Научная статья на тему 'O’ZBEK ADABIYOTIDA AYOLLAR NUTQINING KOMMUNIKATIV JIHATLARI'

O’ZBEK ADABIYOTIDA AYOLLAR NUTQINING KOMMUNIKATIV JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvodidaktika / psixolingvistika / etnolingvistika / sotsiolingvistika / kompyuter lingvistikasi / ayollar nutqi / nutqning tarbiyaviy ahamiyati / psixolingvistika / intonatsiya / urg’u / geminatsiya / leksik qatlam / ma’no ko’chishi / diskurs / psixologik va fiziologik jarayonlar / sintaktik va paralingvistik vositalar / frazeologizmlar / morfologik ko’rsatkichlar / olamning lisoniy manzarasi. / linguodidactics / psycholinguistics / ethnolinguistics / sociolinguistics / computer linguistics / women's speech / educational value of speech / psycholinguistics / intonation / stress / gemination / lexical layer / meaning transfer / discourse / psychological and physiological processes / syntactic and paralinguistic tools / phraseologisms / morphological indicators / linguistic landscape of the universe.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bobokalonov, Ramazon Rajabovich, Nurmatova, Ma’Mura Fayzullo Qizi

Mazkur maqolada ayollar nutqining lingvomadaniy, psixolingvistik, etnolingvistik, sotsiolingvistik va lingvodidaktik jihatlari tahlil qilinadi. O’zbek mentaliteti va madaniyatida ayollar nutqi o’ziga xos tarzda namoyon bo’lib turadi. Shunga ko’ra, badiiy asarlardagi ayollar nutqidan misollar keltirilgan va qahramonlar nutqidagi ijobiy hamda salbiy jihatlarga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada tilshunoslikning muayyan yo’nalishlari – psixolingvistika, etnolingvistika, lingvodidaktika, sotsiolingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi sohalarga aloqador kommunikativ nutq muammolari yuzasidan umumiy mulohazalar jamlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMMUNICATIVE ASPECTS OF WOMEN’S SPEECH IN UZBEK LITERATURE

This article analyzes the linguocultural, psycholinguistic, ethnolinguistic, sociolinguistic and linguodidactic aspects of women's speech. In the Uzbek mentality and culture, women's speech is manifested in its own way. Accordingly, examples of women's speech in works of art are presented, and attention is paid to the positive and negative aspects of the characters' speech. Also, the article contains general comments on the problems of communicative speech related to certain areas of linguistics psycholinguistics, ethnolinguistics, linguodidactics, sociolinguistics, computer linguistics.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK ADABIYOTIDA AYOLLAR NUTQINING KOMMUNIKATIV JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'ZBEK ADABIYOTIDA AYOLLAR NUTQINING KOMMUNIKATIV

JIHATLARI

Bobokalonov Ramazon Rajabovich

BuxDU professori, filologiya fanlari doktori a-mail : boboramazon@yahoo.fr

Nurmatova Ma'mura Fayzullo qizi

Buxoro Davlat Universiteti 1-bosqich magistranti a-mail : nurmatovamamura780@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ayollar nutqining lingvomadaniy, psixolingvistik, etnolingvistik, sotsiolingvistik va lingvodidaktik jihatlari tahlil qilinadi. O'zbek mentaliteti va madaniyatida ayollar nutqi o 'ziga xos tarzda namoyon bo 'lib turadi. Shunga ko 'ra, badiiy asarlardagi ayollar nutqidan misollar keltirilgan va qahramonlar nutqidagi ijobiy hamda salbiy jihatlarga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada tilshunoslikning muayyan yo'nalishlari - psixolingvistika, etnolingvistika, lingvodidaktika, sotsiolingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi sohalarga aloqador kommunikativ nutq muammolari yuzasidan umumiy mulohazalar jamlangan.

Kalit so'zlar: lingvodidaktika, psixolingvistika, etnolingvistika, sotsiolingvistika, kompyuter lingvistikasi, ayollar nutqi, nutqning tarbiyaviy ahamiyati, psixolingvistika, intonatsiya, urg'u, geminatsiya, leksik qatlam, ma'no ko'chishi, diskurs, psixologik va fiziologik jarayonlar, sintaktik va paralingvistik vositalar, frazeologizmlar, morfologik ko 'rsatkichlar, olamning lisoniy manzarasi.

COMMUNICATIVE ASPECTS OF WOMEN'S SPEECH IN UZBEK

LITERATURE

Bobokalonov Ramazon Rajabovich

professor of BukhSU, doctor of philology a-mail : boboramazon@yahoo.fr

Nurmatova Ma'mura Fayzullo kizi,

A graduate student of the 2nd stage of Bukhara State University a-mail : nurmatovamamura780@gmail.com

ABSTRACT

This article analyzes the linguocultural, psycholinguistic, ethnolinguistic, sociolinguistic and linguodidactic aspects of women's speech. In the Uzbek mentality and culture, women's speech is manifested in its own way. Accordingly, examples of

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

women's speech in works of art are presented, and attention is paid to the positive and negative aspects of the characters' speech. Also, the article contains general comments on the problems of communicative speech related to certain areas of linguistics - psycholinguistics, ethnolinguistics, linguodidactics, sociolinguistics, computer linguistics.

