Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPULIKASI ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR (Farg’ona viloyati IIB misolida)'

O’ZBEKISTON RESPULIKASI ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR (Farg’ona viloyati IIB misolida) Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
185
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ichki ishlar organi / qaror / Axborot kutubxona markazi / kitobxonlik / ma’naviyat oyligi / “Ziyo maskani” / “Navbaxor” gazetasi / Zakovat. / ОВД / постановление / информационно-библиотечный центр / чтение / месячник духовности / «Зия Маскани» / газета «Навбахор» / Заковат.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Temirova Mashhura Muhammadaminovna

Maqolada O’zbekiston Respulikasi ichki ishlar organlarida kitobxonlikni rivojlantirishga doir ayrim mulohazalar Farg’ona viloyati IIB misolida taxlil etilgan. Shuningdek, maqolada Farg’ona viloyati IIB tuman va shahar bo’limlaridagi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 21 oktyabrdagi 400-son buyrug’ining ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar natijalari muxokama etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НЕКОТОРЫЕ СООБРАЖЕНИЯ ПО РАЗВИТИЮ БИБЛИОТЕКИ В ОРГАНАХ ВНУТРЕННИХ ДЕЛ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН (в случае МИБ Ферганской области)

В статье анализируются некоторые соображения по развитию чтения в органах внутренних дел Республики Узбекистан на примере УМВД Ферганской области. Также в статье рассматриваются результаты работы, проведенной в районных и городских управлениях МВД Ферганской области в связи с выполнением приказа Министра внутренних дел Республики Узбекистан № 400 от 21 октября 2021 года.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPULIKASI ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR (Farg’ona viloyati IIB misolida)»

O'ZBEKISTON RESPULIKASI ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR

(Farg'ona viloyati IIB misolida) Temirova Mashhura Muhammadaminovna

Qo'qon davlat pedagogika insituti v.b dotsenti PhD ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston Respulikasi ichki ishlar organlarida kitobxonlikni rivojlantirishga doir ayrim mulohazalar Farg'ona viloyati IIB misolida taxlil etilgan. Shuningdek, maqolada Farg'ona viloyati IIB tuman va shahar bo'limlaridagi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 21 oktyabrdagi 400-son buyrug'ining ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar natijalari muxokama etilgan.

Kalit so'zlar: Ichki ishlar organi, qaror, Axborot kutubxona markazi, kitobxonlik, ma'naviyat oyligi, "Ziyo maskani", "Navbaxor" gazetasi, Zakovat.

Ma'lumki, O'zbekiston qadimdan o'zining boy tarixi hamda madaniyatiga ega bo'lib kelgan davlatlardan biri hisoblanadi. Milliy tariximiz va madaniyatimizning bizgacha yetib kelishida turli xil madaniy merosimiz va qolaversa, tarixiy alohida qimmatga ega bo'lgan nodir nashrlar muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Ushbu tarixiy manbalarni saqlash hamda uni kelajak avlodga borligicha yetkazib berishda kutubxonalar alohida o'rin egallaydi.

Xususan,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi hamda Ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash hamda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2022-yil 25-martdagi 79-sonli Farmoyishi [1] bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!" shiori ostida "Ma'naviyat oyligini o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi to'g'risidagi farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respulikasi IIB xodimlari o'rtasida keng miqyosda ishlar amalga oshirilishida respublikadagi kutubxonalarning hizmatlari alohida e'tirofga loyiqdir. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 21 oktyabrdagi 400-son buyrug'iga ilova[2] tariqasida IIB organlari xodimlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida tavsiya etilgan 39 turdagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish to'g'risidagi qaror ijrosini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etdi deyish mumkin. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Farg'ona viloyati IIB va tuman IIB bo'limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar soxa vakillari o'rtasida o'zining ijobiy natijasini bera oldi. Jumladan, mazkur yilning o'zida Farg'ona viloyati IIB xodimlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo'yicha talay ishlar amalga oshirildi. Xususan, viloyat boshqarma boshlig'ining tashabbusi bilan Farg'ona viloyati IIB

ma'naviyat xonasi imidji qayta ko'rib chiqildi hamda u yerga zaruriy adbiyotlar keltirildi. Shuningdek, xonada xodimlar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishlari va ma'naviy ozuqa olishlari uchun barcha sharoitlar ta'minlab berildi [3].

