Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QISQACHA TARIXI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QISQACHA TARIXI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
31
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MUSTAQILLIK / JAMIYAT / MODERNIZATSIYA / MADANIYAT / IQTISODIYOT / MAFKURA / INNOVATSIYA

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umatqulov T., To'Xtasinov M.

Buyuk allomalarning hayoti, ijodi va ular qoldirgan bebaho madaniy-ma’rifiy merosi o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun ibrat va na’munadir, ularning ta’lim-tarbiyaga oid ma’rifiy ta’limotlari yoshlari ona vatanga, millatga sadoqat va xurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon, e’tiqodli, insof va diyonatli, odob-axloqli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda o‘zligini anglatishda be’nazir qadryatdir. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida ma’naviyatning rivojlanishi tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BRIEF HISTORY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

The Life, Work and invaluable cultural and educational heritage of the great scholars left by them is a lesson and a lesson for the growing younger generation, their educational and educational teachings are invaluable in educating young people in the spirit of devotion and respect for the native motherland, the nation, educating them in faith, faith, dishonest and Dionysian, moral, wise and This article examines the development of spirituality in the Republic of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QISQACHA TARIXI»

UDK 902

Umatqulov T. dotsent To'xtasinov M. talaba

Farg'ona davlat universiteti O'zbekiston, Farg'ona sh.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QISQACHA TARIXI

Annotatsiya: Buyuk allomalarning hayoti, ijodi va ular qoldirgan bebaho madaniy-ma'rifiy merosi o'sib kelayotgan yosh avlod uchun ibrat va na'munadir, ularning ta'lim-tarbiyaga oid ma'rifiy ta'limotlari yoshlari ona vatanga, millatga sadoqat va xurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon, e 'tiqodli, insof va diyonatli, odob-axloqli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda o'zligini anglatishda be 'nazir qadryatdir.

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida ma'naviyatning rivojlanishi tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: mustaqillik, jamiyat, modernizatsiya, madaniyat, iqtisodiyot, mafkura, innovatsiya.

Umatkulov T. associate professor Tukhtasinov M. student

Fergana state university Uzbeistan, Fergana city

BRIEF HISTORY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Annotation: The Life, Work and invaluable cultural and educational heritage of the great scholars left by them is a lesson and a lesson for the growing younger generation, their educational and educational teachings are invaluable in educating young people in the spirit of devotion and respect for the native motherland, the nation, educating them in faith, faith, dishonest and Dionysian, moral, wise and

This article examines the development of spirituality in the Republic of Uzbekistan.

Keywords: independence, society, modernization, culture, economy, ideology, innovation.

Xalqning madaniy qadiryatlari ma'naviy merosi ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbayi bo'lib xizmat qilgan. Uzoq

davom etgan qattiq mafkuraviy taziqqa qaramay o'zbek xalqi avloddan-avlodga o'tib kelgan o'z tarixi va madaniy qadiryatlarini hamda o'ziga xos an'analarni saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Asrlar osha omon qolib, bizgacha yetib kelgan milliy qadiryatlarimiz, ma'naviy va ma'rifiy madaniyatimiz ilk ma'rifat, shuningdek, pedagogika fani mustaqillik sharofati ila yangidan rivojlana boshladi. Hech kimga sir emas-ki, xar bir mustaqil davlatning istiqboli fan-texnika, ilm-maorif taraqqiyoti hamda barkamol milliy qadrlarini tarbiyalab voyaga yetishtirish bilan bog'liqdir. Shu bois ham mustaqil davlatimiz ilm-fan hamda ma'orif rivojiga, malakaviy milliy kadrlar yetishtirishga jiddiy e'tibor bermoqda. Birinchi Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida" gi qonunga ham oliy ta'lim malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlashi kerakligi aytilgan edi.

Ma'lumki oliy o'quv yurtlarida pedagogika tarixi fanini o'tishda faqat o'tmish pedagoglarining emas, balki mashhur faylasuf, yozuvchi, jamiyat va davlat arboblari, dinshunos olimlarning ta'limiy-tarbiyaviy pedagogik qarashlari ham o'rgatilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi sessiyasida ma'naviyat sohasida amalga oshirish lozim bo'lgan ishlar haqida shunday degan edi, "Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz milliy qadiryatlarimizni, muqaddas dinimizni ma'naviy hayotimizdagi va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko'tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir"[1]. XX asrga qadar, hayot tarixidan narsa ma'lum-ki, ta'lim-tarbiyada ma'naviyatli, ma'rifatli barkamol yoshlarni voyaga yetkazishda xalq pedagogikasining o'rni va mohiyati bo'lgan.

