Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON SSRNING MADANIYAT SOHASIDAGI XALQARO MUNOSABATLARI TARIXSHUNOSLIK TAHLILI'

OʻZBEKISTON SSRNING MADANIYAT SOHASIDAGI XALQARO MUNOSABATLARI TARIXSHUNOSLIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qodirov Humoyun Abduraxmon Oʻgʻli

Xalqaro madaniy munosabatlar mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikda muhim oʻrin egallaydi. Bugungi kunda jahon hamjamiyatidagi muammolarning kuchayishi mamlakatlar oʻrtasidagi xalqaro munosabatlar shakli va ahamiyatiga bevosita taʼsir qilmoqda. Xalqaro mojarolarining dahshatli oqibatlari va ommaviy qurollarning paydo bo‘lishi umumjahon aloqalaridagi prinsip va normalarni oʻzgartirishni taqozo etmoqda. Xalqaro madaniy munosabatlar esa mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni birlashtiruvchi bo‘g‘in vazifasini bajarib, uni mustahkamlashga katta yordam berayotganligini koʻrishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON SSRNING MADANIYAT SOHASIDAGI XALQARO MUNOSABATLARI TARIXSHUNOSLIK TAHLILI»

O'ZBEKISTON SSRNING MADANIYAT SOHASIDAGI XALQARO MUNOSABATLARI TARIXSHUNOSLIK TAHLILI

Qodirov Humoyun Abduraxmon o'g'li

O'zMU Tarix fakulteti Magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.12623537

Xalqaro madaniy munosabatlar mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikda muhim o'rin egallaydi. Bugungi kunda jahon hamjamiyatidagi muammolarning kuchayishi mamlakatlar o'rtasidagi xalqaro munosabatlar shakli va ahamiyatiga bevosita ta'sir qilmoqda. Xalqaro mojarolarining dahshatli oqibatlari va ommaviy qurollarning paydo bo'lishi umumjahon aloqalaridagi prinsip va normalarni o'zgartirishni taqozo etmoqda.

Xalqaro madaniy munosabatlar esa mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarni birlashtiruvchi bo'g'in vazifasini bajarib, uni mustahkamlashga katta yordam berayotganligini ko'rishimiz mumkin.

Ayni davrda birorta ham tashqi siyosiy harakat samarali xalqaro hamkorliksiz muhim natijaga erisha olmaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 12-sentyabrdagi Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag'ishlangan maqolasida ham bunga urg'u bergan: "Samarali xalqaro hamkorlik-bu dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omilidir. Aynan shunday yondashuv zamonamizning dolzarb muammolarini bahamjihat hal etish, yangi xavf-xatar va ijtimoiy larzalardan himoyalanish uchun eng aniq, maqbul va samarali yo'l hisoblanadi". Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik nafaqat ijodiy jarayon, balki ijtimoiy amaliyot hamdir.

1950-1991-yillarda O'zbekiston SSRning madaniyat sohasidagi xalqaro munosabatlari tarixini o'rganish orqali o'sha davrda SSSRning xalqaro siyosiy, ijtimoiy, madaniy madaniy aloqalari qanday bo'lganligi, ulardagi o'zgarishlar, bu aloqalarda O'zbekiston SSRning o'rni qanday bo'lganligi bilib olishimiz mumkin.

O'zbekiston SSRning madaniyat sohasidagi xalqaro munosabatlar tarixi bo'yicha Sh.M.Abdullayev, Ch.A.Abutalipov, M.A.Boboxo'jayev, R.M.Boboxo'jayeva, A.A.Isoxo'jayev, K.Karimov, S.Mirzayev, E.Z.Nuriddinov, M.A.Rahimov, U.A.Rustamov, A.M.Qosimov, A.T.Sobirov, U.A.Soliyev, A.R.Saxibayev, N.U.Tulyaganova, I.To'xtaxo'jayev, Sh.A.Xayitov, R.M.Xolmurodov, A.K.Qirg'izboyev hamda boshqa olimlar muhim tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan. Bu olimlar tadqiqotlarida O'zbekistonning xalqaro munosabatlari tarixi, mamlakatning SSSRning tashqi siyosatidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy o'rni va ta'siri haqida muhim ma'lumotlar berilgan.

