Научная статья на тему 'O’ZBEK ESTRADA XONANDALIK SAN’ATIIDA ETNOJAZ GENEZISI'

O’ZBEK ESTRADA XONANDALIK SAN’ATIIDA ETNOJAZ GENEZISI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
85
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
etnо-jazz / o’zbek estrada musiqasi / cholg’u ijrochiligi / xalq ijodiyoti / san’at / ijro uslubi / namuna / zamonaviylik / ethno jazz / uzbek pop music / instrumental performance / folk art / art / style of performance / example / modernity.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abduxalilov Jamshid Xurramovich

Mazkur maqolada o’zbek estrada xonandaligi yo’nalishida etno jazz tushunchalarini kirib kelishi va ommalashish jarayonlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE GENESIS OF ETHNOJAZZ IN UZBEK POPULAR SINGING ART

this article analyzes the introduction and popularization of ethno-jazz concepts in the direction of Uzbek pop singers.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK ESTRADA XONANDALIK SAN’ATIIDA ETNOJAZ GENEZISI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

O'ZBEK ESTRADA XONANDALIK SAN'ATIIDA ETNOJAZ GENEZISI Abduxalilov Jamshid Xurramovich

O'zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi B.Zokirov nomidagi Milliy Estrada instituti Vokal kafedrasi o'qituvchisi https://doi. org/10.5281/zenodo.7377676

Annotatsiya. Mazkur maqolada o'zbek estrada xonandaligi yo'nalishida etno jazz tushunchalarini kirib kelishi va ommalashish jarayonlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: et^-jazz, o'zbek estrada musiqasi, cholg'u ijrochiligi, xalq ijodiyoti, san'at, ijro uslubi, namuna, zamonaviylik.

ГЕНЕЗИС ЭТНО-ДЖАЗА В УЗБЕКСКОМ НАРОДНОМ nECEHHOM

ИСКУССТВЕ

Аннотация. в данной статье анализируется внедрение и популяризация этноджазовых концепций в направлении узбекских эстрадных исполнителей.

Ключевые слова: этно-джаз, узбекская эстрада, инструментальное исполнительство, народное творчество, искусство, стиль исполнения, пример, современность.

THE GENESIS OF ETHNOJAZZ IN UZBEK POPULAR SINGING ART

Abstract. this article analyzes the introduction and popularization of ethno-jazz concepts in the direction of Uzbek pop singers.

Key words: ethno jazz, uzbek pop music, instrumental performance, folk art, art, style of performance, example, modernity.

KIRISH

Yoshlar jaz musiqasidan tetiklik, kuchli hayotiy energiya va dinamik impulsining haddan ziyod ko'pligini his qilishadi, bu xol zamonaviy musiqaning boshqa janrlarida yaqqol quloqqa chalinmaydi. Jazzning magnit jozibador improvizatsiya tabiati shaxsning ijodiy qobiliyatlarini, musiqiy tafakkurni rivojlantirishga, dunyoni chuqurroq idrok etish imkoniyatiga yordam beradi[1,1].

O'zbekistonda jaz g'ayrioddiy muhitiga aylanib, milliy musiqiy ijod shakllari bilan o'zlashtirilib, etno-jazning o'zbek modelini jonlantirdi. U zamonaviy folklorning turli shakllari bilan uzviy uyg'unlashib, eng qiziqarli musiqiy va madaniy hodisa - o'zbek jazini shakllantirdi. Folklor va jazzning umumiy o'ziga xos xususiyati - improvizatsiya bilan birlashtiradi hamda natijada xalq qo'shiqchisi va jaz musiqachisini akademik musiqachidan ajratib turadi. O'zbek folklori jazga asosli ta'sir ko'rsatdi. Xalq qo'shig'i jaz musiqasi qorishuvida yangicha sayqal topadi[2].

O'zbek madaniy tarixida jaz quyidagi bosqichlarda namoyon bo'ladi: jazning ilk shakllanishi 40-yillarning o'rtalari bo'lib, Birinchi simfonik jaz XX-asrda 1944 yilda Samarqandda N. Zinin rahbarligida tashkil etilgan.

Jazning rivojlanishi 50-yillarning o'rtalari, Toshkent, Samarqand va respublikaning boshqa shaharlarida jazz sezilarli hodisaga aylangan. 1958-yilda O'zbekiston Davlat estrada orkestri katta guruh timsolida tashkil etilishi uning rivojlanishidagi muhim bosqich bo'ldi. Uning asoschilari - O'zbekiston xalq artisti Sharif Ramazonov va A.Dvoskinlar xorijiy mamlakatlarda

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

shunday guruhlarning faoliyat yuritish amaliyotini boshqargan va bu orkestrning turli dasturlarida o'z aksini topgan.

Yakkaxonlar Botir Zokirov va Luiza Zokirova o'z ijrolarida g'oyat mashhur bo'lgan Sharq mamlakatlari xalq qo'shiqlariga murojaat qilishdi[3].

