Научная статья на тему 'E’TIQODINI ISTIBDOD BUKA OLMAGAN BUXORIY ZIYOLILAR (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)'

E’TIQODINI ISTIBDOD BUKA OLMAGAN BUXORIY ZIYOLILAR (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
34
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sho‘ro tuzumi / davlatchiligimiz tarixi / rus istilosi davri o‘zbek adiblari / fiqhiy ilmlar / jogari / cheg‘dari / mumtoz adabiy meros.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Fayziyeva Dilorom Shabonovna

Ushbu maqolada jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida bo‘lganidek, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy yo‘nalishlarda ham milliy o‘zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixining noma’lum sahifalarini, milliy adabiyotimiz tarixini qaytadan o‘rganish, asossiz ravishda unutilgan ijodkorlar hamda tafakkurimizning boy ilmiy ijodiy merosini yoritish bilan bog‘liq izlanishlar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «E’TIQODINI ISTIBDOD BUKA OLMAGAN BUXORIY ZIYOLILAR (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

E'TIQODINI ISTIBDOD BUKA OLMAGAN BUXORIY ZIYOLILAR

(XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)

Fayziyeva Dilorom Shabonovna

Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

ixtisosligi stajor-tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7296171

Anotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida bo'lganidek, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy yo'nalishlarda ham milliy o'zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixining noma'lum sahifalarini, milliy adabiyotimiz tarixini qaytadan o'rganish, asossiz ravishda unutilgan ijodkorlar hamda tafakkurimizning boy ilmiy ijodiy merosini yoritish bilan bog'liq izlanishlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: sho'ro tuzumi, davlatchiligimiz tarixi, rus istilosi davri o'zbek adiblari, fiqhiy ilmlar, jogari, cheg'dari, mumtoz adabiy meros.

Аннотация: В данной статье, как и во всех сферах жизни нашего общества, в социально-политической и духовной сферах, рассматриваются вопросы, связанные с осознанием нашей национальной самобытности, изучением неизвестных страниц истории государственности, истории национальной литературы, освещением незаслуженно забытых творцов и богатого научного творческого наследия нашего мышления.

Ключевые слова: Шуро, история нашей государственности, узбекские

писатели периода российской оккупации, Фикх, Джогари, Чегдари, -j J Sw J £

классическое литературное наследие.

Anotation: In this article, views were made on the realization of our national identity in socio-political and spiritual directions, as in all spheres of life of our society, the study of the unknown pages of the history of statehood, the history of our national literature again, the search for unreasonably forgotten creators and coverage of the rich scientific creative heritage of our thinking.

Keywords: Shura, history of statehood, Uzbek writers of the period of Russian occupation, jurisprudence, Jogari, Chegdari, classical literary heritage.

i r> <"К ч J ]■>

Mustaqillik yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida bo'lganidek,

ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy yo'nalishlarda ham milliy o'zligimizni anglash, davlatchiligimiz tarixining noma'lum sahifalarini, milliy adabiyotimiz tarixini qaytadan o'rganish, asossiz ravishda unutilgan ijodkorlar hamda tafakkurimizning

boy ilmiy ijodiy merosini yoritish bilan bog'liq izlanishlarga keng yo'l ochildi.

u>,* ^ «KQs

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

Ta'kidlash joizki, o'zbek xalqining adabiy-tarixiy merosida mumtoz adabiy asarlar

#

>

salmoqli o'rin egallaydi. Ana shunday asarlarni, merosimizni haqqoniy o'rganish, ularni ilmiy tahlil qilish bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu masalada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2016-yil 18-oktabrdagi Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimida "Ta'lim va ma'rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo'l" mavzusidagi nutqida: "...Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ajdodlarimizning muqaddas dini bo'lgan islomning jamiyatimizdagi o'rnini qayta tiklash bo'yicha

1 O O J J O 1 J J

ulkan ishlar amalga oshirildi. 1999-yil Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi Islom universiteti ochildi. Mamlakatimizda 10 ta diniy ta'lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 ta o'rta maxsus o'quv yurti faoliyat ko'rsatmoqda. Ana shu ta'lim maskanlari orasida XVI asrda bunyod etilib, ilm-fanni keng yoyishga xizmat qilgan Buxorodagi Mir Arab va Toshkentdagi Ko'kaldosh madrasalari bor"[1, B. 30].