Sovet davrida tarixchilar tomonidan O'zbekiston SSRning madaniyat sohasidagi xalqaro aloqalari tarixi tor doirada, aniqrog'i, ma'lum bir davr yoki ayrim xorijiy davlatlar misolida o'rganilgan.

Masalan, olimlar Sh.M.Abdullayev, E.Z.Nuriddinov, A.T.Sobirov, R.M.Xolmurodov o'z ilmiy tadqiqot ishlarida O'zbekistonning sotsialistik davlatlar (Germaniya Demokratik Respublikasi, Vengriya Xalq Respublikasi, Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi, Polsha Xalq Respublikasi) [Aôgy^^aeB: 29] bilan xalqaro aloqalarini tadqiq qilishgan bo'lsa, R.M.Boboxo'jayeva, U.A.Soliyev, N.U.Tulyaganova, Sh.A.Xayitov, A.R.Saxibayev o'z tadqiqot ishlarida SSSR hamda O'zbekiston SSRda faoliyat olib borgan, xalqaro munosabatlarni o'rnatishda bevosita ishtirok etgan jamoat tashkilotlari (O'zbekistonning chet mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy aloqalari jamiyati, "Vatan" jamiyati) [KHprroôaeB: 29], Osiyo, Afrika,

Amerikadagi xalqaro madaniy aloqalarni o'rnatishda hissa qo'shgan, O'zbekistonning shaharlari bilan birodarlik o'rnatgan shaharlar [Туляганова: 2], ular orasidagi aloqalar orqali O'zbekiston va jahon hamjamiyatining o'zaro madaniy munosabatlari ahamiyatini ochib berishgan.

Sovet davrida O'zbekiston SSRning xalqaro madaniy aloqalariga bag'ishlab, bir qancha monografiya va adabiyotlar nashr etildi. Bular I.To'xtaxo'jaevaning "Sovet O'zbekistonining xalqaro munosabatlari", A.A.Isoxo'jayevning "O'zbekiston-Arab Sharqi va Afrika mamlakatlari", K.Karimovning "O'zbekiston sotsialistik hamjamiyatda", M.A.Baboxo'jaevning "Sovet O'zbekistoni va xorijiy Sharq", Ch.A.Abutolipovning "O'zbekistonning xalqaro munosabatlari", U.A.Rustamovning "Sovet O'zbekistoni xalqaro maydonda" kabilarni kiritish mumkin [Нуриддинов: 7]. Ushbu adabiyotlar O'zbekistonning sovet davridagi xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy aloqalarini yoritish va tahlil qilishda, respublika tashqi siyosatini o'rganishda muhim manba hisoblanadi.

Ammo XX asrning 50-90-yillaridagi bu ilmiy adabiyotlarda O'zbekiston SSRning asosan O'zaro Iqtisodiy Yordam Kengashiga, Varshava shartnomasiga a'zo bo'lgan davlatlar, sotsialistik mamlakatlar bilan o'zaro siyosiy, madaniy munosabatlariga katta e'tibor berilgan [Сабиров: 8]. Shuningdek, sovet davrida yurtimiz tarixshunosligida bu munosabatlar ko'pincha ijobiy, tanqiddan xolis, mavjud muammo va yechimlarsiz bayon etilgan. Ayrim hollarda esa SSSR ma'lum bir mamlakat siyosatidan noroziligini bildirgan hollarda, tanqidga yo'l qo'yilgan (misol uchun, Xitoy, Yugoslaviya, Yaponiya, Albaniya, Koreya Respublikasi), ammo bunday davlatlar haqidagi ma'lumotlar ko'pincha chop etilmasdi [Салиев: 7].

Mustaqillikdan so'ng sovet davridagi O'zbekistonning xalqaro munosabatlari, xususan, madaniyat sohasidagi munosabatlari to'g'risida olimlar tomonidan tanqidiy, xolisona baho berilganligini R.M.Boboxo'jayeva, U.A.Soliyev, Sh.A.Xayitov, A.R.Saxibayevlarning ilmiy tadqiqot ishlarida ko'rish mumkin.