Key words: linguodidactics, psycholinguistics, ethnolinguistics, sociolinguistics, computer linguistics, women's speech, educational value of speech, psycholinguistics, intonation, stress, gemination, lexical layer, meaning transfer, discourse, psychological and physiological processes, syntactic and paralinguistic tools, phraseologisms, morphological indicators, linguistic landscape of the universe.

KIRISH

Manbalarda ta'kidlanishicha, til-ijtimoiy hodisa, kishilar, jamoalar o'rtasidagi eng muhim aloqa vositasi ekanligi asrlar davomida Sharq va G'arb olim-u shoirlari, mutafakkirlari tomonidan o'rganilib kelinadi. Mir Alisher Navoiy hazratlari e'tirof etganidek: "Odam tili bilan boshqa mavjudotlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo'lib chiqsa, tilning ofatidir''. Har bir milliy adabiyotda ayol obrazini tasvirlashga keladigan bo'lsak, u o'sha xalqning tabiatiga, zamon ruhiga mos tarzda aks ettirilganligini ko'ramiz. Shuningdek, ayollar nutqiga ularning qaysi millat vakilasi ekanliklari ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Masalan, G'arb ayollari savol berib suhbatni davom ettirishga suhbatdoshiga dalda berishga, suhbatni qisqa javoblar bilan qo'llab turishga moyil bo'ladilar. Sharq ayollarining nutqi G'arb ayollari nutqidan ba'zi xususiyatlari bilan farqlanadi. Kattalarga hurmat,shirin muomalalilik, andisha, hayo va hamiyatlilikning beqiyos darajasi ularning nutqini bezovchi xususiyatlar hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

O'zbek nasrida ayol obrazi talqini mumtoz va zamonaviy adabiyotda ko'p uchraydi. XX asrning dastlabki yillarida ayollar obrazlari mahorat bilan yoritilgan asarlar soni yanada oshdi va ular orasida aynan nasriy janrda yozilgan asarlarni alohida ko'rsatish mumkin. Misol uchun, Kumushbibi, Zaynab (O'tkan kunlar), Zebi(Kecha va kunduz), Unsin (Dahshat), Gulnor (Qutlug' qon), Saida (Sinchalak) obrazlari o'zbek nasrida yaratilgan ayol siymosi mohirlik bilan ochib berilgan asarlar sirasiga kiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ayollar nutq madaniyligida bir holat borki, ayollar qarshi jins vakillariga nisbatan bo'ysinuvchanlik xarakteriga egadirlar. Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanidagi Oftoboyim nutqida bu holat yaqqol namoyon bo'ladi:

-Siz muvofiq ko'rgan bir ishka qarshi tushib ra'yingizni qaytarolmayman, chunki nima bo 'lganda ham sizning otaliq ismingiz bor, ham ko 'broq ixtiyor sizning qo 'lingizdadir, '' - deya Mirzakarim qutidorning qizlarini Otabekka berish taklifiga ko'nadi. Ayollar nutqidagi ushbu xususiyat turg'un emasligi bilan ham ajralib turadi. Aynan shu romandagi Otabekning volidasi O'zbek oyim obrazi bo'ysinuvchanlik xususiyatidan ancha yiroq qahramondir. Zero, Otabekni ikkinchi bor uylashga majburlar ekan, Yusufbek hojining shoshma deyishiga qaramay:

- Siz shu kungacha barcha ixtiyorni o'g'lingizga topshirib, bolani bola qilmadingiz bir xudbin qildingiz. O 'g 'ul o 'stirish bir turda bo 'lmas, deya keskin fikr bildirishi yuqoridagi bo'ysinuvchanlik omilining tamoman ziddidir. Bundan kelib chiqilsa, bo'ysinuvchanlik omili ham fe'l-atvorga va ayolning oiladagi mavqeyiga ham bog'liq ekanligini ko'rishimiz mumkin (Qarang: Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar, "Yangi asr avlodi".Toshkent, 2018).

Shu bilan bir qatorda o'zbek ayollari nutqiga xos aylanay,girgitton,o'rgilay, qoqindiq kabi so'zlar ijobiy ma'no nozikligini ifodalovchi leksik vositalar sanaladi. Ular ko'proq keksa ayollar tomonidan qo'llanadi. Chunonchi, Olmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin" romanida Abdullaning buvisi nutqida shunday so'zlar ishlatilgan:

" Voy, ola qolay! Abdullamisan? Voy, bo^yingga qoqay! Voy, sadag^ang ketay! Sen keladigan kun ham bor ekan-ku. Voy, men olay seni tanimay! Indamay termilib oliribman-a. Esonmisan, omonmisan? Nechuk, bolam, nechuk? O^zing keldingmi? Oying, dadang eson-omonmi? Voy, kel, bolam, kel!" (Umarbekov O'. Odam bolish qiyin. Yangi asr avlodi - T.: 2018).

