Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
119
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
URF-ODАTLАRI / DАVLАT / SIYOSIY / DINIY / INSTITUTI / MEHNАT / BАNDLIK / FАRZАND

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Marifjonova K.A.

Inson huquqlаri demokrаtik huquqiy dаvlаtning eng muhim belgisi, hаr bir dаvlаtning demokrаtik tаrаqqiyot dаrаjаsini ko’rsаtuvchi muhim mezondir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL BASIS OF WOMEN'S RIGHTS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Human rights is the most important sign of a democratic legal state, hag is an important criterion indicating the level of democratic development of a state.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI»

УДК 34

Marifjonova K.A.

1- bosqich magistranti AnDUPI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Annotatsiya: Inson huquqlari demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisi, har bir davlatning demokmtik taraqqiyot darajasini ^'^а^М muhim mezondir.

Kalit so^zlari: urf-odatlari, davlat, siyosiy, diniy, instituti, mehnat, bandlik, farzand.

Marifjonova K.A. master student AnSUPI Uzbekistan, Andijan

LEGAL BASIS OF WOMEN'S RIGHTS IN THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN

Annotation: Human rights is the most important sign of a democratic legal state, hag is an important criterion indicating the level of democratic development of a state.

Keywords: traditions, state, political, religious, institute, labor, employment, child.

Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro va milliy qonunchilik tizimda muhim o'rin tutadi.

Inson manfaatlari ta'minlangan, huquq va erkinliklar himoyalangan davlatgina huquqiy va demokratik davlat deb e'tirof etilishi mumkin. Barpo etilayotgan demokratik davlat xalqning urf-odatlari, uzoq yillik tarixiy tajribasi bilan ham hisoblashishi kerak bo'ladi.

Bu haqida Birinchi Prezidentimiz: "Biz barpo etayotgan demokratik davlat xalqimizning ma'naviy-ruhiy dunyosini imkoni boricha to'liq hisobga olib ish yuritmog'i lozim.

Yuksak ma'naviylik va ijtimoiy adolatni nozik his etishi, ma'rifatli va ma'lumotli bolishga intilish xalqimizga xos xususiyatlardandir. Bu xususiyatlar ko'p jihatdan Sharq falsafasi, islom falsafasi ta'sirida shakllangan bo'lib, ularning rivojlanishiga o'zbek xalqi bebaho hissa qo'shganligini hamma e'tirof etadi", deb aytib o'tgan edi.

Мировая наука" №6(63) 2022

science-j.com ■ 16

Bu jumlalar asosiy qonunimiz hisoblangan Konstitutsiyamizda: "O'zbeksiton Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoalanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi', deb ta'kidlangan holda qonuniy tus berilgan. "Bugungi kunimizda inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida ayollar huquqlari, erkak va ayol o'rtasidagi ijtimoiy va huquqiy tenglik masalasi mavzuning dolzarbligini ko'rsatmoqda.

Chunki hozirgi kunda dunyoning ko'plab mintaqalari ayollarning jamiyatdagi mavqei, ular huquqlarining poymol etilayotganligi bilan bog'liq jiddiy muammolar yuzaga kelyapti". Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida o'zbek xalqi ma'naviyatini, jumladan siyosiy va diniy savodxonligini oshirish jarayonida ayollar huquqiga doir qoidalarni ilmiy tahlil qilish ijtimoiy zarurat sifatida belgilanmoqda.

Bu jarayonda ayollar masalasi asosiy omillardan biri sifatida muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida xalqimiz ma'naviyati, huquqiy madaniyatini oshirish jarayonida ayollar huquqiga doir qoidalarni ilmiy tahlil qilish ijtimoiy zaruratga aylanmoqda.

Respublikamiz qonunchiligida ham xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish va ularga imtiyozlar belgilash to'g'risida bir necha qonun, Prezident farmoni va Vazirlar Mahk amasining qarorlari qabul qilindi.

Bu hujjatlarda ayollarga mehnat, davlat va ijtimoiy qurilish sohasida, pensiya ta'minot, bolali ayollarga belgilanishi lozim bo'lgan boshqa imtiyozlar kafolatlangan. Bundan tashqari parlament tarkibida ayollarning tarkibiy soni aniq foizlarda belgilab qo'yildi. Bu hol jahon tajribasida ham kuzatiladi. Masalan, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya kabi Boltiq bo'yi davlatlari parlamentida ayollar soni umumiy deputatlarning 50 foizni tashkil qiladi.

U yerdagilarning fikricha, ayol davlat arbobi erkak kishi ko'rmagan -aytaylik, oila, nikoh, qarindosh-urug'chilik instituti, mehnat, bandlik, farzand tarbiyasi, oiladagi zo'rovonlik kabi yuzlab hayotiy muammolarni o'z boshidan kechiradi va shuning uchun ham u illatlarning qaytarilmasligi uchun parlament minbaridan samarali foydalanadilar.

Bugungi kunda ayollar huquqlari nafaqat zamonaviy qonunchiligimiz normalarida, balki, shariat manbalarida qay tarzda bayon etilganligini ochib berish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Chunki, oila va nikoh munosabatlariga doir masalalar garchi dunyoviy qonunchilik bilan tartibga solinsada, lekin bu munosabatlarda shariat qoidalarining o'rni beqiyos. Bu holatni to'g'ri baholagan yurtboshimiz - bizning imone'tiqodli xalqimiz kommunistik mafkura hukmron bo'lgan sovet tuzumining xudosizlik jamiyatida ham qizlarini shar'iy nikohsiz turmushga bermagan - deya ta'kidlagan edi.

Bundan shu narsa ma'lum bo'ladiki, shariat qoidalari bizning qon-qonimizga singib odat qoidalariga aylanib ketgan. Shu bois ham islom huquqida ayollar huquqining holatini, ularning ijtimoiy mohiyatini huquqiy jihatdan

Мировая наука" №6(63) 2022

science-j.com

o'rganish, bugungi kunda muhim masalalardan bin bo'lib turgan gender tengligining sharqona ko'rinishini ilmiy-nazariy va tahliliy jihatdan tadqiq etish o'ta muhimdir.

Shu narsa aniqki, qaerda ayol kishi qadr-qimatiga yarasha baholansa, unga izzat-ikrom, har tomonlama e'tibor, hurmat ko'rsatilsa, o'sha yerda yuksak taraqqiyot namunasini ko'ramiz, o'sha davlat hayotning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jabhalarida farovon turmush qurgan bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.: O'zbekiston. 1994.

2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston. 2017.

3.Giddens E. Sotsiologiya. - M.: Editorial URSS. 1999.

"Мировая наука" №6(63) 2022

science-j.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.