Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VAQT VA CHASTOTA ETALONINI HOSIL QILISH'

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VAQT VA CHASTOTA ETALONINI HOSIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
13
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etalon / vaqt va chastota / muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) / O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ)

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ismatullayev Sheroz Xamidullayevich, Saidoripov Lazizbek Furkatjanovich, Gazieva Lyubov Borisovna, Nishonov Vohobjon Xamidulla Oʻgʻli

Bugungi ilm-fan, texnika-texnologiya ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jadallik bilan rivojlanayotgan davrda o‘lchashlar, ularning aniqligi, ishonchliligi va kuzatiluvchanligi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘lchashlarning xalqaro darajada yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash maqsadida 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimi SI qabul qilindi va bugungi kunga qadar doimiy ravishda takomillashtirilib kelinmoqda. Ushbu o‘zida 7 ta asosiy birliklarni mujassamlagan SI birliklar ichida vaqt birligi sekund eng yuqori aniqlikka ega bo‘lib, rivojlangan davlatlar milliy metrologiya institutlari tomonidan turli xil tajribalar asosida hosil qilinmoqda va uzatilmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi Oʻzbekiston respublikasida vaqt va chastota etalonini va O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ)ni hosil qilishdan iborat. Natijalar shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston respublikasida vaqt va chastota etalonini hosil qilish vaqt va chastota sohasida o‘lchashlarning aniqligini ±2*10-14 darajasida ta’minlashga hamda O‘zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ)ni hosil qilishga erishildi. Xalqaro miqyosda esa muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni hosil qilishda O‘zbekiston ishtiroki ta’minlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VAQT VA CHASTOTA ETALONINI HOSIL QILISH»

UDC: 006.915 ORCID: 0000-0002-2340-1697 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VAQT VA CHASTOTA ETALONINI

HOSIL QILISH

1Ismatullayev Sheroz Xamidullayevich, 2Saidoripov Lazizbek Furkatjanovich, 3Gazieva Lyubov Borisovna, 4Nishonov Vohobjon Xamidulla o'g'li

1O'zbekiston milliy metrologiya instituti, bo'lim boshlig'I Toshkent davlat texnika universiteti, PhD mustaqil izlanuvchisi, 2O'zbekiston milliy metrologiya instituti, director, 3O'zbekiston milliy metrologiya instituti, yetakchi mutaxassis, 4O'zbekiston milliy metrologiya instituti, 1-

toifali mutaxassis

1sh.ismatullaev@nim.uz, 2l.saidoripov@nim.uz, 3l.gazieva@nim.uz, 4v.nishonov@nim.uz,

https://doi.org/10.5281/zenodo.10726661 Annotatsiya. Bugungi ilm-fan, texnika-texnologiya ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jadallik bilan rivojlanayotgan davrda o'lchashlar, ularning aniqligi, ishonchliligi va kuzatiluvchanligi muhim ahamiyat kasb etadi. O'lchashlarning xalqaro darajada yagona birlikda bo'lishini ta'minlash maqsadida 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimi SI qabul qilindi va bugungi kunga qadar doimiy ravishda takomillashtirilib kelinmoqda. Ushbu o'zida 7 ta asosiy birliklarni mujassamlagan SI birliklar ichida vaqt birligi sekund eng yuqori aniqlikka ega bo'lib, rivojlangan davlatlar milliy metrologiya institutlari tomonidan turli xil tajribalar asosida hosil qilinmoqda va uzatilmoqda.

Ushbu tadqiqotning maqsadi O'zbekiston respublikasida vaqt va chastota etalonini va O'zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ)ni hosil qilishdan iborat.

Natijalar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston respublikasida vaqt va chastota etalonini hosil qilish vaqt va chastota sohasida o'lchashlarning aniqligini ±2*10-14 darajasida ta'minlashga hamda O 'zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ)ni hosil qilishga erishildi.

Xalqaro miqyosda esa muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni hosil qilishda O'zbekiston ishtiroki ta'minlandi.

Kalit so'zlar: etalon, vaqt va chastota, muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC), O'zbekiston milliy vaqt shkalasi UTC(UZ)

Аннотация. В современных условиях быстро развивающейся науки, технологий, производства и услуг измерения их точности, надежности и прослеживаемости становятся все более важными. Международная система единиц (СИ) была принята в 1960 году для обеспечения единой единицы измерения во всем мире и постоянно совершенствуется по сей день. Среди этих единиц СИ, включающих 7 основных единиц, наибольшую точность имеет вторая, единица времени, которая создается и передается национальными метрологическими институтами развитых стран на основе различного опыта.

