Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDAGI “QO‘L” SO‘ZI VA U QATNASHGAN IBORALAR SEMANTIKASI'

O‘ZBEK TILIDAGI “QO‘L” SO‘ZI VA U QATNASHGAN IBORALAR SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3156
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Frazeologiya / ibora / metafora / so‘z birligi / idioma / lingvomadaniy tahlil. / Phraseology / phrase / metaphor / word unit / idiom / linguistic and cultural analysis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Baqoyev, Navrozjon

Ushbu maqolada O‘zbek tilidadagi “qo‘l” so‘zi va u qatnashgan iboralar semantikasi haqida so‘z yuritilgan bo‘lib uning rangbarangligi va ma’nolari misollari orqali ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SEMANTIC OF THE WORD "HAND" IN UZBEKI AND THE PHRASES CONNECTED WITH IT

This article talks about the semantics of the word "hand" in the Uzbek language and the expressions it is part of, revealing its diversity and meanings through examples.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDAGI “QO‘L” SO‘ZI VA U QATNASHGAN IBORALAR SEMANTIKASI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

O'ZBEK TILIDAGI "QO'L" SO'ZI VA U QATNASHGAN IBORALAR

SEMANTIKASI

Baqoyev Navro'zjon

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi stajor-o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbek tilidadagi "qo'l" so'zi va u qatnashgan iboralar semantikasi haqida so'z yuritilgan bo'lib uning rangbarangligi va ma'nolari misollari orqali ochib berilgan.

Kalitso'zlar: Frazeologiya, ibora, metafora, so'z birligi, idioma, lingvomadaniy tahlil.

ABSTRACT

This article talks about the semantics of the word "hand" in the Uzbek language and the expressions it is part of, revealing its diversity and meanings through examples.

Key words: Phraseology, phrase, metaphor, word unit, idiom, linguistic and cultural analysis.

KIRISH

Har bir davlatda qadimgi davrlardan odamlarning suhbati jarayonida qo'llanilib, zanjir tarzida avloddan-avlodga o'tib boruvchi va shu bilan birga aynan bir davlatning o'ziga xos madaniyati, narsalarga nisbatan bo'lgan qarashlar va fikrlash doirasiga asoslangan holda idiomatik birliklar vujudga keladi. Tilshunoslik dunyosida idiomalar juda muhim rol o'ynaydi. Ayniqsa, badiiy asarlar, muloqot jarayonida frazeologik birliklarsiz tasavvur qilish qiyin. Ammo, bunday birliklarni o'rganish jarayonida idiomatik birliklarning ko'pligi va ulaming ma'nosini tushunish bo'yicha o'ziga xos qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Bunday iboralarni o'rganish yoki tahlil qilish jarayonida faqatgina gramatik va so'z boyligi orqali iboralarning ma'nosini to'liq tushunib yetish qiyindir. O'zbek tilining boy lingvistik imkoniyatlarini ko'rsatuvchi vositalardan biri frazeologizmlardir. Sh.Rahmatullayev asos solgan o'zbek frazeologizmshunosligi keyingi yillarda katta yutuqlarga erishdi. Turli hajmdagi ilmiy maqolalar, risolalar, nomzodlik dissertatsiyalari bilan bir qatorda A.E.Mamatovning «Hozirgi o'zbek adabiy tilida leksik-frazeologik norma muammolari» (1991), B.Yo'ldoshevning «Hozirgi o'zbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional uslubiy xususiyatlari» (1994), A.Mamatovning «O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari» (2000) nomli doktorlik ishlari

414

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

muvaffaqiyatli himoya qilindi. Sh.Rahmatullayev tomonidan 1978 yilda yaratilgan «O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati» esa hozirgacha muhim qo'llanma sifatida foydalanib kelinmoqda.

Ma'lumki iboralarda so'zlar o'z ma'nosini qisman yoki butunligicha o'zgartirgan bo'lib ularni shundoqligicha tarjima qilish tushunmovchiliklarga sabab bo'lishi mumkin.