XX asrning 60-yillarda o'zbek xalq og'zaki ijodi materialiga asoslangan ilk jaz asarlari paydo bo'ldi. Bular "Shodlik" va "Yulduzli Doira" cholg'u asarlari o'zbek jazining yorqin namunasidir. 1968 yilda Toshkentda birinchi respublika jaz musiqa festivali bo'lib o'tdi, unda "O'zdavlatteleradio", "Module" katta guruhi, bastakor Eduard Qalandarov va boshqalar rahbarligida simfojaz kabi professional jamoalar ishtirok etdi. Hakamlar hay'ati birinchi o'rinni "Turkiston yulduzi" kvintetiga (tarkibida: Sardar Muxtorov - fortepiano; Konstantin Dobrovolskiy - tenor saksafon; Sergey Gilev - kontrabas; Yuriy Parfyonov - karnay; Aleksandr Tratsevskiy - barabanlar) berdi.

70-yillar jaz musiqachilari bazasining tayyorlanishi bilan tarixda qoldi. Bu o'n yillikda respublika jaz klubi tashkillandi, Farg'onada ikkita jaz musiqa festivali o'tkazildi, jaz jamoalarining kontsert faoliyati kengaytirildi[2;3].

Hamza nomidagi Toshkent musiqa kollejida estrada bo'limining ochilishi va Respublika estrada-sirk studiyasining tashkil etilishi respublikada jazijrochiligining rivojlanishida muhim omil bo'ldi, bu xodisa professional jaz musiqachilarini tayyorlashga zamin yaratdi. Bu davrdagi qiziqarli asarlardan biri birinchi marta 1978 yilda ikkinchi Farg'ona jaz festivalida namoyish etilgan "Sharq syuitasi" bo'ldi. Syuita musiqasi yorqin o'zbek milliy koloriti bilan ajralib turadi. Improvizatsiyalarning tabiati modal va intonatsiya, ritmik asosdan kelib chiqadi, bu xususiyat milliy o'zlikni va musiqaning monodikligini ochib beradi[4].

80-yillarda jaz san'ati sohalari kengaydi, Sergey Gilev va Vladimir Safarov kabi jazz ixlosmandlarining tinimsiz ijodiy faoliyati tufayli Toshkent Respublika jazz klubining faoliyati faollashdi. Musiqachilar cheksiz rang-barang jaz olamini kashf etadilar, J.Gershvin, A.Jibim, G.Miller, D.Brubek va allomaga aylangan jahon jazzining boshqa musiqasini ilhom bilan talqin etadilar.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, jaz san'ati taraqqiyot yo'lida sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. 1996 yilda Toshkent konservatoriyasida Evgeniy Jivaev, Igor Pinxasov, Pavel Borisov, Yunus To'raev, Valeriy Saparov kabi estrada musiqasi sohasidagi nufuzli mutaxassislar faoliyat ko'rsatgan estrada fakultetining ochilishi o'zbek jazi kelagak taqdiridagi tarixiy voqea bo'ldi. 1998-yilda respublikada Bahodir Murtazoev boshchiligida ushbu

yo'nalishdagi musiqachilarni tayyorlashda o'ziga xos labaratoriya tashkil etildi. Bu ijodiy jarayonda iste'dodli jaz musiqachilari, yosh o'qituvchilar Arsen Nazaryan, Rustam Ortiqov, O'tkir Abdullayev qatnashdi. Keng diapazonli go'zal ovoz sohibi, yosh jaz xonandasi Aysel Balich juda yorqin ijrosi bilan tarixda muxrlandi. Jonli san'at, yuksak badiiy did, sahna jozibasi, musiqa madaniyati yosh xonandaga katta muvaffaqiyat va e'tirofni ta'minlamoqda. Big Band faol kontsertlar berdi, o'z dasturlarini doimiy ravishda yangiladi, o'z mahoratini oshirib, o'zbek musiqachilarining jazz madaniyati yuksakligini namoyish etdi.

Toshkent tobora dunyoning ko'plab davlatlaridan taniqli musiqachilarni o'ziga jalb etadigan festivallar o'tkaziladigan joyga aylanib borayotgani O'zbekistonda jaz san'ati qayta tiklanganidan dalolat beradi. Sahnaning ko'plab ixlosmandlarini to'plagan jaz festivallari haqiqiy bayramiga aylanadi. Ularda taniqli mahalliy guruhlar va solistlar, shuningdek, bu yo'lda ilk ijodini boshlagan yosh ijodkorlar ishtirok etadilar. O'zbekiston jazz hayotidagi yorqin voqea -

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

"Super saksafon" loyihasi bo'lib, uning muallifi Gerat Isanboyev va uning ishtirokchilari Yunus Gulzarov, Vladimir Teregulov, Bulat Mustaev va boshqa san'atkorlar to'rt kechada o'zlarining ijro mahorati bilan jaz muxlislarini xursandd etishdi.

