Научная статья на тему 'O’ZBEK TILI – MILLAT MA’NAVIYATINING POYDEVORI'

O’ZBEK TILI – MILLAT MA’NAVIYATINING POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
119
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / o’zbek tili / davlat tili / milliy til / so’z / ruhiyat / xarita / rasmiy til / adabiyot / alla / qarorlar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Babajanova Linora Aybekovna

Bilamizki, til har bir millatning ko’zgusi hisoblanadi. Tilda xalqning o’tmishi, buguni va kelajagi mujassamdir. Bizning ona tilimiz esa o’zbek tilidir. Shuning uchun tilimizni har qancha ta’riflab, madh qilsak, shuncha kam. Mazkur maqolada ma’naviyatimiz poydevori bo’lgan o’zbek tilimiz yana bir bor ta’rif-u tavsif qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILI – MILLAT MA’NAVIYATINING POYDEVORI»

JffiTALQINVA *<il]

\-/TADQIQOTLAR No3 2022

ilmiy-uslubiy jumaU

rv/lilk TTT I _ MII T AT \I \' \ A VI V A I I\T\Y: POVMVnRT

O'ZBEK TILI - MILLAT MA'NAVIYATINING POYDEVORI

#

>

Babajanova Linora Aybekovna

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o'zbek tili fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7240854

' t

1> TlP*

Annotatsiya: Bilamizki, til har bir millatning ko'zgusi hisoblanadi. Tilda xalqning o'tmishi, buguni va kelajagi mujassamdir. Bizning ona tilimiz esa o'zbek tilidir. Shuning uchun tilimizni har qancha ta'riflab, madh qilsak, shuncha kam. Mazkur maqolada ma'naviyatimiz poydevori bo'lgan o'zbek tilimiz yana bir bor ta'rif-u tavsif qilinadi.

Kalit so'zlar: til, o'zbek tili, davlat tili, milliy til, so'z, ruhiyat, xarita, rasmiy til, adabiyot, alla, qarorlar.

* : 1 -

Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili - millat ma'naviyatining mustahkam poydevoridir. Zero, ulug' ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganlari-dek, "Har bir millatning dunyoda borligini ko'rsatadigan oyinai hayoti - bu uning

»

milliy tili va adabiyotidir. Milliy tilni yo'qotmoq millatning ruhini yo'qotmoqdir". Haqiqatan ham ona tilimiz bo'lmasa, biz hech kimmiz. Shuning uchun dunyo hamjamiyatida munosib o'rin egallashni maqsad qilib qo'ygan har qaysi davlat, avvalambor, o'z milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.

Dunyoga kelganimizdanoq onalarimizning sehrli allalari ohangi ila qulog'imizga, ruhimizga singib ketgan ona tilimiz - o'zbek tili o'zining jozibasi, go'zalligi, ohangi-yu tarovati bilan yuragimizdan chuqur joy olgan. Ilk bor aytgan so'zlarimiz ham shu tilda baralla yangragan - ona, ota, non kabi aziz va mukarram bo'lgan, biyron tillarimizda aylangan bu so'zlar o'zbek tili ohangida taralgan. Shundan bo'lsa kerak, ona tili tug'ilganimizdan boshlab bir umr qalbimizga, butun borlig'imizga, ruhiyatimizga juda-juda yaqin va unga bo'lgan mehrimiz ham o'zgacha.

O'zbek tilining bor jilosi-yu jozibasi, tarovati nafaqat onalarimiz allasida, balki qadimiy bitiktoshlarda, ming yillik dostonlarimizda, o'lmas maqomlarimizda, shoirlarimizning jo'shqin she'rlarida, baxshi va hofizlarning sehrli qo'shiqlarida o'z ifodasini topgan. Demakki, ming yillik dostonlarimizni o'z bag'rida yetishtirgan ona tilimizning ham tarixi uzun, o'tmishi buyuk, o'z taraqqiyot bosqichlari bor.

iw-

>*

Darhaqiqat, turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo'lgan o'zbek tilining tarixi juda uzoq. Va bu tarix xalqimizning ko'p asrlik kechmishi, orzu-intilishlari, o'ylari, dard-u armonlari, milliy qadriyatlari, urf-odat va an'analari, ma'naviy boyliklari, zafarlari va g'alabalari bilan chambarchas bog'liq.

