Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKASI TIJОRAT BANKLARI INVESTITSIYA PОRTFELINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI'

О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKASI TIJОRAT BANKLARI INVESTITSIYA PОRTFELINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
11
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tijоrat banklari resurslari / qimmatli qоg’оzlar / investitsiоn faоliyat / qimmatli qоg’оzlar emissiyasi / qimmatli qоg’оzlar bоzоri / investitsiya pоrtfeli / aktivlar sifati / aktivlar rentabelligi / bank aktivlari samadorligi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Uzakbayev Nurfatdin Azatovich

Tijоrat banklari iqtisоdiyоtni pul bilan ta'minlashda investitsiya оmili sifatida muhim rоl о'ynar ekan, bu uning mоliyaviy hоlati barqarоr bulishini taqоzо etadi. Shuning uchun respublikamizda tijоrat banklari fоnd bоzоrida qimmatli qоg'оzlar bilan investitsiоn faоliyatni оlib bоrishi banklar uchun darоmad va likvidlik manbai, hamda fоnd bоzоri ishtirоkchilarining barqarоr investitsiya resursi hisblanadi. Ushbu maqоla tijоrat banklarida investitsiya faоliyatining rivоjlanishga har tоmоnlama yechim berish, qarоrlar qabul qilish, jarayоnlariga ta'sir etuvchi kо'p qirrali jihatlarni yоritishga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKASI TIJОRAT BANKLARI INVESTITSIYA PОRTFELINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI INVESTITSIYA PORTFELINI TAKOMILLASHTIRISH

YO'LLARI

Uzakbayev Nurfatdin Azatovich O'zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13935413

ARTICLE INFO

Received: 7th October 2024 Accepted: 9th October 2024 Published:15th October 2024

KEYWORDS

tijorat banklari

resurslari, qimmatli qog'ozlar, investitsion faoliyat, qimmatli qog'ozlar emissiyasi, qimmatli qog'ozlar bozori, investitsiya portfeli, aktivlar sifati, aktivlar rentabelligi, bank aktivlari samadorligi

ABSTRACT

Tijоrat banklari iqtisоdiyоtni pul bilan ta'minlashda investitsiya оmili sifatida muhim ml о'ynar ekan, bu uning mоliyaviy hоlati barqamr bulishini taqоzо etadi. Shuning uchun respublikamizda tijоrat banklari fond bоzоrida qimmatli qоg'оzlar bilan investitswn faоliyatni оlib bоrishi banklar uchun dammad va likvidlik manbai, hamda fond bоzоri ishtimkchilarining barqamr investitsiya resursi hisblanadi. Ushbu maqоla tijоrat banklarida investitsiya faоliyatining rivоjlanishga har tоmоnlama yechim berish, qamrlar qabul qilish, jarayоnlariga ta'sir etuvchi ^'p qirrali jihatlarni yоritishga qaratilgan.

Mamalakatamizda tijorat banklarini investitsion faoliyatini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan tijorat bankalarida qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son farmonida "O'zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo'yicha 2020-2025-yillarga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi"da qimmatli qog'ozlar bozorida bank operatsiyalari bo'yicha qonunchilikni soddalashtirish haqida chora tadbirlar belgilangan. O'zbekiston Respublikasi bank amaliyotida qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar salmog'i yetarli darajada rivojlanmaganligini kuzatish mumkin. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida, aktivlar tarkibida kreditlardan keyingi o'rinlarni qimmatli qog'ozlar ko'rinishidagi aktivlar egallaydi. Qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar Fransiya tijorat banklarida 16,2 foiz, Germaniyada 15,5 foiz, Italiyada 23,8 foiz, Buyuk Britaniyada 7,85 foiz, Ispaniyada 23,9 foiz, AQSHda 2,2 foiz, Belgiyada 6,4 foiz, Yaponiyada 10,25 foizni tashkil qiladi.

O'zbekiston Respubiikasining xalqaro investitsiyaviy mavqei

Boshqa moliyaviy tashkilotlar Markaziy bank Ta'sis jamg'armasida ulush instrumentlari va...

Majburiyatlar Rezerv aktivlari

Markaziy bankdan boshqa depozit tashkilotlari

Aktivlar

0,0 40 000,0 80 000,0 120 000,0 160 000,0

■ O'zbekiston Respubiikasining xalqaro investitsiyaviy mavqei mln. dollarda, davr oxiri holatiga 2023-1 chorak

■ O'zbekiston Respubiikasining xalqaro investitsiyaviy mavqei mln. dollarda, davr oxiri holatiga 2024-1 chorak

1-rasm. O'zbekiston Respubiikasining xalqaro investitsiyaviy mavqei1

Ushbu 1-rasm orqali O'zbekiston Respubiikasining xalqaro investitsiyaviy mavqeini ko'rishimiz mumkin. Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, barcha ko'rsatkichlar bo'yicha respublikamiz 2023-yi I-choragiga qarganda 2024-yil I-choragida o'sishga erishgan. Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalardan oladigan daromadlari dividendlar va foizlar shaklida bo'lib, ular banklarning moliyaviy barqarorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Banklarning hissali ishtirok shaklidagi investitsiyalari dividend ko'rinishida daromad olinishini ta'minlasa, ularning obligatsiyalar, imtiyozli aksiyalar, depozit va jamg'arma sertifikatlariga qilingan investitsiyalari foiz ko'rinishida daromad olishlarini ta'minlaydi.

