Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTRODUKSIYA QILINGAN BANAN O’SIMLIGINI KO’PAYTIRISH VA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTRODUKSIYA QILINGAN BANAN O’SIMLIGINI KO’PAYTIRISH VA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
issiqxona / Banan / in vitro / mikroklonal ko’paytrish / oziqa muhiti / makroelement / mikroelementlar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bo’Ronov Faxriddin Zayniddinovich

Ushbu maqolada ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qimmatli bo’lgan, chet el davlatlatlaridan introduksiya qilingan Banan o’simligini laboratoriya sharoitida mikroklonal ko’paytirish hamda issiqxona sharoitlarida ko’chatlarini parvarish qilishda, muammo va istiqbollar yoritib o’tilgan. Shuni ham aytish munkinki, Banan o’simligini mikroklonal ko’paytirishda e’tibor berish zarur bo’lgan jihatlar, jumladan oziqa muhitlari tarkibining ta’siri qisqacha yoritib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTRODUKSIYA QILINGAN BANAN O’SIMLIGINI KO’PAYTIRISH VA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INTRODUKSIYA QILINGAN BANAN O'SIMLIGINI KO'PAYTIRISH VA YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI Bo'ronov Faxriddin Zayniddinovich

Akademik M.Mirzayev nomidagi BU va VITI Tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.11204031

Annotatsiya. Ushbu maqolada ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qimmatli bo'lgan, chet el davlatlatlaridan introduksiya qilingan Banan o'simligini laboratoriya sharoitida mikroklonal ko'paytirish hamda issiqxona sharoitlarida ko'chatlarini parvarish qilishda, muammo va istiqbollar yoritib o'tilgan. Shuni ham aytish munkinki, Banan o'simligini mikroklonal ko'paytirishda e 'tibor berish zarur bo'lgan jihatlar, jumladan oziqa muhitlari tarkibining ta'siri qisqachayoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: issiqxona, Banan, in vitro, mikroklonal ko'paytrish, oziqa muhiti, makroelement, mikroelementlar.

Аннотация. В данной статье освещены проблемы и перспективы микроклонального размножения ценного с точки зрения производства и интродуцированного из зарубежных стран растения банана в лабораторных условиях и при уходе за сеянцами в тепличных условиях. Можно также сказать, что кратко освещены аспекты, на которые необходимо обратить внимание при микроклональном размножении бананового растения, в том числе влияние состава питательной среды.

Ключевые слова: теплица, банан, in vitro, микроклональное размножение, питательная среда, макроэлементы, микроэлементы.

Abstract. This article highlights the problems and prospects of microclonal propagation of the banana plant, valuable from the point of view of production and introduced from foreign countries, in laboratory conditions and when caring for seedlings in greenhouse conditions. It can also be said that the aspects that need to be paid attention to during micropropagation of a banana plant, including the influence of the composition of the nutrient medium, are briefly highlighted.

Keywords: greenhouse, banana, in vitro, microclonal propagation, nutrient medium, macroelements, microelements.

Kirish. Bugungi kunda dunyo bo'yicha issiqxona xo'jaligi ham boshqa qishloq xo'jalik sohalari kabi katta ahamiyat kasb etmoqda. Aholini oziq-ovqatga bo'lgan talabini qondirish maqsadida ko'plab yangi intensiv bog'larni barpo etishga bo'lgan e'tibor yildan-yilga ortib bormoqda. Bog'dorchilikda istiqbolli navlar asosida sog'lom ko'chatlarni ko'paytirish va zamonaviy texnologiyalar asosida ularni yaxshilash hamda takomillashtirib borish lozim. Shu bilan birga issiqxona xo'jaligini ham ahamiyati juda katta hisoblanadi.

Respublikada issiqxonalarda sitrus o'simliklaridan tashqari Banan o'simligi ham o'stirilib sifatli hosil yetishtirilmoqda. Banan mevalari dunyodagi eng vitaminlarga boy muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri bo'lib xisoblanadi. Bular asosan issiq va namlik yuqori bo'lgan mamlakatlarda keng tarqalgan banan o'simligini yetishtirish bo'yicha ma'lumotiga ko'ra, Afrikadagi oziq-ovqat energiyasiga bo'lgan ehtiyojning chorak qismidan ko'prog'ini tashkil qiladi va har yili dunyo bo'yicha 49,63 million tonna banan yetishtiriladi. Shundan Afrikada taxminan 6,44 million tonna, Osiyo 20,31 million tonna, Janubiy Amerikada 13,31 million tonna, Okeaniya 1,5 million tonna, Markaziy Amerikada 7,66 million tonna va Yevropada 0,42 million tonna. Sharqiy Afrika mintaqasida ishlab chiqarishining yarmidan ko'p hissasiga to'g'ri keladi. Keniyada banan (Musospp.) asosan kichik fermerlar tomonidan yetishtiriladi oziq-ovqat xavfsizligi va daromad