31><}>

U>,* ^ «KQs

JffiTALQINVA *<il]

\-#TADOIQOTLAR No, 2022

№3 2022

ilmlyuslublyjumali l"-,J

miiif-iwuuif juman

Dunyo tillarining eng yirik va nufuzli nashri "Etnolog" ("Ethnologue")

ma'lumotlariga ko'ra 2020-yil holatida yer yuzida 7139ta til mavjud bo'lib, ular jami 142 ta til oilasiga mansub. Mazkur tillardan 40ga yaqini eng keng tarqalgan tillar hisoblanib, dunyo aholisining oltmish olti foizi shu tillarda gaplashadi. YuNESKOning "Yo'qolib ketish xavf ostida turgan dunyo tillari xaritasi"ga ko'ra, hozirda Yevropada 50ga yaqin til tanazzul arafasida. Umuman olganda, dunyo

miqyosida ayni damda 400ga yaqin til yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi. Farazlarga

^ -i

'M>

ko'ra XXI asr o'rtalariga kelib mavjud tillarning qariyb yarmi iste'moldan chiqadi.

O J O 1 J J 1

Qayd etilgan 7 mingdan ortiq tildan 200 ga yaqinigina davlat tili, ya'ni rasmiy til, qolganlari esa mahalliy tillar hisoblanadi. Ana shu 200 ga yaqin til ichida O'zbekiston Respublikasining rasmiy tili bo'lgan o'zbek tilining ham borligi biz, til sohiblari uchun sharafdir. Biroq bu bilan g'ururlanib yurishimizgina tilimizning kelajagini ta'minlamaydi.

Shuning uchun ham so'nggi yillarda ona tilimiz taqdiriga aloqador bir qancha

lorivní n n r Arl nr nnKiil mi mrli Ti i m 1 orlnn ' -tK al/ 1 olr\n O o -t-vi íKl 1 1/opi ür^Ti /1 ati+1 ti m rr

tarixiy qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-sonli "O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni qabul qilinganligining o'ttiz yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi qarori, 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi

nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-sonli "Davlat tilini rivojlantirish departamenti to'g'risida nizomni tasdiqlash haqidagi", 2020-yil 29-yanvardagi 40-sonli "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, 2020-

komissiyasmmg laonyainn lasnkil qilish cnoia-iaduman io g iisida gi qaioii, 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonlari hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarni asos sifatida keltirish mumkin.

Til muhofazasi mamlakatimizdagi har bir soha vakillari oldiga muhim

vazifalarni qo'yadi. Til va yozuv masalasi shu qadar nozikki, bu masalada bahs ketsa, jiddiy nizolarga aylanib ketishi hech gap emas. Har bir tilning o'z tabiati bor. Dunyoda hech bir millat boshqa millatning tovushini to'g'ri talaffuz qilish uchun nutq a'zolarini ham, o'zini ham qiynab o'tirmaydi. Shunday ekan, qadri baland J-jt bo'lgan o'zbek tilimizning nufuzini yanada oshirish hamda sofligini saqlash uchun harakatni bugundan boshlashimiz lozim.

Xullas, milliy boyliklar ichida eng nodiri, eng bebahosi bo'lgan tilimizni o'zimizdan keyingi avlodga sofligini saqlab, boyligini oshirib, jilosini yo'qotmay

*

[Mí iw

i K*

yetkazib berish har birimizning muhim vazifamizdir. Zero, Xalqaro Nobel mukofoti sovrindori, mashhur yozuvchi Iosif Brodskiy ta'kidlaganidek: "Xalqda bor narsalarning eng yaxshisi - xalqning tilidir" So'zimni shoirning quyidagi misralari

____u ..„1,____1_______1 •_______

orqali yakunlamoqchiman:

U>,* ^ «KQs

тт>

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubiy jurnali

№3 2022

O'zbek tilim, qadring baland, Husnixatim - zarrin, sarband. Doim bo'lsin qadring baland, Ona tilim - o'zbek tilim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Davlat tili haqida" gi Qonun 1995-yil 21-dekabr.

2. Sh.Shoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili, 1 Toshkent, 1980.

3. www.ziyo.uz

4. www.lex.uz

5. www.ethnologue.com/

Ы*

Ы>

! >5>

Ы )>

] >4>

Ы >

ой:

m

ш>

! >1 l3>-

Ж

Ы p ] >i> Ы >

i >j>

+H >

л w> -

]>ji » : i>

2Й»

-^fV-liT }»--^Sf^'^ï f.—

151

q

qism.'

к-Д

>

q > >

slH >

Л ) J

Ы:>

q

Ы >

^й >

q

j>q j> Ш >

m > *

>

q

Ц >p

q > >

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

q щъ q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.