Farg'ona viloyati IIB Ahmad al-Farg'oniy nomidagi Farg'ona axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda yuqoridagi qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida turli tadbirlar intelektual berlashuvlar o'tkazdilar. Mazkur tadbirni ishtirokchilari albatta IIB soxasi vakillari bo'lsa, tadbir tashkilotchilari kutubxona xodimlari bo'lishdi [4]. Mazkur tadbirlarni o'tkazilishi soxa vakillarini ma'naviyatini dunyoqarashini tubdan o'sishiga ularga og'ir va murakkab vazifalarini amalga oshirishda dasturilamal vazifasini o'tash kabi maslalarda o'zining samarali natijasini bera oldi. Shu sababdan mazkur tadbirlar Farg'ona viloyati tuman va shahar IIB bo'limlarida tashkillash yuzasidan ko'ratmalar berildi hamda amalga oshirildi. Jumladan, 2022 yil 3 fevral kuni Qo'qon shahar Axborot kutubxona markazida Qo'qon shahar IIB xodimlari o'rtasida "Intelektual ring" tashkil etildi.

Shuningdek, Qo'qon shahar Axborot kutubxona markazida 2022 yil 9-aprel kuni Qo'qon shaxar Turon 7-uyda joylashgan tashkilotlar o'rtasida o'tkazilib turgan kitobxonlik oyligi munosabati bilan Qo'qon shaxar Ichki ishlar bo'limidan 16 nafar xodimlar o'rtasida 9-aprel Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan "Buyuk sarkarda va davlat arbobi" mavzusida Zakovat intelektual ring o'tkazildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar abonement xodimlari tayyorlagan "Buyuk sarkarda davlat arbobi" deb nomlangan kitob ko'rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar. Ko'rgazmaga Amir Temur ijodi, xayoti, Tuzuklari va shu mavzuga oid 11 dona adabiyotlar joylashtirildi. Kutubxona 2022 yil 13 aprel kuni "Kitonxonlik xaftaligida" Farg'ona viloyati IIB PPX va JTSB Patrul-Post xizmati batalyonida kitob ko'rgazmalari bilan ishtirok etishdi. Ko'rgazmada o'zbek, jahon adabiyotlaridan foydalanildi[5].

Bu kabi tadbirlar Farg'ona viloyati IIB tuman IIB bo'limlarida ham tashkil etib borilmoqda. Jumladan, Oltariq, Rishton, Uchko'prik, Buvayda, Furqat, Beshariq tuman IIB xodimlari o'rasida ham kitobxonlikni rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamda ishlar olib borilayotganligini ko'rish mumkin. Xususan, 2022 yil 07 aprel kuni Furqat tumani Markaziy kutubxonasida Furqat tumani IIB xodimlaridan "Jasorat", "Qalqon" jamoalari hamda Furqat tumani kasb-xunar maktabi o'qituvchilaridan "Vatanparvar" jamoalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazilib, o'tkazilgan musobaqada "Vatanparvar" jamoasi faxrli 1-o'rinni egallab, Furqat tumani IIB boshlig'ining Faxriy yorlig'i hamda qimmatbaxo badiiy kitoblar bilan mukofotlandi.