Целью данного исследования является создание стандарта времени и частоты в Республике Узбекистан и национальной шкалы времени UTC(UZ) Узбекистана.

Результаты показывают, что создание стандарта времени и частоты в Республике Узбекистан обеспечило точность измерений в области времени и частоты на уровне ±2*10-14 и создание национальной шкалы времени Узбекистана UTC(UZ).

На международном уровне обеспечено участие Узбекистана в создании всемирного координированного времени (UTC).

Ключевые слова: Эталон, время и частота, Всемирное Координированное Время (UTC), национальная шкала времени Узбекистана UTC(UZ)

Abatract. In today's rapidly developing science, technology, production and service measurements, their accuracy, reliability and traceability are becoming more crucial. The International System of Units (SI) was adopted in 1960 in order to ensure that measurements are in a single unit around the world and has been continuously improved to this day. Among these SI units, which include 7 basic units, the second, unit of time has the highest accuracy, and it is created and transmitted by national metrology institutes of developed countries based on various experiences.

The purpose of this study is to create a time and frequency standard in the Republic of Uzbekistan and the national time scale UTC(UZ) of Uzbekistan.

The results show that the creation of the time and frequency standard in the Republic of Uzbekistan has ensured the accuracy of measurements in the time and frequency field at the level of ±2*10-14 and the creation of the national time scale of Uzbekistan UTC(UZ).

At the international level, the participation of Uzbekistan in creating the Coordinated Universal Time (UTC) was ensured.

Keywords: standard, time and frequency, Coordinated Universal Time (UTC), national time scale of Uzbekistan UTC(UZ)

1. KIRISH

Soat nechi bo'ldi? Har bir inson kundalik faoliyatlari davomida ushbu savolga oydinlik kiritish uchun qo'l soatlari yoki mobil telefonlariga murojaat qilishadi. Bugungi jadallik bilan rivojlanayotgan zamonaviy jamiyatda nafaqat kundalik hayotimiz, balki ko'plab avtomatik tizimlar ham muntazam operatsiyalar uchun vaqtga tayanadi [1]. Misol uchun, elektr energiyasini taqsimlash tarmog'i samarali quvvat oqimi va nosozliklarni aniqlash uchun aniq vaqtdan foydalanadi. Telekommunikatsiya tizimlari ma'lumotlar oqimi sifatini ta'minlash uchun yuqori darajadagi aniq vaqt sinxronizatsiyasini talab qiladi. 3G yoki 4G simsiz mobil tarmoqlar mikrosekund darajasidagi soat sinxronizatsiyasini talab qiladi. Optik tolali uzatish tizimlari nanosekund darajasidagi aniqlikni talab qiladi. GPS navigatsiyalari tizimni saqlash va aniq pozitsiyalarni hisoblash uchun juda aniq vaqt tarmoqlariga tayanadi [2]. Shunday ekan vaqt va chastota sohasida aniqlilik, ishonchlilik va kuzatiluvchanlikni ta'minlash muhim vazifa hisoblanadi.

Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni saqlash va nanosekund darajasidagi aniqlik bilan vaqtni sinxronlashtirish Xalqaro o'lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) tomonidan amalga oshiriladi, u 90 ga yaqin mamlakatlarda, shu jumladan O'zbekistonda, milliy metrologiya institutlari (MMI) va o'rindosh institutlar (DI) bo'ylab taqsimlangan 600 ga yaqin atom soatlari dan ma'lumotlarni to'playdi, qayta ishlaydi va uzatadi [3]. 1-rasmda muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni hosil qilish jarayoni keltirilgan.

1-rasm. Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni hosil qilish

Vaqtni sinxronlashtirishning har qanday aniqlik darajasi uzluksiz jarayon bo'lib, xalqaro SI birliklar tizimigacha metrologik kuzatiluvchanligi ta'minlangan milliy vaqt shkalasi UTC(k)ni talab qiladi. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda milliy vaqt shkalasi UTC(k) sifatida ushbu mamlakatlarning milliy metrologiya institutlarida hosil qilinayotgan vaqt shkalalari e'tirof etiladi.

