekistonda bir nechta mahalliy mehmonxonalar tarmog'i Asia, Sultan, Bek, Malika mavjud. Ular ham mehmonxona xizmatlari, shinamlik darajasi ko'rinishi bo'yicha o'ziga xos uslubga ega bo'lib, asosan 4* ga egadirlar[7-10].

Butik mehmonxonalar ham mintaqada mashhurlikka erishmoqda. 5 dan 50 kishigacha bo'lgan sig'imga ega bo'lgan ushbu turdagi mehmonxonalar hashamatli interyerlari va xizmat ko'rsatishning eng yuqori darajasi bilan farq qiladi. Bu esa yashash narxining yuqori bo'lishiga sabab bo'ladi. Avvalo, ular uslub va dizayn haqida qayg'uradilar.O'zbekiston tarixiy shaharlarida ham tarixiy uylarni mehmonxonaga aylantirib - o'ziga xos dizaynga ega bo'lgan meros mexmonxonalar (Buxoroda Minfiza, Komil) yoki yangi qurilgan o'ziga xos dizaynga va uslubga ega butik otellar (Darxon Toshkent.Sulton Samarqand) ko'pdir (1-rasm).

3 yulduzli mehmonxonalar eng keng tarqalgan mehmonxonalardir. Ular odatda xonalar soni 10 dan 30 gacha bo'lgan, kichik mehmonxonalardir. Tarixiy markazlar yaqinidagi shaharlarda joylashgan bunday mehmonxonalar, an'anaviy uslubdagi kam qavatli binolardir. Samarqanddagi Registon maydoni yaqinida ko'plab shunday mehmonxonalar mavjud. Shahar Temuriylar davrida qurilgan me'moriy yodgorliklar va mahalla inshootlarini birlashtirib, shaharning milliy koloritini ta'kidlaydi. Mehmonxonalar arxitekturasi, uy- joy binolari qatorida joylashib, geometrik to'g'ri shakldagi asosan kvadrat yoki to'g'ri to'rtburchak tarxga ega, kam qavatli va ichki hovlisiga ega binodir. Ichki hovli landshaft dizayni unchalik ham rivojlanmagan yoki umuman bo'lmaydi.Ular madaniy yodgorliklarga piyoda yetib olish masofasida joylashib, ko'pincha fasad ko'rinishlari milliy naqshlar, interyer o'ymakorlik va mayolika bilan bezatilgan bo'ladi, terrasalar va binoning tom qismida tarixiy yodgorlikka qaragan ko'rish nuqtalari mavjud bo'ladi.

So'nggi yillarda turistik mehmonxonalarni bevosita me'morlik yodgorliklari - binolarda hamda tarixiy diqqatga sazovor joylarda tashkil etish va turistlarni qabul qilish keng tarqalmoqda. Bu maqsadda eski binolar,

me'morlik ansambllari restavratsiya qilinmoqda, yangi funksional vazifasiga qarab ularning tarxini qisman o'zgartirish amalga oshirilmoqda. Bunday hollarda mehmonxonalar joylashtirish vositalari, o'ziga xos turistik xizmatlar ko'rsatish, shuningdek namoyish etish obyektlari funksiyalarini o'zida mujassamlashtiradi va ekzotik yo'sindagi turistik ehtiyojlar qondirilishini ta'minlaydi. Turistik faoliyatning mazkur turi muhim tarixiy va madaniy merosni saqlab qolish imkonini beradi. Ko'pgina ana shunday tarixiy binolar madrasalar, karvonsaroylar, tarixiy hovli - joy binolarida qad rostlagan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mannopova N., Mannapov A. Influence of "Thematic Parks" to the development of tourism in Uzbekistan //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. - 2021. - Т. 10. - №. 4. - С. 696-704.

2. Akhunova N. K. K. Possibilities of using virtual reality technologies in education //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2021. - Т. 10. - №. 3. - С. 549-555.

3. Badirovna I. M. The specificities of creating and developing modern campuses. - 2021.

4. Tursunova, Sh F. "HISTORY OF ADVERTISING IN UZBEKISTAN." International Engineering Journal For Research & Development 5.9 (2020): 1010.

5. Sultanova, Muhayyo. "Use of Cultural Plants in Desert Cities in Creating the Landscape of Recreation Zones in Uzbekistan." International Journal on Orange Technologies, vol. 2, no. 10, 20 Oct. 2020, pp. 102-104, doi: 10.31149 / ijot.v2i10.738.

6. Razikberdiev, M. I. (2020). Southern mesopotamia in the first half of the 3rd millennium bc. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(5), 211216.

7. MANNAPOVA N. R. et al. Organization And Basic Requirements For Restaurant Design Interior //International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology. - 2020. - Т. 7. - №. 05. - С. 5-12.

8. Nazokatkhon A. INNOVATIVE TECHNOLOGIES TO REDUCE CLIMATIC EFFECTS IN HOT AND DRY CLIMATIC TERRITORIES //Архитектурада инновациялар журнали. - 2020. - Т. 1. - №. 1.

9. КАСЫМОВ О. С. МОСТ ДВУХ БЕРЕГОВ //Поколение будущего: взгляд молодых ученых. - 2016. - С. 34-37.

10. Saipova D. S. et al. Problems and Solutions in Studying the Modern Design of Museum Interiors //JournalNX. - С. 241-245.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.