Buxoro ajdodlari aql zakovatining necha asrlar naryog'idan kelajak avlodga

qoldirgan buyuk va bebaho ne'mati. U markaziy Osiyoda Sharq shaharlari milliy o'ziga xosligini to'laligicha saqlab qolgan yagona shahardir. Qadimiy tor ko'chalar turli-tuman bozorlar, savdo va saylgoh maydonlari o'zida Sharq ruhi va issiq nafasini

»

m?

aks ettirib turibdi. Buxoroyi sharif yuragimizga jon qadar yaqin bu ulug' va muqaddas maskan nafaqat Islom olamida, balki jahonda ham dovrug' taratgan buyuk go'shalardan biridir[2, B. 7-9]. Shu ma'noda o'zbek adabiyoti tarixida Buxoro adabiy muhiti alohida va salmoqli o'rin egallaydi. XIX asr oxiri - XX asr boshida Buxoro

fuqarolarining barcha qatlamlari sermazmun va ko'p qirrali ma'naviy - madaniy .......... „ , „ ...... ,

hayotni boshdan kechirdilar. Buxoro davlatidagi ma'naviy - madaniy hayotning moddiy asoslarini hamda uning ijtimoiy ildizlarini mamlakat iqtisodiyotining kuchayib borishi hamda aholi tarkibidagi ro'y berib borgan munajjimlar, o'zgarishlar tashkil etadi. Shu bilan jahonning qator mamlakatlarida iqtisodiy - ijtimoiy va madaniy o'zgarishlar ham ma'lum darajada ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Mamlakatdagi ayniqsa, Buxorodagi ma'naviy - ilmiy muhit o'zining sermazmunligi bilan, ilohiy -dunyoviy, ilm - ma'rifat adabiyotning yuqori darajaga ko'tarilganligi, hunarmandchilik, zargarlik, savdo tijorat, me'morchilik ishlarining o'z zamonasi

A W i i r> Ui r»r> r> n Tm/m /~J n fn 1 n /~l n n In I n+1 I rrn n I 1 m ki nr> n -« t«r> I 1 K ifr> 1 v In î r—r t~\ m 1 n ri n V' \t

uchun ancha yuqori darajada tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Shu zaminda XX

asrga kelib mamlakatda tobora kengayib borgan ijtimoiy harakat vujudga kelgan. Ushbu adabiy muhit yetishtirib bergan ijod ahli taraqqiyotimizning turli davrlarida adabiy harakatning faol ishtirokchilari bo'lishgan. Ularning asarlari xalqimizning o'lmas ma'naviy mulkiga aylangan. Mumtoz adabiyotning turli janrlaridagi bitiklar ulkan meros sifatida bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ularning ko'plari bugun qayta-qayta nashr etilib, kitobxonlarga yetkazilmoqda. Lekin, mazkur davr

, ____C_____• u j ■___r , • ,..... , u:______,___, • ■ i

adabiyotning o'rganish doirasi kengligidan muhitning bir qancha shoirlari haqida * : j*

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

hanuz to'la-to'kis ma'lumotga ega emasmiz. Sovet adabiyotshunosligida mumtoz

_ -

adabiyot tarixi, xususan, uning ijodkorlariga biryoqlama baho berilgan. Turli xil sabablar bilan ba'zi adabiy asarlar o'rganilmagan.

O'zbek adiblari ko'plari o'z asarlari bilan xalq maorifi va madaniyatiga munosib

аи j

hissa qo'shgan bo'lsalar-da, ularning hikmati-haq nazmlari nizomi mustabid tuzum zamonida e'tirof etilmadi. Bunday elparvar adiblar xalqning o'zligini, buyuk ajdodlar ruhoniyati, mumtoz ma'naviyat va erkin qalb haroratini aks ettirgan ash'ori tufayli