O'zbekiston Respublikasida bugungi kunga qadar telekommunikatsiya tarmog'ini hamda davlat idoralarini tegishli étalon chastotalari va yagona vaqt signallari bilan ta'minlash Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-iyuldagi 176 son qaroriga muvofiq "O'zbektelekom" AK tomonidan amalga oshirilib kelingan. Bunda "O'zbektelekom" AKda mavjud Taktli tarmoq sinxronlash (TTS) tizimi va yagona muvofiqlashtirilgan vaqt (YMV) tizimi qurilmalari yordamida respublikamizning barcha telekommunikatsiya operatorlari, Radioaloqa, radioeshittirish va televideniya markazi va boshqa tashkilotlarga "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi" DUK, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot xisoblash markazi, "O'zbekiston Milliy elektr tarmoqlari" AJ, "NKMK" AJ, "O'zaeronavigatsiya" markazi DUK, aloqa operatorlari va provayderlariga tegishli chastota va yagona vaqt signallari taqdim etib kelinmoqda [4].

Ushbu vaqt va chastota xizmatini davlat miqiyosida tashkil etish, uning metrologik kuzatiluvchanligini xalqaro SI birliklar tizimigacha ta'minlash, O'zbekistonning milliy vaqti (UTC+5 - muvofiqlashtirilgan universal vaqt tizimida UTC (UZ) joriy etish) va taqvimi bo'lishiga, respublikaning aniq vaqti va chastotalariga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash bo'yicha ilmiy, texnik va metrologik faoliyatni amalga oshirishga hamda davlatning strategik vazifasini bajarish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935-son qarori [5] va 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-son qarori [6] ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshidagi O'zbekiston milliy metrologiya institutida vaqt va chastota etaloni hosil qilindi.

2. METOD VA MATERIALLAR

2.1 Soatning asosiy elementlari va vaqt va chastota nazariyasi.

Har qanday soatning vaqtni o'lchashdagi asosiy konsepsiyasi 2-rasmda keltirilganidek, ossilator (teng vaqt oralig'ini belgilash uchun qurilma yoki jarayon) va hisoblagich (vaqtni ortib borishini hisoblagich)dan iboratdir. Ossilator yuqori barqarorlik (stabillik) bilan davriy tebranishlar ishlab chiqaradi va hisoblagich ushbu tebranishlar sonini sanaydi.

Chastota manbai (ossilator)

+

Hisoblagi

Soat

2-rasm. Soatning asosiy e ementlari

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib vaqtni hosil qilishni aniqligi va sifati ossilatorning aniqligi va sifati bilan baholanadi. Osilatorning sifati uning barqarorligi va aniqligi darajasiga va atrof-muhit o'zgarishlariga qarshi turish qobiliyatiga bog'liq. Ossilator chastotasidagi har qanday beqarorlik va o'zgarish mos keladigan beqarorlik va soatning vaqtni hisoblash aniqligidagi og'ishda aks etadi. Aniqlik chastota o'lchash sohasida ham vaqt o'lchash sohasida ham birliksiz aks ettiriladi [7] :

S = — = —,

f T

bu yerda,

f - nominal chastota qiymat;

A/- o'lchangan qiymat bilan nominal qiymat farqi;

T - nominal vaqt qiymat;

At- o'lchangan qiymat bilan nominal qiymat farqi.

2.2 Soatlarning rivojlanish bosqichlari

Ossilator vazifasini turli davrlarda turli xil manbalar yordamidan foydalanib kelingan. Dastaval quyosh, oy va yuzduzlardan keyinchalik yog'li lampalar, qumlar, suvning oqib o'tishi va belgilangan shamlardan foydalanishgan. Vaqtni hosil qilishda Sivilizatsiya rivojlanish davrlari Galileo Galileyning tebranish (ossilation)lar hususiyatini kashf qilishi bilan bog'liq hisoblanadi. Keyinchalik mexanik soatlar (muvozanatlashtirilgan g'ildirak, mayatnik), kvarts soatlar (ossilator sifatida davriy tebranadigan Kristal) va ohiri atom soatlar (tebranuvchi elektromagnit to'lqinlarga asoslangan)dan foydalanilmoqda. Soatning kelajak avlod sifatida optik soatlar qaraladi va bugungi kunda optik soatlar bilan tajriba sifatida rivojlangan davlatlar metrologiya institutlari ishlab kelmoqda. 3-rasmda soatlarning rivojlanishi va unga munosib tarzda aniqligini ortib borishini ko'rishimiz mumkin [8].