"Qo'l" so'ziga "O'zbek tilining izohli lug'ati" da quydagicha ta'rif berilgan:

1. Odamning barmoq uchlaridan yelkasigacha bo'lgan qismi, a'zosi. Baquvvat qo'llar. Qo'lni oldinga cho'zmoq. Ikki qo'lni yuqori kutarmoq. Qo'l kuchi. Bosh qashigani ham qo'lim tegmaydi. Yo'lchi ikkinchi qo'li bilan Qora Ahmadning bir qo'lini orqaga qayirdi. Oybek, Tanlangan asarlar.

2. Shu a'zoning bilakdan barmoqlar uchigacha bo'lgan qismi; panja. Qo'l bilan silamoq. Qo'l bilan ushlamoq. Yo'ldosh orqadan asta kelib, Elmurodning ko'zini ikki qo'li bilan bekitdi. Shuxrat, Shinelli yillar.

Qozi domla qo'llarini yuvib turib, dasturxonga ko'z yugurtirdi. M. Ismoiliy, Fargona tong otguncha.

3. Ish-mehnat bajaruvchi a'zo (vosita)sifatida. Qo'lim band. Men bu mol-dunyoni, yer-suvni qo'lim bilan topgan emasman, aqlim bilan topganman. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Otabek bilan birga Toshkent tushib, o'z qo'llari bilan to'yimizni o'tkazishingizga ishonib Yusufbek hoji. A.Qodiriy, O'tgan kunlar.

Qo'li tegmaydi. Biror ishni bajarishga vaqti yo'q; qo'li band, ish bilan band.

5. Barmoq. O'rta qo'l. Besh qo'l baravar emas. Maqol. Ikki qo'lini burniga solib (yoki tiqib) bunda jamiyatdagi shaxslarning bir biriga o'xshamasligi va biror ishga o'z qobilyat chegarsidan ortiq uringanini ifodalangan.

6. Har kimning o'ziga xos yozuv usuli, uslubi, yozuvi, xati va uning ifodasi. Qutidor qizining maksadiga tushunib, ikki turli qo'lni darrov payqab oldi: -Vijdonsiz, iblis, - deb qo'ydi. A. Qodiriy O'tgan kunlar.

Ham bilmaydigan og'zaki guvohlar ham bor, yozib beray desam, hamma arizalar bir odamning qo'li bilan yozilgan, degan shubha bo'lmasin. S. Ahmad. Hukm

7. Imzo. Dalolatnomaga qo'l qo'ymoq. Shartnomaga qo'l qo'ymoq. -Xo'jabekov rais, Saidg'ozi.. bir kichkina odam.. Barcha xujjatlarda Xo'jabekovning qo'li. S. Anorboyev, Oksoy.

Omborchi: -Bo'ta qo'l qo'ymagan qog'ozni qog'oz demayman, deb katta ketvordi. S. Ahmad, Hukm.

8. Har kimning o'ziga xos ish usuli, uslubi, ishi, xatti-harakati; shuni aks ettiruvchi ifoda. Hovlini o'rab turgan devorlar ham yangidan urilgan, ichkarisidan

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

hammasi ganch bilan suvalgan. Hamma yokda akasining qo'li ko'rinadi. H. Ahmar, Kim haq?

9. Imkon, imkoniyat. Qayoqqa qo'l uzatsa yetadi Imkoniyatga ega, imkoniyati katta. Qo'li baland ayn. qo'li uzun. Qo'li kalta (yoki qisqa) Imkoniyati kam, cheklangan, qurbi yetmaydigan.[Dadajon aka:] O'ylab qarasam, do'ppi tor ekan. Kattaroq ish qilishga qo'limiz kalta ekan. I. Rahim, Ixlos.