Ming yillar davomida shakillanib kelayotgan xalq pedagogikasi milliy pedagogika tarixining asosi bo'lgan. IX-XX asrlarda sharqda uyg'onish davrida ijtimoiy-madaniy hayotda katta o'zgarishlar yuz bergan. A.Temur va temuriylar davrida hayotda yuksalish ilm-fan, madaniyat gurkirab rivojlangan. At-Termiziy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Yasaviy, Naqshbandiy, Ulug'bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk daholar jamiyat tarixi va jahon madaniyati rivojiga benazir hissalarini qo'shganlar. Ular asrlar davomida ta'lim-tarbiya sohasida ajdodlarimiz orttirgan tajribalarining kuchli qudratga ega ekanligini va xalqchilligini o'z asarlarida ifodalaganlar.

Har bir millatning o'ziga xos milliy qadryati va ma'rifati umuminsoniylik madaniyat va ma'rifatning ajralmas qismidir. Umuminsoniylik tarraqqiyotiga har bir xalq o'z ulushi va hissasini qo'shgan. Umuminsoniy, umumxalq madaniyati, ma'rifati va ilm-u fan rivojida har bir xalq, bir-biriga ustozlik qilgan.

XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatlarining taniqli rahbarlari Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Maxmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, hamda Hamza Hakimzoda Niyoziy kabi ma'rifatparvarlar madaniyatni rivoj lantirish uchun

ma'rifatparvarlikka asoslangan ta'limni isloh qilish zarurligi g'oyasini olg'a surib, Turkiston o'lkasida ijtimoiy ong taraqqiyotini boshlab berdilar.

"Ta'lim to'g'risida"gi qonun, "Kadrlash tayyorlash milliy dasturi" asosida ta'lim-tarbiya mazmunan yangi bosqichga ko'tarildi. Inson uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va faravonligi uchun zamin yaratildi. Ma'lumki, milliy o'zbek pedagogikamiz tarixi ijtimoiy-siyosiy hayot asosida Markaziy Osiyoda yashashgan va ijod qilgan qardosh xalqlarning Berdaq, Mahtumquli, Abdurahmon Jomiy kabi adiblarning, Xorijiy Sharq va Yevropa mamlakatlarining buyuk mutafakkir shoir va pedagog olimlari Sa'diy Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Platon va Aristotel, Konfutsiy va boshqalarning pedagogik qarashlariga bog'liq holda rivojlanganligi milliy pedagogika tarixida keng va atroflicha o'z ifodasini topgan.

"O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson irodali insondir. Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur"[2]. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, o'zbek milliy pedagogika ulkan tarixga ega. O'zbek milliy pedagogikasini ko'proq o'rganmoqchi bo'lganlarga professor Asqar Zunnupov boshchiligida mualliflar tomonidan 2000-yilda chop etilgan "Pedagogika tarixi" darslikni tavsiya etamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xalq so'zi. 23-yanvar, 2000 yil 17-son

2. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak. T.Sharq, 1998 yil, 24-25 bet.

3. A.Zunnupov va boshqalar. Pedagogika tarixi. T., 2000 yil.

4. Boltaboyev, M. (2020). HISTORY OF RELIGIOUS CONFESSIONAL POLITICS IN THE SOVIET PERIOD. Theoretical & Applied Science, (6), 668-671.

5. Salmonov, A., & Boltaboev, M. (2021, June). THE CONSEQUENCES OF THE SOVIET GOVERNMENT'S VIOLENT POLICY TOWARDS NONMUSLIMS IN UZBEKISTAN. In Конференции.

6. Bekmirzaev, R. B. (2021). Traces Of Archaic Religions In The Modern Way Of Life Of The Peoples Of The Ferghana Valley. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(11), 41-46.

7. Bekmirzaev, R. B. (2021). Factors affecting nation-building relationships in Fergana Valley. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11), 122-125.

8. Каримов, У., Хакимова, Д., & Тулкинов, З. (2018). ЗАДАЧИ ПОСТРОЕНИЯ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА. Теория и практика современной науки, (10), 193-195.

9. Каримова, Г. Й. (2018). РОЛЬ КОНСТИТУЦИИ В ПОСТРОЕНИИ ПРАВОВОГО ГОСУДАРСТВА И ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА. Теория и практика современной науки, (2), 161-163.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.