! Ш-

quvg'inga olinib, hayotlari ta'qib ostida o'tdi. Buxoro adabiy muhitida bunday o'zbek alloma adiblarini qancha sanasak, shuncha oz. Sho'rolar davrida ro'shnolik ko'rmagan shoirlar va o'zbek alloma adiblari adabiy merosi istiqlol sharofati tufayli fidoyi-jonkuyar avlodlarning intilishlari samarasi o'laroq bugun chin ma'noda dunyo yuzini ko'rmoqda. Bugungi kunda bunday o'zbek adiblari qatorida Abdulhakim Qosimov, Abdulhalim Otaniyozov, Ahrorxo'ja Xalloqov, Vali Bobo, Isomiddinxo'ja Muhiddinov kabi allomalarniyam sanab o'tsak bejiz bo'lmaydi. Bu kabi o'zbek

nrli'KInn' VTV nntmiVirr iWin^Ui irormiVlnn Кплплгг 1лшл1пмт1г7^пл1лп xrnnUoK ûpVi

adiblari XIX asrning ikkinchi yarmidan bizning kunlarimizgacha yashab, eski

maktab-u madrasalarda, shuningdek, umumta'lim maktablari va oliy bilimgohlarda tahsil olgan, dinsizlikni o'ziga shior qilgan sho'ro tuzumi istibdodi va "qizil qirg'in"ini boshidan o'tkazganlar. Buning oqibatida ma'naviyat va ma'rifat o'rnini

ma'lum darajada jaholat egallab, yurtdoshlarimiz turli ham dunyoviy ham diniy

fanlardan chuqur hamda puxta bilimga, shu bilan bir qatorda ular haqidagi umumiy

tushunchalarga ham ega bo'lmay qoldilar. Bu kabi o'zbek adiblari hayotlariga razm

solar ekanmiz, ular ilm ummonidan bahra olib, o'z hayotlarini shu asosda

qurganlariga guvoh bo'lamiz. Buxoro mamlakati xalqining amir hokimiyati , , , ....... , .. , . ..

ag'darilgan davrigacha rivojlanib kelgan ma'rifati, madaniyati, umuman ma'naviyatini asr davomida tarkib topgan insoniy qadriyatlar, diniy - ma'rifiy, ilmiy -axloqiy, yaratuvchilik sa'nati sohasidagi turuvchilar hamda an'analar yig'indisi boy moddiy yozma me'roslar tashkil qilgan[3, B. 201-203]. Xalq ommasi ichidan ko'zga ko'ringan adabiyot - madaniyat namoyondalari, islom dini arboblari o'sib chiqqanki ularning faoliyati mamlakat ma'naviy hayotida beqiyos bo'lgan. Mamlakatdaga ma'naviy - madaniy muhitning boy va sermazmunligi erli xalqlar etnografiyasi sohasidagi yirik mutaxasislardan biri O.A.Suxareva quyidagicha ta'riflagan: J-jt "Shaharlarda jumladan Buxoroda fan, adabiyot, san'atning turli ko'rinishlari rivojlangan, ko'p obidalar to'plab kelgan madaniy boyliklar to'plagan..., unda qo'l yozma kitoblarning maxsus bozori bo'lgan bu bozor XIX asr oxiri XX asrda bor edi... Buxoro shahrida madrasalar soni ko'p edi."[4, B. 45] Ular orasida bir necha tilni

i J>:*-

yaxshi biluvchi, turkiy va forsiy adabiyotni chuqur o'rgangan benazir iste'dod sohiblari bor. Jumladan, Isomiddinxo'ja Muhiddinov o'zbek tilini mukammal bilgan

holda, fors-tojik, arab va rus tillarini ham puxta egallagan tilchi edilar. Ba'zan suhbat

__________1________

chog'ida davrada o'tirganlardan ularning tug'ilgan joyini so'rab, bu qishloqning

ШЪ

m >

is* » J

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

ta'rixi, nomi anglatgan ma'noni tushuntirib berganlarini odamlar hamon eslashadi.

с с

Aytishlaricha kunlardan bir kun Muhiddinxo'ja huzurlariga G'ijduvon tumanining "Jogari" va "Chag'dari" qishloqlaridan mehmonlar kelishadi. Shunda domla bu

mehmonlarga bu qishloqlarning tarixi va etimologiyasini shunday tushuntirgan

аи j

ekanlar: "Aslida "Jogari"[5, B. 26-27] tojikcha "joy giri" (joy olish) so'zidan kelib chiqqan. Arablar Buxoroga kelganda, ularga doimiy yashash uchun shu yerga joylashishga (joy giri) ruxsat etilgan va ular bu yerni o'ziga makon qilib olgan. Shu