3-rasm. Soatlarning rivojlanish bosqichlari

Atom soatlari kvant tizimida (atom, ionyoki molekula) energiya darajalari orasidagi o'tish chastotasiga asoslanadi. Vaqt hosil qilish va saqlashning tengsiz aniqligi tufayli atom soatlari vaqt oralig'i va standart chastotani o'lchashning eng yaxshi vositasidir.

Vaqtning atom standarti yordamida olingan vaqtni hisoblash aniqligining ulkan yaxshilanishi bilan vaqtning mavjud astronomik ta'rifi (yerning aylanishiga asoslangan) 1968 yil O'lchov va tarozilar bosh konferensiyasi (CGPM) 13-yig'ilishida vaqt birligining juda aniq ta'rifiga o'zgartirildi va 2018 yil CGPM 26- yig'ilishida qayta ko'rib chiqildi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib bugungi kunda 90 ta laboratoriyada 600 ga yaqin atom soatlaridan foydalangan holda vaqtni hosil qilmoqda va uzatmoqda [9].

2.3 Nega aynan atom soati?

Umuman olganda, laboratoriyani rivojlantirish strategiyasi moddiy byudjetga ham bog'liq. Cheklangan byudjetda birinchi qadam 2-3 ta Cs soati bilan laboratoriya tashkil qilish, umumiy GPS usuli bilan xalqaro solishtirishlarda ishtirok etish, BIPM TAI guruhiga a'zo bo'lish va milliy vaqt shkalasini UTC(k)ni hosil qilish.

Keyingi bosqichda, moliyaviy imkoniyatlarni inobatga olgan holda, tizimga H-Maser va algoritmlarni qo'shish orqali UTC (k) vaqt shkalasi yaxshilanishi maqsadga muvofiq.

Quyida Cs atom soatlarini va H-Maser soatlarini o'rtacha vaqtga nisbatan barqarorligi keltirilgan.

1-jadval. Cs atom soatlari va H-Maser soatlarini o'rtacha vaqtga nisbatan barqarorligi

Vaqt Cs barqarorlik H-Maser barqarorlik

1 s <5,0E-12 <5,0E-14

10 s <3,5E -12 <1,0E-14

100 s <8,5E-13 <5,0E-15

1000 s <2,7E-13 <2E-15

10000 s <8,5E-14 <1,0E-15

1 day <2,7E-14 <2,0E-16

5 day <1,0E-14 -

30 day <5,0E-15 -

Ikkala soatni solishtirganda, H-Maser Cs ga qaraganda qisqa muddatli barqarorlikka ega ekanligini ko'rish mumkin.

Biroq, chastota siljishining xususiyatiga ko'ra (dreyf) H-Maser uzoq muddatli foydalanish uchun qulay soatlar emas (>5 kun). Boshqacha qilib aytganda, H-Maserning 5 kundan ortiq muddatda xatti-harakatlarini oldindan aytib bo'lmaydi.

Shu sababli, H-Maser milliy vaqt shkalasi UTC(k)ni hosil qilish uchun mos etalon soati

emas.

Shunday qilib, uzoq muddatli barqarorlik, chastota o'zgarishi (dreyf) yo'qligini va sekundning amaldagi SI birligining ta'rifi Cs atomlariga asoslanganligi inobatga olgan holda Cs atom soatidan etalon sifatida foydalanish afzaldir.

Vaqt birligi sekundning ta'rifi 1968 yil O'lchov va tarozilar bosh konferensiyasi (CGPM) 13-yig'ilishida Cs atom orqali ifodalanishiga kelishildi va 2018 yil CGPM 26- yig'ilishida qayta ko'rib chiqildi. BIPM ning 2018 yildagi "Xalqaro birliklar tizimi" qo'llanmasining 9-nashriga asosan vaqt birligi sekund quyidagicha ta'riflanadi [10]:

Sekund - seziy rezonansi (AvCs) chastotasining qaydlangan sonli qiymatini, seziy 133 atomi asosiy holatining qo'zg'almagan o'ta yupqa o'tish chastotasini gers birliklarida 9 192631 770 ga teng qabul qilish orqali aniqlanadi, bu erda gers s-1 ga mos.

