Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKАSINING MАRKАZIY ОSIYО DАVLАTLАRI BILАN IKKI TОMОNLАMА MUNОSАBАTLАRI'

О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKАSINING MАRKАZIY ОSIYО DАVLАTLАRI BILАN IKKI TОMОNLАMА MUNОSАBАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
43
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi / Mаrkаziy Оsiyоdа xаvfsizlik / tashqi siyosiy faoliyat / milliy manfaat / tamoyil / zamonaviy xalqaro munosabatlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Аbdаzоv Sultоnbek Uktаmjоnоvich

О‘zbekistоn yuritаyоtgаn оchiq vа о‘zаrо mаnfааtli hаmkоrlik siyоsаti Mаrkаziy Оsiyо mаmlаkаtlаridа qо‘llаb-quvvаtlаnmоqdа. Qо‘shni dаvlаtlаr О‘zbekistоnning ishоnch vа yаqin qо‘shnilik muhitini yаrаtishgа qаrаtilgаn sа’y-hаrаkаtlаrini yuqоri bаhоlаmоqdа, Mаrkаziy Оsiyо dаvlаtlаri mintаqаni bаrqаrоr, xаvfsiz, hаmkоrlikdа gullаb-yаshnаgаn mаkоngа аylаntirishgа tаyyоrliklаrini izhоr qilmоqdа. Bu esа mintаqа dаvlаtlаri iqtisоdiyоtlаrning tezkоr tаrаqqiyоtigа yоrdаm berаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKАSINING MАRKАZIY ОSIYО DАVLАTLАRI BILАN IKKI TОMОNLАMА MUNОSАBАTLАRI»

'Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №14

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN IKKI TOMONLAMA MUNOSABATLARI

Abdazov Sultonbek Uktamjonovich

Mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.7442460

Annotatsiya: O'zbekiston yuritayotgan ochiq va o'zaro manfaatli hamkorlik siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo'llab-quvvatlanmoqda. Qo'shni davlatlar O'zbekistonning ishonch va yaqin qo'shnilik muhitini yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholamoqda, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqani barqaror, xavfsiz, hamkorlikda gullab-yashnagan makonga aylantirishga tayyorliklarini izhor qilmoqda. Bu esa mintaqa davlatlari iqtisodiyotlarning tezkor taraqqiyotiga yordam beradi.

Tayanch so'zlar: O'zbekiston Respublikasi tashqi ish^ vaziriigi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, tashqi siyosiy faoliyat, milliy manfaat, tamoyil, zamonaviy xalqaro munosabatlar.

Dunyoda global va mintaqaviy darajadagi o'zgarishlar sodir bo'layotgan bugungi murakkab bir sharoitda mintaqa davlatlari mavqeyini saqlab qolish va kelajak taraqqiyotini ta'minlash yagona mintaqaviy integratsiyalashuv asosida hal etilishi mumkin. O'zbekiston xalqara munosabatlaming teng huquqli subyekti

sifatida, mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yo'lga qo'yib, xorijiy hamkoгlar bilan o'zara manfaatli munosabatlami гivojlantiгmoqda. Bunday izchil,

aniq va konstгuktiv tashqi siyosatni xalqara ekspertlaT va k^zatuvchito ham e,tiгof etmoqda. Ma'lumki, O'zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy vazifalaridan bin - o'z hududi atrofida tinchlik, baгqaroгlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish hisoblanadi. Shu nuqtayi nazaráan, Prazident Shavkat Miгziyoyev qo'shnilaгimiz -Ma^aziy Osiyo davlatlaгi bilan do'stona, yaqin qo'shnichilik va o'zaгo manfaatli aloqalami гivojlantiгish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo'nalish sifatida belgilab berái.

«Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yilla^a mo'ljallangan taгaqqiyot stгategiyasi to'g'risida»gi farnoni loyihasida Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-

iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin

hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish vazifalari belgilangan.1

1 Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси 29.12.2020 https://president.uz/uz/lists/view/4057

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-usiubiy jurnali

№14

Markaziy Osiyoning O'zbekiston tashqi siyosatida ustuvor yo'nalish sifatida qaralishiga turtki berayоtgan, mintaqa davlatlariga xоs bo'lgan mushtarak omillardan quyidagilarini ajratib ko'rsatish mumkin:

• mintaqa davlatlarining jo'g'rofiy joylashuvi va xususan, O'zbekistonning mintaqa markazidan o'rin olgani va ularning barchasi bilan chegaradoshligi;

• milliy, madaniy, diniy va ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlarning o'xshash va yaqinligi;

• umumiy transport va energetika kommunikatsiyalarining mavjudligi;

• mintaqadagi suv resurslarining o'zaro oqilona taqsimoti;

• mintaqada ekologik, xavfsizlik va barqarorlik masalalarining umumiyligi.

O'zbekiston prezidentining tashabbusi bilan mintaqaning barcha mamlakatlari

bilan yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirildi. Mazkur tashriflar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o'zaro manfaatli bo'lgan global masalalar bo'yicha qaror qabul qilindi: xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, madaniyat va ekologiya sohalarida. Natijada tarixan qisqa vaqt ichida O'zbekiston va mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlarning yaxshi tomonga burilishiga sabab bo'lgan ulkan o'zgarishlar ro'y berdi. Ya'ni, bugun sizga ishonch bilan Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan yaxshi munosabatlarga ega ekanligimizni ta'kidlay olaman.

Mamlakatimiz mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan tamoyilllari va normalari, qo'shni mamlakatlar bilan har tomonlama yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish kabi asosiy tamoyillarga tayangan holda tinchlik yo'lida barcha sheriklar bilan hamkorlikni amalga oshiradi. Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo'nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga qaratilgan. O'zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta'minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.

Xulosa o'rnida qayd etish mumkinki, O'zbekiston yuritayotgan ochiq va o'zaro manfaatli hamkorlik siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlarida qo'llab-quvvatlanmoqda. Qo'shni davlatlar O'zbekistonning ishonch va yaqin qo'shnilik muhitini yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholamoqda, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqani barqaror, xavfsiz, hamkorlikda gullab-yashnagan makonga aylantirishga tayyorliklarini izhor qilmoqda. Bu esa mintaqa davlatlari

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №14

iqtisodiyotlaming tezkor taraqqiyotiga yordam beradi. O'zbekistonning bugungi

tashqi siyosati, xususan, yaxshi qo'shnichilik va pragmatik mintaqaviy siyosati

davlatning xalqaro nufuzini oshiribgina qolmay, Markaziy Osiyoning barqaror va ulkan imkoniyatlarga ega hamkorlik makoniga aylanishiga xizmat qilmoqda.

Manbalar:

1. Узбекистан Республикaси Президенти Шaвкaт Мирзиёевнинг Олий Ma^^ra Мурoжaaтнoмaси 29.12.2020 https://president.uz/uz/lists/view/4057

2. O'zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi- 2012 yil 10 sentabr.

3. Markaziy Osiyo - O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor uo'nalishi

http://www.ddsmfa.uz/uz/markaziy-osiyo-ozbekiston-tashqi-siyosatining-asosiy-ustuvor-yonalishi

4. Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik ustuvor yo'nalish https: //www.uwed.uz/uz/news/fulltext/1451

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.