Qo'li uzun. Har qanday narsaga yetishish, erishish imkoni bor, shunday kudratga ega. Uning qo'li uzun edi, davlatning bir qismini dadasidan, ukasidan yashirin ishlatib, xolis o'ziga qarashli katta bir boylik orttirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Qo'lidan keladi Biror ishni amalga oshirish uchun imkoniyati, huquqi bor, kuch-quvvati yetadi, biror ishni qila, bajara oladi. U juda dadil va ayyor qiz. Uning qo'lidan har qanday ish keladi. Oybek, Tanlangan asarlar

Shuningdek quydagicha iborlar ham bo'lib xalqimiz orasida ko'p foylanib kelinmoqda:

1. Gah desa qo'liga qo'nadigan qilib olmoq. Karim xotini gah desa qo'liga qo'nadigan qilib olgan edi. Bunda shaxsning ruhiy holatini ifodalangan bo'lib ma'no ko'chishi ro'y bergan va "qo'liga qo'nmoq" biror bir shaxsning gapiga kirishi, undan qo'rqishi ma'nosi ifodalangan.

2. Ko'ngliga qo'l solmoq. Ona to'y haqida so'z ochib qizining ko'ngliga qo'l soldi. (Oybek. Oltin vodiydan shabadalar) Bunda suhbatdosh boshqa bir shaxsning fikrini, uning aytmoqchi bo'lgan ma'lumotini so'rash ma'nosi ifodalangan bo'lib metafora ishlatish orqali o'zbek tilining jozibadorligi ohib berilgan.

3. Qo'li kelmoq Shogirdining ustachilikga qo'li kelib qolganini ko'rgan ustoz juda ham quvondi. Asosan iboralarda metafora va metanomiya kabi ma'no ko'chishlar orqali ulardagi rang baranglik ochib beriladi. Haqiqatdan inson tanasinig a'zosi bo'lmish qo'l inson hayoti davomidagi asosiy faoliyatlarni ro'yobga chiqaruvchi vositadiz. Shu sababdan biror ishni ustasi bo'lish ma'nosida "qo'li kelmoq" iborasi keng iste'molda.

4. Qo'l ko'tarmoq.

a) Agar rozi bo'sangiz qo'lingizni ko'taring. ( A.Qahhor. Qo'shchinor chiroqlari)

Inson nafaqat so'z orqali fikrini yetkaza oladi balki qo'l harakatlari va turli imo-ishoralar orqali ham o'z fikrini suhbatdoshiga yetkaza oladi. Yuqoridagi birlikda ayna shu ma'no yuzaga chiqqan bo'lib o'zing suhbatdosh fikriga rozi yoki qarshiligini bildirgan.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

b) Dushman jang qilishni to'xtatib qo'l ko'tarishdi. Bu birlik orqali insonning holati ochib berilgan bo'lib bunda qo'l ko'tarish biror bir harakatni to'xtatish, bas qilish ma'nosida qo'llanilgan.

c) Kichkina bolaga qo'l ko'tarish yaxshi ish emas. ( Odobnoma ) odatda iboralar hayotimizdagi ma'lum harakat-holatlar tilimizga ramziylashtirish orqali va ma'no ko'chish usullari orqali kirib keladi. Yuqorida berilgan birlikda ham insondagi "urish, kaltaklash" harakatlari ifodalangan.

5. Qo'l yuvib qo'ltig'iga urmoq (tiqmoq).

O'qishdan yiqilgan Nortoy darslardan qo'lini yuvib qo'ltig'iga urib dehqonchilikni boshladi. Bilamizki biror bir ish faoliyati yakunlangach q o'l yuvish bu gigeyna qoidalarining asosolaridan birini tashkil etadi, shu o'rinda yuqoridagi birlikda insonning biror ishdan hafsalasi pir bo'lganlik va bu ishga qaytmaslik, ko'ngli qolishlik ma'nolari ochib berilgan.

Darhaqiqat, o'zbek tili o'zining so'z va iboralarga boyligi orqali boshqa tillardan ajaralib turadi. So'zlochi o'z nutqida iboralardan foydalanish orqali o'z fikrini aniq va ta'sirli yetkazib nutqini go'zallashtiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori

2. Madaliyev A. '' O'zbek tilining izohli lug'ati '' Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent: 2006

3. Rahmatillayev SH. "O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati'' Toshkent: 1978 450-467bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.