3. NATIJA VA MUHOKAMALAR

Bugungi kunda respublikamizda telekommunikatsiya, moliya operatsiyalari, energetika, transport, mudofaa, navigatsiya kabi qator sohalarning faoliyati zamonaviy texnologiyalarga asoslangan holda olib borilmoqda.

Jumladan, aloqa davomiyligi, uning sifati, axborot almashinuvi va xavfsizligi, bank tranzaksiyalari, aviatsiya xavfsizligi, mudofaa salohiyatini ta'minlash, shuningdek, olib borilayotgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirishda yuqori aniqlikdagi o'lchashlarda aniq vaqt zarur hisoblanadi.

Mamlakatimizda yuqorida qayd qilingan sohalarda aniq vaqt bo'yicha tegishli ma'lumotlar turli vaqt manbalari bilan sinxronlashtirish orqali olinishi ta'minlanmoqda.

Bu o'z o'rnida vaqt bilan bog'liq milliy va xalqaro darajadagi faoliyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tafovutlar sabab barqarorlikni ta'minlashga to'sqinlik qiladi.

Xalqaro tajribada ushbu muammolarni bartaraf etish va oldini olish maqsadida davlat darajasida Vaqt va chastota etalonini hosil qilish va u orqali "Vaqt va chastota xizmati" joriy etish keng tarqalgan. Jumladan Germaniyada, Rossiyada va Fransiyada qonun asosida, Belorusiya, Turkiya va Qozog'istonda "Vaqt va chastota xizmati" hukumat qarorlari asosida tashkil etilgan [12-17].

Ushbu xizmatlar nafaqat mamlakatda aniq vaqt signallarini uzatadi, balki Xalqaro o'lchovlar va tarozilar byurosining (BIPM) Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhi a'zosi sifatida muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) ni shakllantirishda muhim hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib O'zbekistonda ham yagona vaqt va chastota signallarini hosil qilish va respublikani yagona milliy vaqt shkalasi bilan ta'minlash maqsadida Vaqt va chastota etaloni hosil qilindi va O'zbekiston texnik jihatdan tartib solish agentligi huzuridagi O'zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan 26-2024 son bilan "Vaqt, chastota va milliy vaqt shkalasi UTC (UZ) birligi" etaloni sifatida qayd etildi. 4-rasmda "Vaqt, chastota va milliy vaqt shkalasi UTC (UZ) birligi" etaloni umumiy ko'rinishi keltirilgan.

Vaqt, chastota va milliy vaqt shkalasi UTC (UZ) birligi etaloni - xalqaro birliklar tizimidagi (SI) vaqt birligi sekund (s) ni hosil qilish ta'rifiga asosan 10-14 darajasi aniqligida sekundni va 10 MHz mos chastotani hosil qilish va uzatish hamda respublika miqyosida milliy vaqt shkalasi UTC (UZ)ni ishlab chiqish va tarqatish uchun mo'ljallangan. Shu bilan birgalikda etalon vaqt va chastota o'lchash vositalarini metrologik tekshiruvini amalga oshirish va ularning metrologik kuzatiluvchanligini ta'minlashda ham qo'llaniladi.

Etalon sanoatning quyidagi sohalarida qo'llaniladi:

- energetika;

- teleradio va aloqa tizimlari;

- bank moliya operatsiyalari;

- navigatsiya tizimlari;

- raqamlashtirilgan hukumat faoliyati;

- mudofa;

- transport;

- ilmiy tadqiqot ishlari;

- internet ta'minot tizimlari;

- hududiy metroligiya markazlari, korxona, tashkilot va tadbirkorlik sub'ektlarining metrologik xizmatlari.

4-rasm. "Vaqt, chastota va milliy vaqt shkalasi UTC (UZ) birligi" etaloni Etalon texnik xarakteristikasi

Aniqligi:2*10"14

O'lchash oralig'i: vaqt oralig'ini o'lchash oralig'i 2 ns dan 105 s gacha, noaniqligi U=300 ps; Chastota o'lchash oralig'i: 1 mHz dan 15 GHz gacha;

Faza solishtirish asosidagi chastota o'lchashlar oralig'i: 0,1 Hz dan 200 MHz gacha; Chastota stabilligini o'lchash oralig'i: 0,001 Hz dan 15 GHz gacha. Etalonni saqlash va foydalanish talablari

Vaqt va chastota birligi milliy etalonini qo'llash (saqlash) tartibi va qoidalari davlatlararo, xalqaro darajadagi tavsiyalar talablariga muvofiq bo'lishi zarur. Harorat birligi milliy etaloni, etalonni saqlash va ishlatish bo'yicha belgilangan qoidalar va talablarga muvofiq maxsus jihozlangan, uning xavfsizligi va normal ishlash imkoniyati bilan taminlangan laboratoriyada saqlanadi va foydalaniladi.

