Научная статья на тему 'KORXONALARDA METROLOGIK TA’MINOTNI AMALGA OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR'

KORXONALARDA METROLOGIK TA’MINOTNI AMALGA OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
50
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metrologik ta’minot / etalon bazasi / metrologik qo’llab quvvatlash / ishlab chiqarish. / metrological supply / reference base / metrological support / production.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Axmedova, S.A.

Ushbu maqolada korxonaning metrologik ta’minotning ahamiyati va uning asosiy maqsadlari, mahsulotlarni ishlab chiqarishda metrologik ta’minotning sifat darjasiga ta’siri, ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti yoritib berilgan. Qolaversa korxonlardagi metrologik ta’minotning muammolari hamda bu muammolarga sabab bo’luvchi omillar haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS IN IMPLEMENTATION OF METROLOGICAL SUPPLY IN ENTERPRISES

This article describes the importance of metrological supply of the enterprise and its main goals, the impact of metrological supply on the quality level of production, metrological supply of production. In addition, the problems of metrological supply in enterprises and the factors causing these problems are described.

Текст научной работы на тему «KORXONALARDA METROLOGIK TA’MINOTNI AMALGA OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (3), March., 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

KORXONALARDA METROLOGIK TA'MINOTNI AMALGA OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR

S.A.Axmedova

Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti 60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada korxonaning metrologik ta'minotning ahamiyati va uning asosiy maqsadlari, mahsulotlarni ishlab chiqarishda metrologik ta'minotning sifat darjasiga ta'siri, ishlab chiqarishning metrologik ta'minoti yoritib berilgan. Qolaversa korxonlardagi metrologik ta'minotning muammolari hamda bu muammolarga sabab bo 'luvchi omillar haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: metrologik ta'minot, etalon bazasi, metrologik qo'llab quvvatlash, ishlab chiqarish.

ABSTRACT

This article describes the importance of metrological supply of the enterprise and its main goals, the impact of metrological supply on the quality level of production, metrological supply of production. In addition, the problems of metrological supply in enterprises and the factors causing these problems are described.

Key words: metrological supply, reference base, metrological support, production.

KIRISH

Metrologik ta'minot har qanday korxonaning sifat menejmenti tizimining asosidir. Metrologik ta'minotni shunday ta'riflash mumkin: o'lchashlar birligini ta'minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo'lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me'yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarining belgilanishi va tadbiq etilishi.

Metrologik ta'minotning vazifasiga quyidagilar kiradi [2]:

- o'lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta'minlash va tadbiq etish;

- o'lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

- hujjatlarni ekspertizadan o'tkazish;

- o'lchash vositalarining davlat sinovlari;

- o'lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va hokazolar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Metrologik ta'minotning asosiy maqsadlariga mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish; detallar va agregatlarning o'zaro almashuvchanligini ta'minlash; moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta'minlash; atrof - muhitni himoya qilish; salomatlikni saqlash va hokozalar kiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Korxonada metrologik ta'minotning asosiy maqsadi tashkilot tomonidan talab qilinadigan hajmlarda va loyihaga muvofiq o'z vaqtida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishonchli o'lchash ma'lumotlarini ta'minlaydigan ilg'or nazorat-o'lchov jarayonlari va metrologik vositalarni yaratish va qo'llashdir. Shu yerda ishlab chiqarishning metrologik ta'minoti degan tushunchaga to'xtalib o'tmoqchimiz.

Ishlab chiqarishni metrologik ta'minoti - bu metrologik xizmatlarni ishlab chiqarishda o'lchash birliligini ta'minlashga qaratilgan faoliyati [2].

Ishlab chiqarishning metrologik ta'minotiga quyidagilar kiradi:

- tashkilot yoki korxonadagi o'lchashlar ahvolini tahlil qilish;

- o'lchanishi lozim bo'lgan kattaliklarni ratsional nomenklaturasini, o'lchash vositalarni nomenklaturasini, o'lchash me'yorlarini va aniqliklarini aniqlash;

- o'rnatilgan aniqlikka mos keluvchi o'lchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqarish;

- texnik topshiriqlarni, konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish;

- metrologik me'yoriy hujjatlar (MH) ni joriy qilish;

- korxonani metrologik masalalari bo'yicha MH ishlab chiqarish;

- korxonada metrologik qoidalarga, me'yorlarga va talablarga rioya qilish [2].

Ishlab chiqarish jarayonida metrologik ta'minotning o'rni va ahamiyati quyidagi

1-rasmda o'z aksini topgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

1-rasm. Ishlab chiqarish jarayonida metrologik ta'minotning o'rni.