olish uchun Nyanza va G'arbiy Keniya ishlab chiqarishning 64,4% Markaziy va Sharqiy Keniya ishlab chiqarishning 26% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, mamlakatning qolgan qismi Rift vodiysi 3,9% bo'lgan kichik ishlab chiqaruvchilar sifatida tasniflanadi 5,5% ni tashkil qiladi. Keniyada o'rtacha banan hosili kamida, 40 tonna gektariga. Bu qulay sharoitda hosilning uchdan bir qismidan ham kamroqdir. Keniyada shirinlik va pishirish uchun genetik xilma-xillikning keng doirasi mavjud mintaqaga qarab banan navlarini yetishtiradi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonga 2023-yilda xorijdan qiymati 95,1 mln AQSH dollariga teng bo'lgan qariyb 133,5 ming tonna banan import qilingan. Hozir kunda respublikada ham 5 gektar issiqxona sharoitlarid banan yetishtirlmoqda.

Banan o'simligixaqida qisqacha tasnifi.

Hozirda Respubilkamizga introduksiya qilingan banan navlaridan sifatli va hosil beradigan navlarni tanlab olish va "In-vitro" sharoitlarida turli xil bakteriyal va viruslardan holi qilib mikroklonal ko'paytirish orqali ko'chatchiligini rivojlantirib tomorqa xo'jaliklarda hamda issiqxona sharoitlarida banan navlarini yetishtirishimiz uchun bizga qulay va hosildorligi yuqori bo'lgan navlarimiz bular asosan Kavendesh, Trapekana, Ekvador va Qizil banan navlari hisoblanadi.

Kavendesh G-9. Boshqa navlarga nisbatan past bo'yli hisoblanib vatani Hindiston uzunligi 4-5 metirga yetadi hosildorligi 1 tubda 40-50 kilogramgacha yetadi. Sovuqqa chidamliligi 7-8 C0 gradusdan tushib ketsa rivojlanishdan to'xtaydi va barg qismida sarg'ayish kuzatila boshlaydi kechasi harorat 10 gradusdan tushmasligi kerak kunduzu 20-25 C0 gradusda bo'lishi shart bu banan navini ham maxsus tuvaklarda yetishtirish ham mumkin, lekin to'liq solohiyatini ko'rsata olmaydi.

Trapekana. Bu banan navi vatani Malayziya va tropik davlatlarda ko'p yetishtiriladi. Balandligi 1,5-2 metirga yetadi hosildorligi 25-30 kilogram 1 tupda. Sovuqa chidamliyligi 6-7 C0 gradusgacha chidaydi bu harorat kechasi tushib ketsa ham kunduzi yuqori harorat bo'lishi kerak yani 25 C0 gradusda bu banan navini uy sharoitlarda ham yetishtirish munkin.

Karlik banan. Vatani Ekvador bo'lib, bu banan karlik (pakana) hisoblanadi. Balandliligi 1,5-2,5 metrga yetadi, hosildorligi 1 tupda 25-30 kilogram beradi. Uy sharoitida ham maxsus tuvaklarda yetishtirsa bo'ladi va to'g'ri parvarish qilinganda normal holda hosil olishi mumkin.

Qizil banan. Vatani Hindiston past o'suvchi hisoblanadi. Balandligi 4-5 metr. Hosildorligi 25-30 kilogram. Qizil banan poyo qismi qizg'ish rangda bo'ladi. Hosili ham qizg'ish rangda bo'lib qolgan bananlarga nisbatan hosili sifatli va shirin vitaminga boyligi bilan ajiralib turadi.

Banan o'simligini issiqxona sharoitida yetishtirish. Banan daraxtlari tropik o'simliklardir, ya'ni ular issiqlikka va nam havoga bo'lgan ehtiyoji yuqori hisoblanadi shuning uchun issiqxona sharoitida banan yetishtirishda issiqxonada banan ekilgandan so'ng kichik hovuz tashkil qilb qo'yilsa rivojlanish yaxshi bo'ladi agarda hovuz bo'lmagan taqdirda tepa qismidan tuman hosil qiluvchi qurilma qilish kerak bo'ladi va 1 kun davomida 2 marotaba tumanka yordamida purkash yo'li bilan sugo'rish kerak. Banan navlarini issiqxonaga asosan karlik bo'lgan navlarini ekish kerak. Ekish jarayonida ko'chat holatiga qarab qazib olinadi va yerga torf, biogumus va mineral o'gitlar solinadi. Ekilgan niholarni 3-4 oy vaqt davomida parvarish qilib turish kerak, chunki niholar kichik va nimjon bo'ladi.