Etalon saqlanadigan va ishlatiladigan laboratoriya quyidagi talablarga amal qilishi zarur:

- atrof-muhit harorati 21°C dan 25 °C gacha;

- nisbiy havo namligi 30 % dan 70 % gacha;

- kuchlanish 218 V dan 222 V gacha;

- kuchlanish chastotasi 49 Hz dan 51 Hz gacha.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Laboratoriya uzluksiz elektr manbai bilan ta'minlangan bo'lishi lozim. Laboratirayadagi havo belgilangan sanitariya me'yorlaridan ortiq darajada chang va etalon ishlab chiqarilgan materialga nisbatan agressiv aralashma yoki tasir qiluvchi tashqi jism bo'lmasligi kerak.

Bugungi kunda BIPM TAI xalqaro atom vaqt guruhi tomonidan shakllantiriladigan muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni hosil qilishda O'zbekiston nomidan O'zbekiston

milliy metrologiya instituti ishtiroki ta'minlangan. Bu orqali O'zbekiston milliy metrologiya institutidagi mavjud vaqt va chastota etalonining metrologik kuzatiluvchanligi xalqaro SI birliklar tizimigacha ta'minlanishiga erishildi.

tlnlernoliortol da»

IГЙ

Acionyms end locations

BIPM Time Department Data Base

Acronym N.I me of the Institute City Country CIPM MRA signatory Previous acronym (If any) Year of •tart Year of BIPM Code

2- Numeric

AGGO Argentinian -German Geodetic Observatory La Plata Argentina TCC 2002 TC 10086

AOS Astrogeodynamlcal Observatory, Space Research Centre PA.S. Borowlec Poland 1988 AO 10046

APL Applied Physics Laboratory Laurel United Statos of 1978 AP 10031

AUS National Institute of Metrology Sydney Australia NMIA 1973 AU 10054

BEV Bundesamt (Or Etch- und Vermessungswesen Wien Austria BEV 1975 BE 10034

BFKH Government Office of Capital City of Budapest, Metrology and Technical Supervisory Department Budapest Hungary BFKH OMH 1 MKEH 1974 MK 10033

B1M Bulgarian Institute of Metrology Soflya llliltl.iri.l BIM NMC 1991 BM 10066

B1RM Beijing Institute of Radio Metrology and Measurement Beijing P.R. China 1995 B! 10071

SMU Slownsky Metrologlcky Ustav (Slovak Institute of Metrology) Bratislava SMU 1998 SM 10076

SP Research Institutes of Sweden AB (RISE) Boras Sweden RISE 1978 Sf 10072

su Russian metroloqicAl Institute of technical physics und radio engineering (FSUE "VNIIFTRI") Moskva Federation VNIIFTRI 1969 SU 10038

TL Telecommunication Laboratories Chung-LI Chinese Taipei TL 1972 TL 10030

TP Institute Ы Photonics and Electronics. Ciech л .i MI .- .1 '.....т.-............. Prah. Czech Republic IPE/ASCR 1968 TP 10022

TUG Technlsche UnlversltUt Gri« Austria 1977 2ÛÛÛ TU 10039

UA National Scientific Centra "Institute of Metrology" Kharkiv Ukraine NSC IM 2006 UA 10078

UAE Emirates Metrology Institute (EMI/UAE) Abu Dhabi The United Arab EMI 2017 AE 10021

UME uiusal Metrolo)! £rrttirusJ, Marmara Research Centre, (National Metrology Institute) Gehre-Kocaeli Türklye UME 1994 UM 10068

U5NO U.S. Naval observatory Washington DC United States of America 1968 US 10007

UTE Administration Nacionol de Uiinas у Transmit ion« Montevideo Uruguay UTC 2023 UY 10098

UZ Uzbek National Institute of Metrology of Uzstandard Agency Tashkent Uzbekistan UrNIM 2023 uz 10064

VM| Vietnam Metrology Institute HaNoi Vietnam VMISTAMEQ 2008 VM 10028

VSL VSL, Dutch Metrology Institute Oelft The Metherlands VSL 1973 vs 10024

ZA National Metrology Institute of South Africa (NMISA) Pretoria South Africa NMISA CSIR 1972 ZA 10029

5-rasm. BIPM TAI xalqaro atom vaqt guruhi a'zolari.