Bugungi kunga qadar mutaxassislar korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini metrologik ta'minlash holati to'g'risida aniq fikrga ega emaslar. Darhaqiqat, GOST 1.25-76 "GSS. Metrologik ta'minot. Asosiy qoidalar" davlatlararo standarti bekor qilinganidan keyin metrologik ta'minotni tashkil etishga yondashuvda yaxlitlik yo'qoldi. Ushbu standart o'rniga, bir butun turli maqomdagi bir qator me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi, ammo bu hujjatlarning barchasi faqat metrologik ta'minotning mahalliy vazifalarini ko'rib chiqadi.

Korxona metrologik ta'minotining roli va vazifalari bo'yicha bir nechta fikrlar mavjud. Ulardan biri yangi standart ishlab chiqish zarurligini aytadi. Ikkinchisi, zamonaviy amaldagi davlatlararo va xalqaro standartlarga muvofiq o'lchashlarni amalga oshirishni ta'minlash zarurligiga asoslanadi. Uchinchi nuqtai nazar, ISO standartlariga, ya'ni ISO 10012-2008 "Tashkilotlarni boshqarish. O'lchashlarni boshqarish tizimlari. O'lchash jarayonlariga qo'yiladigan talablar va o'lchash asboblari" standart talablarni belgilaydi va o'lchashlarni boshqarish tizimini qo'llash bo'yicha tavsiyalar beradi.

Korxonaning metrologik ta'minoti qanday omillarga bog'liq bo'lishi mumkin? Metrologik ta'minotning hozirgi holatiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan asosiy omillar guruhlarini ko'rib chiqaylik.

1. Etalon bazasining holati. Har bir mamlakat etalonlar bazasiga ega. Qaysiki mamlakatda etalonlar bazasi kuchli bo'lsa, ushbu mamlakatda o'lchashlar birliligini ta'minlash darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston etalonlar bazasi 29 ta milliy boshlang'ich etalonlarini o'z ichiga oladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

So'nggi o'n besh-yigirma yil ichida ko'pchilik ishlab chiqarish korxonalari metrologik bazani rivojlantirish uchun imkoniyatlari cheklangan edi. Bu, birinchi navbatda, korxonaning etalon bazasiga tegishli. Natijada korxonalarni zamonaviy o'lchash vositalari bilan jihozlash, o'lchashning ilg'or usullarini joriy etish tizimli va maqsadli amalga oshirilmadi. Bu esa mahsulot sifatiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi.

Metrologik laboratoriyalarning jihozlarini optimallashtirish uchun mutaxassislar zamonaviy o'lchash usullari va vositalari haqida ma'lumotlarga, mavjud global muammolar va ularning yechimlari, tendensiyalar haqida ma'lumotga ega bo'lish kerak. Biroq, so'nggi 15 yil ichida nafaqat chiziqli burchakli o'lchash asboblari bo'yicha ma'lumotnoma, balki shunchaki sharh maqolalari ham bosma nashrlarda chop etilmagan.

2. Korxonalarning texnologik o 'Ichashlarini metrologik ta 'minlash. Zamonaviy o'lchashv vositalarining yetishmasligi va eskirgan o'lchash usullaridan foydalanish mavjud o'lchash vositalari parkining past samaradorligini keltirib chiqaradi, shuningdek, texnik xizmat ko'rsatishda yuqori xarajatlarga olib keladi.

Bugungi kunda mashinasozlik kompleksining aksariyat korxonalarida metrologik ta'minot darajasi sezilarli darajada yomonlashdi. Soha tashkilotlarida aniq tizim yo'q. Ko'pgina fundamental vazifalar, jumladan metrologik ekspertiza, o'lchash vositalari parkini optimallashtirish, jarayonni boshqarishda o'lchashlarni amalga oshirish usullarini ishlab chiqish va qo'llash mukammal bajarilmaydi yoki juda qisqartirilgan hajmda bajariladi.

XULOSA

Umumiy xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ishlab chiqarish korxonalarida metrologik ta'minot masalasiga alohida e'tibor qaratish, korxonada o'lchashlar birliligini ta'minlash bo'yicha ishlarni yanada kuchaytirish, korxonaning zamonaviy o'lchash vositalari bilan jihozlanishi, shuningdek, zamonaviy o'lchash usullaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish lozim. Bu esa bizga sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratib beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. GOST R ISO 10012-2008. Tashkilot boshqaruvi. O'lchovlarni boshqarish tizimlari. O'lchov jarayonlari va o'lchash uskunalariga qo'yiladigan talablar. Huquqiy ma'lumotnomadan kirish. "ConsultantPlus" tizimi.

2. U.A.Maxmonov. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalash. Darslik. Qarshi. "Intellekt" nashriyoti, 2023. -372 b.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Ф.А.Эргашев, З.Б.Шавкатжонова. Роль метрологического обеспечения в повышении качества продукции в текстильной производстве / Материалы международной конференции «Перспективы и проблемы метрологического обеспечения инновационных технологий», 18- 19 май 2021 г., Ташкент, Узбекистан. 2021, - С. 398-402.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.