Furqat tumani Markaziy kutubxonasida joriy yilning 08 aprel kuni Furqat tumani IIB xodimlari o'rtasida "Zukko kitobxon" ko'rik tanlovi o'tkazilib, o'tkazilgan tadbirda Furqat tumani IIB JXX HPB tashkiliy taxlil guruhi katta inspektori katta leytenant U.Kenjaev faxrli 1-o'rinni egallab, Furqat tumani IIB boshlig'ining Faxriy

yorlig'i hamda qimmatbaxo badiiy kitoblar bilan mukofotlandi. Shuningdek, joriy yilning 13 aprel kuni Furqat tumani IIBda Furqat tumani Ma'naviyat va ma'rifat markazi Furqat tumani bo'limi rahbari T.Nishonov ishtirokida yurtboshimizning "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" kitobi tanishtirilib, xodimlarga amaliyotda o'qish uchun tavsiya etildi xamda Furqat tumani "Navbaxor" gazetasi bosh muxarriri D.G'afforova ishtirokida Navbaxor gazetasiga IIB xodimlari maqola bilan chiqishlari hamda tsenariylar bilan chiqishlari yuzasidan suhbatlashildi [6].

Joriy yilning 28 aprel kuni Beshariq tumani "Ziyo maskani" Beshariq tumani IIB xodimlari taшrif buyurib ichki ishlar organlari xodimlari uchun tavsiya etilgan 39 turdagi kitoblar bilan yaqindan tanishib, xodimlar tomonidan o'qish uchun kitoblar xarid qilindi [7].

Xulosa o'rnida aytish kerakki, bugungi kunda respublikada ma'naviyatni yuksaltirish, madaniy va ilmiy me'rosni o'rganish va bunda eng avvalo kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish zarur omil ekanligini tajriba sifatida O'zbekiston Respulikasi ichki ishlar organlari soxasiga tegishli bo'lgan ma'lumotlar tasdiqlaydi. Soxa vakillariga mutasaddilar tomonidan tavsiya etilga 39 turdagi o'zbek va jahon adabiyoti dastlabki holatda zaruriy vazifa qilib qo'yilgan bo'lsada, bugun u o'zining natijasini berayotganligini ko'rsatmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikada ma'naviyatni yuksaltirishda barcha tashkilot va muassasalarning xodimlariga O'zbekiston respublikasi Ichki ishlar boshqarmasining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo'lidagi tajribasini o'rnak qilib ko'rsatsa arziydi. Taklif tariqasida yana shuni qoshimcha qilish lozimki, respublikadagi har bir tashkilot va muassasaning sohasidan kelib chiqib, yetakchi tashkiloti tomonidan zaruriz adabiyotlar belgilab berilishi va uning ijrosini ta'minlanishini nazoratga olinishi maqsadga muvofîq bo'lar edi. Zotan bugun shiddat bilan rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnalogiyalari domiga tushib borayotgan millatimizni shu yo'l bilan chinakam bilimni bera oluvchi ziyo maskaniga qaytara olsak.

ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. https://www.lex.uz/acts/3175732

2. https://lex.uz/docs/4254705

3. Farg'ona viloyati IIB HOP bo'limi 2022 yil oylik hisoboti.

4. Ahmad al-Farg'oniy nomidagi Farg'ona axborot kutubxona markazi 2022 yil aprel oyi xisoboti

5. Qo'qon shahar Axborot kutubxona markazi aprel oyi hisoboti.

6. Farg'ona viloyati Furqat tumani IIB 2022 yil aprel oyi xisoboti.

7. Farg'ona viloyati Beshariq tumani IIB 2022 yil aprel oyi xisoboti.

8. Raxmatullyeva Saodat Ibragimovna. Reforms in the field of medicine in uzbekistan during the years of independence. International Journal of Information Research and Review Vol. 07, Issue, 09, pp.7087-7088, September, 2020

9. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

10. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

11. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

12. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

13. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

14. Сaрдoржoн Кoдиржoн Угли Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285

15. Saloydinov Sardorjon Qodirjon Ogli. (2022). Innovative solution for biogas production. "Science and innovation", 1(A3), 57-60.

16. Dadaboyev, Q. Q. (2021). Refrigerator in modern heating power stationstechnical water waste through reconstruction of the towerreduction. "International journal of philosophical studies and social sciences", 1(3), 96-101.

17. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Issiqlik elektr stansiyalarida texnik suv isrofini barataraf etish. "Academic research in educational sciences", 3(1), 434-440. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-41-47

18. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Bug'-gaz qurilmasi gradirniyalaridagi aylanma suv isrofini kamaytirish "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue,15-21

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.