Tarixchi olim U.A.Soliyevga ko'ra, XX asrning 50-90-yillaridagi ilmiy adabiyotlarda O'zbekiston SSRning Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlardagi roliga ham e'tibor berilgan. Ushbu nashrlarda mintaqaviy muammolarga ham, muayyan mamlakatlarga ham alohida to'xtalib o'tilib, keng faktik ma'lumotlar keltirilgan [Салиев: 8]. Biroq o'sha davrdagi O'zbekiston SSR va uning tashqi siyosiy munosabatlariga bag'ishlangan ko'pgina asarlarda SSSR bilan munosabati sovuqlashgan yoki uning tashqi siyosatiga "qiziq bo'lmagan" davlatlar haqida, jumladan, Xitoy, Yaponiya, Indoneziya, Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Yevropaning ayrim mamlakatlari bilan o'zaro xalqaro siyosiy, madaniy munosabatlar deyarli yoritilmagan.

Bu esa hozirda O'zbekistonning madaniyat sohasidagi xalqaro munosabatlari tarixini to'liq o'rganishning ahamiyatini yanada oshiradi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, tarixchilar tomonidan SSSRning Lotin Amerikasi, Afrika, Osiyo mamlakatlari (masalan, Misr, Kuba, Chili, Pokiston, Hindiston) bilan xalqaro aloqalarni o'rnatishda O'zbekiston muhim ahamiyatga ega bo'lganligi [Рашидова: 124], xalqaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar uchun ko'prik vazifasini o'taganligi, "tinchlik elchisi" maqomini [Рахимов:] egallaganligi yuzasidan batafsil tadqiqot ishlari olib borilgan.

Sovet davlatining tashqi maydondagi "yopiq siyosati" tarixshunoslikda O'zbekiston SSR ning xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro munosabatlarining ko'p jihatlarini haligacha yetarlicha o'rganilmasdan qolishiga sabab bo'ldi. Sovet davrida tarixchilar tomonidan O'zbekiston SSR xalqaro madaniy aloqalari bir tomonlama va faqat ayrim jihatlari yoritildi, xolos. Natijada sovet davridagi O'zbekistonning xalqaro munosabatlariga bag'ishlangan asar to'laligicha yaratilmadi.

Bugungi kunda ko'plab arxiv ma'lumotlaming ochiqlanyotganligi ushbu mavzuda ko'proq

tadqiqot ishlarini amalga zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Абдуллаев Ш.М. Вклад Узбекской ССР в экономическое, научно-техническое и культурное сотрудничество СССР с чехословацкой социалистической республикой (1959-1975 гг.): автореф. дис. на соиск. учен. степ. кандидата исторических наук: 07.00.02. -Ташкент, 1977. - 29 с.

2. Киргизбаев А.К. Научно-техническое и культурное сотрудничество Узбекистана со странами Азии в 80-е годы: автореф. дис. на соиск. учен. степ. кандидата исторических наук: 07.00.02. -Ташкент, 1991. - 29 с.

3. Туляганова Н.У. Становление и развитие движения породненных городов в Узбекистане (1961-1985 гг.): автореф. дис. на соиск. учен. степ. кандидата исторических наук: 07.00.02. - Ташкент, 1988. - С 2.

4. Нуриддинов Э.З. Вклад Узбекской ССР в экономическое, научно-техническое и культурное сотрудничество СССР с Венгерской Народной Республикой: 1960-1980 гг.: автореф. дис. на соиск. учен. степ. кандидата исторических наук: 07.00.02. -Ташкент, 1985. -С 7.

5. Сабиров А.Т. Участие Узбекской ССР в культурном сотрудничестве СССР с социалистическими странами (60-80-е гг.): автореф. дис. на соиск. учен. степ. кандидата исторических наук: 07.00.02.-Ташкент, 1987. - С 8.

6. Салиев У.А. Международные связи Узбекистана в исторической литературе 50-80-х годов: автореф. дис. на соиск. учен. степ. кандидата исторических наук: 07.00.02. -Андижан, 1994. - С 7.

7. Салиев У.А. Международные связи Узбекистана в исторической литературе 50-80-х годов: автореф. дис. на соиск. учен. степ. кандидата исторических наук: 07.00.02. -Андижан, 1994. - С 8.

8. Рашидова Г.Ш., Камилов Д.А. Шараф Рашидов: портрет человека в эпохи и эпохи — в человеке. -Т.: ТАСВИР, 2017. - С 124.

9. Рахимов М.А. Геополитические особенности формирования внешнеполитических ведомств советских республик: на примере МИД Узбекской ССР // https://elibrary.ru/wfqbgi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.