Bugungi kunda Toshkent shahridagi musiqiy ta'lim muassasalarida san'atining axloqiy va ma'naviy madaniyatini keng ommaga yetkazadigan, ularning ma'naviy dunyosini boyitgan, xalqimizning har tomonlama barkamol shaxsini shakllantirishga hissa qo'shadigan bo'lajak jazz ijrochisi va xonandalari - san'atkorlarning yangi avlodi tarbiyalanmoqda. Jaz - bu shunchaki musiqa emas, bu ruhiy holat, turmush tarzi, u doimo dolzarb va talabga ega bo'lgansan'at turidir.

REFERENCES

1. J. Abduxalilov (2022). O'ZBEK ESTRADA XONANDALIK YO'NALISHIDA ETNOJAZ TUSHUNCHALARIGA DOIR. Science and innovation, 1 (C7), 196-201. doi: 10.5281/zenodo.7296636

2. Татьяна Седых Джазовое искусство в Узбекистане SANAT • 01/04/2008 • ВЫПУСК №2 • 5345https://sanat.orexca.com/2008-rus/2008-2-2/uzjaz/

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Zokirovlar Zokirovlar sulolasi

4. https://www.goldenpages.uz/uz/company/?Id=1490 Hamza nomidagi Toshkent ixtisoslashtirilgan san'at maktabi

5. https://lex.uz/docs/-1370950 Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo'yicha 2009—2014 yillarga mo'ljallangan davlat dasturi to'g'risida

6. Хомаковская Н. В. (2017). Современные методы развития вокальных способностей. Санкт-Петербургский образовательный вестник, (1 (5)), 99-118.

7. Nasritdinova, M., Nigora, M., & Murodova, D. (2022, February). UZBEK FOLK ART AND ITS PLACE IN PUBLIC LIFE. In Archive of Conferences (pp. 44-48).

8. M. Nasritdinova (2022). УЗБЕКИСТОН ЖАМИЯТИНИНГ ЯНГИ ТАРА^ИЁТ БОС^ИЧИДА ЁШЛАР БАДИИЙ-ЭСТЕТИК МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ ОМИЛЛАРИ. Science and innovation, 1 (B6), 950-955. doi: 10.5281/zenodo.7195710

9. Nasretdinova, M., Toshaliyev, D., & Murodova, D. R. Q. (2022). AN'ANAVIY IJROCHILIK SAN'ATINING HOZIRGI DAVR MUAMMOLARI. Scientific progress, 3(2), 846-850.

10. Nasritdinova, M., & Khokimova, K. (2021, October). LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION. In Archive of Conferences (pp. 92-94).

11. Nurullayevna, N. M., & Muhlisa, T. (2021, December). SOME PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Archive of Conferences (pp. 61-62).

12. Nasretdinova, M., Isakov, U. B., & Orziboyev, R. (2022). XALQ IJODIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Scientific progress, 3(2), 851-856.

13. Nasritdinova, M. (2021). PEDAGOGICAL COMPONENTS AND STAGES OF HEALTH OF DEVELOP CHILDREN THROUGH MUSIC EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 251-258.

14. Мадина Насритдинова (2022). МУСЩА ТАЪЛИМИ ОР^АЛИ РИВОЖЛАНИШИДА СОЕЛОМ БОЛАЛАРДАН ОРТДА ДОЛГАН БОЛАЛАРНИ

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

СОЕЛОМЛАШТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШГА ДОИР ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИ НАТИЖАЛАРИ. Science and innovation, 1 (1), 538549.

15. Abdukhalilov Jamshid Khurramovich. (2022). DEVELOPMENT OF UZBEK POP ART DURING THE YEARS OF INDEPENDENCE . Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 194-195. Retrieved from https://internationaliournals.co.in/index.php/giirj/article/view/1829

16. Khurramovich, A.J. (2021). Methodology of teaching "vocal" subjects. ACADEMICIA: An InternationalMultidisciplinary Research Journal.

17. Mansurbekova, F.G. (2020). ISSUES OF OBJECTIVE THINKING AND SCIENTIFIC CREATIVITY IN THE PREPARATION OF CREATIVE INDIVIDUALS. European Journal of Anaesthesiology, 144-147.

18. Мансурбекова Феруза Гайратовна (2020). ВОПРОСЫ ОБЪЕКТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ И НАУЧНОГО ТВОРЧЕСТВО В ПОДГОТОВКЕ ТВОРЧЕСКИХ ЛИЧНОСТЕЙ. European Journal of Arts, (1), 144-147.

19. Nomozova, D. (2020). THE IMPORTANCE OF TEACHING VOCABULARY IN STAGES. Архив Научных Публикаций JSPI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.