Banan o'simliklarini mikroklonal ko'paytirish. Ushbu turdagi o'simliklarni ko'paytirishda asosiy qo'llaniladigan usul - bu vegetativ ko'paytirishdir. Bunda maxsus tuman qurilmalarida o'simliklarni piyoz qismi orqali ko'paytirish imkoniyati mavjud. Ammo ushbu usul yordamida o'simliklarni ko'paytirishda ularning mutloq sog'lomligini ta'minlash, buning oldida turgan asosiy muammolardan biri. Shu tariqa, hozirgi kunga kelib ko'plab rivojlangan davlatlarda o'simliklarni bazasini yaratishda nisbattan zamonaviy usul hisoblangan - o'simliklarni to'qima kulturasidan "In-vitro" sharoitida mikroklonal ko'paytirish usulidan foydalanib kelinmoqda. Ushbu usulning afzalliklarigi - o'simliklarning genetik jihatdan bir xil bo'lishi, olingan ekin materiallarining virus va boshqa patogenlardan holi bo'lishi hamda eksplantlarning ko'payish koeffisientining yuqoriligi kabilar kiradi.[1]

Ko'pgina nashr etilgan usullar Murashige va Skoog [4] (MS) bazal ozuqaviy muhitdan to'liq, yarim quvvatli, yoki yengil o'zgarishlar bilan foydalanadi. Shuningdek tadqiqotlarda Lepoivre [5] (LP), Driver-Kuniyuki Wallnut (DKW) [6] va Woody Plant Medium (WPM) [7] oziqa muhitlarida ham olib borilgan tajribalar mavjud. Ushbu oziqa muhitlari bir biridan elementlar miqdori va turlari bo'yicha farqlanadi. Bularning asosiysi kalsiy va azot miqdoridir. Ushbu makroelementlardagi asosiy farqlar bazal muhitlar tarkibidagi ammoniy va nitrat ionlari konsentratsiyasi va umumiy ion konsentratsiyasida belgilanadi [8].

MS oziqa muhitidagi moddalar asosiy guruhlarga, ya'ni nitratlar (NH4NO3, KNO3) mezo nutrientlar (Ca-Mg-Cl-Mn-SO4-PO4), metallar (Zn-Mn-Cu-Co-Mo-B-I) hamda temir helati (Fe-EDTA) guruhlariga ajratilib, ularning har biri aloxida vazifaga ega. Har bir moddalar yagona xolatda yoki kompleks tarzda, ma'alum omilga ta'sir etishi aniqlangan: o'simliklar sifati (mezo nutrientlar, Fe), barglarning dog'lanishi / nekrozi (mezo nutrienlar), kurtaklar soni (NH4NO3, Fe) va kurtak uzunligi (Fe) [9].

Ushbu omillarni e'tiborga olgan holatda oziqa muhitini takomillashtirish va kuzatishlar asosida zarur konsentratsiyaga erishish mumkin.

Inkubatirda 20 kundan so'ng Inkubatirda 35 kundan so'ng Laminarni bokisda ildizga

ko'payishga tayor bo'lgan ko'paytirish va ildizga tayor olish va ko'paytirish

xolati. xolati. jarayoni.

Xulosa. Keltirilgan ma'lumotlar asosida shuni ta'kidlash mumkinki, respublikamizda sifatli hosil beradigan va yuqori ishlab chiqarish hajmiga ega Banan navlarini yopiq maydonlarda bog'lar barpo etish uchun ko'chatlar moddiy bazasini ta'minlash, hamda import o'rnini bosuvchi, sifatli ko'chat materiallarini yetishtirish dolzarb mavzuligini e'tiborga olgan xolatda ko'chatlar uchun sifatli Banan navlarini yetishtirish ushbu muammolarning bir yechimi sifatida bo'lib qolmoqda. Bunda zamonaviy mikroklonal kopaytirish usulidan foydalanish eng samarali yechim deb xisoblash mumkin. Banan navlarini mikroklonal ko'paytirishda mavjud oziqa muhitlarining tarkibini o'rganish va ularni takomillashtirish orqali natijada sifatli payvandtaglar yetishtirishtiriladi.Bu esa o'z o'rnida banan mevalarini ishlab chiqarish borasidagi bir qancha muammolar yechim topishiga imkon va ushbu soxaning rivojlanishiga katta xissa bo'ladi.

REFERENCES

1. Буриев Х.Ч., Енилеев Н.Ш. - Мевали ва резавор мевали усимликлар билан тажрибалар утказишда хисоблар ва фенологик кузатувлар методикаси - Т.: ТошДАУ, 2014. - Б. 2528.

2. Bower JP, Fraser C (1982) Shoot tip culture of Williams bananas. Subtropica

3. Cronauer SS, Krikorian AD (1984) Rapid multiplication of bananas and plantains by in vitro shoot tip culture. Herr Science 19:234-235

4. De Guzman EV, Decena AC, Ubalde EM (1980) Plantlet regeneration from unirradiated and irradiated banana shoot tip tissues cultured in vitro. Phil Agri 63: 140-146

5. Murashige T, Skoog F (1962) A revised medium for rapid growth and bio

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.