bilan bu yerni "Joygiri" deb ataganlar. Chag'dari qishlog'i nomiga ham alohida sharlar berib o'tganlar: "Chag'dari" - aslida "chig'dari" so'zining o'zgargan shakli. Chig' (cheg', ch0iy)- mayin qamishdan to'qilgan parda bo'lib, undan uy va xonaqoh eshiklari sifatida, ayvonlar oldini to'sishda foydalanilgan. Qishloq aholisi chig' (qamish) dan parda to'qish bilan shug'ullanganlari va eshiklariga cheg' parda tutganliklari bois bu joy "Cheg'dari", ya'ni eshigi cheg' pardali deb nomlangan..."[6, B. 6-7] Bundan tashqari eshoni Isomiddinxo'ja Muhiddinov Xo'ja

XJ^-fín, Clm,,,, Cn'rli,, ü,,mi„ N/InrUrnk C ^' i^rli™ «V.„m,r

Hofiz, Shayx Sa'diy, Jaloliddin Rumiy, Mashrab, So'fi Ollohyor ijodini chuqur

o'rganib, Navoiy ijodidan esa durustgina xabardor bo'lganlar.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, shu davlarning bir qismi hisoblangan - Rim va Samarqand tengdoshi Buxoroyi Sharifning muqaddas tarixi har inson qalbini

to'lqintiradigan mo'jizalar kuchiga ega. Buxoro qadimdan to hozirga madaniyat va ilm - fan markazi bo'lib kelgan va davom etib kelyapti. SHunday ekan XX asr davomida Buxoroda juda ko'p ilmiy - tarixiy muassasalar faoliyat ko'rsatgan. Ular ma'lum bir davrda rivojlanib ma'lum bir davrda tarix sahnasidan ketgan.

Bunday sho'ro tuzumida yashab ijod etganlar nafaqat Buxoro hududida balki, butun O'zbekiston bo'ylab tadqiqot olib borilsa yetarlicha topiladi. Biz bugungi yosh

от Л r\rl 1лп 1/-nKi rv 'orliKl опm 1 л л mrlini 'rrromK ггпп' отrl аг1 пл1лпг» \ш+пг11л1ло

avlod bu kabi o'zbek adiblarimizni ijodini o'rganib, kelgusi avlod uchun yetarlicha manba sifatida yetkazib bersak, nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Chunki, ozodlik ilinjida armon bilan dunyodan o'tgan ulug' vatandoshlarimizning nomlarini unutishga ma'naviy haqqimiz yo'q deb o'ylayman. Zero, tarixiy xotira xalqni mudom uyg'oqlikka undaydi, ulug'vor maqsadlar yo'lida birlashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

J >*

1. Mирзиёев Ш.М. "Таълим ва маърифат-тинчлик ва бунёдкорлик сари йул" // Каранг: Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild. -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. -

■W- Б30

2. Жахон хазинаси жавохири. Бухоро. 1997 йил. -Б.7-9.

3. "Бухоро тарихи сахифалари" Бухоро 1996 йил. 201-203 бетлар

4. Сухарева О.А. истории городов Бухарского конства историко - эт ногрофические очерки. Т. 1958 год

Ы> 3 )> £}

i^Ä^Ä^ зо | ' L

is* *-¡j

• J^SW

¥ц )

)>4>

зи*

6-7

ы>

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ЗЙ*

J ЗЙ*

Ы )>

Н J>

jW^ У

q ж* q зй*

Ы >

>

зйо-

ы >

зй* Ы *

ЩУ

Ян

ы )>

ЗЙ*

Ы>

Ы з> • з>4>

+И >

^ зй*

щ

ш>

Лй*-

Ы^

3>

l3>-

зй> Ы p ] >i> Ы > i >j> +H >

л w> -

>> *:

-^fV-iir f---^SfV-^Y f.—

31

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

5. Farhangi zaboni tojiki. 1. M.: "Советская энциклопедия", 1969. - C. 26-27.

6. Inoyatov F., Soliyeva M. Zulmatdagi ziyokorlar. 1-kitob. "Hilol", 2016. - B.

Ы >

LS*

* q >

q ЗЯ*

q :

№ >

q

äH > ij

M j>

Ш

q >j#

: ЗЙ*

q зй: > >з>

q >4;: ! >

>3*;

Ыз> з>

■ р

) J ж

1Й*

q зй* q з>^>

Ш

! >

q >

Ы з>

q зй* Щ з>

q )й*

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.