Bankning investitsiya portfeliga kiritiladigan instrumentlar soni juda katta va hozirda ham o'sib bormoqda. Har bir moliyaviy instrument riskka nisbatan turli xarakteristikalarga, inflyatsiyaga hamda davlat siyosati va iqtisodiy konyunkturaga nisbatan seziluvchanlikka ega. Bank ixtiyoridagi turli investitsion instrumentlarni tahlil qilish uchun ularni ikki asosiy sinfga bo'lish mumkin:

1. Muomalada bo'lish muddati bir yilgacha bo'lgan pul bozori instrumentlari. Ularga past darajadagi risk va yuqori darajali likvidlik xosdir.

2. Muomala muddati bir yildan yuqori bo'lgan kapitallar bozori instrumentlari. Ularga ancha yuqori bulgan daromad darajasi xosdir.

Rivojlangan davlatlar bank amaliyotida davlatning qimmatli qog'ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori salmoqqa ega ekanligining asosiy sabablari, fikrimizcha, quyidagilardan iboratdir:

- davlat qimmatli qog'ozlari yuqori likvidlilik xususiyatiga ega. Tijorat banklari likvidlilikni ta'minlash maqsadida ham davlatning qimmatli qog'ozlarini xarid qiladilar;

- davlat qimmatli qog'ozlari qat'iy belgilangan foizda bankka daromad keltiradi;

- davlat qimmatli qog'ozlari yirik miqdorda emissiya qilinadi, chunki, davlatning qimmatli qog'ozlarini sotishdan olingan tushum Davlat budjeti xarajatlarini moliyalashtirishning noinflyatsion usuli hisoblanadi.

1 https://cbu.uz/uz/statistics/bop/1893008/

Olib borilgan tahlillarimiz natijasiga ko'ra, respublikamiz tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida qimmatli qog'ozlar emissiyasi juda kichik salmoqni egallaydi. Bu esa, tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalarining rivojlanmaganligidan dalolat beradi.

Banklarning kapital bozoridagi faolligini oshirish yuzasidan olib borilgan nazariy va amaliy tahlillar orqali quyidagi xulosalarni shakllantirishimiz mumkin:

- Tijorat banklarining korporativ qimmatli qog'ozlarga qilinadigan investitsiyalari hajmini oshirish maqsadida, korporativ qimmatli qog'ozlarning fundamental va texnik tahlilini takomillashtirish kerak;

- kapital bozorida qimmatli qog'ozlar potensialidan samarali foydalanish, qimmatli qog'ozlar bozorida oyeratsiyalarni samarali tashkil etish bank kapitali tarkibini yaxshilashda, tijorat banklarining resurs va mijozlar bazasini kengaytirishda yordam beradi.

Tijorat banklari aktivlarini boshqarish bilan bog'liq bo'lgan asosiy muammolar sifatida quydagilarni keltirib o'tishimiz mumkin:

- Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalarining rivojlanish darajasi past bo'lganligi sababli investitsiya portfelining likvidlilik va daromadlilik darajasi ham sezilarli darajada pastligi;

- O'zbekiston Respublikasida banklararo kredit resurslari bozori faoliyatini ta'sirchanligining pastligi kabilarni keltirish mumin.

Fikrimizcha, tijorat banklari investitsiya portfelini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iboratbo'lishi mumkin:

1. Investitsiya portfelining tarkibini diversifikatsiyalash, ularni turli aktivlar (qimmatli qog'ozlar, kreditlar, asosiy vositalar va boshqalar) o'rtasida taqsimlash, qisqa, o'rta va uzoq muddatli investitsiyalarning optimal nisbatini aniqlash, investitsiyalar risklilik darajasini baholash va samarali tavakkalchilik-daromadlilik omilini o'rnatish;

2. Qimmatli qog'ozlar portfelini takomillashtirish, qimmatli qog'ozlar bozorida faol savdo-sotiq operatsiyalarini amalga oshirish, likvidlikni ta'minlash, qimmatli qog'ozlar portfelining daromadlilik va risklilik darajasini optimallashtirish;

3. Xorijiy valyuta aktivlari boshqaruvini takomillashtirish, xorijiy valyuta aktivlarining tarkibi va hajmini optimallashtirish, xorijiy valyuta kursi o'zgarishlari bilan bog'liq tavakkalchiliklarni boshqarish;

4. Investitsiya portfelining diversifikatsiyasi va rentabelligini oshirish, turli sohalar va tarmoqlarga investitsiyalar qilish orqali diversifikatsiyani kuchaytirish, investitsiya qo'yilmalarining daromadliligi va rentabelligini yanada oshirish;

5. Investitsiya faoliyatini takomillashtirish uchun zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, investitsiya portfelini o'zgaruvchan bozor sharoitlariga moslashuvini ta'minlash.

Xulosa qilib aytganda, tijorat banklari investitsiya portfelini ushbu yo'nalishlarda takomillashtirish orqali tijorat banklari aktivlari likvidliligi, daromadliligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga erishish mumkin.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992- son Farmoniga 2-ilova

2. Bekmurodov A.Sh., Mirzayev F.I. va bosh. Tijorat banklarida risklarni baholash va boshqarishda qo'llaniladigan xalqaro mezonlar va standartlar. O'quv qo'llanma. -Toshkent: Moliya,

3. Boyev B. Aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyotini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari. PhD ilmiy darajasini olish uchun diss. Avtoreferati

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

4. Буранова Л. В. и др. Зарубежный опыт ипотечного жилищного кредитования //О'zbekistоnda fanlararо innоvatsiyalar уа Итиу tadqiqоtlar jurnali. - 2023. - Т. 2. - №. 19. -С. 437-345.

5. www.uzse.uz

6. www.cbu.uz

7. https://president.uz/uz/lists/view/6081

8. Ермаков С.Л., Юденков Ю.Н. "Основы организации деятельности коммерческого банка"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.