4. XULOSA

Mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy soha ehtiyojlarini o'rganish hamda xorijiy tajribalar asosida mavjud vaqt va chastota birligi milliy etalonini takomillashtirish, uning o'lchash hamda kalibrlash imkoniyatlarini kengaytirish reja qilinmoqda.

O'zbekiston Respublikasidagi vaqt va chastota birligi milliy etalonini o'lchash va kalibrlash imkoniyatlarini kengaytirish, o'lchashlar aniqligini oshirish uchun qo'shimcha faol turdagi vodorod (H-Maser) chastota etaloni, kalibrlash tizimi va butlovchi qismlar bilan takomillashtirish zarur hisoblanadi.

Mavjud etalonning chastota o'lchash imkoniyati 50 GHz gacha kengaytiriladi va uning qisqa vaqt oralig'idagi aniqligi vodorod (H-Maser) chastota etaloni bilan sinxronlash natijasida 10-15 darajasigacha oshirish maqsadga muvofiq.

2025 va 2030 yillar oralig'ida xalqaro tajriba asosida etalonni optik soatlarga asoslangan etalon bilan uyg'unlashtirish va uning aniqligini 10-18 gacha oshirish tavsiya qilinadi.

Mavjud vaqt va chastota birligi milliy etaloni Cs seziy soatga asoslanganligi va Cs seziy elementining yarim yemirilish davri hisobiga 10 yil ±1 yilda o'z hususiyatini yo'qotishini inobatga olib, 2030 yillarda etalonni boshqa yangi Cs seziy soat bilan ta'minlash tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Bandi, T. N. (2023). A Comprehensive Overview of Atomic Clocks and their Applications. Biology, Engineering, Medicine and Science Reports, 9(1), 1-10. https://doi.org/10.5530/bems.9.1.1 .

2. P Defraigne et al (2022). Achieving traceability to UTC through GNSS measurements. Metrologia 59 064001, D0I:10.1088/1681-7575/ac98cb.

3. G Panfilo and F Arias (2019). The Coordinated Universal Time (UTC). Metrologia 56 042001 DOI 10.1088/1681-7575/ab1e68.

4. http://www.uztelecom.uz "O'zbektelekom" AK web sahifasi.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi "O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2935-son qarori.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi "Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4059-son qarori.

7. Vattikonda, B. et al. (2020). Time and Frequency Metrology. In: Aswal, D.K. (eds) Metrology for Inclusive Growth of India. Springer, Singapore. https://doi.org/10.1007/978-981-15-8872-3 4.

8. Banerjee, P., Matsakis, D. (2023). Pre-atomic Timekeeping. In: An Introduction to Modern Timekeeping and Time Transfer. Springer Series in Measurement Science and Technology. Springer, Cham. https://doi.org/10.1007/978-3-031-30780-5 2.

9. Xalqaro o'lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) web sahifasi https://www.bipm.org/en/

10. Y. Haibo, Q. Lili, D. Shaowu, L. Wei and Z. Hong, "The hydrogen maser and cesium clocks in time keeping at NTSC," 2009 IEEE International Frequency Control Symposium Joint with the 22nd European Frequency and Time forum, Besancon, France, 2009, pp. 639-642, doi: 10.1109/FREQ.2009.5168261.

11. BIPM (2018) "Xalqaro birliklar tizimi" qo'llanmasining 9-nashri.

12. Germaniya milliy metrologiya instituti web sahifasi https://www.ptb.de/cms/

13. Rossiya milliy metrologiya instituti web sahifasi https://www.vniiftri.ru/

14. Fransiya milliy metrologiya instituti web sahifasi https://www.lne.fr/fr

15. Belorusiya milliy metrologiya instituti web sahifasi https://belgim.by/en/

16. Turkiya milliy metrologiya instituti web sahifasi http://www.ume.tubitak.gov.tr/

17. Qozog'iston milliy metrologiya instituti web sahifasi https://www.ksm.kz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.