Ayollar ko'pincha his-hayajon bilan emotsiyaga berilgan holda o'z gaplarini yetkazib bera oladi. Yuqoridagi asardan olingan parchada ham ayol o'z nutqida ko'proq undov so'zlardan foydalangan va bu gaplardan taajublanish, xursandchilik, so'roq ohangi kuchli.

O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari'' asaridagi "Kaltakesakning dumi'' hikoyasi shunday so'zlar bilan boshlanadi:

Ertalab tong otishi bilan onam darvozani lang ochib qo 'yadi:farishta kirarmish.Hali uyg'onmasimdan gangur-gungur suhbat boshlanadi.

- Yaxshi o'tiribsizmi ,poshsha oyi?

- Shukur aylanay. O 'g 'lingizdan xat bormi?

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

- Ikki haftadan buyon xat kelmayapti, ko 'nglim g'ash.

- Unaqa bo'lsa erta-indin o'zi kirib keladi. Meni aytdi dersiz (Qarang: Hoshimov O'tkir. Dunyoning ishlari, "Yangi asr avlodi''. Toshkent, 2018).

Ushbu misol ham yuqoridagi fikrimizga yorqin dalil bo'la oladi. Hamma ishlari joyida bo'lgan paytda farzandlarini erkalab, oila a'zolari yoki boshqalar bilan suhbat jarayonida imkon qadar muloyimlik va nafosat bilan, munosabatda bo'ladilar.Aksincha, turmush o'rtog'I yoki boshqa birov bilan arazlashib, asabiylashib turganda esa, buning tamoman aksi, ya'ni suhbatdoshiga qo'pollik bilan javob beradilar va hatto bunday hollarda ayollar nutqidan qarg'ish so'zlar ham o'rin egallashi mumkin. " - Maniki bo 'lsa bir paqir suv olib kelmaydi, qo 'Iginang sinib akashak bo 'lib qolgur. Uyim-joyim deb bo 'ynini egmaydi,bo'yniginang kesilgur eshshak! Xudoyo bo'yniginang Hazrat Alining qilichida kesilmasa, u dunyo-bu dunyo rozimasmanГ (O'.Hoshimov "Dunyoning ishlari").

XULOSA

Adabiyotshunoslikda ayol obrazini yoritishga qaratilgan asarlar juda ko'p, deyarli har bir asarda ayol xarakterini, ayolning ichki kechinmalarini to'laqonli ochib beruvchi qahramonlar mavjud. Ayollar nutqining turli xususiyatlarini o'rganishda ular nutqidagi alohida jihatlarga e'tibor qaratish lozim. Xulosa sifatida aytish mumkinki, ayollar nutqi insonni shaxs sifatida tarbiyalashi va uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir o'tkazishi bilan ham har qanday sohaning o'rganilishi zarur bo'lgan dolzarb mavzularidandir. Ayolning ayolligi ham so'z sehrini bilishida va har qanday tarang vaziyatni ijobiy tarafga o'zgartira oladigan nutqiy salohiyat yetukligining sohibasi ekanligidadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Benveniste, Émile. Problèmes de linguistique générale, 1, 1966; 2, 1974./ Бенвенист Э. - Общая лингвистика / Под ред. Ю.С. Степанова. М., "Прогресс".1974. Изд.3. УРСС. 2009

2. Bobokolonov R. O'zbekcha-fransuzcha semantik-funksional shakllangan gaplarning differentsiyasi va kommunikativ neyropsixolingvistika tadqiqi. Filol.fan. dokt. dissert. Buxoro, 2022, -3-284 b.

3. Bobokalonov R. R. Erkatoyni erkalatsin onasi. Sog'lom avlod uchun.3-4 son,

1997, 47-48 b.

4. Bobokalonov R.R. Sayfullayeva R.R. Neyropsixolingvistika: lingvistik shaxs va xarizmali inson. Globe Edit,2023

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

5. Butayeva U.A. Shaxs psixologiyasi. Samarqand davlat universiteti, Samarqand -

6. Бобокалонов Р. Р. Нущий хрсила, семиотик белги, дискурс ва нейропсихолингвистик хрлат. Монография, GlobeEdit, Chisinau, Moldavia-Europe, 2023234 c. ISBN 978-620-0-64729-0.

7. Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar, "Yangi asr avlodi".Toshkent, 2018

8. Umarbekov O\ Odam bo'lish qiyin. Yangi asr avlodi - T.: 2018

9. Hoshimov O'tkir. Dunyoning ishlari, "Yangi asr avlodi''. Toshkent, 2018

2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.